Jizzax davlat pedagogioka institut


«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi



Download 5,81 Mb.
bet129/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi
Sobiq Ittifoq davrida aholining aksariyat ko‘pchilik qismi o‘sha davr hokimiyatining g‘oyalari, mafkuralari bilan to‘la sug‘orilganligi sir emas. U g‘oyalar va mafkuralarning ko‘p jihatdan puch ekanligi keyingi qayta qurish yillarida /1980—1990/ barchaga aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va ularni davr talablari asosida boyitish taqozasi yuzaga keldi. Bunday g‘oyalarni amalga oshirish uchun esa aniq mafkuraviy tashkilot tuzilishi lozim edi.
1994 yil 23 aprelda O‘zbekiston Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida faomoni e’lon qilindi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Respublikada «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida /1994 yil iyun/ qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanishi va shu bilan bir qatorda ho‘jalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir. Bu tashkilot zimmasiga bir qator mug‘im vazifalar yuklatilgan. Ular qatorida «Sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar o‘tkazish orqali o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdek uta muhim vazifa ham belgilangan.
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining o‘z nashri, ya’ni «Tafakkur» jurnali mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy islohotlarning mohiyatini keng yoritib, ularni hayotga singdirishda yetarli darajada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Yuqoridagi qaror asosan, ta’lim-tarbiya ishlariga mas’ul idoralar, tashkilotlar, muassasalar hamda teleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, milliy qadriyatlar mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy meroslar, ulug‘ adiblar hayoti va ilmiy meroslarini aholi ongiga chukur singlirish yo‘lida keng targ‘ibotchilik ishlarini olib bormoqda.
Yuqorida boshqa bo‘limlarda qayd etilganidek «Ma’­naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi Davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi, Oliy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek Kasaba uyushmalari federatsiyasi, «Yoshlar ittifoqi» yoshlar ijtimoiy xarakati kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirmoqda, jismoniy tarbiya va sport bilan borliq bo‘lgan Respublika ilmiy-nazariy anjumanlarini o‘tkazishda faol qatnashmoqda.

--"Ekosan” xalqaro jamg‘armasi - respublikamizdagi eng yirik nohukumat tashkilotidir.


Jamg‘arma 1992-yilda hukumat va nohukumat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, mutaxassis olimlarning ko‘magida respublikadagi ekologik muammolarni hal etish uchun tashkil qilingan.
"Ekosan” juda muhim ish bilan shug‘ullanadi - sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyena bilimlari va kasalliklaming oldini olishni targ‘ibot qiladi.
Ekologik jihatdan noxush hisoblangan tumanlarda yashovchi aholiga davolash-profilaktika va insonparvarlik yordami ko‘rsatadi, Orolbo‘yi hududidagi ekologik inqiroz natijalarini bartaraf etish uchun xalqaro jamg‘armalar va hukumat tashkilotlarining e’tibor va mablag‘ini jalb etadi.
Insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun "EKOSAN” mablag‘ning asosiy qismini "EKOLOT” ekologik lotereyasini tarqatishdan oladi. "EKOSAN”ni respublikada bugun yaxshi tanishadi, chunki jamg‘arma - bu talabalarning ekologik otryadlari, "Mash’al - - EKOSAN” radiodasturining ilmiy-ommabop eshittirishlari va "Intermed” xalq tabobati markazidir. Yana bu "Salomatlik poyezdlari” va dorixonalar, "Toza havo” operatsiyasi va, shuningdek, turli mamlakatlar sayyohlarini jalb etuvchi ekosayyohlikdir. "EKOSAN” faoliyati respublikamiz fuqarolarining jismonan baquvvat va ma’naviy sog‘lom bo‘lishi uchun yo‘naltirilgan. Chunki salomatlik nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlodning ham baxtli hayot kechirishi garovidir. ATROF-MUHIT dasturi ushbu konvensiyalarning bajarilishida O’zbekistonga ko’mak beradi. Bular iqlim o‘zgarishi, ozon qatlamining buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, sahrolanishga qarshi kurash kabilami o’z ichiga oladi. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash inson faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham jahondagi va har bir mamlakatdagi ekologik sharoitni faqat insonning o‘zigina yaxshilashi mumkin. Shu tariqa bir mamlakatdagi ekologik vaziyat dunyo miqyosida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayni shu sabab Global Ekologik Jamg‘arma O’zbekistondagi loyihalarni moliyaviy ta’minlar ekan, avvalo muammoning dunyo ahamiyatiga molik ekaniga e’tibor beradi.
ATROF-MUHIT dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar O’zbekistonga yordam berar ekan avvalo mamlakatning o’zida ekologik muammolarni yechishga qodir mexanizm yuzaga kelishiga diqqat qaratadi. Atrof-muhit dasturining O’zbekiston Tabiatni muhofa qilish davlat qo’mitasi bilan birgalikda tashkil etilgani ham mamlakat salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Natijada O’zbekiston kelajakda mamlakatdagi mavjud ekologik muammolarni tashqaridan beriladigan yordamsiz hal eta oladi.


--O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida:
--O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi ta’sis majlisining Jamg‘arma nomini O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi "Nuroniy" jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda "Nuroniy" jamg‘armasi" deb ataladi) etib o‘zgartirish va unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etishni yuklash haqidagi tashabbusi ma’qullansin:
Faxriylarning O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va nogironlarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
Keksalarning hayoti darajasini oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
Keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘maklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg‘iz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish.
2.Quyidagilar:
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasining tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlari tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zamonaviy talablarni va Jamg‘armaga yuklangan yangi vazifalarni hisobga olgan holda "Nuroniy" jamg‘armasining yangi tahrirdagi ustavini tayyorlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasiga ko‘maklashsin.
3. 2017-yil 1-yanvardan boshlab "Nuroniy" jamg‘armasining barcha xodimlari – pensionerlarga pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorda to‘langan holda "Nuroniy" jamg‘armasi markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining shtatdagi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish tartibi joriy qilinsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017-yil 1-sentabrgacha har bir tuman va shaharda, qoidaga ko‘ra madaniyat va dam olish istirohat bog‘lari hududida "Nuroniylar maskani" majmualari faoliyat ko‘rsatishini, ularda "Nuroniy" jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlardagi (shaharlardagi) bo‘limlarini joylashtirish uchun xonalar ajratilishi yoki qurilishini ta’minlasinlar.
Majmualarni qurishda boy kitob fondiga ega bo‘lgan kitobxonlar zallari, shaxmat, shashka o‘ynash uchun dam olish xonalari, keksalar uchun maxsus trenajerlar bilan jihozlangan davolash-jismoniy tarbiya zallari, shuningdek oshxona va tibbiy xona tashkil etilishi, ularni zarur mebel, komputer texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlash nazarda tutilsin.
Qonun hujjatlariga muvofiq "Nuroniy" jamg‘armasi va uning bo‘limlari soliqlar va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lovchilar hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining mehnatkashlarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltiradigan mablag‘larining 30 foizgachasini pensionerlarni, birinchi navbatda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini o‘z tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirishga (shu jumladan, dori vositalari olish uchun) har yili yo‘naltirish, shuningdek mehnatkashlarga ularga ajratilgan yo‘llanmalarini o‘zlarining ota-onalarini sog‘lomlashtirishga yuborish huquqini berish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
6. Iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uchun mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas’uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni (I, II, III darajali) ta’sis etilsin.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash va uni topshirish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, taklifi bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
"Nuroniy" jamg‘armasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda har bir tumanda "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan shaxslar to‘g‘risidagi qisqacha biografik ma’lumotnomalar aks ettiriladigan "Bizning faxriylarimiz" kitob-fotoalbomini yuritish va uning har yili yangilab borilishini ta’minlasin.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida "Bu yerda I, II, III darajali "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi" yozuvi bo‘lgan belgi o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda "Mahalla" telekanalida yoshi kattalarga bag‘ishlangan va har kuni namoyish qilinadigan "Keksalar davrasida" doimiy rubrikasini tashkil etsin, shuningdek "Mahalla" telekanalida har oyda "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" teleko‘rsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlasin va namoyish etsin.
8. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi:"Nuroniy" jamg‘armasining nashriyot bo‘limi faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashsin hamda har haftalik "Nuroniy" gazetasi va har oyda bir chiqadigan "Keksalik gashti" jurnalining imtiyozli asosda nashr etilishini ta’minlasin;
"Nuroniy" jamg‘armasining buyurtmanomasiga binoan "Nuroniy" jamg‘armasining har bir bo‘limini respublikada nashr etiladigan kamida 10 nomdagi gazeta va jurnallar bilan, shuningdek "Nuroniylar maskani" komplekslari o‘quv zallarining kitoblar bilan muntazam ravishda to‘ldirib borilishini ta’minlasin.
9. Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash va uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning keksa avlod oldidagi fuqarolik burchi hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy ko‘mak berish, mehnat jamoasining jamiyat hayotida faol qatnashishini, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alar berishni, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishni, sanatoriya-kurortda sog‘lomlashtirish va davolashni tashkil etishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Pensionerlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qilish va hal etishga yordam berish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga pensiyaga chiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvallarini har oyda tasdiqlash yuklansin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan har yil ikki marta "Mahalla" xayriya fondi, boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlari, ularning faollari ishtirokida keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, shuningdek "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha kelgusidagi qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qilishni o‘tkazish amaliyotga kiritilsin.
12. Respublika "Mahalla" xayriya fondi rahbariyatining:
jamoatchilik asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (ovullar, qishloqlar, mahallalar) fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy qilish;"Mahalla" xayriya fondiga Navro‘z va Mustaqillik umumxalq bayramlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan hasharlardan tushadigan mablag‘larning 10 foizini har yili "Nuroniy" jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
13.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:2017-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan "Nuroniy" jamg‘armasi markaziy apparati, uning bo‘linmalari va nashriyot bo‘limi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 1,5 milliard so‘m ajratsin;
2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni nazarda tutsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha bir oy muddatda chora-tadbirlar ko‘rsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, "Nuroniy" jamg‘armasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi to‘g‘risida" 1996-yil 4-dekabrdagi PF-1655-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING


FARMONI
NAVRO‘Z” XAYRIYA JAMG‘ARMASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Milliy madaniyatni, an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish sohasida respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keltirish va ularning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarga rioya etish, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishga, aholi barcha tabaqalarining millatlararo totuvligini, do‘stligini, hamjihatligi va hamkorligini mustahkamlashga, davlat boshqaruvi idoralarining, xo‘jalik va jamoat tashkilotlarining xayrli faoliyatini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradiokompaniyasining, Bolalar jamg‘armasining, Nogironlar jamiyatining, Qizil yarim oy jamiyatining, Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasining, shuningdek respublikadagi boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining “Navro‘z” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Navro‘z” xayriya jamg‘armasini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning faoliyat ko‘rsatishi, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning jamg‘armaning xayriya tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq imtiyozlar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va hukumat qarorlari bilan aniqlab qo‘yiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Davlat banki boshqa banklari 1992-yilning 14-mayida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari va “Navro‘z” telemarafonidan tushgan mablag‘larni “Navro‘z” jamg‘armasining hisobiga o‘tkazish ishlarini bir oy muddat ichida amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirligi, Davlat matbuot komiteti, Davlat teleradiokompaniyasi respublikada o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, televideniye va radio orqali yoritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida “Navro‘z” xayriya jamg‘armasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan qaror qabul qilsin.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish