Xalqora kurash assotsiyasi
Respublikada Xalq milliy o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, festivallar o‘tkazilishi, ilmiy tadqikotlarning natijalari va eng muhimi milliy qadriyatlarni jahon miqyosiga chikarishdagi sa’y-harakatlar milliy sport turlariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. Buning boisi shundaki, respublika viloyatlarining ko‘pgina hududlarida milliy kurash ommalashib ketgan. Katta to‘ylarda albatta kurash musobaqalari o‘tkaziladi. Kurashda g‘olib polvonlarga sovrin uchun ot, tuya, xo‘kiz, gilam va boshqa qimmatbaho buyumlar, katta miqyosdagi pullar qo‘yiladi. Bu jihatlar kurashchilarning moddiy mafaatlarinigina ko‘zda tutmasdan, balki to‘yga tashrif buyurgan mehmonlar, kurash ixlosmandlarini xursand qilish uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekistonning mustaqilligi yillarida kurash bo‘yicha turli rasmiy musobaqalar, Halqaro turnirlar, Prezident sovrini uchun birinchiliklar o‘tkazish an’anaga aylandi. Bunday ulug‘vor tadbirlar kurashning xalqaro sport maydonlariga dadil chiqishiga yo‘l ochib berdi.
O‘zbekiston Prezidentining farmoni, Vazirlar mahkamasining kurashni rivojlantirishga doir qarori /1998 yil/ bu sohadagi faoliyatlarni keskin o‘zgartirib yubordi. Natijada, 1999 yil mayda Toshkentda o‘zbek kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkazildi. Bu tadbir respublika aholisini g‘oyat quvontirdi. O‘zbek kurashini 70 dan ortiq davlat tan oldi va ular o‘zlarida Kurash federatsiyalari, Assotsiatsiyalarini tuzdilar. Shu sababli O‘zbekistonda Halqaro Kurash Assotsiatsiyasi tashkil etildi /1998 yil/. Natijada 2000 yil Antaliya /Turkiya/ shahrida ikkinchi jahon chempionati o‘tkazildi. 2001 yil Venfiyada III jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek kurashini o‘z yurtlarida rivojlantirish uchun O‘zbekistondan polvonlar, mutaxassislar, murabbiylarni taklif qilishmokda. Bu, birinchi navbatda, Xindiston, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda amalga oshirildi.
2000 yil oktabrda Angliyada o‘zbek kurashi bo‘yicha «Islom Karimov» nomi bilan xalqaro turnir o‘tkazildi. Bunda ilk bor 13-14 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etdi. Shuningdek mutlaqo og‘ir vaznda kurash musobaqalari qizg‘in o‘tkazildi.
E’tirof etish kerakki, o‘zbek kurashi /Buxorocha usul/ va belborli kurash /Farrona usuli/ O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining diqqat-e’tibori va nazoratidadir. Chunki milliy qadriyatlarimizni jahonga tanitish. O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish, madhiyasini chet mamlakatlarda baralla yangratishda o‘zbek kurashining nufuzi va mohiyati tobora oshib bormokda. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning jahon xalqlari orasidagi obro‘sini oshirish, shon-shuxratini olamga yoyishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Do'stlaringiz bilan baham: |