Mustaqil yеchish uchun masalalar
1. Quyidagi sistеmalar uchun:
a) natriy sulfat eritmasi va suv bug’i;
b) natriy sulfat eritmasi, muz kristallari va suv bug’i;
v) natriy sulfat eritmasi, muz kristallari, Na2SO4·10H2O kristallari va suv bug’i;
g) natriy sulfat eritmasi, Na2SO4·10H2O va Na2SO4 kristallari va suv bug’i erkinlik darajasini hisoblang.
2. Quyidagi sistеmalar uchun:
а) Sromb Smonokl Sbug’;
б) Ssuyuq S bug’;
в) Sromb;
г) Sromb Smonokl Ssuyuq erkinlik darajasini hisoblang.
Laboratoriya mashg’uloti-12
Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash
Ishning maqsadi. 1.Eritmaning elektr o’tkazuvchanligi va erigan moddaning elektrolitik dissotsilanish darajasini aniqlashning klassik metodi bilan amalda tanishish.
2. Sirka kislotaning turli kontsentratsiyasi eritmalari (1/8 N dan 1/64 N gacha) ning solishtirma elektr o’tkazuvchanligini aniqlash.
3. Tajribada olingan ma’lumotlar asosida
a) yuqoridagi eritmalarning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi
b) shu eritmaning elektrolitik dissotsilanish darajasini
v) sirka kislotaning dissotsilanish konstantasini hisoblab topish
Ishni bajarish uchun kerakli asboblar va reaktivlar. Akkumulyator; kalit; induktsion g`altak; reoxord; qarshiliklar magazini (1-1000); eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash uchun idish; telefon (galvonometr qo’yish ham mumkin); elektr simlari va ulovchi klemmalar; 300 ml lik ikkita stakan; har bir bo’lagi 0.1 ml bo’lgan 50 ml li 2 ta byuretka; CH3COOH ning 1.0 N va KCl ning 0.02 N eritmasi.
Asbobning tuzilishi.
1 – tekshiriladigan eritma solinadigan idish;
2 – qarshiliklar magazini;
3 – akkumulyator;
4 – kalit;
5 – xarakatchan kontakt
6 - telefon (yoki uning o’riniga galvonometr qo’yish ham mumkin);
7 – induktsion /altak;
AS – reoxord;
VD – ko’prik.
Ma’lumki o’tkazgichlar birinchi va ikkinchi turdagi o’tkazgichlarga ajratiladi. Birinchi turdagi o’tkazgichlarga metall va ularning qotishmalari, grafit, ba’zi qiyin suyuqlanuvchan oksidlar va boshqa materiallar kiradi. Ikkinchi turdagi o’tkazgichlarga esa kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari, tuzlarning suyuqlanmalari va ba’zi qattiq tuzlar (masalan, natriy xlorid va kaliy xlorid) kiradi.Birinchi turdagi o’tkazgichlarda elektr tokini elektronlar tashisa, ikkinchi turdagi o’tkazgichlarda qarama–qarshi elektrodlarga tomon tartibli harakatlanadigan ionlar tashiydi. Ionlar elektrodlar sirtida zaryadsizlanadi.
Elektr o’tkazuvchanlik – elektr toki o’tishiga bo’lgan qarshilikga teskari propartsional bo’lgan kattalikdir. O’tkazgichning tok o’tishiga qarshiligi
R= formula orqali ifodalanadi.
Bu erda R- tok o’tishiga bo’lgan qarshilik, p- solishtirma qarshilik, l- o’tkazgichning uzunligi, S- o’tkazgichning ko’ndalang kesimi yuzasi.
Elektr o’tkazuvchanlik quyidagi formula orqali ifodalanadi
L=
Bu erda L- elektr utkazuvchanlik.
q -solishtirma elektr utkazuvchanlik
Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bu bir-biridan 1sm oraliqda joylashgan sirt yuzasi 1sm2 teng bo’lgan ikkita elektrod orasidagi 1 ml hajmli eritmaning elektr o’tkazuvchanligidir. Shundan kelib chiqgan holda ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik tarkibida 1 gr. ekvivalent erigan modda tutgan suyultirilgan eritmaning millilitrlar sonini solishtirma elektr o’tkazuvchanlikga ko’paytmasiga teng bo’gan kattalik deyish mumkin:
(2)
Bu erda - ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik; - solishtirma elektr o’tkazuvchanlik; C- 1 l eritmadagi moddaning gr –ekvivalentlar soni; V -1 gr –ekvivalent modda erigan eritmaning hajmi.
Eritmalarning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi eritma suyultirilganda ionlar sonining ko’payishi sababli ortadi. Shunga muvofiq berilgan elektrolit eritmasining ekvivalent elektr utkazuvchanligining ortishi elektrolitning dissotsilanish darajasi orqali aniqlanishi mumkin. Shu bilan birga elektrolit eritmasi suyultirilgan sayin uning ekvivalent elektr utkazuvchanligi ma’lum chegaragacha ortib boradi keyin esa doimiyligicha qoladi. Elektr o’tkazuvchanlikning bu chegaraviy qiymati cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanlik deb ataladi va bilan ifodalanadi. Elektr o’tkazuvchanlik xodisasini o’rganish tufayli turli elektrolitlarning cheksiz suyultirilgan eritmalarining hammasida dissotsilanish darajasi 1ga teng bulganda xam ularning ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik qiymati turlicha ekanligi aniqlangan. Buning sababini tok tashuvchi ionlarning xarakatchanliklari turlicha ekanligi bilan bog’lash orqali tushintirish mumkin. Cheksiz suyultirilgandagi elektr o’tkazuvchanlik ionlarning xarakatchanliklari yig`indisiga teng buladi.
Eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi va ionlarning xarakatchanliklari qiymatini aniqlash orqali topiladi.
= (3)
Bu formuladan elektrolitning dissotsilanish darajasini hisoblab topish mumkin.
Kuchsiz elektrotlarning eritmasida dissotsilanmagan molekulalar hamda molekulalarning bir qismi dissotsilanishdan hosil bulgan kation va anionlar bo’ladi. Eritmada ular orasida dinamik muvozanat qaror topadi va uni berilgan temperatura va elektrolitlarning umumiy kontsentratsiyasi uchun doimiy bulgan kattalik- elektrolitning dissotsilanish konstantasi orqali ifodalash mumkin. Uni massalar ta’siri qonuniga asoslanib hisoblab topish mumkin.Ikkita ion hosil qilib dissotsilanuvchi molekulalar uchun
=
Bu erda K- elektrolitning dissotsilanish konstantasi; SK- kationlar kontsentratsiyasi; SA- anionlarning kontsentratsiyasi;SAK- dissotsilanmagan molekulalar kontsentratsiyasi.
Agar hajmi V ga teng bulgan elektrolit kontsentratsiyasini S deb olsak, u xolda
buladi
Bu erda - elektrolitning dissotsilanish darajasi; V– xajm (suyultirish)
Elektrolitning dissotsilanmagan molekulalari kontsentratsiyasi
SAK=(1- )C=
Shunga muvofiq
K=
Bunda ekanligini hisobga olsak
(4)
Agar (4) formulaga ning (3) dagi qiymatini keltirib qo’ysak
(5) kelib chiqadi.
Shu tariqa umumiy kontsentratsiya S ga teng bo’lgan elektrolitning dissotsilanish kontsentratsiyasi uning eritmasini elektr o’tkazuvchanligini o’lchash natijalari orqali hisoblab topiladi. Shuningdek elektr o’tkazuvchanlik – qarshilikka teskari proportsional kattalik bo’lganligi sababli uni o’lchash uchun eritmaning qarshiligi ma’lum qarshilik bilan taqqoslanadi. Bu maqsadda Uitston ko’prigidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |