Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet87/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Fanning asosiy mazmunini quyidagi yunalishlar tash­kil etadi:

  • jismoniy madaniyat va sportni tashkil qalishning nazariy asoslari;

  • boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;

  • boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;

  • jismoniy madaniyat va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;

  • horijiy mamalakatlarda jismoniy madaniyat va sport­ni tashkil qishish, xalkaro sport va Olimpiya harakatlari.

Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport soha­sidagi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlab yetishtirishdagi barcha yo‘l-yo`riqlar o‘z ifodasini topadi. Eng muhimi, O‘zbekistanda olib borilayotgan turli islohotlar, ular­ning ijobiy natijalari sifatida o‘tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o‘z aksini topishi ifodalab beriladi.
"Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish" fani o‘zining tarixiga ega. Bu xaqda quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo‘lib, 1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va taraqqiy qila boshladi.
1977 yilda "Upravlenie fizkulturnim dvijeniyem" nomi bilan birinchi marotaba darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, profes­sor Kulunkovich Q.A. (Belorussiya Davlat jismoniy tar­biya instituta) raxbarligidagi Belorussiya, Moskva, Kievdagi va boshqa bir qator institutlarning olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.
Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, davlatni idora qilish, sport va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda tarakkiyot jarayonlari bu darslikning yangilanishini va takomillashishini taqazo qildi. Shu sababdan 1987 yilda professor Pereverzin I.I. (Markaziy jismoniy tarbiya instituta) boshchiligida "Upravlenie fizicheskoy kulturoy i sportom" degan yangi darslik vujudga keldi. Bu darslik o‘zining mazmuni, to‘zilishi jixatidan avvalgi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan tubdan farq qilsada, jismoniy tarbiya xarakatining barcha soxalarida erishilgan ilmiy-uslubiy xulosalarga tayangan bo‘lsada, ko‘pgina jismoniy tarbiya tizimi olimlari, professor-o‘qituvchilari tomonidan yaxshi baho olmadi. Buning sababi shundaki, darsliqaa boshqarish tizimlari, vazifalari (funksiyalar) va turli tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar o‘tkazish kabi muhim faoliyatlarga e’tibor berilmagan yoki aloxida xududlargina nazarda tutilgan edi.
Jismoniy tarbiya iniversitetlari hamda oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy madaniyat fakultetlarining talabala­ri uchun eng qulay, tushunish oson bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqgan "Organizatsiya fiziches­koy kulturi" va 1972 yilda Bunchuk M.B. tomonidan tayyorlangan "Organizatsiya fizicheskoy kul­turi" o‘quv qo‘llanmasi xisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya universiteti tomoni­dan "O‘zbekistanda jismoniy tarbiya va sportni boshkarishni tashkil etish yo‘llari" (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o‘quv qo‘llanmasi chiqarildi. Bular orasida dotsent R.Abdumalikovning "Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari" monografiyasi (1994), "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning na­zariy asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (1995) muxim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchiliqaagi naza­riy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda katta xiz-mat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muxim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifati­da xizmat qiladi. Bularni o‘rganish va tanqadiy yondoshish zarur bo‘ladi.
2. Barcha o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarish fani eng avvalo O‘zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Va­zirlar Maxkamasining qarorlariga tayanadi. Shu bilan birga, sog‘lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xisoblanadi. Unda fuqarolarning o‘z sog‘liqaarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to`g‘risida"gi (2015 yil) Qonuni jismo­niy tarbiya va sport xarakatini yuritish, unga raxbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va xuquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o‘rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muxim omil xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi (2020 yil 23 sentyabr) Qonuni barcha turdagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-soglomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yul ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muxim tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti farmoniga asosan “Sog‘lom avlod uchun” or­deni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko‘ra sog‘lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo‘lda qalinadigan ishlarning mazmuni va raxbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
O‘zbekistonda barcha sohalardagi yutuqlarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog‘liq ekanligi e’tirof etildi. Shu sababdan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilingan edi (2020 yil 23 sentyabrgacha). Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muxim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika Xukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan "Alpomish" va "Barchinoy" ( yangi tahriri 2019 yil) maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo‘llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jixatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo‘lganligi uchun o‘zining muxim manbai sifa­tida tan oladi.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo‘lib o`tgan yozgi XXV Olimpiya o`yinlarida O‘zbekistonning 17 nafar sportchisi qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., Chusovitina O. /gimnastika/, Shmonina M. /yengil atletika/ oltin medal, Sirsov S. /ogir atletika/, Asrabaev /uq otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bo`lishdi. 1996 yil Atlanta (AQSh)da o`tkazilgan XXVI Olimpiya o`yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, Q.To`laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo`lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya o`yinlarida M.Abdullaev boks bo`yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mi­xaylov (boks) bronza medallarini ko`lga kiritdilar. O‘z­bek kurashi bo`yicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi va 3 marta jahon chempionati o`tkaziddi.2016 Rio-de Janerodagi (Braziliya) XXXI olimpiya o`yinlarida R.Nuriddinov o`g`ir atlrtika sport turidan record natijasini yangiladi.Boks bo`yich 4 ta oltin,kurash sport turidan 1 ta oltin medallarni qo`lga kiritdilar. Umuman, Respub­lika sporti taragiyyotning yangi bosqichga ko`tarildi.
3. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqa. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillaridan bugungi kungacha (1991-2020) erishildi. Boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport soxasi ham faqat shu yillarda rivoj topdi. Buni quyidagi kursatkichlarga qarab ham bilsa bo‘ladi.
4. O‘zbekistonning mustaqil davlat bo`lishiga olib keldi va birinchi bo‘lib O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi.
Qonun qabul qiluvchi organ – O‘zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi shakllandi. U qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash xuquqiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Vazirlik mavjud. O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi qonuni ham shu jismoniy tarbiya va sport ishlari Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarni amalda ijro etuvchi organ. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xisoblanadi. U o‘z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 dan ortiq muxim qarorlar qabul qilindi va ular xayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Yuqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O‘zbekis­ton Kasaba uyushmalari federatsiyasi markaziy kengashi, "Xalq demokratik partiyasi", "O‘zbekiston liberal dimokratik partiyasi" partiyalari, "Yoshlar ittifoqi" yoshlar ijtimoiy harakati, "Navro‘z", "Mahalla", "Ekosan" va boshqa jamg‘arma va uyushmalar mavjud.
5. Boshqarishda bir qator tamoyillar (prinsiplar) mavjud bo‘lib, u O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonunning 4-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilangan.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat kafolatlarini belgilash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashish;
O‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
6. Jismoniy tarbiya va sport harakatidajuda ko‘p mahsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o‘ziga xs boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nola mavjud. "Jismoniy tarbiya", "Jismoniy madaniyat: "Sport" kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati "Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati" fanida yetarli darajada bayon qilingan. Shu sababdan ularga alohida to‘xtalish zaruriyati yo‘q. Shunday bo‘lsada, qisqacha tavsif borish joizdir. Ya’ni:

  • jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.

  • jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foydalanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to‘g‘ri hamd chiroyli o‘sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.

Ko‘rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to‘ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug‘ullanish esa jismoniy madaniyat harakati demakdir.

  • Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g‘oliblar esa musobaqa shaklida aniqdanadi.


  • Download 5,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish