ilmiy aspekti – texnologiya - ma’lum bir muammoning ilmiy asoslangan yechimi hisoblanadi. Mazkur yechim ilg`or tajriba va psixo-pedagogik nazariya natijalariga asoslanadi.
Shakl va bayon aspekti – texnologiya – bu rejalashtirilgan jarayondagi ishlatiladigan maqsadlar, metodlar, vositalar, jarayonlar majmuasi hisoblanadi. Mazkur jarayonlar ma’lum shakl va bayon orqali o`zini namoyon qiladi.
Jarayon va faoliyat aspekti – texnologiya – faoliyatni namoyon etish jarayoni hisoblanadi. Mazkur faoliyat yuqorida ta’kidlangan maqsadlar, metodlar, vositalar. jarayonlardan iborat bo`ladi. Ularning ketma-ketligi, o`zaro muvoffiqlashuvi va amal qiilsh qonuniyatlari texnologik faoliyat jarayoni va faoliyatini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, texnologiya - biror bir ishlab chiqarish va yoki ijtimoiy muammoni yechimga keltirish, uni amalga oshirish bo`yicha qilinadigan qadamlar va faoliyat ketma-ketligi, ilmiy asoslangan holda hal etilishi jarayoni, mana shu jarayonni tashkil etishning muvoffiqlashuvi va tartibidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |