Jizzax – 2023-yil Mavzu: > Mundarija Kirish I bob. Franklarning ilk tarixi


II bob. IX-XI asrlarda Fransiyaning iqtisodiy tuzumi



Download 362,5 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi362,5 Kb.
#951378
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu fransiya

II bob. IX-XI asrlarda Fransiyaning iqtisodiy tuzumi
XI XII XIII asrlarning 2 yarmida Fransiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda tez rivojlanganligi ko’rildi.Dehqonchilik ancha o’sdi.Yerning bir qismi bir juft hokiz qo’shilgan g’ildiraksiz yengil plug bilan yaxshilab haydalar edi.Bug’doy, javdar, suli, arpa va boshqa boshoqli ekinlar hosili ko’payib ekilgan uruglikka qaraganda besh va hatto olti hissa ortiq g’alla yig’ib olinadigan boldi.Bog’dorchilik polizlarning o’sishi bilan ozuqa mahsulotlari non go’sht sabzavot va boshqalarga shuningdek turli qishloq xojalik xom ashyosiga (jun,zig’ir va hokazolarga) bo’lgan talab kopaydi.Tovar munosabatlari fransus qishlog’iga kira boshlab uni mahalliy shaharlar bilan u faqat oziga tutashgan okruglardagi qishloqlardagina emas balki ancha uzoq okruglardagi qishloqlardan ham o’zini qishloq xojalik mahsulotlari bilan ta’minlashni talab qildi.XI XII asrlarda Fransiya shaharlari katta yuksalishni boshidan kechirdi. Janubdagi shaharlarning ko’pchiligi,shu jumladan ko’pgina kohna Rim shaharlari ancha katta sanoat markazlariga aylanibgina qolmay balki ular Italiya va yaqin sharq bilan ham qizg’in savdo sotiq olib bordilar. Bular orasida Marsel, Tuluza, Mopele,Narbonna alohida ajralib turardi.Ayni zamonda shimolda va shimoliy sharqada Amen, Suasson, Lan,Sanlis,Bove,Ruan ,Reyms,Trua va boshqa kopgina shaharlar osib chiqdilar va sanoatning muhim markazlariga aylandilar.Bu shaharlarda movut va kanop gazlamalari yetishtirildi, moyna ishlanardi,temir qalayi kumush,emal va boshqalardan turli metal buyumlar tayyorlanardi.Rivojlanayotgan shimoli sharq savdo sanoatining gavjumligi ko’p sonli yar markalarda namoyon boldi.Shampanning turli shaharlarida Truada , Provenda ,Brida ,Lanida va boshqa joylarda deyarli butun yil boyi savdo sotiq qilinar edi.Umuman savdo axborotlarining miqysi va tashqi savdoda ishtirok etish jihatdan Fransiyaning shimoli sharqiy viloyatlari janubiy shaharlarga qaraganda hali orqada edilar. Ammo ikkinchi tomondan shimoldagi hunarmandchilik ishlab chiqarish janubdagiga nisbatan kamroq rivojlanga edi.shimoli sharqning savdo sotiq munosabatlari qisman xalqaro ayirboshlash (Germaniya,Niderlandiya,Shimoliy Italiya bilan savdo sotiq qilish) qisman shimoli sharqiy viloyatlar o’rtasidagi ichki ayirboshlash harakterga ega edi shuning ozi bilan sharqiy fransiyaning keng ichki bozoriga asos solindi.Ana shu ichki bozor zaminida kelajakda umumfransus milliy bozori vujudga kelishi lozim edi parij koproq savdo va sanoat markazi ahamiyatiga molik bolib bunga faqat shimoliy va shimoli sharqiy viloyatlargina emas balki shimoli g’arbiy va g’arbiy rayonlar ham yaqinlasha boshladilar.qirollik poytaxtining Sena,Marva va Luara singari buyuk daryyo havzasida joylashganligi uni shakllanayotgan milliy iqtisodiy til va madaniy aloqalarning tabiiy markaziga aylantirdi.XI XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyotida yuqoridagilar muhim rol o’ynadi.XI asrning ikkinchi yarimidan e’tiboran shaharlarning va Tovar pul xo’jaligining rivojlanishi zaminida G’arbiy Yevropada siyosiy markazlashish jarayoni boshlandi.Parchalanib ketgan davlarlarni birlashtirish ,qirol hokimiyatini mustahkamlash va kuchaytirish jarayoni yuzaga keldi.Mamlakatni turli rayonlar bilan bog’lagan yirik shaharlarning jumladan Parij shaharlarining ertaroq vujudga kelishi siyosiy jihatdan markazlashishni ayniqsa yengillashtirdi.U yoki bu mamlakatda Tovar pul munosabatlarining rivojlanishi zaminida kuchli uchinchi toifa – shaharliklar maydonga keldi.Aholining barcha guruhlari orasida shaharliklar tarqoq feodal monarxiyasini tepaga chiqarishiga va mamlakatda mustahkam ,,qirollik osoyishtaligini’’ ta’minlashga qurbi yetadigan markazlashganqirollikka aylantirishdan juda manfaatdor edilar.Birgina qirol Lyudovik IX davriga kelgan vaxtda tanga zarb qilishda feodallar bilan raqobat boshladi.U boshqa gersog va graflarning tanga chaqa pulining shu gersog va graflarning mulklarida ozlariniki bilan bab-baravar yurg’izilishiga mone’lik qilmaslika oz vassallarini majbur etdi.Natijada eng salmoqli qirollik tanga-chaqa puli odatda feodalning yomon sifatli pullarini siqib chiqarar edi.

Asosiy qism:


1.XIII asr o’rtalarida qirol byudjeti juda o’sdi.Savdo sotiqdan,sanoatdan va qirol yer mulklaridan keladigan daromadlarning tobora ko’payib borishidan tashqari Lyudovik IX xazinani boyitish maqsadida feodalning tanho yerlaridan ustalik bilan foydalandi Lyudovik IX zamonida yirik feodallardan undiriladigan vassalik to’lovi yuqori darajada oshdi.Qirol o’z vassallaridan ko’p daromad olgani singgari shahar kommunallaridan ham o’shanchalik kop daromad olardi.Fransus cherkovi sifatida qirolga katta katta mablag’ to’lardi.Lyudovik IX davrida bevosita qirol xazinaga kelib tushadigan salib solig’i davlatning davlatning doimo olib turadigan solig’i rolini o’ynardi. Umuman Lyudovik IX davrida qirollik daromadlarining osishi o’sha zamonda Fransiyaning xojalik jihatdan yuksala borganini ochiqdan ochiq ko’rsatar.edi.Pul xojaligining rivojlana boshlashi shaharlar sanoat va savdo sotiqning o’sishi oqibatida mamlakatning siyosiy jihatdan xalq xojaligining barcha tarmoqlarining taraqqiy qilishiga ijobiy ta’sir etdi. G’arbiy Yevropaning ikkita mamlakatida –Angliya va Fransiyada markazlashgan davlatlar juda tez tarkiib topdi.bu mamlakatlarda siyosiy markazlashish jarayoni , asosan XIII -XV asrlardayoq tugallandi.,, tenglar o’rtasida birinchisi’’gina bo’lgan qirollikdan iborat shaklsiz feodal monarxiyasi asta sekin ,ancha markazlashgan va tartibga tushgan toifaviy monarxiyaga aylanib,XV XVI asrladayoq mutloq monarxiyaga o’tdi. Qishloq xo’jaliklarida turli xildagi takomillashgan mehnat qurollarining yaratilishi munosabati bilan dehqonlar oz xo’jaliklarida tobora koproq mahsulotlar yetishtirib oldilar.Feodallar uchun dehqonlardan ular yomon ko’radigan barshchino orniga mahsulot bolan obrok olish foydaliroq edi.Ko’p senyorlar o’z chek yerlarga bo’lib,foydalanish uchun dehqonlarga berdilar.Krepastnoy senyorning xususiy mulki edi.uning ustidan to’la hukumron bo’lib o’zi sud qilgan.senyorning yerida tug’ilgan krepastnoy uning yerida ishlashi shart bo’lgan.Krepastnoy yerida ishlash , yer qurilishi va boshqa majburiyatlarni bajarishi,undan tashqari natural va pul ko’rinishidagi soliqlar to’lashi shart edi.
Shaharlaning rivojlanishi bilan dehqonlar savdo-sotiq ishlariga tortildi.Hunarmandlarning mahsulotlarini sotib olish uchun feodallar dehqonlardan soliqni pul ko’rinishida ola boshladi.Krepostnoylarning shaxsiy qaramligi bo’shashdi.Katta pul evaziga dehqonlar o’z ozodligini sotib ola boshladilar.Fransiyada BUyuk Karl zamonidayoq mohir hunarmandalar mavjuda bo’lib ular endi qishloq xo’jaligiga band qilinmagan.ayni shu vaxtda ularda elma –el kezib yuruvchii sayyor hunarmandlar ham paydo bo’la boshladi.Ular aslida dehqonlar bo’lib Ular bu ishni qishloq xo’jaligi mavsumi bo’lmagan paytda bajarar edi.Ilk o’rta asrlardagi mol ayirboshlash pomestyelarning yoki dehqonlarning ehtiyojlari qondirilgandan keyinortib qolgan mahsulotni bozorga chiqarib sotishdan iborat bolar edi.Ilk o’rta asrlarda cherkov va monastirlar huzurida an’anaviy maktablar bo’lar edi.Ammo bu joylarda mahalliy sotuvchilar kam bo’lardi..Asosiy savdogarlar lanbardiyaliklar,yahudiylar,suriyaliklar,arablar,vizantiyaliklardan iborat kelgindi savdogarlar edi.Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi hunarmandchilik texnikasiga nisbatan talabning kuchayishi tufayli hunarmandchilik asta sekin alohida bir kasbga,kishilar ayrim gruppasining asosiy mashg’ulotiga aylandi.U qishloq bilan butunlay aloqasini uzib,ishlab chiqarish sharoitlari eng qo’l keladigan yangi ,doimiy joyga ko’chib bordi. X XI asrlarda yevropaga turli hunarlar orasidan mustaqil kasb sifatida ikkitasi ajralib chiqqan :temir buyumlar yasash (mettallurgiya) movut to’qish( jun gazlamalar ishalash)ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan edi. Savdo- sotiq munosabatlari shahar va qishloq doirasidan chiqib shaharlar aro keng savdo sotiq munosabatlariga aylandi.bu shaharlar o’zaro munosabatlaridan tashqari vizantiya va arab sharqining ayrim savdo markazlari bilan savdo-sotiq aloqalaro bog’ladilar.O’rta dengiz savdosida ayniqsa Italiyaning Genduya ,Amalfi, Pizza,Valensiya shaharlari alohida ajralib turardi.Sharq bilan savdo -sotiq ishlarini rivojlantirishda janubiy Fransiya shaharlari:Marsel, Arel, Narbonna ham asosiy rol o’nadi.Kataloniya markazi Barselona ham muhim o’rin egalladi.Shimoliy dengiz bo’yidagi Niderlandiya ham ajralib turdi.Niderlandiya va Germaniyada Gent, Bryugge,Ilr ,Arras,Bryussel,Kyoln shaharlari savdo-sotiqda yetakchilikrolini o’ynadilar.O’rta dengiz shaharlari doimiy,hatto XII asrlargacha yetakchilik qilib kelardi.Eng qimmatbaho buyumlar Garbiy Yevropaga sharq mamlaktalridan kelar edi.
Download 362,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish