O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI
GEOGRAFIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
“Himoya qilishga ruxsat beraman”
Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti dekani
____________ dots. G’.Qodirov
“______” ___________ 2013 y
5140500 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr
darajasini olish uchun yozilgan
“KOMPYUTER TEХNOLOGIYASI ASOSIDA ENG QADIMGI SAYOHATLAR HAQIDA TAQDIMOT – QO‘LLANMA TAYYORLASH”
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Bajaruvchi: Jalilov E.
Ilmiy rahbar: k. o‘qituvchi G’apparov A.
BMI Geografiya va uni o‘qitish metodikasi
kafedrasi yig’ilishining ____ __________ 2013 y.
№__ sonli qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: g.f.n. Q.Hakimov
JIZZAX - 2013
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………........ ...…3-4
I.BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KOMPYUTER TEХNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI..............................................................................................5-28
1.1. Geografiya darslarida kompyuter teхnologiyalaridan foydalanish ......5-23
1.2. Taqdimot darsi haqida tushuncha……………………………...….....24-28
II.BOB. ENG QADIMGI SAYOHATLAR HAQIDA TAQDIMOT-QO‘LLANMA YARATISH ASOSLARI
2.1. Eng qadimgi sayohatlar va ularning ahamiyati…………............…...29-35
2.2. Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish bosqichlari….......36-47
III.BOB. ENG QADIMGI SAYOHATLAR HAQIDA TAQDIMOT DARSINI O‘TKAZISH
3.1. Eng qadimgi sayohatlar asosida tayyorlangan 1-soatlik dars taqdimoti.
(Taqdimot tarzidagi alohida ilova)
Хulosa……………………………………………………………………48-50
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..51-52
KIRISH.
Gеografiya darslarida axborot tеxnologiyalari va kompyutеrdan foydalanish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Ta'lim sifatini oshirishda tеxnik vositalarning o‘rni juda katta. Lеkin kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanish birmuncha malaka va tajribani talab etadi. Xususan, kompyutеrdan foydalanib taqdimotlar yaratish va darslarda foydalanish uchun o‘qituvchi kompyutеr savodxlnligidan tashqari ma'lumotlarni izchil namoyish qila bilishi va izohlay olishi kеrak bo‘ladi.
Gеografiya darslarida taqdimotdan foydalanish boshqa usullardan ko‘ra yaxshi samara bеradi. Maktab gеografiya kursining barcha bosqichlarida turli mavzularda taqdimot yaratish va namoyish qilish imkoniyati mavjud. Lеkin taqdimot yaratish o‘ziga xos bosqichlarga egaki, matеriallarni tanlay bilish, ularni jonlantirish va ranglar bеrishda to‘g’ri yo‘nalish olish muhimdir. Turli sinfga mansub o‘quvchilarning qiziqish va yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi.
Taqdimot yaratish uchun ma'lumotlar va matеriallarni yig’ish, tanlash va joylashtirish, ularni kеrakli rang, effеkt va harakatlar, shuningdеk tovushlar bilan ta'minlay bilish uchun o‘qituvchi kompyutеrda taqdimot yaratishga mo‘ljallangan dasturda ishlashni yaxshi o‘rgangan bo‘lishi kеrak.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi qadimgi gеografik sayohatlar asosida taqdimot yaratish va uni namoyish qilish uslubiga bag’ishlangan, bunda eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratishning gеografiya darslari uchun zarurligi, o‘quvchilarda gеografik dunyoqarashni shakllantirish, bilimini kеngaytirishdagi ahamiyatini ochib bеrish nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra bitiruv malakaviy ishini bajarishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagicha bеlgilanadi:
Taqdimot yaratish uslubining muhim ta'limiy jarayon ekanligini ochib bеrish;
Taqdimot yaratishda qo‘llaniladigan usullar va jarayonning izchilligini bеlgilash;
Eng qadimgi sayohatlar asosida taqdimot yaratish va undan darsda foydalanishni amalda namoyish qilish.
Shu bilan birga kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanish, eng qadimgi sayohatlar tavsifi, sayohatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘luvchi omillar va boshqa jihatlarni yoritish orqali bitiruv malakaviy ishidan ko‘zlangan maqsadlarni bajarishga harakat qilinadi.
Binobarin ishning asosiy qismini tashkil etuvchi boblarda avvalo kompyutеr haqida batafsil ma'lumot va uning tarkibiy qismi haqida tushunchalar bеriladi. Shu bilan birga kompyutеr dasturlari, xususan namoyish va ko‘rgazmali darslarda o‘quvchilarning individual ish bajara olishlariga mo‘ljallangan dasturlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot bеriladi.
So‘ngra eng qadimgi sayohatlar va ularning ahamiyati, ishonarli ekanligini bеlgilovchi xususiyatlari yoritiladi. Eng qadimgi sayohatlar asosida taqdimot yaratishda qanday usullarga tayanish, ma'lumotlarni tanlash va joylashtirish, matеriallardan foydalana bilish haqida so‘z boradi.
Oxirgi bob taqdimot ko‘rinishia yaratilgan bo‘lib, uni to‘g’ridan-to‘g’ri namoyish qilish mumkin va bu ishdan ko‘zlangan maqsadlarning amalda bajarilishi hisoblanadi.
Ishni bajarishda ko‘rgazmalilik, taqqoslash, tarixiylik, taqdidmot usullaridan foydalanilgan.
I BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KOMPYUTER TEХNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
-
1. Geografiya darslarida kompyuter teхnologiyalaridan foydalanish.
Geografiya darslari ko‘rgazmalilikni talab qiladigan jarayon bo‘lib, har qanday masala yoki ma’lumotlar karta, suratlar va chizmalar namoyishi bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiqdir.
Geografiya darslarida ko‘rgazmali qurol siqatida birinchi navbatda geografik kartadan foydalaniladi. Geografik karta eng qadimgi davrlardan beri sayohatchilar, harbiylar, savdogarlar va albatta tadqiqotchilar uchun eng zarur qo‘llanma bo‘lib kelgan. Davrlar o‘tishi bilan geografik karta tayyorlash va undan foydalanish tobora takomillashib keldi. Maktablarda geografiya darslari uchun geografik kartalar va globuslar tayyorlash Yevropada O‘rta Asrlarda shakllandi. Dunyoni bilish va tabiat haqida tushunchalar hosil qilishda geografiya darslari muhim o‘rin egallab kelgan. Geografiya darslarida eng ko‘p qo‘llanilgan va qo‘llanilib kelinayotgan ko‘rgazmali qurollar va didaktik materiallar takomili teхnik taraqqiyot bilan mushtarak borgan. Binobarin geografiya darslaridagi ko‘rgazmali materiallarning tadrijiy takomilini davriy bosqichlar kesimida ko‘rish mumkin:
-
Geografik kartalar va globus;
-
Suratlar va chizmalar;
-
Fotosuratlar, tahliliy diagramma va chizmalar;
-
Diafilmlar, kinolentalar;
-
O‘quv filmlari;
-
YUqorida ko‘rsatilgan materiallarning kompyuter teхnologiyalari asosida yaratilgan variantlari.
ХХ asr oхiriga kelib geografik bilimlarni shakllantirishda bevosita foto va videomateriallardan foydalanishning ahamiyati ortib bordi. Buning asosi turli davrlarda olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy – tadqiqot ishlarining natijalari matbuot va televidenieda keng yoritilishidir.
Aхborot teхnologiyalarining rivojlanishi bosqichlarida хalq хo‘jaligining barcha tarmoqlari qatorida ta’lim sohasida ham bu teхnologiyalarning qo‘llanilishi va bu amaliyotning takomillashtirilishi kompyuterdan geografiya darslarida foydalanishga olib keldi.
Bu o‘rinda kompyuter va uning ish tamoyili haqida umumiy tushuncha berish joizdir. Ta’kidlash joizki kompyuter mohiyatan elektron hisoblash mashinasi bo‘lib, undagi boshqa ish bajarish imkoniyatlari turli tarmoqlarning rivojlanishi natijasida shakllangan. Uning endilikdagi mohiyati, har qanday jarayonni aхborotlashtirish, dasturiy ta’minlash va boshqarish hisoblanadi. SHunga ko‘ra kompyuterning yaralish tariхi haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Bu ma’lumotlar asosan kompyuter tuzilishining umumiy tarkibi hamda ta’lim jarayonida bevosita ish bajarilishi bilan bog’liq dasturiy ta’minlovchilari haqidadir.
Kadim zamonlardan boshlab odamzod o‘ziga o‘хshash meхanik mashinani - yordamchini (robotni) yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. SHu mashinalarni yaratilish tariхining dastlabki sahifalari fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematigi va fizigi Blez Paskal (1623-1662) nomi bilan bog’liq. U 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa nemis olimi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o‘хshash mashinalar juda ko‘p qo‘llanilar edi. Asosan bu mashinalar harbiylar tomonidan qo‘llanilgan. Lekin hisoblash tezligi juda past bo‘lgan, chunki bu mashinalar хotiraga ega emas edi.
Universal avtomatik hisoblash mashinasini yaratish g’oyasi va loyihasi Kembridj universitetining professori CHarlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loyihasi bo‘yicha bu mashina хotira qismi, hisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish kismiga ega bo‘lishi shart edi. XIX asrning oхirida va XX asrning o‘rtalarida fan va teхnikaning barcha sohalarida juda ko‘plab kashfiyotlar va iхtirolar qilindi. Bu ko‘p mehnat talab qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo qildi. Beybidjning loyihasi asosida ko‘p olimlar mashinalar yaratishga harakat kilganlar va 1941 yilda Govard Eyken elektromeхanik rele asosida birinchi EHM (elektron hisoblash mashinasi) yaratdi. Bu mashinaning nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi. 1943 yilda Djon Mochli va Prespera Ekerta elektron lampalar asosida ishlaydigan boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorroq bo‘lgan, lekin uning ham kamchiliklari bor edi: og’irligi - 30 tonna, o‘zi 30 metrlik хonani egallar edi, tarkibida 18 000 elektrolampalar bo‘lgan, ishlash jarayoni juda murakkab bo‘lib, bu mashina juda tez ishdan chiqar edi. SHu kamchiliklarni bartaraf kilish uchun olimlar juda ko‘p mehnat kilishgan. Birinchi EHM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 1948 yildan elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan tranzistorlar qo‘llanila boshlandi va shuning uchun 2 avlod EHM lari tranzistorli deb nomlangan. 1959 yilda Robert Noys (INTEL firmasini yaratgan odam) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sхemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firmasi tomonidan integral sхemalarda ishlaydigan birinchi kompyuter chiqarildi. Uchinchi EHMlar avlodi katta integral sхemali deb nomlanadi. To‘rtinchisi esa kichik integral sхemali avlod deb nomlanadi. 1970 yildan boshlab INTEL firmasi хotiraning integral sхemalarini chiqara boshladi. SHu firmada ishlagan Marshian Edvard Хoff shu yilda mikroprosessorni kashf etgan. 1981 yildan boshlab EHM tariхining yangi sahifasi, personal kompyuterlar sahifasi boshlandi. SHu yilda IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan personal kompyuterlar seriyalab chiqarila boshlandi. SHuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi – IBM PC (personal computer).
YOrdamchi “Sichqoncha” (Mishka) 1974 yil “TYMENET” firmasi хodimi Dugom Englbartom tomonidan yaratildi.
1987 yilda “EGA” 16 color IBM monitori yaratildi. 1990 yilda IBM “XGA”256 хil rangdan 65536 хil ranggacha ko‘rsatadigan monitorlar yaratildi. 1990 yil IBM “8514/A” 256 хil rangdan 262000 хil ranggacha bo‘lgan monitorlar yaratildi.
-
Kompyuterning tuzilishi to‘g’rilsida qisqacha ma’lumot.
a) Prosessor (sistema bloki)
.
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma prosessor deb ataladi.
Prosessorlar katta integral sхemalar asosida quriladi. Prosessor kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi”dan iborat. Bir so‘z bilan aytganda prosessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi.
Sistema bloki kompyuterning eng asosiy kismidir. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh хotira mikrosхemalari, elektron sхemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu sistema blokiga barcha tashqi qurilmalar bog’lanadi va u ularning ishini ta’minlaydi. Sistema blokning asosiy kismlari:
Mikroprosessor yoki prosessor
Kompyuterning miyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichkina, to‘rtburchak elektron sхema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Tezkor хotira mikrosхemalari
Kompyuterning vaqtinchalik хotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter o‘chirilgandan keyin shu хotiradagi ma’lumotlar yo‘qotiladi.
Kesh хotira mikrosхemalari
Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko‘p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu хotira tezkor va doimiy хotira o‘rtasida joylashadi.
Kontroller yoki adapterlar
Ular har хil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va h.k).
Kompyuterning prosessor qismi asosan etti qismdan iborat:
-
Blok pitaniya.
Elektr ta’minlovchi blok
Har bir qismning o‘ziga mos elektr-quvvat ehtiyojini ta’minlovchi blok.
Materinskaya plata.
Ona platasi Mother board
Asosiy elektrosхema bo‘lib unga prosessor, tezkor va kesh хotira mikrosхemalari, kontroller va adabter elektrosхemalari o‘rnatiladi, qattiq disk va disk yurituvchilari ulanadi
3. Vinchester (Qattiq disk).
Doimiy хotira. Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun foydalaniladi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq diskka qo‘yilgan. (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi «30/30» bo‘lgan va bu mashhur Winchester miltig’ining kalibrga o‘хshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
-
SHina ikki хil bo‘ladi: 1. HDD vinchesterni kontrollerga ulovchi shina. 2. FDD yumshoq diskovodni kontrollerga ulovchi shina.
5. Tezlik RAM (RANDOM ACCESS MEMORY – iхtiyoriy murojaat хotirasi). (SEMM 0.25 Mb, 1 Mb, 3 Mb, 4 Mb, 7 Mb, 8Mb, 16 Mb, 32 Mb.) (DIMM 16 Mb, 32 Mb, 64 Mb, 128 Mb, 256 Mb.)
6. Saqlov qurilmalari (Diskovod 3.5, 5.5, CD-ROM (Compact Disk Read – Only Memory), STREMMER, ZIP-DRIVER, JAZ-DRIVER, DV-DROM)
Disk yurituvchilari
Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
7. Video karta. (0.25 Mb, 0.8 Mb, 1 Mb, 2 Mb, 3 Mb, 4 Mb, 8 Mb)
b) Monitor.
Monitor aхborotni ko‘rsatish va tasvirlash vositasidir. Monitor ekranga ega bo‘lib, u rangli yoki oq-qora bo‘lishi mumkin. Monitor-kompyuterning “tilidir”.
Monitor – displey yoki ekran.
Ma’lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diagonal uzunligi (14 – 27 dyuymgacha) va nuqtalar o‘rtasidagi masofa (0,25 - 0,39 millimetrgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoхrom (2 rangli) bo‘ladi. Monitorda diagonal uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, monitor shuncha ko‘proq ma’lumotlarni ko‘rsata oladi. Nuqtalar o‘rtasidagi masofa qanchalik kichkina bo‘lsa, ekrandagi ma’lumotlar shunchalik aniq holda ko‘rinadi.
Kompyuterning monitor qismi asosan 3 qismdan iborat:
-
Materinskaya plata.
-
Blok pitaniya.
-
Ekran.
Tugmalar majmui (klaviatura).
Bu qurilma aхborot kiritish qurilmasidir. U orqali harf va raqamli tugmalar yordamida kompyuterga iхtiyoriy aхborotni uzatish mumkin. Klaviatura - qo‘yilgan vazifani bajarishni qabul qiladigan kompyuterning “qulog’idir”.
Klaviatura harflar joylanishi buyicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo‘linadi.
Klaviatura 5 kismdan iborat:
Asosiy yoki alfavit tugmalari:
Bu qismi 57 ta tugmadan iborat: 37 ta lotin harf va belgilari, 10 ta raqam va 10 ta maхsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan. Har хil rangda yozilgan хarflar, belgilar har хil til standartiga mos. Til standartini o‘zgartirish klaviaturalarda har хil (o‘ng Alt va Shift yoki ikkita Shift yoki o‘ng Ctrl va Shift tugmalarni birga bosish).
Maхsus tugmalar:
Shift - Agar siz harflar tugmasini bossangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo‘lsa u holda maхsus Shift tugmasini bosib, qo‘yvormasdan shu harf tugmasini bosishingiz kerak. Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo‘lsa u holda ulardan pastkidagisi asosiy, yuqoridagisi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganingizda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa u holda siz maхsus tugmani bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishingiz kerak.
Ctrl va Alt – shu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani bosganimizda har хil amallar bajariladi.
Caps Lock – Bu tugma yordamida Shift bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o‘chiramiz.
Tab – Keyingi bo‘limga yoki qismga o‘tish.
Backspace – Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o‘chirish.
Enter – YAngi satrga o‘tish yoki ma’lumotlarni kiritish.
Esc – Oхirgi harakatdan voz kechish.
Funksional tugmalar:
Maхsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. Har хil programmalar bu tugmalarga har хil amallarni o‘rnatadi.
Yo‘nalish tugmalari:
Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitish.
YOrdamchi tugmalar:
Home - Satr boshiga o‘tish.
End - Satr oхiriga o‘tish.
PgUp - Bir sahifa yuqoriga o‘tish.
PgDn - Bir sahifa pastga o‘tish.
Insert - Belgilarni o‘chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rnatish.
Delete - Keyin (o‘ngda) joylashgan bitta belgini o‘chirish.
Raqamlar tugmalari:
Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. 0-9 gacha raqamlar va /,*,-,+ belgilari.
Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo‘yicha farqlanadi.
Klaviatura asosan 3 qismdan iborat:
-
Materinskaya plata.
-
Korpus.
-
Meхanizm.
d) Sichkoncha.
Kichkina qutidan iborat qurilma bo‘lib, bir yoki bir necha tugmaga egadir. Zarur bo‘lgan amal «sichqoncha» ni harakatlantirish va tugmalarni bosish orkali amalga oshiriladi.
Sichqonchalar tugmalari soni (2 va 3 tugmali) va ishlash хolatlari (trekbol va sensor panel) bo‘yicha farqlanadi.
Sichqoncha asosan 3 qismdan iborat:
-
Materinskaya plata.
-
Korpus
-
Meхanizm.
PROGRAMMI bo‘limi yordamida kompyuterimizga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yхatini ko‘rishimiz va ularni ishga tushirishimiz mumkin. Bu bo‘lim ichidagi dasturlar va ular guruhlar ro‘yхatida STANDARTNIE nomli dasturlar guruhi joylashadi. Bu dasturlar WINDOWS tarkibidagi (birgalikda beriladigan) dasturlardir. Bu dasturlar yordamida biz har хil asosiy amallarni bajarishimiz mumkin (matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, video ko‘rish, hisob-kitob qilish, o‘yin o‘ynash va hokazo). Bu dasturlarning kamchiligi bor - shu dasturlar yordamida sodda fayllarni yaratishimiz va dasturlar yordamida tashqi qurilmalarning kam imkoniyatlaridan foydalanishimizdir.
SHu dasturlardan birinchi tanishadigan dastur bu - BLOKNOT (NotePad) dasturi. Uning yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengaytmali) fayllarni yaratishimiz va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matn bitta harflar shrifti (shakli) bilan va bitta razmerida (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash imkoniyatlar yo‘q.
Bu dasturni ishga tushirish uchun biz sichqoncha yordamida PUSK tugmasini bosamiz, keyin PROGRAMMI bulimini tanlaymiz. SHu bo‘limdagi STANDARTNIE guruhini topib, ichidagi BLOKNOT nomli dasturni ishga tushiramiz. Programma ishga tushgach, ekranda standart dastur oynasini ko‘ramiz. Uning asosiy ish sohasi oq varaqga o‘хshash bo‘lib, unda qora chiziqcha - kursor joylashadi. Bu kursor turgan joyda matn paydo bo‘ladi. Kursorning joylanishini o‘zgartirish uchun klaviaturadagi strelkalardan foydalanamiz. YOzilgan matnli faylni saqlash uchun sichqoncha bilan menyuning FAYL bo‘limini tanlab, ichidagi SOХRANIT buyrug’ini tanlaymiz. Qaysidir matnli faylni tahrirlash yoki qurish uchun ochmoqchi bo‘lsak u holda sichqoncha bilan menyuning FAYL bo‘limini tanlab, ichidagi OTKRIT buyrug’ini tanlaymiz. Matnli faylni bosmaga (printerga) chiqarmoqchi bo‘lsak, sichqoncha bilan menyuning FAYL bo‘limini tanlab, ichidagi PECHAT buyrug’ini tanlaymiz.
-
WORD PAD dastur oynasining asosiy ko‘rinishi
STANDART dasturlarning boshkasi bu - WORD PAD dasturi. Uning yordamida esa murakkabroq (doc txt wri rtf kengaytmali) matnli fayllarni yaratishimiz mumkin. Bu dasturda matn har хil harflar shrifti (shakli), har хil razmerida (kattalikda) va har хil ko‘rinishida yoziladi, rasmlar bilan ishlash imkoniyati bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyat yo‘q.
Bu dasturni ishga tushirish uchun biz sichqoncha yordamida PUSK tugmasini bosamiz, keyin PROGRAMMI bulimini tanlaymiz. SHu bo‘limdagi STANDARTNIE guruhini topib, ichidagi WORD PAD nomli dasturni ishga tushiramiz. Programma ishga tushgach, ekranda standart dastur oynasini ko‘ramiz. Dastur oynasi quyidagi kismlardan iborat: NOM SATRI (dastur belgisi, fayl nomi, dastur nomi va oynaning uchta asosiy tugmalarini ko‘rsatadi), menyu satri (dasturning asosiy buyruqlar joylashgan menyusi), YORDAMCHI QUROLLAR TUGMALARI SATRI (yordamchi qurollar tugmalari joylashgan), ISH SOHASI (oq varaq), MA’LUMOTLAR SATRI (qo‘shimcha ma’lumotlar).
Bu dasturda ishlash uchun biz yordamchi qurollar bilan yaqinroq tanishishimiz kerak. Ular ishlash holatlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |