Tayanch so’z va iboralar:Ommaviy sport,xorijiy mamlakatlar jismoniy tarbiyasi,boshqarish tizimlari.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarilishini o’rgatish. Havaskor va professional sport tashkilotlari ish faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari boshlang’ich jismoniy tarbiya tashkilotlarining, sport klublarining yillik reja va sport tadbirlari kalendar rejalari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
O’quv faoliyati natijalari:
Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimlari haqida bilimlarni o`zlashtirish;
Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishdagi amaliy tajribalarni o`rganish va mamlakatimizda joriy qilishni bilib olish:
Jaxon xalqdari tarixida o`tgan XX asr turli-tuman voqealar, ixtirolar, yangiliklar, shafqatsiz urushlar va yangicha jaxon demokratiyasi sari intilish davri xisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, davlatlarning taraqqiy etgan va taraqqiyot yo`lida faoliyat ko`rsatayotgan jaxon tizimini tashkil etdi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixida juda ko`p ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o`tgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Yevropa, Osiyo va boshqa qitalardagi mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish asosan davlatni idora qiluvchi kishilar, ularga tobe bo`lgan jamoalar tomonidan amalga oshirib kelingan. Faqat XIX asrning ikkinchi yarmida futbol, suzish, gimnastika, yengil atletika, kilichbozlik, o`q otish kabi turlari bo`yicha Yevropa va xalqaro sport uyushmalari tashkil qilinib, ular ommaviy sport musobaqalari va xalqaro turnirlar uyushtirishni o‘z ko`llariga olgan. Natijada, turli sport musobaqalari, Xalqaro Olimpiya o`yinlari /1896/ va boshqa rasmiy sport musobaqalari o`tkazilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin tinch-totuv yashash yo`lida ko`pgina mamlakatlar o‘z mustakilligiga erishdilar. 1989 yil oxirida va 1990 yil boshidan esa sotsialistik mamlakatlar o‘z tuzumi va yo`llarini o`zgartirdi.
1991 yilning avgustida o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilishdi. Bu holat ham O‘zbekiston uchun chet mamlakatlar kabi hisoblanadi. Shu sababdan bu jarayonlar haqida umumiy tushunchalarni berishga to`g‘ri keladi.
Xozirgi vaqtda AQSh, Angliya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Koreya kabi bir qator davlatlar rivojlanib bormoqda.
Xorij mamlakatlaridan biri bo`lgan Germaniyada sport tizimini boshqarishning o‘ziga xos tomonlaridan biri— sportning davlat aralashuvisiz alohidaligidir, ya’ni sport uchun sport tashkilotchilarining o‘zi javob beradilar. Germaniyada asosiy e’tibor yuqori darajadagi sportchilarning moliyaviy ta’minotiga federal va munitsipialitetlarda esa ommaviy sportga katta ahamiyat beriladi, ya’ni sport stadionlari va gimnastika zallari kurilishi, oliy o`quv yurtlar va maktablardagi sport murabbiylarining moliyaviy ta’minoti ular e’tiborida baladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |