O‘zbekiston Respublikasi maktab o`quvchilarining “Yoshlik”sport uyushmalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 27 maydagi 271-sonli qarorini amalga oshirishda Xala ta’limi vazirligi yangi qadam qo‘ydi. Mustaqillik yillarigacha «Yosh kuch» va keyingi yillarda «Mehnat rezervlari» komi bilan yuritilgan o‘quvchi-yoshlarning sport jamiyati o‘rniga «Yoshlik» sport uyushmasi tashkil etildi. Uning viloyatlar, shahar-tumanlarda quyi tarmog‘i mavjud. Uyushmaning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari va kasb-hunar kollejlari hamda boshqa o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchi-yoshlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish, iqtidorli yoshlarning sport mahoratlarini oshirishga qaratilgan. Bu yo‘lda «Umid nihollari» va «Barkamol avlod» o‘yinlari sport musobaqalarini tashkil qilish bilan asosiy faoliyat ko‘rsatadi. Uyushmaning Nizomi va ustavi mavjud. Maktab o‘quvchilarining «Umid nihollari» respublika musobaqalari muvaffaqiyatli o‘tkazilib kelinmoqda. Uning Nizomi asosida musobaqalar to‘rt bosqichga (jamoa, tuman-shahar, viloyat va respublika miqyosida) o‘gkaziladi. “Umid nihollari” dastlab 2002-yilda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilib, unda sportning 11 ta turi bo‘yicha 1918 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan. 2003-yilda Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 12 ta sport turi bo‘yicha 2114 nafar, 2006-yilda Qashqadaryo viloyatida sportning 12 turi bo‘yicha 2002 nafar sportchilar, 2009-yilda Sirdaryo viloyatida sportning 12 turi bo‘yicha 2282 nafar sportchilar,2012 yil Navoiy viloyat Navoiy shahrida ochiladigan “Umid nihollari-2012” sport musobaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 783 ta maktab o‘quvchilari sportning 12 turi bo‘yicha bellashadi. Bunda sportning 8 ta turida ishtirokchilar individual qatnashadi, 4 ta turda jamoaviy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi,2015 yil Samarqand viloyati Samarqand shahrida sportning 8 ta turida ishtirokchilar individual qatnashadi, 4 ta turda jamoaviy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Bunday musobaqalar uzluksiz ta’limning bir tarmog‘i sifatida o‘quvchilar, jamoalar va yuqori muassasalarning ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlarining yo‘lga qo‘yilishi va eng muhimi "Sog‘lom avlod dasturi"ning hayotga singdirilishi borasidagi ko‘rik-sinov hisoblanadi. Shuningdek «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini bajarishga zamin tayyorlaydi. Mamlakatda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini yagona tizim, ya’ni kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi jismoniy tarbiya va sport harakatida yangi bir bosqichni yaratdi, ya’ni «Barkamol avlod o‘yinlari» sport musobaqalarini yagona tizim va talablar darajasida o‘tkazishni taqozo etdi. Bunday yirik sport tadbiri 2001 yil 30 apreldan 5 maygacha Jizzax shahrida zo‘r tantana bilan o‘tkazildi. Bunday tadbirlar ham to‘rt bosqichda o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi, o‘quv yurtlari, tuman-shahar va viloyatlar miqyosida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.
«Umid nihollari» va «Barkamol avlod o‘yinlari» sport musobaqalarini tashkil etishda Xalq ta’limi vazirligi va Davlat sport vazirligi, sport uyushmalari o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |