I Bob . Franklarning ilk tarixi
Franklarning o’zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota- bobolari Tatsitning asarida har xil nomlar bilan, chunonchi, xamavlar, sukambrlar, batavlar degan nomlar va boshqa nomlar bilan atalgan. “ Frank” degan nom (bu so’zni “jasur”, “erkin” deb tarjima qiladi) III asrning o’rtalaridagina paydo bo’lib, qandaydir bitta qabilaga emas, balki, Reynning o’rta va qo’yi oqimlarida yashagan butin bir gruppa german qabilalariga taalluqli umumiy bir nom edi, bu qabilalar dastlab reyn daryosining o’ng qirg’og’ida yashar edilar. Dastlab ular rimliklarga nisbatan dushmanlik munosabatida bo’ldilar, kiyin bu munosabat ancha do’stona munosabatga aylandi. 451 yildagi Katalaun jangida, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, franklar fediratlar sifatida rimliklar tarafida turib gunnlarga qarshi urushdilar. O’sha vaqtdayoq ular katta-katta ikki gruppaga bo’lingan bo’lib, bir gruppasi ( ular Reynning qo’yi oqimida yashardilar ) dengiz bo’yi franklari yoki Sali franklari deb, ikkinchi gruppasi Reynning o’rta oqimida yashagan franklar – qirg’oq franklari yoki ripuar franklari deb atalar edi. Bulardan kuchlisi Sali franklari bo’lib, ular Galliyaning g’arbiga qarab bordilar. Ularning ahamiyati V asr oxiri - VI asr boshlarida korol Xlodvig zamonida juda ham oshdi.
Xlodvig. Xlodvigning podsholik tarixi (481- 511) episkop Grigoriy Turskiyning “Franklar tarixi” degan kitobida mufassal bayon qilingan bo’lib, Turskiy bu kitobni ancha kiyinroq, VI asrning ikkinchi yarmida yozgan. Franklar hayotida ro’y bergan katta- katta voqealar Xlodvig nomi bilan bog’langan. Xlodvig 486 yilda butun shimoliy Galliyani istilo qildi. Rimning bu oblasti hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan bo’lib, Rim imperiyasi qulagandan kiyin Shimoliy Galliyaning amalda koroli bo’lib qolgan Siagriy degan rimlik bir mahalliy magnat tomonidan idora qilinar edi, bu oblastning markazi Parij edi. Siagriy franklarga sal bo’lsa- da, jiddiy bir qarshilik ko’rsata olmadi. Suasson shahriga yaqin bir joyda qat’iy bir jang bo’ldi. Rim qo’shini franklar tomonidan tor- mor etildi. Siagriy vestgotlar koroli huzuriga qochdi, lekin vestgotlar koroli uni Xlodvigga tutib berdi. Xlodvig asirni o’ldirishga buyruq berdi. Katta va muhim bir territoriyani- Sena va Luara daryolari havzasini zabt etib olib, Xlodvig franklarga juda mo’l- ko’l er bo’lib berish imkoniga ega bo’ldi. Daryolari juda ko’p, eri serhosil, dehqonchilik uchun qulay bukzor va qayinzor o’rmonlarga boy bo’lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvillab qolgan bu rayonga boshdan- oyoq franklar ko’chib keldi. Bu rayonga ko’chib kelib joylashgan franklar soni hali Reynning narigi tomonida yashab kelayotgan franklar ichidan yana ahyon- ahyonda ko’chib kelib turgan kishilar hisobiga ko’payib bordi. Xlodvig o’z podsholigining oxirgi davrida Luaraning janubiga ancha jilib borib, Goronna daryosigacha etib bordi. Vestgotlar Galliyaning janubidagi yerlardan bir oz qisminigina saqlab qoldi, xolos. Xlodvig, Burgundiyani ham bosib olishga harakat qildi, lekin bu maqsadini amalga oshirmadi, burgund koroli saroyiga o’z ta’sirini o’tkazish bilangina cheklanib qo’ya qoldi.
90- yillar o’rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni Xlodvigning o’zi va drujinasi qabul qildi. Kiyin oddiy franklar va ularning oila a’zolari ham qabul qildilar. Varvarlarning xristian dinini qabul qilishining o’zi muhim bir fakt edi, chunki bu narsa ularning romanlashuvidan dalolat berar edi. Lekin franklarning xristianlashuvi ikkinchi bir, yanada muhimroq ahamiyatga ega edi. Varvarlarning ko’pchiligi xristianlikni arianlik deb atalgan formada qabul qilgan bir vaqtda franklar arianlikni qoldirib, xristianlikni to’g’ridan- to’g’ri galliya- rim katolik ro’xoniylaridan qabul qildilar. Bu narsa Frank korolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruxoniylar Xlodvigni va boshqa Frank qirollarini zo’r berib qo’llab- quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya janubidagi qolgan yerlarni Bestgotiya va Burgundiyani bo’ysundirishlarini ancha osonlashtirdi hamda franklarning o’z orasida ham qirol hokimiyati ta’sirining ortishiga ancha yordam berdi. Xlodvig qolgan barcha Sali va repuar qirollarini sekin- asta qira borib, yangi juda katta qirollikning yakkayu yagona qiroli bo’lib oldi, bu qirollik Galliyaning to’rtdan uch qismini o’z ichiga olar edi. Xlodvigning o’g’il va nevaralari qirollikni tez-tez bo’lib va qayta bo’lib turishlariga o’zaro urushlar olib borib turishlariga qaramay, qirollikning chegaralarini kengaytirishni davom etterdilar. 534-yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda vestgotlarningGalliyadagi oxirgi yerlari ham bosib olindi. Reynning narigi tomonida esa Alimaniya, Tyurengiya, Bavariya hamda saks qabilalarining ba’zilari franklarga bo’ysundi. VI asrning ikkinchi yarmida Frank qirolligi barcha varvar qirolliklari ichida eng katta qirollik edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |