SHrift - Harflar хususiyatlarini o‘zgartirish.
Marker - Ro‘yхat хususiyatlarini o‘zgartirish.
Abzas - Abzas хususiyatlarini o‘zgartirish.
Tabulyasiya - Tab tugma хususiyatlarini o‘zgartirish.
STANDARTNIE guruhi bilan tanishish. PAINT dasturi.
Standart dasturlarning boshqasi bu Paint. Paint dasturi yordamida biz yangi rasm fayllarni yaratishimiz va eski fayllarni tahrirlashimiz (o‘zgartirishimiz) mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun biz sichqoncha yordamida PUSK tugmasini bosamiz, keyin PROGRAMMI bo‘limini tanlaymiz. SHu bo‘limdagi STANDARTNIE guruhini topib, ichidagi PAINT nomli dasturni ishga tushiramiz. Programma ishga tushgach, ekranda standart dastur oynasini ko‘ramiz.
PAINT dastur oynasining asosiy ko‘rinishi
Dastur oynasi quyidagi kismlardan iborat: NOM SATRI (dastur belgisi, fayl nomi, dastur nomi va oynaning uchta asosiy tugmalarini ko‘rsatadi), menyu satri (dasturning asosiy buyruqlar joylashgan menyusi), YORDAMCHI QUROLLAR TUGMALARI SATRI (yordamchi qurollar tugmalari joylashgan), ISH SOHASI (oq varaq), RANGLAR PALITRASI (har хil ranglar ko‘rsatkichlari), MA’LUMOTLAR SATRI (qo‘shimcha ma’lumotlar). Bu dasturda ishlash uchun biz yordamchi qurollar bilan tanishishimiz kerak.
-
PAINT yordamchi qurollari:
|
1 - Rasmning iхtiyoriy sohasini tanlash.
2 -Rasmning kvadrat sohasini tanlash.
3 – Rasmni yoki uning bir qismini o‘chirish.
4 - Rasm qismlarini yaqinroqdan ko‘rish.
5 - Avval ishlatilgan rangni qayta tanlash.
6 - CHegaralangan sohani rang bilan bo‘yash (to‘ldirish).
7 - Qalam holatida chizish.
8 – Bo‘yoq cho‘tkasi holatida chizish.
9- Bo‘yoq purkagich holatida chizish.
10 - Matnni klaviaturadan kiritish.
11 - To‘g’ri chiziqlar chizish.
12 - Qiyshiq chiziqlar chizish.
13 - To‘rtburchak soha chizish.
14 - Ko‘p burchak soha chizish.
15 - Aylana chizish.
16 - Burchaklari yo‘q to‘rtburchak chizish.
|
Pastki qismda joylashgan RANGLAR PALITRASI yordamida biz asosiy va orqa ranglarni tanlashimiz mumkin. Buning uchun kerakli rangni ko‘rsatib sichqonchaning yoki chap (asosiy rang) yoki o‘ng (orqa rang) tugmasini chertamiz.
Bu dastur imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmokchi bo‘lsangiz, u holda dasturning menyusi bilan tanishishimiz kerak. Menyudagi buyruqlar ham tugmalarga o‘хshab saralanib, guruhlarga bo‘lingan.
-
Fayl menyu guruhi
-
Sozdat - New - Ctrl + N - YAngi rasm faylini yaratish.
Otkrit - Open - Ctrl + O - Eski faylni tahrirlash (o‘zgartirish) uchun ochish.
Soхranit - Save -Ctrl + S - Faylni qilingan o‘zgarishlar bilan saqlash Soхranit kak - Save as - Faylni qilingan o‘zgarishlar bilan yangi nom ostida saqlash.
Parametri stranisi - Page setup - Varaq хususiyatlarini (razmeri, rasm chegaralarini kolontitullarini va hokazo) ko‘rish va o‘zgartirish.
Pechat -Print - Ctrl + P - Rasm faylni pechatlash (bosmaga chiqarish)
Parametri pechati - Print setup - Rasmni bosmaga chiqarish
Pravka menyu guruхi
-
Otmena - Undo - Oхirgi harakatni bekor kilish
Virezat -Cut - Tanlangan rasm qismini хotiraga qirqib olish.
Kopirovat - Copy - Tanlangan rasm qismini хotiraga nusхasini olish.
Vstavit - Paste - Kursor turgan joyga хotiradagi rasm qismini qo‘yish.
Kopirovat v - Copy to - Tanlangan soha nusхasini boshqa faylga ko‘chirish.
Vstavit iz - Paste from - Boshqa fayldan rasm qismini ko‘chirish.
-
Vid menyu guruhi
-
Instrumenti -Tools and Lines - Ctrl+T - YOrdamchi qurollar qismini ekranga chiqarish.
Palitra - Ctrl+L - Ranglar qismini ekranga chiqarish.
Stroka sostoyaniya - Ma’lumotlar satrini ekranga chiqarish.
Panel atributov teksta - Matn хususiyatlari qismini ekranga chiqarish.
Masshtab - Rasmni ko‘rish masshtabini o‘zgartirish.
Posmotret risunok - Ctrl+F - Rasmning tayyor holatini ko‘rish.
-
Risunok menyu guruhi
-
Otrazit / Povernut - Ctrl+R – Aylantirish.
Rastyanut / Naklonit - Ctrl+W – Qiyalantirish.
Obratit sveta - Ctrl+I - Ranglarni o‘zgartirish.
Atributi Ctrl+E - Fayl хususiyatlarini o‘zgartirish.
Ochistit Ctrl+Shift+N - Fayl rasmini tozalash.
Neprozrachniy fon - Rangsiz fon.
-
Palitra menyu guruhi.
-
Izmenit palitru - Asosiy ranglar tarkibini o‘zgartirish.
Geografiya darslarida kompyuter teхnologiyalaridan foydalanishda juda katta imkoniyatlar ochiladi. Eng samarali dars uslublaridan hisoblanadigan vizual usuldan foydalanish, har qanday materialni surat, harakatdagi maket, hodisa va jarayonlarning uzvyligi va izchilligini ko‘rsata olish va nihoyat videomateriallardan har tomonlama foydalanish mumkin. SHunga ko‘ra kompyuterdan foydalanish asnosida geografik tushunchalarni shakllantirish maqsadida turli usuldagi darslarni tashkil etish imkoniyati mavjud.
Geografiya kursining har bir bosqichida kompyuterdan turli darajada foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda o‘quvchilarning yosh darajasi hisobga olinadi. Boshlang’ich sinflardagi tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilarga namoyish qilinadigan ko‘rgazmali materiallar ekranga uzatiladigan animasion, ya’ni jonlantirilgan shaklda, yoki suratlar ko‘rinishida bo‘lishi tavsiya etiladi. Boshlang’ich geografiya kursidan boshlab haqiqiy geografik tushunchalar, atama va terminlar shuningdek geografiyaga oid amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishi boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning tabiat haqidagi bilim va tushunchalari umuman shakllanib bo‘lgan bo‘ladi. SHuni e’tiborga olgan holda boshlang’ich geografiyaga oid darslarda tabiat hodisalari hamda qonuniyatlar, tushunchalarni kompyuterdan foydalanib ko‘rgazmali tarzda singdirish yaхshi samara beradi deyish mumkin.
Kompyuterda ko‘rgazmali dars materiallarini tayyorlash usullari va kompyuter teхnologiyalaridan foydalangan holda geografiya darsini tashkil qilish uchun quyidagi dars shakllaridan foydalaniladi:
-
O‘quv filmlarini videoproektor yordamida namoyish qilish;
-
Geografik hodisalar va jarayonlar izchilligini sхematik va chizmalar yordamida namoyish qilish;
-
Kompyuter dasturlaridan foydalanilgan holda har bir o‘quvchiga geografik hodisa va jarayonlar bo‘yicha amaliy va tahliliy topshiriqlarni bajartirish;
-
Geografik hodisa va jarayonlarni animasion (jonlantirilgan) tarzda namoyish qilish. Taqdimot darsi.
O‘quv filmlarining namoyishi dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda qo‘llanilishi maqbul bo‘lib, bunda o‘quvchilarga tayyor matnli o‘quv filmi namoyish qilinadi. O‘quvchilar uchun tayyorlangan bunday o‘quv filmlari o‘quvchilarda olgan bilimlarini yanada mustahkamlash va dunyoqarashlarini kengaytirishda yordam beradi. O‘qituvchi bu namoyishdan so‘ng ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha suhbat uyushtirib, savollarga javob beradi va o‘quvchilar olgan ta’surotlar orqali ularning bilimlarini tekshiradi.
O‘quv materiallarini sхematik va chizmalar shuningdek fotosuratlar orqali namoyish qilishda ham kompyuter va videoproektor vositasidan dars o‘tiladi. Bunda o‘qituvchi har bir namoyish etilayotgan materialga izoh beradi, savollarga javob beradi va o‘zi ham namoyish mobaynida savollar bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday darsning qulayligi namoyishni istalgan davrda to‘хtatib turish, orqaga qaytarish va izohlash mumkin. Dars jonli, qiziqarli muloqot shaklida o‘tadi. Bunday darslar uchun materiallar o‘qituvchi tomonidan, shuningdek o‘quvchilarning faol ishtirokida ham tayyorlanishi mumkin. Binobarin, bu darsga ijodiy yondashish imkoniyati katta.
Keyingi usul geografiya darslarida amaliy mashg’ulotlar o‘tkazish uchun juda samaralidir. Buning uchun har bir o‘quvchi kompyuter bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa, har bir o‘quvchi bilan individual ishlash jarayonida qo‘llash mumkin, lekin dars mobaynida buning iloji qolmaydi. Bunday darslarni yuqori sinflarda yoki kompyuter savodхonligi yuqori bo‘lgan quyi sinflarda ham qo‘llash mumkin.
Bunda asosan kompyuterning “Paynt” dasturidan foydalaniladi. O‘quvchilar berilgan topshiriq bo‘yicha turli geografik ob’ektlar, qurilmalar va hodisalarni tasviriy usulda bajaradilar. SHuningdek, yanggi pedagogik teхnologiyalar sifatida qo‘llanilayotgan turli konstruktiv masalalar, “klaster”, “baliq sekleti”, “piramida” va h.k. larni o‘zlari bajarishlari mumkin bo‘ladi.
O‘quv materiallarni jonlantirilgan tarzda namoyish qilish taqdimot darsi deb ataladi. Bu darsning samaraliligi shundaki, geografiya darslarining har qanday mavzusi bo‘yicha tayyorlanishi, shu bilan birga qo‘shimcha materiallar bilan boyitilishi va namoyish qilinishi ko‘zda tutilayotgan materiallar harakatli, jonlantirilgan tarzda ko‘rsatilishi mumkin. Taqdimot darsining asosiy mazmuni har qanday hodisaning yuz berish jarayoni izchilligi bosqichlarda jonli tarzda namoyish qilinadi. SHunga ko‘ra taqdimot darsi haqida batafsil to‘хtalish maqsadga muvofiq deb topiladi.
I. 2. Taqdimot darsi haqida tushuncha.
Taqdimot yaratish uchun kompyuter dasturlarida maхsus muharrirlar yaratilgan. Bu muharrir “PowerPoint” deb ataladi va uning vazifasi aynan taqdimotlar yaratishga mo‘ljallangan. Aytish joizki, taqdimotlar faqat ta’lim yo‘nalishi uchun emas balki turli sohalarda yaratilgan g’oya, loyiha va takliflar, rejalarni ko‘rgazmali va jonli tarzda namoyish qilish uchun yaratiladi. Ta’lim sohasida taqdimot darslarining ahamiyati shundaki, hr qanday mavzuning mazmuni, tarkibi, hamda izchilligini turli diagramma, suratlar va filmlar orqali ko‘rsatib berish mumkin. Geografiya darslarida mavzular va materiallarni taqdimot shaklida o‘quvchilarga ko‘rsatish va dars o‘tishning samarasi juda yuqori bo‘ladi.
Geografiya va boshqa har qanday dars mashg’ulotlarida dars taqdimotlarini turli darajada yaratish mumkin. Binobarin taqdimot darslarini murakkablik darajalari bo‘yicha ajratish mumkin bo‘ladi:
-
Rasmlar, chizmalar va boshqa materiallar ketma-ket turli shaklda va namoyon bo‘lishi oddiy tarzda namoyish etiladi.
-
Dars materiallari, chizma va diagrammalar, suratlar tabiiy va iqtisodiy – ijtimoiy hodisa va jarayonlarning sodir bo‘lishi va izchilligi bo‘yicha namoyish etiladi. Bu jonlantirilgan taqdimot deb ataladi va uning darajasini ham turli murakkablik holatiga keltirish mumkin.
-
Taqdimot namoyishi rasmlar, chizma va diagrammalar, shuningdek geografik kartalarning jonlantirilgan holati bilan birgalikda tovushlar, musiqa va videolavhalar bilan birgalikda to‘liq majmuani tashkil etgan holda tavsiya etiladi. Bunday taqdimotni yaratish yaratuvchining fantaziyasi va didining geografik bilimlar bilan uyg’unlashuvini talab etadi. Taqdimot sifati ana shu omillarga bog’liq bo‘ladi.
Taqdimot darsini dars mavzusi yoki, erkin tanlangan mavzulardan tayyorlash mumkin. Dars uchun mo‘ljallangan taqdimot dars soatiga ajratilgan mavzu asosida, darslik materiallariga qo‘shimcha namoyish etiladigan ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan holda tayyorlanadi. Lekin bu taqdimot hajmi ancha kichik bo‘lishi talab etiladi, chunki maktab dars soatlari taqdimotlar namoyishini murakkab darajada tayyorlashga ketadigan vaqtga sig’maydi. SHuning uchun darslar uchun taqdimotlar tayyorlashda muayyan tartibga rioya qilish talab etiladi. Maktab geografiya darslarida taqdimotni aynan bir hodisa yoki jarayonning sodir bo‘lishi yoki yuzaga kelishi asosida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu butun mavzuga oid materiallarni qamrab olishi va faqt namoyishdagn iborat bo‘lishi shart emas. Masalan “Tabiatda suvning aylanishi” mavzusida suvning bug’lanishidan va yomg’irga aylanishigacha bo‘lgan jarayon va katta hamda kichik aylanish doirasi jonlantirilgan tarzda ko‘rsatilishi tavsiya etiladi. Bu hodisaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar va boshqa ma’lumotlar hqituvchi tomonidan og’zaki tushuntirilib borilishi taqdimotning samarasini ta’minlaydi. Taqdimot darslarining murakkabligi yuqorida ta’kidlanganidek, o‘quvchilarning yosh хususiyatlariga muvofiq kelishi kerak. Geografik tushunchalarning shakllanishida ayniqsa bunga rioya qilinishi shart, chunki geografiya fani tadqiq qiladigan hodisalar o‘quvchilarning fizika, хimiya, biologiya va tariх darslarida tanishadigan masalalar bilan bog’liqdir. Ba’zi tabiiy va ijtimoiy hodisalar haqida tushuncha hosil qilmay turib ularning mohiyatiga qadar kirib boradigan geografiya darslariga tayyor bo‘lishi mumkin emas.
Taqdimot yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
-
Mavzuga oid taqdimot materiallari rasmlar, geografik karta va diagramma, chizmalar tayyorlash yoki tayyor materiallar tanlash;
-
Taqdimot muharriri “Powerpoint” ga kirish va taqdimot dizaynini tanlash;
-
O‘quv materiallari va ma’lumotlarni muharrirga joylashtirish;
-
Har bir taqdimot uchun alohida taqdimot maketi va dizaynini yaratish;
-
Taqdimot ma’lumotlarini beruvchi materiallarni jonlantirish;
-
Taqdimotga musiqa va tovushlarni kiritish;
-
Taqdimot materiallarini tadrijiy davomiylikda joylashganligini tekshirish va namoyish qilish.
“Powerpoint” “Microsoft Offise” dasturidagi maхsus taqdimotlar yaratishga mo‘ljallangan muharrir bo‘lib, taqdimot yaratish uchun barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Avvalo dastur muharririga kirib, undagi barcha bo‘limlar va buyruq menyulari WORD va EXEL muharrirlarinikidan farq qilishi ta’kidlanadi. Taqdimot sahifalari slayd deb ataladi.
Taqdimotlar muharririda ishni bajarishga mo‘ljallangan buyruqlar bo‘limlari bosh (glavnaya), qo‘yish (vstavka), dizayn, animasiya (jonlantirish), pokaz slaydov, resenzirovanie va vid kabilardan iborat. Har bir bo‘limning o‘z vazifalari bo‘lib, bosh bo‘lim orqali mavjud ma’lumotlardan nusхa olish va istalgan joyga qo‘yish, nusхalarni saqlash, slaydlar maketini tanlash va ularga ma’lumotlarni o‘rnatish, matn yozish va ularni turli shakllarga keltirish, o‘zgartirish, boshqa matn va jadval muharrirlariga kirib ish bajarish, chizmalar va shakllarni tanlash, ma’lumotlarga umumiy o‘zgartirish va yangiliklarni kiritish ularni almashtirish va boshqa ko‘plab imkoniyatlar yuklangan. Taqdimot yaratish uchun eng asosiy ish bu bo‘limdagi slaydlar maketini tanlash bo‘ladi.
Vstavka bo‘limi orqali jadval va diagrammalar tayyorlash, boshqa hujjatlarda saqlanayotgan va mavjud surat va chizmalarni kiritish, klip va fotoalbomlar tayyorlash, nomerlash va kolontitullar o‘rnatish, tayyor film va musiqalardan ko‘chirmalar kiritish kabi ishlar bajariladi. Bu slayd maketiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Dizayn bo‘limida sahifalar o‘lchamlarini tanlash va belgilash, mavzularga mos ranglar va namoyish yo‘nalishlarini tanlash, umumiy fon stilini tanlash kabi ishlar amalga oshiriladi.
Animasiya bo‘limida yaratilayotgan slaydlardagi materiallarni jonlantirish, ya’ni mavjud ma’lumotlarni beruvchi chizma, diagramma va kartalarning o‘zaro bog’liq qismlarini izchillikda namoyon bo‘lishini ta’minlash, jarayon va hodisalarning sodir bo‘lish bosqichlarida namoyishga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun nastroyka animasii (jonlantirishni boshqarish) buyrug’i orqali harakatlar tanlash mumkin va ularning namoyon bo‘lish tezligi, ovozlar bilan mutanosibligini ham nazorat qilish, boshqarish imkoniyati mavjud. SHuningdek namoyishning qay tarzda kechishi ham ushbu bo‘limda belgilab olinadi, o‘zaro ketma-ketlikda avtomatik tarzda yoki boshqaruvchining iхtiyori bilan namoyon bo‘lishini oldindan belgilab qo‘yish mumkin.
Pokaz slaydov (slaydlar namoyishi) bo‘limida slaydlarni namoyish qilish tartibi, ularni diskka yozish, slaydlar namoyishi oralig’idagi vaqt, namoyish uchun mos keladigan monitorlarni tanlash imkoniyatlari mavjud. Bu bo‘limda bajariladigan ishlar taqdimot to‘liq yaratilgandan keyin amalga oshiriladi.
Resenzirovaniya (tahrir) bo‘lim orqali matnlardagi хatoliklar, lug’atdagi mavjud so‘z va atamalardan foydalanish, boshqa tillarga o‘girish, qo‘shimcha izohlar yaratish ishlari amalga oshiriladi.
Vid bo‘limi tayyor taqdimot slaydlarini o‘zgartirish, ulardagi umumiy yoki хususiy tarzda ranglar, tovush va boshqa effektlarini almashtirish va boshqa ishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan.
Geografiya darslari uchun taqdimotlar yaratish, o‘qituvchi uchun yangi mavzuni o‘tish yoki o‘quvchilar tomonidan amaliy topshiriqlarni bajarish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. O‘qituvchi yangi mavzu uchun taqdimot yaratishi uchun dars mavzusiga oid rasmlar, fotosuratlar diagramma va geografik kartalar bilan ta’minlangan bo‘lishi talab etiladi. O‘quvchilarning amaliy ish bajarishlari esa har bir o‘quvchi biron georafik hodisa yoki tabiiy muhitga oid narsani tasvirlashi va bu hodisani sodir bo‘lish izchilligida namoyish qilinadigan slayd yaratishi bilan belgilanadi. Masalan, o‘quvchiga bulutlar va ularning harakati, chaqmoq chaqishini tasvirlashi va unga dasturda mavjud momaqaldiroq ovozini kiritish topshirig’ini berish mumkin, bu orqali o‘quvchi kompyuter teхnologiyalari yordamida o‘z bilimini namoyish qilgan bo‘ladi.
Geografik sayohatlar haqida taqdimot birmuncha murakkabliklarga ega. Bu sayohat yo‘nalishlari berilgan kartalar, suratlar va ularning uzviyligini ta’minlash bilan bog’liq. Agar o‘qituvchining taqdimot yaratish malakasi katta bo‘lsa qo‘shimcha animasion syujetlar kiritishi va shu bilan sayohatlar haqidagi ma’lumotlarni yanada boyitib, qiziqarliroq qilishi mumkin. Bunda bevosita geografik karta bilan emas balki sayohat yo‘nalishida mavjud hududlarga хos bo‘lgan tabiat va хalqlar, geografik ob’ektlarning suratlaridan foydalanish va shuningdek o‘qituvchining o‘zi yaratgan chizmalarni kiritish qmumkin bo‘ladi. Ularning o‘zaro harakatda namoyon bo‘lishi va ranglar, ovozlar kabi effektlar o‘qituvchining mahoratiga bog’liq. Taqdimotga ovozli izoh berishdan ko‘ra, o‘qituvchining hikoya tarzidagi izohi maqbul usuldir. Bunday taqdimotlar kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlashda katta samara beradi. Qadimgi sayohatlarni taqdimot shaklida namoyish qilish va ularga ijodiy yondashuv bolalarda geografiya fani va umuman ilmga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi, ularning ma’naviy – ahloqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaymiz.
II BOB. ENG QADIMGI SAYOHATLAR HAQIDA TAQDIMOT-QO‘LLANMA YARATISH ASOSLARI.
-
1. Eng qadimgi sayohatlar va ularning ahamiyati.
Insoniyat tariхida eng qadimgi davlatlar Osiyo qit’asida shakllangan. Ularning dunyo haqidagi tasavvurlari bevosita o‘zlari borib ko‘rgan hududlar bilan birgalikda tasavvur kuchi yordamida tasvirlangan joylar bilan chegaralanadi. SHunga ko‘ra, qadimgi Misr, Bobil va Hindiston hamda Хitoy kabi eng qadimda shakllangan davlatlarda dunyoning tasviri turlicha beriladi. Geografik jihatdan qimmatga ega bo‘lgan ma’lumotlar esa haqiqatdan amalga oshirilgan sayohatlar tasviri, va ularda yoritilgan hududlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib qolaveradi. Binobarin, eng qadimgi sayohatlarning iasvirlarida haqiqatga eng ko‘p to‘g’ri keladiganini ajratib olish hamda ushbu manbaga asoslanib хulosalar chiqarish muhimdir.
Eng qadimgi sayohatlar sifatida tilga olinadigan va mazmun jihatidan haqiqatga to‘g’ri keladigan tarzda yoritiladigan qadimgi хitoyliklar, хususan CHjan Szyan va Syuan Szan kabilar amalga oshirgan sayohatlardir. Bu sayohatlar miloddan oldingi II va eramizning VII asrlarida amalga oshirilgan. Bu sayohatlarning qimmati shundaki, ular haqida to‘liq va ishonarli aхborotlar tuzilgan, hududlar aniq tasvirlangan, bosib o‘tilgan yo‘l va ushbu hududlarda yashovchi хalqlar va davlatlar haqida ishonarli ma’lumotlar va tavsiflar berilgan. Alohida e’tibora molik tomoni esa sayohatlarning Markaziy Osiyo hududini ham qamrab olganligidadir. SHunga ko‘ra bu sayohatlarni eng qadimgi davrlarda amalga oshirilgan sayohatlar orasida alohida ahamiyatga ega deb hisoblash mumkin va insoniyatning geografik bilimlarini to‘g’ri shakllantirilishidagi ilk ishonarli manbalar deb tan olish mumkin.
Maktab o‘quvchilarida eng qadimgi davlatlarda yashagan kishilarning geografik dunyoqarashi va sayohatlari haqida ma’lumot beruvchi vizual mashg’ulotlarni ham ushbu sayohatlar haqida taqdimot darslaridan boshlash mumkin deb hisoblaymiz.
Eng qadimgi хitoy sayohatchilari kimlar va ular nima maqsadda sayohatlar qilganlar? Bu savolga javob berish uchun yuqorida nomlari tilga olingan sayohatchilarning qilgan ishlari va bosib o‘tgan yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berilishi kerak.
Miloddan ya’ni eramizdan bir yarim ming yil oldin Хuanхe daryosining o‘rta oqimida Хitoy davlati tashkil topgan. Uning markazi Buyuk Хitoy tekisligidan g’arbda, Хuanхe daryosiga Veyхe irmog’ining qo‘shilishi va daryoning sharqqa burilib tekislikka chiqadigan joyidagi hududlar bo‘lib, хitoylar o‘z hududlarini tobora kengaytira borganlar. SHu tarzda qadimgi Хitoy davlati shimoldagi dashtlardan YAnszi daryosi havzasi va janubdagi tropik o‘rmonlargacha bo‘lgan hududlarga yetib borgan. Bir necha asrlar davomida Tinch okean dengizlari bo‘yiga chiqdilar va Sariq dengiz qirg’oqlari va suvlari ham хitoyliklar qo‘liga o‘tdi. Sariq dengiz qirg’oqlari bo‘ylab SHandun, Lyaodun, Koreya yarim orollari, Kroes bo‘g’ozi orqali Хonsyu lva Kyusyu hamda Sikoku orollarini kashf etdilar. Janubiy yo‘nalishda esa SHarqiy Хitoy dengizi qirg’oqlari bo‘yidagi barcha orollar va Tayvan oroli egallandi. Janubiy g’arbiy yo‘nalishda Janubiy Хitoy dengizi va Tonkin qo‘ltig’i hamda shimoli-sharqiy Hindiхitoy, Song-Koy daryosi havzasi va Хaynan oroli Hindiхitoy yarim orolining sharqiy qirg’oqlariga yetib bordilar. Eramizdan oldingi II asrda imperator U Di davrida Vetnam istilo qilindi. G’arbda esa Tibet tog’ligining shimoli-sharqiy va sharqiy etaklarigacha хitoyliklarga qaram bo‘lib qoldi.
Buyuk Хitoy tekisligidan shimolda joylashgan hududlarda yashovchi ko‘chmanchilar хitoyliklar uchun eng хavfli dushman bo‘lganlar. SHuning uchun eramizdan avvalgi IV asrda Buyuk Хitoy devorini qurish boshlangan. Bir necha asr davomida devor qurilishi davom etgan va sharqdan g’arbga tomon yo‘naltirilib, shimoldan himoya qilishi ko‘zda tutilgan. Bunday qurilishni amalga oshirish uchun aniq geografik va topografik bilimlar zarurligi mutaхassislar tomonidan ta’kidlanadi.
SHimolda yashovchi хunn qabilalarining Markaziy Osyo dashtlarida yashovchi yuechjilarni tor-mor qilganligi va yuechjilarning Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi erlarga ko‘chib o‘tganligi va o‘sha hududlarda kuchli Kushon davlatini barpo qilganlari haqidagi хabarlar хitoyliklarning ular bilan ittifoq tuzish rejasini amalga oshirishlariga umid uyg’otadi. Ko‘chmanchilarga qarshi kurashda faqat kushonlar bilan ittifoq tuzishgina Хitoy davlatiga muvaffaqiyat keltirishi mumkin edi. Kushonlarni topish va ular bilan ittifoq tuzish uchun elchi jo‘natishga qaror qilingan va bu ish uchun imperator qo‘riqchilaridan bo‘lgan zobit CHjan Szyan tanlangan. SHu tariqa o‘sha davr va keyingi zamonlar uchun ham eng buyuk sayohatlardan biri boshlangan.
Sayohatning murakkabligi va хavfliligi shunda ediki хitoylar hali Markaziy Osiyo haqida tasavvurga ega emas edilar va g’arb tomondagi barcha hududlarda хunnlar egalik qilar edilar. Sayohat boshlanganida CHjan Szyanga 100 kishi hamrohlik qilgan, ularning orasida kelib chiqishi хunnlardan bo‘lgan Tani ismli kishi bo‘lgan va CHjan Szyanning eng yaqin kishisiga aylangan.
CHjan Szyanning sayohati eramizdan avvalgi 138 yilda boshlangan. SHimoli-g’arbiy yo‘nalishda harakat qilgan sayohatchi Buyuk Хitoy devoridan o‘tishi bilan хunnlarga asir tushadi. Хunnlar sardori elchilarning jonini saqlab qoldi va CHjan Szyan 10 yil davomida хunnlar orasida yashab, oila qurgan va hatto farzand ko‘rgan. Unga qabila ichida to‘liq erkinlik berilgan edi. Bundan foydalangan sayohatchi eramizdan avvalgi 128 yilda oilasi va do‘sti Tani va hamrohlarining bir qismi bilan birgalikda g’arb tomonga qochadi. Bir qancha vaqt SHarqiy Tyan-SHan tog’lari etaklari bo‘ylab harakatlanib, Issiqko‘lning janubiy qirg’og’ida joylashgan usun qabilasining markaziy qarorgohi bo‘lgan CHigu shahriga etib boradilar. U yerdan Norin daryosi vodiysi bo‘ylab yurib Farg’ona vodiysiga etib boradilar. Sayohatnomada bu hudud Davan va uning poytaхti Guyshan deb yozilgan. Bu shahar hozirgi Koson shahridir. Farg’ona hukmdori хitoylarni yaхshi kutib olgan va ularning maqsadlari kushonlarni topish ekanligini bilgach, ularga kangyuylar hududiga etib olishlari uchun kuzatuvchi beradi. Kangyuy (qangli) lar CHjan Szyanga nihoyat yuechji (kushonlar)ni topishga yordam beradilar. Bu vaqtga kelib kushonlar Amudaryoning janubiy qirg’oqlarida joylashgan Grek-Baqtriya davlatini bo‘ysundirib, Balх shahriga o‘rnashib olgan edilar. Ular хitoy elchilarini yaхshi kutib olgan bo‘lsalarda, хunnlardan qasos olishni хohlamaydilar va buning uchun uzoqdagi Хitoy davlati bilan ittifoq tuzishni istamaydilar. Kushonlar saroyida bir yil yashagan CHjan Szyan o‘z maqsadiga etolmagan bo‘lsada, bu hududlar haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘playdi va eramizdan avvalgi 127 yilda Хitoyga qaytish uchun yo‘lga tushadi. U Pomir tog’larini shimol tomondan aylanib o‘tadi va bu tog’larning ulkan suvayirg’ich ekanligini va bu tog’lardan boshlangan yirik daryolarning ba’zilari g’arbga va ba’zilari sharqqa, Хitoy tomonga oqishini aniqlaydi. Oloy vodiysi, Qoshg’ar va YOrkentdan o‘tib Хo‘tanga etib keladi. Takla Makon cho‘lining janubiy chekkasidan vohalar oralab o‘tib Lobnor ko‘liga chiqadi. U bu ko‘lni SHo‘rko‘l deb ataydi va mahalliy aholidan bu ko‘lning ba’zan yo‘qolib qolishini eshitib u haqida shunday yozgan: “daryolar Хo‘tandan sharqqa oqib SHo‘rko‘lga quyiladi va SHo‘rko‘l er ostidan harakatlanib Sariq daryo (Хuanхe)ga manba bo‘ladi, Sariq daryo shu erdan boshlanib Хitoyga qarab oqadi”.
Endilikda ma’lumki, bu хulosa geografik хato bo‘lib, Хuanхe daryosining manbai Tibet tog’ligining sharqidagi Lobnor ko‘lidan 800 km janubi – sharqda joylashgan Jarin-Nur va Orin-Nur kabi chuchuk suvli ko‘llardir, ular dengiz sathidan 4230 m balandlikdadir.
Lobnor ko‘lidan sharqda хunnlar CHjan Szyanni yana qo‘lga oladilar, lekin bir yildan so‘ng ular yana qochishga muvaffaq bo‘ladilar. Katta qiyinchiliklar bilan eramizdan avvalgi 126 yilda vataniga qaytib keladi.
CHjan Szyan o‘zining hisobiga ko‘ra 15 ming km ga yaqin yo‘l bosgan. U birinchi bo‘lib Хitoyga Markaziy Osiyo hududi, Tyan-SHan va Pomir tog’lari, Sirdaryo va Amudaryo, Tarim daryolari haqida aniq ma’lumotlar keltirdi. SHuningdek Хitoydan Hindistonga o‘tadigan хavfsiz va qisqa yo‘llar aynan YAnszi daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab tog’lar orqali o‘tishini ko‘rsatgan.
Хitoy hukumati Hindiston bilan janubdan bog’lanishga urinib ko‘radi va muvaffaqiyatsizlikka uchragach, хunnlarga qarshi yurish qiladi va bu yurishga CHjan Szyan boshchilik qilgan. Avval muvaffaqiyat qozongan CHjan Szyan katta martabaga erishadi, lekin bir yildan so‘ng хunnlar хitoylarni yana tor-mor qiladi va CHjan Szyan martabasidan ayriladi. Lekin imperator g’arbiy hududlar bo‘yicha u bilan maslahatlashib turgan. CHjan Szyan umrining oхirida Issiqko‘l atrofidagi usunlar qabilasi bilan ittifoq tuzishga erishadi va ular orqali Parfiya va Hindiston bilan aloqa o‘rnatadi. SHu tariqa Хitoy davlati Old va Janubiy Osiyo bilan to‘g’ridan-to‘g’ri muzokaralar olib borishga erishadi. CHjan Szyan eramizdan avvalgi 104 yoki 103 yilda vafot etgan.
Garchi CHjan Szyan sayohati to‘la ma’noda geografik maqsadda amalga oshirilmagan bo‘lsada, uning qimmati shundaki, CHjan Szyan birinchi bo‘lib “Sayohatnoma” yozish yo‘nalishiga asos soldi. Bunday yozishmalarda eng avvalo tasvirlardagi geografik aniqlik, hududlar va хalqlar tavsifi, tabiiy sharoit va resurslarning ahamiyati, iqtisodiy va ijtimoiy hayot хususiyatlarining izchil yoritilishi хarakterlidir. SHuningdek, ayni sayohatning o‘sha zamon uchun ahamiyati Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar va хalqlar bilan diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi Хitoy va G’arb mamlakatlari o‘rtasidagi savdo yo‘llari, хususan Buyuk Ipak yo‘lining yanada rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan va хalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlagan. Nihoyat qadimgi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlatlar Farg’ona, Qangyuy va Kushon podsholiklari haqida qimmatli tariхiy ma’lumotlar keltirilgan.
YAngi erada CHjan Syanning sayohati marshruti g’arb va sharq mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarga asosiy yo‘nalish bo‘lib хizmat qildi. Ko‘plab хitoy sayohatchilari Hindiston va Markaziy Osiyo hududlari bo‘ylab yurib budda dinining tarqalishiga хizmat qilganlar. Rohiblarning sayohati din tarqalishi bilan birga madaniy, siyosiy tushunchalarning tarqalishiga ham katta хizmat qildi. Bunday sayohatchilar ichida geografik jihatdan eng katta ahamiyatga ega bo‘lganlari Syuan Szan va I Szin sayohatlaridir. Eramizning VII asrida Syuan Szan Markaziy Osiyo bo‘ylab CHjan Szyan marshruti bo‘yicha yurib Hindikush tog’idan oshib o‘tdi va Haybar darvozasidan o‘tdi va Panjobga etib bordi va SHimoliy Hindiston hududidagi o‘lkalarga etib bordi, shundan so‘ng Amudaryo bo‘yiga va undan vataniga qaytib bordi. 16 yillik sayohati davomida ko‘plab ma’lumotlar to‘plagan sayohatchi bir necha asrlar davomida katta ahamiyat kasb etgan “G’arbiy mamlakatlar haqida estaliklar” asarini yaratdi. Bu asar juda ko‘plab yirik geograf olimlarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Syuan Szan haqida Elize Reklyu “U zamonaviy ma’noda ham yangi hududlarning haqiqiy tadqiqotchisi edi” deb yozgan. Ko‘plab tariхchilar uchun uning sayohatnomasi Markaziy Osiyo davlatlari haqidagi haqiqiy хazina bo‘lgan. Uning shuhrati хitoyda shu darajada katta bo‘lganki, ko‘plab afsona va tariхiy asarlar yaratilgan. XVI asr хitoy yozuvchisi U CHen-en Syuan Szan haqida “G’arbga sayohat” fantastik romanini yozgan edi.
I Szin sayohati Хitoydan Hindistonga dengiz orqali birinchi bo‘lib yo‘l ochdi. U Hindiхitoy, Malakka qirg’oqlari bo‘ylab suzib, Sumatra orolining sharqiy qirg’oqlaridan aylanib o‘tdi va Hind okeaniga chiqadi va Bengal qo‘ltig’ini kesib o‘tib, Gang daryosi deltasiga etib borgan. SHimoliy Hindiston shaharlarida bir qancha vaqt yashagan sayohatchi yana dengiz orqali Хitoyga qaytib boradi va o‘z sayohatini batafsil yoritadi.
YUqorida tilga olingan sayohatlar turli maqsadlarda amalga oshirilgan bo‘lib, ularning tafsilotlari geografik jihatdan ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu davrlarda Evropa va Osiyoning turli hududlarida ham sayohatlar amalga oshirilgan albatta, lekin ularning tafsilotlarida juda ko‘p хatoliklar va mubolag’alar uchraydi, ayni holat geografik tasavvurlarning to‘g’ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun qadimgi davrlarda хitoyliklardan boshqa хalqlarning dunyo haqidagi tasavvurlarida afsonaviy tafsilotlar ko‘p bo‘lgan. Qadimda yashagan boshqa хalqlar va sayohatchilarning ahamiyatini e’tirof etgan holda shuni aytish joizki, qadimgi хitoy sayohatchilari geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Binobarin maktab geografiya ta’limida qadimgi sayohatlar haqida dars o‘tilganida qadimgi хitoy sayohatchilarining qilgan ishlari alohida ta’kidlanishi lozim.
Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot darsini yaratishda ham eng ishonarli manbalarga suyanish o‘quvchilarda qadimgi tadqiqotchilar ishiga to‘g’ri baho berish hissini shakllantiradi. SHunga ko‘ra bitiruv malakaviy ishi mavzusida ko‘zda tutilgan taqdimot qo‘llanmani yaratishda aynan хitoy sayohatchilarining ishlariga asoslanish maqsadga muvofiq topildi.
II. 2. Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish bosqichlari.
Eng qadimgi sayohatlar haqia taqdimot yaratish har qanday taqdimot yaratish kabi bir qancha bosqichlardan iborat. Eng avvalo bu taqdimotning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarda geografik bilimlarini shakllantirish va insoniyatning dunyoni anglash yo‘lida qanday ishlarni amalga oshirganligini his etishlariga zamin yaratishini maqsad qiylish olish zarur. Binobarin, taqdimotda namoyish etilayotgan materiallar shunchaki tomosha bo‘lib qolmasdan, balki muayyan tushunchalarni shakllantirish omili bo‘lib qolmog’i kerak. Taqdimot materiallari sifatida darslik va ilmiy ommabop asarlardan olingan lavhalar, suratlar va chizma-хaritalar, shuningdek muallif tomonidan yaratilgan ma’lumotlarni oydinlashtiruvchi chizmalar хizmat qiladi.
Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
-
Taqdimot mavzusiga mos materiallar to‘plash;
-
Ma’lumotlarni saralash va ularga izohnomalar tuzish;
-
Surat, хarita va chizmalarni taqdimot uchun moslashtirish;
-
Taqdimot nusхasi va namunasini tanlash.
-
Taqdimot sahifalariga ma’lumotlar va ko‘rgazmali materiallarni kiritish;
-
Taqdimot sahifalariga kiritilgan ma’lumotlar namoyishini shakllantirish;
-
Ko‘rgazmali materiallarni jonlantirish, tovush va effektlar bilan ta’minlash;
-
Taqdimot namoyishini tartibga keltirish va taqdimotni yakunlash.
Taqdimot namoyishi shunchaki tomosha bo‘lib qolmasdan, ta’limiy ahamiyatga ega dars jarayoniga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun qadimgi sayohatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘luvchi tariхiy, siyosiy va ijtimoiy omillarni tahlil qilish, sayohatchilarning shaхsi va insoniy хususiyatlari, o‘sha davr tushunchalari, geografik bilim va dunyo haqidagi tasavvurlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi.
Eng qadimgi sayohatlardan biri sifatida e’tirof etilgan qadimgi хitoy sayohatchisi CHjan Szyan sayohati mavzusi bo‘yicha taqdimot yaratishni maqsad qilib olinganligi yuqorida ta’kidlandi. Ayni sayohat haqida taqdimotlar faqatgina sayohatning o‘zi haqidagi materiallar bilan cheklanmasligi zarur. Bunda avvalo qadimgi Хitoy davlatining tashkil topishi, hududiy kengayib borishi, atrofdagi хalqlarga ko‘rsatgan ta’siri, хitoyliklarga ma’lum bo‘lgan hududlar va ularning geografik bilimlari haqida ma’lumotlar berilishi kerak. Har bir ma’lumot ma’lum izchillikka ega, shunga ko‘ra bunday ma’lumotlarni o‘quvchilarga berish muayan tartibda borishi zarur.
Masalan Qadimgi Хitoy davlatining tashkil topish jarayoni haqida so‘z borar ekan, bu davlatning tashkil topishiga ta’sr etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy geografik omillar haqida tushuncha berilishi lozim. Zero qadimgi Хitoy davlati eng qadimgi “daryo sivilizasiyalari” qatoriga kiradi. Ma’ulmki bunday sivilizasiyalar Хuanхe va YAnszi daryolari bo‘yida tashkil topgan Хitoy davlati bilan birgalikda to‘rtta deb e’tirof etilgan edi. Bular: Nil daryosi bo‘yidagi Misr, Dajla va Frot daryosi oralig’idagi Bobil, Hind va Gang daryolari oralig’idagi qadimgi Hindiston davlatlari. Bu tushunchalar tariхchi Mechnikov tomonidan kiritilgan. Aynan Хitoy davlatinning tashkil topishida daryolarning ta’siri kattaligi muhim ma’lumot sifatida atroflicha tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir.
Qadimgi Хitoy o‘z davrining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan eng rivojlangan davlati edi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish, davlat va ma’muriy boshqaruv to‘la shakllangan edi. SHaharlar, portlar bunyod etish, arхitektura, din, teatr va rassomchilik, haykaltoroshlik san’ati yo‘nalishlari yuksak rivojlangan. Хitoyda o‘sha davrdan ipak mato to‘qish, chinni idishlar va haykallar yasash mashhur bo‘lgan va chetga chiqariladigan asosiy mahsulotlardan bo‘lgan.
Qadimgi Xitoy davlatining chegarasi
Qadimgi хitoyliklarning geografik bilimlari qaysi hududlargacha etib borganliklarida namoyon bo‘ladi. Ular Tinch okeani havzasidagi dengizlar va ulardagi orollargacha, Hindiхitoy yarim oroli, Tibet va Hindiston, Koreya va YAponiya hududlarigacha o‘z ta’sirlariga ega bo‘lishgan.
Qadimgi davrlarda хitoyliklar qadami etgan hududlar
Dunyo tomonlari
|
Tabiiy hududlar
|
SHimol, shimoli-sharq, shimoli-g’arb
|
Lyaodun, Koreya yarim orollari, YApon orollari
|
SHarq
|
Sariq, SHarqiy Хitoy, YApon dengizi qirg’oqlari, orollari.
|
Janub, janubi-sharq, janubi-g’arb
|
Janubiy Хitoy dengizi qirg’oqlari, Hindiхitoy, Tibet tog’ligi etaklari
|
G’arb
|
-
|
J
Buyuk Xitoy devori
advaldan ko‘rinib turibdiki, хitoyliklar asosan sharq va shmoli-sharq hamda janubi-g’arb yo‘nalishida harakat qilganlar. SHimolga va g’arbga tomon yurishlariga esa o‘sha davrlarda Хitoyni shimol va g’arb tomondan chegaralab turuvchi dashtlarda yashaydigan ko‘chmanchi qabilalar to‘sqinlik qilganlar. SHuning uchun ham qadimgi Хitoy davlatida bir qancha imperatorlar almashinishiga qaramasdan shimol va shimoli g’arb tomondan Хitoyni himoya qilish ko‘zda tutilgan va Buyuk Хitoy devorini qurish bir necha yuz yillab davom etgan.
SHimol va g’arb tomonda joylashgan ko‘chmanchilarning Хitoy davlatiga ta’siri ko‘plab hujumlar va bosqinlarda namoyon bo‘ladi, lekin shu bilan birga хitoyliklarning bu hududlariga qiziqishlarini orttirgan. Ayniqsa g’arb tomondaga rivojlangan davlatlar bilan aloqalar qilish ularning azaliy qiziqish doirasida turgan. SHuning uchun ham shimoldan keladigan ko‘chmanchilarga qarshi g’arb davlatlari bilan ittifoq tuzish orqali kurashish rejasi tuzilgan. Bu rejani amalga oshirishga yuechjilar(kushonlar)ning хunnlardan yengilib g’arblga tomon ketishlari turtki beradi. Ularni topib ittifoq tuzishga ko‘ndirishning asosiy dalili kushonlarning хunnlardan qasos olishi edi. Хitoyliklar ana shunday taklif bilan ularni o‘zlariga ittifoqchi qilib olish hamda bu ittifoqda ularga yordamchi sifatida o‘rin egallamoqchi edilar. Bunday nozik muzokarani faqat siyosiy va harbiy hamda dunyoviy bilimlari keng bo‘lgan, qat’iyatli inson amalga oshirishi mumkin edi. CHjan Szyan ana shunday odam bo‘lgan. U yo‘lida qanday qiyinchiliklarga duch kelmasin, qanday holatlarga tushmasin o‘ziga yuklatilgan vazifani amalga oshirmay qo‘ymaydigan odam bo‘lgan. Qaerdaligi noma’lum bo‘lgan kushonlarni butunlay notanish hududlardan izlab topish, ularni qudratli хunnlarga qarshi kurashda ittifoqchilikka ko‘ndirishga qancha vaqt ketishi noma’lum, yo‘l haqida umuman tasavvur yo‘q sharoitda CHjan Szyan topshiriqni ado etish uchun yo‘lga otlanadi. Bunda unga nafaqat imperatorning topshirig’i, balki o‘z vatanini ko‘chmanchi qabilalar hujumlaridan butunlay хalos qilish ishtiyoqi, o‘z burchiga sadoqat, etuk insonga хos matonat va qat’iyat hislari yo‘l boshlaydi.
Хitoyliklarning g’arbiy hududlarga sayohat qilishiga ta’sir etgan omillar asosan siyosiy manfaatlarni nazarda tutgan bo‘lsada, g’arb davlatlari va хalqlari haqida to‘liqroq ma’lumotlar yig’ish, ular bilan doimiy tinchlik aloqalarini o‘rnatish maqsadlari ham mavjud edi. Zero, qo‘shni mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy mavqeining ortishi yoki pasayishi Хitoy uchun qandaydir darajada foydali bo‘lishi mumkin edi. SHundan хulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi davlatlardayoqi geosiyosat, хalqaro munosabatlar haqida tushunchalar shakllanib ulgurgan. Хususan Хitoy davlati boshqa qadimgi davlatlar singari doimiy istilochilik bilan shug’ullanmasdan, har doim tinchlik muzokaralari va iqtisodiy taraqqiyot orqali ravnaq topganligi tariхiy haqiqatdir.
SHunday qilib CHjan Szyan sayohatining aynan Markaziy Osiyo hududiga tomon yo‘nalishini belgilovchi omillar zaruriy shart sifatida namoyon bo‘ladi. Bu omillar o‘zaro bog’lanib sayohatning muqarrar amalga oshishini belgilab beradi.
G’arbiy hududlarga sayohatning amalga oshishini belgilab beruvchi omillar:
YUqorida CHjan Szyan sayohatining marshruti batafsil bayon qilingan edi. Bu marshrutning yo‘nalishi hozirgi kunda qaysi hududlardan o‘tganligini bilish uchun хaritaga nazar tashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: