Tayanch so’z va iboralar:Jamiyat taraqqiyoti,ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish,sportni boshqarish, Jismoniy tarbiya va sport soxasida menejment,Xuquqiy asoslar , himoyalash,ta’lim, tarbiya
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sportni boshqarish haqida umumiy tushuncha berish, Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati
va sportni boshqarishda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega qilish.
O’quv faoliyati natijalari:
Menejmentlik,undanjismoniy tarbiya va sport tizimida foydalanish; menejment funksiyasining tahlili, sport tashkilotlari faoliyatlarining afzalliklarini baxolash;
Sport menejmentida moliyaviy-iqtisodiy va xuquqiy asoslar. Sportchilarni iqtisodiy-ijtimoiy himoyalash.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari va jamoat tashkilotlari avvaldan mavjud bo‘lib, ularning tizimlari xam xozirgi sharoitlar asosida faoliyat ko`rsatib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari tizimida bosh vazifani bajaruvchi O‘zbekistan Davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligi xisoblanadi. Shuningdsk, o`quv yurtlari va boshqa tarbiyaviy muassasalarda ham jismoniy tarbiya va sport ishlari ma`sul vazirliklar, boshqarmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar va xakazolar tomo-nidan amalga oshiriladi. Bu, o`z navbatida, davlat tizimini tashkil etadi. Turli sport jamiyatlari, ularning quyi tarmoqlari hamda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi, sport turlari bo`yicha uyushmalar /federatsiyalar/, assotsiatsiyalar va xakazolar esa jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning jamoat tizimlari xisoblanadi.
Bu ikki yo`nalishdagi asosiy tizimlarda menejerlik xususiyatiga ega bo‘lgan o`z-o`zini moliyaviy taminlash maqsadida xo`jalik yuritish, pullik xizmat va xomiylik soxalari faoliyat ko`rsatmoqda.
O‘zbekistonda olib borilayotgan turli isloxatlar, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yangi bosqichlar sari qadam qo`yishida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning yangi shakl va mazmunlari yuzaga kelmoqda. Yangi jamoalar /komanda/, federatsiyalar, assotsiatsiyalar, maktabdagi faoliyat ko`rsatuvchi sport klublari, soglomlashtirish markazlari va xakazolar menejerlik faoliyatiga kirib borish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda.
Sport menejmentining paydo bo‘lishi, uning jismoniy tarbiya va sportni boshqarishdagi ahamiyati
Menejment inglizcha so‘z bo‘lib, boshqarish, ijodiy ish ma`nolarini anglatadi. Bu, asosan ishlab chiqarish, maxsulotlarni bozorga, ayniqsa, chetga chiqarish, ulardan olingan foydalarni zarur tomonlarga ishlatishdagi boshqaruv faoliyatlarida qo‘proq qo‘llanadi.
Malumki, bu faoliyatlar sanoat va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga ega bo‘lgan, eng rivojlangan mamlakatlarda uzoq yillardan buyon qo‘llanib kelinadi. Bu mamlakatlarda menejment jismoniy tarbiya va sport soxasini ham qamrab olgan.
AQSh, Yaponiya va bir qator Yevropa mamlakatlarida sportchilarni tanlash, tayyorlash, ularning eng nufuzli sport musobaqalaridagi yutuqlarini taminlashda menejmentlik /boshqaruv/ xususiyatlari ancha ustun turadi. Yani o`tkaziladigan tadbirlar, golib sportchilar evaziga mod-diy mablag‘lar tushumiga /foyda/ ega bo‘lish asosiy faoliyat xisoblanadi. Sport soxasidagi menejmentlik faoliyatlari O‘zbekistonda to`la tarkib topgan emas. Chunki mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga raxbarlik qilish chet mamlakatlarda sport tashkilotlarining me nejmentlik ishlaridan tubdan farq qiladi. Xozirgi bozor iqtisodiyoti va munosabatlari boshqa soxalarga menejmentlik ish usullariga asta sekin kirib kelmoqda. Sportdagi raqobatchilik va moliyaviy-xo`jalik ish yuritish usulimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tgach, sport menejmenti ham to`la tarkib topishi va takomillashishi mumkin bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport menejmenti soxasida mutaxassis xodimlarni tayyorlash hamda ularning yangi yo`nalishdagi faoliyatlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va sport soxasida menejment asoslari, ularning tushunchalari
eng avvalo takidlash zarurki, O‘zbekistonda sport menejmenti soxasida /davlat tilida/ maxsus uquv yoki uslubiy ko`llanmalar yaratilgan emas.
Professor T.T.Yunusovning o`quv qo`llanmasida qayd qilishicha, jismoniy tarbiya va sport soxasidagi menejment faoliyatlari asosan chet mamlakatlarda ko`p uchraydi va ularni o`rganish, taxlil qilish hamda mamlakatimiz sharoitiga moslab qullash zaruriyati mavjuddir.
Shunga ko`ra jismoniy tarbiya va sportda menejmentning quyidagi asoslarini bilish lozim bo‘ladi.
1. Menejer /raxbar/ asosiy maqsadlarni aniqlaydi va xar bir soxadagi guruxdarda ish sifatlarini belgilaydi, maqsadlarga erishish yo`llarini ishlab chiqadi, o`z hamkorlari va faoliyatda zarur bo‘lgan kishilar oldiga vazifalar quyadi. Tadqiqrtchilarning fikriga ko`ra (Saskov V.M. va boshqalar) menejerlarda kuyidagi sifatlar bo‘lishi zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |