«Anatomiya» — bu odam va hayvonlar tanasi tuzilishi to‘g‘risi- dagi fan bo‘lib, yunonchadan tarjima qilinganda «kesaman», «yoraman» ma’nosini anglatadi, Anatomiyaga oid darsliklarda odam va hayvonlarning tuzilishi: suyaklar, bo‘g‘imlar, boylamlar, musqo’llar va ichki a’zolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘la yoriti- ladi. Lekin, odam tanasining xilma-xil harakatlari jarayonida (o‘tir- ganida, turganida, yugurganida) skelet-musqo’llarning fazoda o‘zaro qanday munosabatda bolishi, umumlashtirilgan musqo’l massivlarining hosil bo’lishi natijasida shaklning o'zgarishi «Plastik anatomiya» fanini o‘qish orqali o‘rganiladi.
«Plastik anatomiya» fani odam tanasining umumiy anatomik tayanch-harakat sistemasidagi suyak va musqo’llarning tuzilishi, shakli, ulaming birikishi, bo‘g‘im turlari va ulardagi harakatlar- ning ma’lumotlaridan tashqari, odamning din ami к va statik holati, tashqi fazo, bo‘shliqda tana og'irligining muvozanat saqlashi hamda tana qismlarining nisbatlarini o‘rgatadi. Gavdaning turish vaziyati o‘zgarganida suyak va musqo’llar holatining odam qiyofasiga ta’sirini «Plastik anatomiya» ma’lumotlari asosida tasvirlar shaklini bajarish orqali namoyon etiladi, Kalla suyagining tuzilishi, shakli va undagi musqo’llar, ayniqsa, mimika muskullari hamda yuz qismi (burun, ko'z. quloq, og‘iz) tuzilishining o‘ziga xosligini va odam qiyofasini shakllantirishda plastik anatomiya aloliida ahamiyatga ega.
«Qalamtasvir», «Rangtasvir» fanlarida anatomiyadan olingan bilimlarga asoslangan holda o‘quvchi odam qomatini tasvirlashda modeldan nusxa ko‘chirmasdan rasmni jonli, jozibali qilib yarata oladi. Bunda tananing tashqi va ichki tuzilishi hamda harakatlanish mexanizmlarini tasawur qilishi kerak. Shunda u naturadan bevosita nusxa ko'chirmay tasvirlash imkoniga ega bo’ladi va kompozitsiya yarata oladi.
Yangi texnologiyalar asosida olib boriladigan «Plastik anatomiya» fani faqat organlarning tuzilishini o‘rganish bilan che- garalanib qolmay, balki ularning shakllari (ko‘rinishlari)ni ichki va tashqi muhitga bog‘lagan holda o'rganadi. Bundan tashqari, bu fan hamma organlarning shakli, tashqi ko'rinishi, tuzilishi hamda ulaming bajaradigan vazifalarini o'zaro bog‘lagan holda ko‘rib chiqadi (funksional anatomiya), chunki ulaming tuzilishi vazi- falari bilan bevosita bog‘liqdir.
Odam organizmini plastik jihatdan o'rganishni soddalashtirish maqsadida undagi organ alohida-alohida sistemalarga ajratiladi.
Organlami izchillik bilan o'rganishdan tashqari, ulaming joy- lashish tartibi, proyeksiyalari va o‘zaro munosabatiga, ular o‘r- tasidagi bo‘shliqlar, fassiyalarga ham katta ahamiyat beriladi. Ana- tomiyaning ana shunday bo‘limi xirurgik anatomiya yoki topo- graflk anatomiya deb ataladi. Rassomlar va haykaltaroshlar orga- nizm ayrim qismlarining o‘zaro munosabatlarini. ulaming tashqi tuzilishini o'rganadilar. «Anatomiya» fani organlarning faqat normal tuzilishini, ularning kasallik vaqtidagi o‘zgarishlarini (pato- logik anatomiya) o'rgansa, plastik anatomiya kursida gavdaning tashqi qiyofasini qoplab turgan organlarning (suyak, bo‘g‘im, pay, musqo’llar) hamda boshning ayrim qismlari (yuz, burun, ko‘z, quloq) tuzilishini va shaklining o‘ziga xosligini, tananing tashqi fazoda og‘irlik muvozanatini saqlash va markazga tortilish kuclii qonuniyatlari asosida, surat, rasm, grafik tasvirlash usullaridan foydalaniladi. Bunda anatomik ma’lumotlarga tayaniladi va shakllar chizish san’ati uslubi qo‘llaniladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma mualliflaming shu sohada olib bor- gan bir necha o‘n yillik pedagogik izlanishlari asosida vujudga kelgan. Kitob to‘rt bobdan iborat bo‘lib, unda plastik anatomiya- ning tarixi, hozirgi davri hamda kelajagi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Mualliflar kitobni yaratishda o‘zlarining qimmatli maslahatlarini bergan barcha ustozlarga minnatdorchilik bildirib, ularning ijod- laridan foydalanganliklarini izhor etadilar..
1-AMALIY MASHG’ULOT
Do'stlaringiz bilan baham: |