Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Download 458 Kb.
bet4/17
Sana07.01.2022
Hajmi458 Kb.
#326931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ахмедов Салим

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Qadimgi Ustrushonada mustaqillik yillarida arxealogiya qazuv- tadqiqotlari doirasi ancha kengaydi. Jumladan, Xarkana rustokining ilk o`rta asr yodgorliklari Qing`irtepa, Almantepa, Jalmantepa, Lapaktepa, Nushkent, Xavos, Sag‘anaktepa, Eski Xavos, Oqtepa, Qultepa O`rta Osiyoning IX-XII asrlardagi tog`-kon metalurgiyasi makonlaridan biri, Turkiston tizmalarida joylashgan Mik qal`asi ochib o`rganildi. Tadqiqotlar o`tkazilgan yodgorliklar geografik jihatdan – tekislik dasht, tog` oldi va tog` mavzelarda joylashgan. Ustrushonadagi yodgorliklar XX asrning ikkinchi yarmidan 90- yillariga qadar qisman o‘rganilgan. Asosiy tadqiqotlar Ustrushonaning sharqiy va janubiy qismi (Tojikiston hududi)da keng qamrovli olib borilgan. Bu erda, N.N. Negmatov, E.D. Saltovskaya, T.P. Kiyatkina, A.K. Mirboboev, R.Z. Avzalov, S.SH. Marafiev kabi arxeologlar tomonidan olib borilgan uzoq yillik izlanishlar natijasida ko‘plab yodgorliklar ochib o‘rganilgan2. Biroq, hozirgi vaqtga qadar bu tadqiqotlar O‘zbekiston hududida joylashgan yodgorliklardan topilgan moddiy ashyolar bilan qiyosiy solishtirib o‘rganilmagan.

Ustrushonaning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy qismida yodgorliklar ancha ko‘p saqlanib qolgan. Ular asosan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida Mirzacho‘l sarhadlarida joylashgan. Bu yodgorliklarning ba’zilari S.R. Rahimov, O‘.A. Alimov, E. B. Anorboev, M.H. Pardaev, A.A. Gritsina, F.E. Toshboev va J.I. G‘ofurovlar tomonidan qisman o‘rganilgan. Mazkur tadqiqotlarda yodgorliklarning paydo bo‘lishi, arxeologik manbalar tavsifi, yodgorliklarning davriy sanasi, yodgorlik sohiblarining qaysi xalqlar va etnik guruhlarga mansubligi to‘g‘risida ilmiy fikrlar berilgan. Aytish mumkinki, Ustrushonadagi yodgorliklar qisman tadqiq qilingan bo‘lib, bu ma’lumotlar orqali mazkur tarixiy madaniy vohada yashagan ajdodlarimiz o‘tmishi va ularning o‘lka tarixida tutgan o‘rni masalalari yoritilgan.

Qayd etilgan va o`rganilgan yodgorliklarning aksariyati milodiy IV-V va VI-VIII asrlarga mansubdir. SHimoli-g‘arbiy Ustrushona xududlarini va xususan Jizzax vohasini muqim, o`troq xayot tarziga o`tgan ko`chmanchi xalqlar tomonidan ommaviy o`zlashtirilishi xuddi shu davrlarga to`g`ri keladi. SHu sababli mazkur regionning antik va ilk o`rta asr davriga oid yodgorliklarini o`rganish arxeologiya fani uchun muhim ma`lumotlar beradi.


Download 458 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish