22
2.2. FERNAN MAGELLAN VA UNING DUNYO BO’YLAB SAYOHATI
Amerigo Vespuchchining X.Kolumb kashf qilgan yerlar yangi qit’a ekanligi
haqidagi farazi Fernan Magellanning 1519-1522-yillardagi dunyo aylana birinchi
sayohatida to’la tasdiqladi. Yangi ochilgan yerlardan mo’ljallangan boyliklariga
erisha olmagan ispan hukmdorlari Fernan (losman-dengizda yo’l ko’rsatuvchi
kishi.) Magellanning Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochish loyihasini qo’llab-
quvvatladilar.
Jasur va tajribaii dengizchi, bag’oyat irodali Magellan o’zining 5 ta kemadan
iborat flotiliyasini 1519-yilning 20-sentyabrida San-Lukar portidan dengizga
chiqardi. Ekspedisiyada qatnashgan: “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”,
“Viktoriya” va “Sant-Yago” kabi 105-154 tonna yuk sig’imli kichik kemalarda
ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g’amlab olingandi. Magellanga berilgan kemalar
ta’mirlashdan keyin ham talabga to’liq javob beradigan holda emasdi.
Portugaliyaning Ispaniyadagi elchisi o’z qiroliga Magellan ekspedisiyasi
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar deb yozgan edi. Magellan kemalarga
portugaliyalik hamyurtlaridan ruxsat berilgan 5 kishi o’rniga 37 kishi olishga
muvaffaq bo’ldi. Sayohatning boshidayoq juda og’ir sinovlarni yengib, 60 kunlik
tinimsiz yomg’irlardan so’ng kemalar 1519-yil 13-dekabrida Rio de Janeyro
ko’rfaziga kirdi. Yana bir oylik sayohatdan keyin hozirgi Urugvayning poytaxti
Montevideo joylashgan yerda to’xtashdi.
Bu joy ikki okeanni bog’lovchi qo’ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi.
Qishlovga to’xtagan ekspedisiyada birinchi marta isyon ko’tarildi. Unda uchta
kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to’qnashuvda
halok bo’ldi, Ikkinchisi – kapitan Mendosa isyon bostirilishi bilan qatl qilindi,
uchinchi kapitan Kartaxena fitnada ishtirok qilgan ruhoniy bilan ko’rfazning
qirg’og’iga tashlab ketildi, Isyon boshlanishiga sabab Magellanning oziq-ovqat
miqdorini kamaytirishi bo’lgandi.
Ekspedisiya a’zolarining orqaga qaytishni talab qilishlariga javoban Magellan
“Qit’a janubidagi bo’g’ozni topib o’z va’damni bajaraman, bu yo’ldan meni faqat
o’lim qaytaradi”, - deb aytdi. Ko’rfazning ochilishi arafasida “Sant-Yago” kemasi
23
halokatga uchradi. Magellan ekspedisiyasi 1520-yil 21-oktyabrida janubiy
kenglikning 52-gradusida keyinchalik uning nomiga qo’yilgan qo’ltiqqa kirdi.
Ekspedisiyaning Janubiy dengizga yo’l olgan kemasida 1-noyabr kuni Estevan
Gomes boshchiligidagi bir guruh zobitlar isyon ko’tarib, Magellanning sodiq
safdoshi “San-Antonio” kapitani Alvaro de Meskituni qo’lga olib asosiy oziqa
zaxirasi bilan Ispaniyaga yo’l oldilar. Qaytib kelganlar Magellanga tuhmat-
bo’htonlar yog’dirdilar. Qirol hukumati esa bunga ishonib Magellanning qaynotasi
va xotinini sazoyi qildi.
Bu paytda jasur Magellan o’z maqsadi tomon ishonch bilan bormoqda edi.
Ko’rfazdan bir oyga yaqin suzgan kemalarning chap tomonida doim hindular
gulxanlari olovi va tutuni ko’rinib turgan. Natijada dengizchilar bu yerlarni “Olovli
yer” deb atadilar, Okeanga chiqqan kemalar shimolga qarab suzishdi. To’rt oy
davomida hyech qanday dovullarsiz olg’a yurildi. Okeanning ularga qilgan
muruvvati evaziga sayohatchilar uni “Tinch okean” deb atadilar.
Hujjatlarda yozilishicha, sayohatchilar keyingi 110 kun davomida qurtlagan
non ushoqlarini, sassiq suvni ichishga majbur bo’ldilar. Kemalarda kalamushning
narxi qimmat bo’lgan, dengizchilar kemaning charm qoplangan joylarini olib
qaynatib ichishgan. Sayohatchilarning ko’pi singa kasaliga chalinib nobud
bo’lishgan. Nihoyat, 1521-yilning 6-martida ekspedisiya a’zolari Marian arxipelagi
orollaridan biriga tushdilar. O’n kundan so’ng kemalar yaqinlashgan arxipelag
Ispaniya shahzodasi, bo’lajak qirol Filipp sharafiga Filippin deb ataldi.
Xuddi shu orollarda ro’y bergan bir voqyea sayyohlarning qilgan ishlari
qanchalik buyuk ekanligini ko’rsatdi. Magellanning qachonlardir Malay
orollaridan olib chiqib ketilgan xizmatkori Enrike mahalliy aholi bilan gaplashib
bir-birlarini tushunganlar. Demak Enrike o’z yurtidan sharq tomonga chiqib unga
g’arbdan qaytib keldi. Sebu orollari aholisini Ispaniya qiroli vassallariga
aylantirish uchun qilingan urushda, 1521-yil 27-aprelida Magellan halok bo’ldi.
Molukka
orollaridan
ziravorlarni
ortib
olgan
Eskato
boshchiligidagi
ekspedisiyaning qolgan a’zolari San-Lukarga qaytib kelganda “Viktoriya”
kemasida 18 kishi qolgan edi.
24
Dunyo bo’ylab qilingan birinchi sayohat Yerning shar shaklida ekanligini
uzil-kesil isbotladi. Sayyohlar Yer kurrasining anchagina qismini tadqiq etdilar.
Endilikda okean yo’lini o’zlashtirish boshlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar
natijasida Yer yuzidagi aholi haqida ma’lumotlar ko’payib bordi.
Pireneya yarimorolidan arablarning haydab chiqarilishida faol ishtirok qilgan
minglab risarlar urushdan so’ng bekor qoldilar. Ularning ko’pchiligi
qashshoqlashgan dvoryanlar vakillari edilar. Osonlikcha boylik orttirish yo’lini
axtargan ming-minglab kishilar Ispaniya va Portugaliya sayyohlarining
kashfiyotlari haqida xabar yetishi bilan hyech o’ylanib o’tirmasdan yangi
o’lkalarga jo’nashdi.
Dengiz ekspedisiyalarini safarlarga tayyorlashda va jihozlashda savdogarlar
va kema egalari ham faol qatnashdilar. Ularning maqsadi savdo-sotiqdan,
bo’ysunodirilgan o’lkalarni talashdan boylik orttirish edi. Amerika qit’asini istilo
qilishda xristian dini vakillari, ruhoniylar va rohiblar ham ishtirok etdilar. Ular
mahalliy aholini xristian diniga o’tkazish bilan shug’ullandilar. Shunday qilib,
yevropaliklar bosib olingan mamlakatlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar.
Ispanlar Osiyo qirg’oqlariga, aynan Molukka yarim oroliga yetishga harakat
qilishardi, shuning uchun portugallarning yo’lidan boshqa yo’llarni to’xtovsiz
qidirishar edi. 1519 yil 20 sentyabrda “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”,
“Viktoriya”, “Sant’yago” deb nomlangan 5 ta kemadan iborat ekspedisiya Ispan
qiroli xizmatidagi portugal dengizchisi Fernan de Magellan boshchiligida g’arbiy
yo’lni izlab suzib ketdi.
Flotiliya Janubiy Amerika materigining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab suzib,
katta qiyinchiliklar bilan janubiy chekkasidan aylanib o’tdi va Tinch okeanga
chiqdi. Tinch okeanini kesib o’tib, Marianna orollariga, undan Filippin orollariga
yetib bordi. Bu yerda 1521 yilda Magellan halok bo’ldi. Ekspedisiyada ikki kema
Xuan Sebast’yan El’kano boshchiligda Molukka arxipelagiga yetib borib,
ziravorlar sotib oldi va ikki yo’nalishda Ispaniyaga qaytishga qaror qilindi.
“Trinidad” deb nomlangani Tinch okean orqali, Xuan S. Elkano
boshchiligidagi “Viktoriya” kemasi hind okeani orqali qaytmoqchi bo’ldi.
25
Viktoriya portugal kemalaridan yashirinib, janubroqdan suzdi va Hind okeanini
kesib o’tib, katta qiyinchiliklardan so’ng 1522 yil 8 sentyabrda Ispaniyaga yetib
keldi. “Trinidad” kemasi halokatga uchrab, undan 3 kishi omon qoldi va 5 yildan
so’ng Ispaniyaga yetib kelishdi. Magellan ekspedisiyasining ahamiyati nihoyatda
katta bo’ldi, Yerning sharsimonligi amalda isbotlandi, Yangi qit’aning janubiy
qirg’oqlari aniqlandi.
Ekspedisiya taqdiri uning ishtirokchisi ital’yan Antonio Pigafetta tomonidan
“Dunyo bo’ylab birinchi sayohat” kitobida bayon qilingan. Lekin u na dengizchi,
na geograf, hatto kuzatuvchan odam bo’lmaganligidan uning kitobi sayohat
to’g’risida to’liq ta’surot bermaydi. Magellan va boshqa qatnashchilarning
kundaliklari saqlanib qolmagan, faqat “Trinidad” kemasi kapitan yordamchisi
Fransisko Al’boning jurnali bizgacha yetib kelgan va ekspedisiya to’g’risida
to’liqroq ma’lumot olishga yordam bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |