Blits-so‘rov uchun namunaviy savollar:
Qadimgi Ustrushona tarixi haqidagi manbalar
Ustrushona rustoqlarini kim boshqargan?
Afshin so‘zi nimani anglatadi?
Afshin Haydar saltanatni necha yil boshqargan?
Arablar Ustrushonaga necha marta yurish qildi?
Bunjikat qaer?
CHirdmish so‘zi nimani anglatadi?
Ustrushona nechanchi yilda arablar omonidan to‘liq bosi olindi.
Mink Marasmanda nima?
Xarakana qaer?
N.Negmatov, M.Pardaev, A.Gritsinalar faoliyati qaysi hudud tarixini o‘rganish bilan bog‘liq?
Ibn Havqal kim?
Dizak qanday ma’noni bildiradi?
CHek erlari kimlarga tegishli edi?
Xitoyga dubulg‘a qaerdan keltirilgan?
evropaga otlarni qaysi qabila olib kelgan?
-Blits-so‘rovda ishtirok etgan o‘quvchilarga baho qo‘yiladi va echimini topmagan savollar uyga vazifa bo‘lib qoladi.
-SHundan so‘ng o‘qituvchi umumiy dars yakunini chiqaradi.
O‘quvchilarning darsga qatnashuv foizi ham aniqlanadi, ya’ni qaysi o‘quvchi necha marta javob berishga harakat qilganligi aniqlanadi.
-Uyga topshiriq:
1. Mavzuni o‘rganib kelish.
2. Atama va terminlarni yod olish.
3. O‘zbekiston tarixi (7-sinf) Qadimgi Ustrushona davlatining tarixdagi o‘rnini aniqlash.
4. Mavzu yuzasidan savollar tayyorlab kelish.
Bunday interfaol dars o‘tishda sinfdagi o‘quvchilar yuz foiz darsga jalb qilinadi, shu bilan birga ularning nutq madaniyati ham faollashadi. O‘quvchilarda “menimcha” degan alohida fikr mavjud bo‘ladi. Mavzuni yoritishda barchaning qatnashishi dars samaradorligining oshirishga yordam beradi.111
Xulosa
O‘rta Osiyoning ikki daryosi (Sirdaryo, Amudaryo) oralig‘idagi Baqtriya,So‘g‘d, CHoch, Farg‘ona kabi barqaror o‘troq hayot tarzidagi madaniy vohalarda qadimdan taraqqiyot jarayonlari faol kechgan. Bu Ustrushona mulklari uchun ham ta’lluqli bo‘lib bu erda ham IV-V asrlarda mustaqil boshqaruv tizimi qaror topa boradi. Ilk o‘rta asrlarga oid manbalarda Ustrushona haqida ham eslatiladi. “Sin Tan shu” -Tan saroyi tarixi yilnomasida bu davlat ya’ni SHarqiy Sao (davlati) – SHuaydushana, Suduyshana, Szebutseyuyna (Szebudana), Sudushini kabi to‘rtta nom bilan ataladi.
Ustrushona hududi va ularning chegaralari haqidagi ma’lumotlar IX-X asrlarga taalluqli arab geograflarining asarlarida mufassal berilgan. Unda yozilishicha, “Ustrushona mamlakatning nomi, bu nom bilan ataluvchi shahar yo‘q, katta qismi tog‘lardan iborat. Ustrushona sarhadlari g‘arbda Samarkand, shimoldan SHosh va Farg‘onaning bir qismi, janubdan Kesh, Sag‘aniyon, SHuman Vashxird va Rashtning ayrim hududlari, sharqdan Farg‘onaning bir qismi bilan chegaralanadi”. Ustrushona hududiga hozirgi O‘zbekiston respublikasining Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, Tojikiston respublikasining O‘ratepa, Xo‘jand viloyatlari va Qirg‘iziston respublikasining Laylak tumanlari to‘g‘ri keladi.
Ustrushonaga geograflar tomonidan tekis, cho‘lliklarga tutash rustoqlarga ega bo‘lgan dehqonchilik vohalari sifatida ta’rif berilgan. Ibn Havqalning yozishicha, “Ustrushonada kema yursa bo‘ladigan daryo ham ko‘l ham yo‘q, lekin uning ekinzorlari, yaylovlari va qishloqlari obod hosildor va (turli-tuman) mahsulotlarga boy. Uning yirik shahri ustrushonaliklar tilida Bunjikat deb ataladi. Unga quyidagi shaharlar qarashli: Arsubonikat, Kurkat, G‘azak, Fag‘kat, Sobot, Zomin, Dizak, Nujkat, Xarqona. Bular Ustrushonaning shaharlaridir. Hukmdorlari yashaydigan bosh shahar Bunjikat bo‘lgan. Rustoqlarning ma’muriy-markaziy bosh shahri mavjud bo‘lgan. Har bir rustoq mahalliy sulola – dehqonlar tomonidan boshqarilgan. Har bir dehqon o‘z qo‘shiniga ega bo‘lgan. Barcha dehqonlar Ustrushonaning oliy hukmdori – “afshin”ga bo‘ysingan.
Ustrushonaning shimoli-g‘arbiy rustoqlari mamlakatning ajralmas qismi sifatida uning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Bosh shahar Bunjikat rabodining to‘rt darvozasidan ikkitasi shimoli-g‘arb shaharlari nomi bilan “Zomin va Nujket darvozalari”, deb atalgan.
Ustrushonada bosh shahar Bunjikat dan keyin Zomin, Faknon rustoqlari tilga olinadi.Dizak aholisi zich joylashgan shahar bo‘lib, ko‘p sonli uylari, bozorlari, bog‘lari, musofir va savdogarlar uchun karvonsaroylari bilan mashhur bo‘lgan. O‘rta asr tarixchi – geograflari Ibn Havqal, al- Istahriy, al- Muqaddasiylarning yozishlaricha, – “Dizak tekislikda (joylashgan) shahar.Uning yonida Fankon nomli rustoqi bor. Dizakliklar jun va tivitdan kiyim kechak tikishga, gilam to‘qish va namat bosish ishlariga nihoyatda usta bo‘lganlar, manbalarda jizzaxliklar dehqonchilik borasida ham mohir bo‘lganligi ta’kidlanadi. Bu o‘lkada mevalar shu qadar ko‘p etishtirilganki, hatto, mevalar bilan uy hayvonlari boqilgan. SHaharda hunarmanchilik, shahar atrofida ziroatkor – dehqonchilik taraqqiy etgan.
Ustrushona hududida maqsadli tarzda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida, ajdodlarimiz hayot tarzi, ularning dafn etish bilan bog‘liq urf odatlariga oid ko‘plab ashyoviy manbalar qo‘lga kiritilgan. Ularda o‘rganilgan kulollik idishlari, qurol-yarog‘, zeb-ziynat va boshqa ro‘zg‘or buyumlari aholining hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish borasida yuksak madaniyat sohiblari bo‘lganligidan guvohlik beradi.
Ustrushonadagi yodgorliklarda qayd etilgan temirdan yasalgan o‘tkir tig‘li qurollar Ustrushonada hunarmandchilikning metallsozlik sohasi ham yuksak darajada taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, chorvadorlar harbiy tadbirlar muvaffaqiyatini belgilovchi temir qurollar ishlab chiqarishda mohir usta bo‘lishgan.
SHunday qilib arxeologik va yozma manbadardagi tahlillar, chorvadorlar amaliy san’atining yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. CHorvadorlarda hunarmand, uning ustaxonasi va u yasagan buyumlar nihoyatda qadrlangan. Ming yillar mobaynida temirchi, duradgor, to‘quvchi, kosib va h... ustaxonasi, shuningdek, tegirmon, juvozxona joylari ham muqaddas sanalgan. Bu inshoatlar o‘rni muqaddas sanalib toza va ozoda saqlagan, bu joylarga atab tez-tez qurbonliklar qilib turishgan. Bu an’analar bugungi kunda ham davom etmoqda va ularini o‘rganish ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ustrushona ko‘chmanchilarining ma’naviy hayoti, dini ularning tasavvurlarida ham aks etgan. Qang‘uylar, jumladan, O‘rta Sirdaryo bo‘yi xalqlari zoroastrizm dinidagi xudolardan bo‘lgan Farn ilohiga sig‘inishgan. Umuman olgan, diniy e’tiqod borasida Ustrushona aholisi, totemizmning har xil ko‘rinishlari bilan birgalikda, mazdaizmning olov va butlarga sig‘inuvchi maxalliy variantiga ham e’tiqod qilgan.
Mil. avv.gi V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodot massagetlar ibodat qiladigan yagona tangri – quyoshdir. Quyosh xudosiga otni qurbonlik uchun keltiradilarki, g‘ayratli tangriga g‘ayratli va tez chopar jonlikni qurbon kilish lozim deb hisoblaydilar”112, deb, bergan ma’lumotiga e’tibor qaratsak. Ustrushonaliklarning dafn udumlaridagi olov bilan bog‘liq amallarida ham avvalo, tabiat hodisalari, jumladan, quyoshga sig‘inish bilan bog‘liq tasavvurlar mujassamlashganligini anglash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.,O‘zbekiston 1998.
Karimov I.A. Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir. T., “O‘zbekiston”, 2012.
Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
Mirziyoev SH.M. “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi. / Xalq so‘zi. 2017 yil 16 iyun.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947- sonli Farmoni “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. / Xalq so‘zi. – 2017. 8 fevral.
Abulg‘ozi Bahodirxon. SHajarayi tarokima. – Toshkent: CHo‘lpon, 1995.
Alibekov L.A., Nishanov C.A. Prirodnыe usloviya i resursы Djizakskoy oblasti. –Tashkent: Uzbekistan, 1978.
Akchaev F.SH. Jizzax vohasi muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtorefarati. Toshkent, 2020
Asqarov A.A. O‘zbekiston xalqlari tarixi. 1.T. – Toshkent: 1992.
Asqarov A.A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. Toshkent, 2015.
Gritsina A. A. Severnaya Ustrushana v seredine I tыsechiletiya do n.e. nachalo XIII vv. n.e. (arx.-top. iss.) // Avtoref. dis….kand. ist. nauk.
Gritsina A.A. Ustrushanskie bыli. – Tashkent: Izdatelstvo narodnogo naslediya im. A. Kadыri, 2000., Samarkand: 1990.
Gumilev L.N. Qadimgi turklar.(Tarjima, kirish so‘z mualliflari va nashrga tayyorlovchilar B.O‘rdabekli va A. Ayritomiy) – Toshkent: Fan, 2007, – B. 359.
Ibn Havqal. Kitob surat al –ard (Arab tilidan tarjima va izohlar muallifi SH.S. Kamoliddin). Toshent: ”Uzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2011.
Pardaev M.H., G‘ofurov J.I. Ustrushonaning ilk o‘rta asr qishloq makonlari (yozma va arxeologik manbalar asosida). Toshkent, 2016. Pardaev M.X. Komilbobotepa qal’asi// O‘MMT № 32.. Toshkent: 2001.
Pardaev M.H., To‘ychiboev B.B. Ustrushona qadimda va ilk o‘rta asrlarda. Toshkent, 2017. B. 14.Pardaev M.H. Qo‘y va bo‘ri ruhiga sig‘inishning o‘zaro bog‘liqligi haqida // O‘IF (ONU). – Toshkent: Fan, 1995. –№ 1-2- 3. –B. 41-45.
Pardaev. M.X.Qadimiy Jizzax vohasida o‘troq dehqonlar va ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati // O‘MMT –№ 33. Samarqand: 2003.
Pardaev M.X. Jizzax voxasining IV-VI asrlardagi kulollik idishlari // IMKU. Vыp. 29. Samarkand, 1998. S.145-151.
Pardaev M.H. Ilk o‘rta asrlarda cho‘l madaniyatining Jizzax va Buxoro voxasiga ta’siri. / / ONU №4-5. Toshkegnt: 1998.
Sagdullaev A.A. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: 1999. – B. 82.
Sverchkov L.M. Poselenie Mыk - istochnik po istorii srednevekovoy Ustrushanы: diss. ...kand.ist.nauk.- Samarkand,1991.
Toshboev F.E. Ustrushona chorvadorlarining ant ic davrdagi madaniyati. Toshkent, «TAFAKKUR QANOTI» 2014. – 237 B.
Toshboev F.E. Ikki xil xo‘jalik yagona iqtisodiy tizim. // O‘zbekiston arxeologiyasi №1. T., Fan, 2010, 76-81b.,
Toshboev F.E.Ustrushona xalqlarining harbiy qurollari haqida dastlabki mulohazalar. // O‘zbekiston arxeologiyasi № 7 Toshkent-Samarqand, 2013. – 66-73 B.
To‘ychiboev B, Qashqirli Q. Zominning til qomusi. Toshkent, 2010.
SHaydullaev SH.B. O‘zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida). Tarix fanlari doktori diss. Samarqand, 2009
SHoniyozov K.SH. Qang‘ davlati va qang‘lilar. Toshkent, 1990.
Xo‘jaev A. Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar. Farg‘ona, 2013.
eshov B. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi.T.,”Ma’rifat”, 2009.
Umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartilari.T.1999yil,2-son,86-bet.
Ta’lim taraqqiyoti. O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligining Axborotnomasi 2-Maxsus son, 2019 yil. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. - T., “SHarq”, 1999 y.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar. I qism.- Toshkent, 2017 yil.
Yo‘ldoshev J., Yo‘ldosheva F., Yo‘ldosheva G. Interfaol ta’lim sifat kafolati. T., 2008, 29 b.
YUsupov F.O‘qituvchi individual tayyorgarliklarini oshirishning pedogogik-psihologik jihatlari. Xalq ta’limi №5, 2005 yil
Ta’lim taraqqiyoti. O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligining Axborotnomasi 2-Maxsus son, 2019 yil 28 b.
YUsupov R.K. Tarixni o‘qitish uslubi. Samarqand. Universitet, 2001. 83 b.
N.Tayloqov. Xalq ta’limiga Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish ta’lim sifatini oshirishning omili sifatida. Xalq ta’limi. 2005 yil № 5 soni
N.Saidaxmedov. YAngi pedagogik texnologiyalar. T.”2015. 79-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |