1. Muammoli ta'lim texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari va turlari.
Muammoli ta'lim-Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.
Muammo-ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning subektiv shaklidir. U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik o`rtasida obyektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Ta’lim maqsad va vazifalariga ko`ra muammoli va an’anaviy bo`lishi mumkin.
Agar ta’lim muassasasi o`z oldiga o`quvchi(talaba)larning fikrlash qobiliyatlari, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni bosh maqsad qilib olsa, unda pedagogik jamoaning muammoli ta’lim asosida faoliyat yuritish malakalarini shakllantirish zarur. O`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga va o`quv-biluv jarayoniga "muammoli o`qitish" didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanmog`i kerak.
Muammoli ta’lim ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish, o`quvchilarning o`quv-biluv jarayoniga extiyoji qiziqishi, xoxishini orttirishga sabab bo`ladi.
Agar o`qituvchi muammoli ta’limning mazmun — mohiyatini yaxshi o`zlashtirib olsa, o`quv jarayonining shakli va metodlarini, texnik jihatdan jixozlanishni amalda qo`llay olsa u o`z-o`zidan muvaffaqiyat keltiradi.
O`qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki muammoli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha o`rganish - o`quv jarayonini san’at darajasiga olib chiqish demakdir, u o`z navbatida o`quvchining ta’lim mazmunini to`la o`zlashtirib olishiga kafolatdir.
Ilmiy izlanish tajriba-sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni ko`rsatadiki, muammoli vaziyatlarni hamma o`quv faoliyatlariga nisbatan qo`yidagi tiplarga bo`lish mumkin.
Birinchi tip.
Agar o`quvchilar oldiga vazifalar qo`yilib, qo`yilgan masalalarga xayotdan o`quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib chikadi.
Ikkinchi tip.
O`quvchilar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni o`zlashtirish vaqtida qo`llash zarurligiga uchrab kolsalar. Yangi mazmunning yechimi ilgarigi olgan bilimlarini o`zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar.
Uchinchi tip.
Muammoli vaziyatlarni shunday xolatlarda ham uchratish mumkinki, o`rganilgan nazariy bilimlar yechimida mavzuni `rganish amaliy yechimlarga mos kelmasa.
To`rtinchi tip.
Muammoli vaziyat shunday xollarda ham uchrashi mumkinki, o`quv topshirigini amalda bajarish uchun o`qituvchida isbot, nazariy asos bo`lmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |