Taqrizchi
pedagogika-psixologiya
kafecdara o'qituvchisi: O.Rajabov
Jizzax Davlat pedagogika institutining Pedagogika - psixologiya fakulteti, Pedagogika - psixologiya yo’nalishi IV - kurs talabasi Haqberdiyeva Sarvinozning “Kichik maktab yoshi davrida o'quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishi” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Bolaning, maktab o’quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha eritadi.
Ma’lumki, har bir davr o’zining muhym hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterligi sifatlarning hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urgu berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, hozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o’qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidaga o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o’qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni o’rganadi. O’quv faoliyatida bola o’z irodasini o’quv maqsadlariga erishish uchun mashq hildiradi. O’quv faoliyata boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakko’rini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi.
Haqberdiyeva Sarvinoz tomonidan bajarilgan ushbu ishda kichik maktab yoshi davrida o'quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishi kuzatilgan. Bolalar yolg’iz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. Ish mustaqil bajargan hamda bitiruv malakaviy ishlarga qo’yiladigan talablarga javob beradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoyaga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar: Sobirov.A. - pedagogika-psixologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |