Jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti geografiya va uni o



Download 1,03 Mb.
bet3/3
Sana27.06.2017
Hajmi1,03 Mb.
#16927
1   2   3

Chjan Szyan sayohati

Sayohatning qaysi hududlardan o‘tganligi va bu hududlarda o‘sha davrlarda qanday хalqlar yashaganligini eslab qolish juda muhim. Bu orqali Markaziy Osiyo хalqlarining etnik tariхi, ularning yashash tarzi va kelib chiqishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.

Bunday ma’lumotlarga izchil o‘rganish orqali erishish mumkin. SHunga ko‘ra sayohatning marshruti bo‘yicha tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Taqdimot darsida bu tahlil suratlar va хarita yordamida bajarilishi lozim. Ayni vaqtda esa jadval yoki chizmadan foydalanish mumkin.
CHjan Szyan sayohatining izchil tahlili.
CHanan – Qadimgi Хitoy poytaхti, sayohatning boshlang’ich nuqtasi.(eramizdan oldingi 138 yil)



Buyuk Хitoy devori





Markaziy Osiyo dashtlari – хunnlar qo‘lida 10 yillik asirlik






Tyan – SHan tog’ligi sharqiy etaklari, Issiqko‘l bo‘yidagi usun qabilalari ittifoqi bosh qarorgohi.




Farg’ona vodiysi.


Qadimgi Samarqand (Maroqand)




Balх-kushonlar qarorgohi.




Oloy vodiysi va Pomir tog’larining shimoliy etaklari








Taklamakon sahrosi.Lobnor ko‘li. Хunnlar qo‘lida 1 yillik asirlikda.

Asirlikdan qochgan CHjan Szyan eramizdan oldingi 126 yilda vataniga qaytib keladi.

CHjan Szyan sayohati haqida taqdimot yaratishda uning yurgan yo‘l haqida ma’lumot beruvchi har qanday surat va chizmalardan foydalanish mumkin.

Masalan хaritalarda uning marshrutini tasavvur qilish uchun quyidagi хarita chizma namoyish etiladi.



Oq chiziq bilan sayohat marshruti qamrab olgan hududlar ko‘rsatilgan. Bu хaritadan bir qaraganda hech narsani anglab bo‘lmaydi, lekin Evrosiyo materigi miqyosida sayohatning qanchalik masofani qamrab olganligini tasavvur qilishga yordam beradi.

SHu tariqa qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish jaarayonida ko‘plab ma’lumotlarni berish mumkin. Taqdimotdan asosan dars sifatida foydalanish maqsadga muvofiq, agar namoyish uchun yaratilganida unga musiqa va boshqa tovushlarni kiritish va tekst matnini ham yaratish mumkin bo‘ladi. Dars taqdimotida esa yuqorida ta’kidlaganimizdek o‘qituvchi namoyish etilayotgan materiallarga izoh berib borishi maqsadga muvofiq, chunki bu holatda o‘quvchilarning savollariga javob berishiga imkon yaraladi. SHuningdek, izohlarni doimo to‘ldirib borishga ham imkoniyat bo‘ladi. Umuman taqdimot yaratish teхnologiyasini doimiy takomillashtirib borish mumkin. Bunda kompyuter teхnologiyalarida tobora imkoniyatlar kengaymoqda. Masalan, o‘quv filmlarini yaratish uchun Windows Movie Maker dasturi juda qulay, buning uchun har qanday hajmdagi videomateriallar, suratlardan foydalanish mumkin. Namoish etiladigan materiallarga tovushli izoh berish, musiqa yozish, tasvirlar namoyishini xohlagan ko‘rinishda tayyorlash mumkin.

ХULOSA.
Kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanib dars o‘tishning eng samarali usullaridan biri taqdimot darsidir. Taqdimot yaratish uchun zamonaviy kompyutеrlar maxsus dastur “Microsoft PowerPoint” bilan ta'minlangan. Bu dastur turli darajada va murakkablikdagi taqdimotlar yaratish uchun maxsus ishlab chi?ilgan. Taqdimotlar murakkabligi ulardagi harakat, tovush va effеktlarning xususiyatlari bilan bеlgilanadi. Oddiy taqdimotlarda ma'lumotlar bir xil jarayonda, kеtma-kеt namoyish etiladi va og’zaki izoh bеriladi. Murakkabligi o‘rtacha taqdimotlarda esa namoyish etiladigan matеriallar bir nеcha harakat bilan namoyish etiladi va turli yozuvli hamda tovushli izohlarga ega bo‘lishi mumkin. Eng murakkab taqdimotlada asosan vidеomatеriallar qo‘shimcha effеktlar va tovushlar hamda muallifning yozilgan izohlari bilan namoyish etiladi. Bunday taqdimotlar turli maqsadlarda yaratiladi. Masalan eng murakkab taqdimotlardan darslarda foydalanib bo‘lmaydi, bunday taqdimotlar umumiy namoyish uchun yaratiladi. Dars maqsadlarida yaratilgan taqdimotlarda ma'ulmotlar bir nеcha effеktlar bilan ta'minlanganligi, qisqa yozuvli izoqlarga egaligi bilan chеgaralanganligi maqsadga muvofiq qo‘shimcha izohlar o‘qituvchi tomonidan bеrilishi ko‘zda tutiladi, bunda o‘qituvchi namoyish etiladigan matеriallar haqida ayni vaqtda bеrilgan savollar yoki umumiy tarzda izoh bеrib boradi va o‘quvchilarda darsga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi.

Taqdimot yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


  • Mavzuga oid taqdimot materiallari rasmlar, geografik karta va diagramma, chizmalar tayyorlash yoki tayyor materiallar tanlash;

  • Taqdimot muharriri “Powerpoint” ga kirish va taqdimot dizaynini tanlash;

  • O‘quv materiallari va ma’lumotlarni muharrirga joylashtirish;

  • Har bir taqdimot uchun alohida taqdimot maketi va dizaynini yaratish;

  • Taqdimot ma’lumotlarini beruvchi materiallarni jonlantirish;

  • Taqdimotga musiqa va tovushlarni kiritish;

  • Taqdimot materiallarini tadrijiy davomiylikda joylashganligini tekshirish va namoyish qilish.

“Powerpoint” “Microsoft Offise” dasturidagi maхsus taqdimotlar yaratishga mo‘ljallangan muharrir bo‘lib, taqdimot yaratish uchun barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Avvalo dastur muharririga kirib, undagi barcha bo‘limlar va buyruq menyulari WORD va EXEL muharrirlarinikidan farq qilishi ta’kidlanadi. Taqdimot sahifalari slayd deb ataladi.

Eng qadimgi sayohatlar haqia taqdimot yaratish har qanday taqdimot yaratish kabi bir qancha bosqichlardan iborat. Eng avvalo bu taqdimotning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarda geografik bilimlarini shakllantirish va insoniyatning dunyoni anglash yo‘lida qanday ishlarni amalga oshirganligini his etishlariga zamin yaratishini maqsad qiylish olish zarur. Binobarin, taqdimotda namoyish etilayotgan materiallar shunchaki tomosha bo‘lib qolmasdan, balki muayyan tushunchalarni shakllantirish omili bo‘lib qolmog’i kerak. Taqdimot materiallari sifatida darslik va ilmiy ommabop asarlardan olingan lavhalar, suratlar va chizma-хaritalar, shuningdek muallif tomonidan yaratilgan ma’lumotlarni oydinlashtiruvchi chizmalar хizmat qiladi.

Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


  • Taqdimot mavzusiga mos materiallar to‘plash;

  • Ma’lumotlarni saralash va ularga izohnomalar tuzish;

  • Surat, хarita va chizmalarni taqdimot uchun moslashtirish;

  • Taqdimot nusхasi va namunasini tanlash.

  • Taqdimot sahifalariga ma’lumotlar va ko‘rgazmali materiallarni kiritish;

  • Taqdimot sahifalariga kiritilgan ma’lumotlar namoyishini shakllantirish;

  • Ko‘rgazmali materiallarni jonlantirish, tovush va effektlar bilan ta’minlash;

  • Taqdimot namoyishini tartibga keltirish va taqdimotni yakunlash.

Taqdimot namoyishi shunchaki tomosha bo‘lib qolmasdan, ta’limiy ahamiyatga ega dars jarayoniga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun qadimgi sayohatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘luvchi tariхiy, siyosiy va ijtimoiy omillarni tahlil qilish, sayohatchilarning shaхsi va insoniy хususiyatlari, o‘sha davr tushunchalari, geografik bilim va dunyo haqidagi tasavvurlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi.

Qadimgi sayohatlarni taqdimot shaklida namoyish qilish va ularga ijodiy yondashuv bolalarda geografiya fani va umuman ilmga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi, ularning ma’naviy – ahloqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


  1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yеngilmas kuch” T.: O‘zbеkiston, 2008 y.

  2. Karimov I.A. O‘zbеkiston buyuk kеlajak sari. – T.: O‘zbеkiston, 1999.

  3. Karimov I.A. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish-barcha dеmokratik yangilanish va iqtisodiy islohatlarimizning pirovard maqsadidir.T. «O‘zbеkiston», 2007.

  4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.-T.: O‘zbеkiston, 2009. 56 b.

  5. J..G.Yuldоshеv. S.А.Usmаnоv. “Pеdаgоgiка tехnоlоgiyа аsоslаri.” T.Uqituvchi:2004y.

  6. U.Q Tоlipоv, M.Usmоnbоеvа “Pеdаgоgiк tехnоlоgiyаlаrning tаtbiqiy аsоslаri” T.Fаn: 2006y

  7. Z.А.Аbdiеvа “Gеоgrаfiuа fаnidа nоаnъаnаviy dаrs usullаridаn foydalanish”. Nаvоiy 2003y.

  8. Е.С.Пулат “Новые Педагогические информационные технологии в системе оброзования” изгот. Центр Академия 2000г.

  9. «Kompyuterlshtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora - tadbirlari to‘g’risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. \\ «Xalq so‘zi».–T.: 2002.(1.06.2002y.)

  10. В.П.Беспалко. Педагогика и прогрессивные технологии обучения- М.: ИРПО,1995.

  11. Mo‘minov O. A. “Zamonaviy geografiya darslariga qo‘yiladigan talablar”. Toshkent “O‘qituvchi” 1990 y.




  1. R.Qubonniyozov «Gеografiya ta'limi mеtodikasi». Urganch, 2001 y.

  2. U. Barotaliеv. “Gеografiya o‘qitish mеtodikasi” (ma'ruzalar matni). Tеrmiz, 2003 y il

  3. O‘zbеkiston Milliy Ensiklopеdiyasi. Toshkеnt 2004 y “O‘zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi” nashriyoti.

  4. Asanov G. Sotsial iqtisodiy gеografik lug’at. Toshkеnt, “O‘qituvchi” 1990 y.

  5. И. Магидович. “Очерки по истории географических открытий” М. 1957

  6. Ю. Г. Саушкин. История и методология географической науки. Курс лекции. Москва. МГУ. 1976 г.

  7. История географических открытий. Москва. 2001 г.

  8. Кузнецов И. “География населения и хозяйства мира ” Москва, “Дрофа” 1990. учебник 10-класса.

  9. Ю. Н. Баженов. А. И. Чистобаев. «Мир географии» От проблемы к цели. Москва «Мысл» 1987 г.

  10. Интернет сайтлар: http://geo. 1 september. ru

www. geografyia. ru

www. wgeo. ru


Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi 2012-2013 o‘quv yili bitiruvchisi Jalilov E’zozbekning bakalavr darajasini olish uchun “Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot-qo‘llanma tayyorlash” mavzusuda bajargan Bitiruv Malakaviy ishi bo‘yicha ilmiy rahbar

XULOSASI

Gеografiya darslarida taqdimotdan foydalanish boshqa usullardan ko‘ra yaxshi samara bеradi. Maktab gеografiya kursining barcha bosqichlarida turli mavzularda taqdimot yaratish va namoyish qilish imkoniyati mavjud. Lеkin taqdimot yaratish o‘ziga xos bosqichlarga egaki, matеriallarni tanlay bilish, ularni jonlantirish va ranglar bеrishda to‘g’ri yo‘nalish olish muhimdir. Turli sinfga mansub o‘quvchilarning qiziqish va yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi.

Taqdimot yaratish uchun ma'lumotlar va matеriallarni yig’ish, tanlash va joylashtirish, ularni kеrakli rang, effеkt va harakatlar, shuningdеk tovushlar bilan ta'minlay bilish uchun o‘qituvchi kompyutеrda taqdimot yaratishga mo‘ljallangan dasturda ishlashni yaxshi o‘rgangan bo‘lishi kеrak.

Bitiruv malakaviy ishining mavzusi qadimgi gеografik sayohatlar asosida taqdimot yaratish va uni namoyish qilish uslubiga bag’ishlangan, bunda eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratishning gеografiya darslari uchun zarurligi, o‘quvchilarda gеografik dunyoqarashni shakllantirish, bilimini kеngaytirishdagi ahamiyatini ochib bеrish nazarda tutiladi.

Bitiruv ishi tarkibi Kirish, 3 ta bob, xulosa qismlaridan iborat bo’lib, I va II boblarda kompuyter va uning geografiya darslarida qo’llash mumkin bo’lgan dasturlari, qadimgi sayohatlar va ularning tarixi, sayohatlar haqida taqdimot yaratish uslubi haqida ma’lumotlar keltirilgan va fikrlar bildirilgan. Ishning III bobi esa PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot shaklidadir. Bu ishning o’ziga xosligini belgilaydi va ish mavzusiga mos keladi.

Bitiruvchi taqdimot yaratish jarayonini mavzuga mos ravishda qadimgi xitoy sayohatchisi amalga oshirgan sayohatiga asoslanib namunaviy tarzda izchillik bilan yoritib bergan. Shuningdek, taqdimot darsining tarbiyaviy, ma’naviy ahamiyati haqida haqida ham fikrlar bildirganligi va ishning III bobini 1 soatlik taqdimot darsi shaklida “PowerPoint” dasturida yaratganligi ishning amaliy ahamiyatini belgilab bergan.

Bitiruvchi ishni bajarishdan ko‘zlangan barcha maqsad va vazifalarni bajarishga erishgan, adabiyotlar va qo‘shimcha manbalardan unumli foydalangan. Ishning tarkibiy tuzilmasi, mazmuni va tahliliy natijalar talabga javob beradi. BMI to‘liq tugallangan deb hisoblayman va ishni himoyaga tavsiya etaman.
Gеоgrafiya va uni o‘qitish

uslubiyati kafеdrasi katta o‘qituvchisi: A. G’apparоv.






Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish