Ishning maqsadi. Ionomer yordamida vodorod ionlarining
konsentratsiyasini aniqlash usuli bilan tanishish.
Tajriba. Tabiiy suvning pH qiymatini aniqlash Tabiiy suv ko’pincha ishqoriy muhitga ega bo’lib, potensiometrik usul bilan uning muhitini aniqlashda suvning rangi, undagi oksidlovchi va qaytaruvchilar, muallaq zarrachalar analizga xalaqit bermaydi.
Kerakli asbob va reaktivlar. pH-metr, millivoltmetr yoki ionomer И-130,
ЭСЛ-43-07 yoki ЭСЛ-63-07 shisha elektrodlar, xlorkumushli ЭВЛ-1М3 elektrodi,
termokompensator yoki termometr, 100 yoki 200 ml li stakanlar, pH qiymati aniq
bo’lgan standart bufer eritmalar.
Ishning borishi. pH-metr yoki ionomer bilan eritma pH ini aniqlash juda
qulay va oson bo’lib, ishlatiladigan asbob sozlangan bo’lsa har ikki-uch minutda
bitta eritmaning pH qiymatini aniqlash mumkin. Ionomerni sozlash ham uncha murakkab bo’lmay bir oz vaqt talab qiladi. Buning uchun avval standart eritmalar tayyorlash kerak. Masalan, 250C da 0,05 M kaliy tetraoksalat eritmasining pH qiymati 1,68; kaliy gidrotartrat to’yingan eritmasiniki 3,56; 0,01 M natriy tetraborat eritmasining pH qiymati esa 9,18 ga teng bo’ladi. Bu moddalarning aniq o’lchab olingan miqdorlari shisha ampula (fiksanal)larda sotuvga chiqariladi. Ampuladagi modda ko’rsatilgan hajmdagi suvda eritilsa, doimiy pH qiymatiga ega bo’lgan eritma tayyor bo’ladi. Ionomer uzoq vaqt mobaynida ishlatilmagan bo’lsa, shisha elektrodni bir sutka davomida 0,1 M xlorid kislota eritmasiga botirib qo’yish kerak. Xlorkumushli elektrodni tayyorlash uchun esa yaxshilab yuvib, unga kaliy xloridning to’yingan eritmasidan quyiladi. Ionmerni sozlash uchun bufer eritmalardan biri stakanga quyilib, unga elektrodlar tushiriladi.
Termokompensator ulangan bo’lsa, harorat dastasi “avt” holatida, termometrdan foydalanganda esa harorat dastasi “ruchn” holatiga keltiriladi, temperatura o’lchanadi va asbobda ham tegishli harorat o’rnatiladi. Ionomerning pX dastasi bilan olingan eritmaning pH qiymati tabloda chiqariladi. Eritma ionomer shtatividan olinib, elektrodlar distillangan suv bilan yuvilib, filtr qog’ozi bilan quritiladi. Keyin uning o’rniga pH qiymati aniq bolgan boshqa eritma qo’yiladi va “krutizna” dastasi bilan bu eritmaning ham pH qiymati tabloda o’rnatiladi. Daslabki eritmaning pH qiymati yana qayta tekshirib ko’riladi. Agar qiymatlar mos kelsa(ionomer sozlangan holatda), istalgan eritmaning pH qiymatini aniqlash mumkin. Eritmadagi vodorod ionlarining qiymatini pH = – lg [H+] formuldan foydalanib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |