26
2.3. VASKO DA GAMMANING HINDISTONGA SAYYoHATI
Vasko da Gamma (Vasco da Gamma) (1469 [Sinish sh.]-1524 [Kochin sh.]),
keyinchalik graf Vidigeyra unvoniga sazovor bo’lgan mashhur dengizchi va
sayyoh. U XV-XVI-asrlarda Yevropaning dengiz va okeanlarga chiqish va
o’rganish markazi deb, tan olingan Portugaliyada 1469 yili zodagonlar oilasida
tug’ilgan. Otasi Ishtevan da Gamma Silvish shahrini sudi va keyinchalik shahar
hokimi bo’lgan. Vasko yoshligidanoq harbiy harakatlarda faol qatnashib o’zini
tajribali, mard va jasur jangchi ekanligini ko’rsatgan. Yoshlik davridan boshlab
kema va odamlarni boshqara oladigan qo’rqmas va ehtiyotkor dengizchi sifatida
nom chiqargan. Umuman olganda da Gammalar oilasi o’sha davrdagi Portugaliya
siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Vasko da Gamma yashagan uy hozirgacha
saqlanib qolingan.
XV-XVI-asrlarda Portugaliya Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlaridan
biri hisoblangan. Mustamlaka yerlarni topish, ularni hisobsiz boyliklari bilan qirol
27
xazinasini to’ldirish ishtiyoqi Ispaniya va Portugaliya qirolliklarini yangi
ekspedisiyalarni tashkil etishga undaydi. Mutaxassislarning yozishicha, 500 yil
muqqadam ham Lissabon shahri okean va dengiz tadqiqotlarining markazi bo’lgan.
Portugaliya dengizchilari Afrika sohillari bo’ylab janub tomonga yo’l qidirishgan
va aynan ular yevropaliklarga, birinchi bo’lib Hinduston va Janubiy-Sharqiy
Osiyoga olib boradigan suv yo’llarni ochib berishgan. Shunday ekspedisiyalardan
biriga Vasko da Gamma rohbarlik qilgan.
1492 yilda Gvineyadan oltin bilan qaytayotgan Portugaliya kemalarini
fransuz qaroqchilari (korsarlari) qo’lga olishadi. Portugaliya qiroli Manuel 1, esa
fransuzlardan kemalarni boyliklari bilan birga qaytarib olib kelishni Vasko da
Gammaga buyuradi. Mohir dengizchi Fransiya sohillariga borib, ularning bir
qancha kemalarini garovga oladi, shu voqyea sabab Fransiya qiroli portugallar
kemalarini qaytarib berishga majbur bo’ladi. Vasko da Gamma butun
Portugaliyada mashhur shaxsga aylanadi. Xristofor Kolumbni birinchi sayohatidan
keyin kashf qilingan yangi yerlarga egalik qilish uchun Ispaniya va Portugaliya
o’rtasida nizolar kuchayadi. Shu sababdan afsonaviy boy mamlakat hisoblangan
Hindustonga yangi yo’llar ochish maqsadida ekspedisiya safarga tayyorlanadi.
1497 yili tarkibi 4 ta kemadan iborat, 168 ta mohir dengizchi va eng og’ir
mehnatlarni bajarish uchun 10 ta mahbusdan iborat ekspedisiya safarga chiqadi.
«San-Gabriel» kemasi - Vasko da Gamma boshchiligida, «San-Rafael» - Paula da
Gamma, «San-Mixael» - Gonsalu Nunasha va «Berrid» yuk kemasi Nikola Koelyu
rahbarligida Lissabon shahri bandargohidan chiqib «Yashil burun» orollari tomon
yo’l olishadi. Keyinchalik bir muddat janubi-sharqqa qarab harakatlagan kemalarni
Vasko da Gamma janubi-g’arbga, ya’ni hanuzgacha aniqlanmagan dengizlar
tomon burishga farmon beradi. Yana bir necha kundan keyin u yo’nalishni sharqqa
o’zgartirishga farmon beradi.
Sayohat uch yilga mo’jallanib, shunga yetarli oziq-ovqat zaxirasi, jangovar
qurollar va mahalliy xalq bilan almashtirish maqsadida arzon kiyim kechaklar
olinadi. Vasko da Gamma boshchiligidagi kemalar Afrika sohillari bo’ylab janub
tomon suzishadi. Hozirgi Kanar orollarini orqada qoldirib Yashil burun orollarida
28
to’planishadi. Janubdan esayotgan kuchli qarshi shamollar dengizchilar harakatni
ancha qiyinlashtiradi. 1497 yilning noyabrida 93 kunlik tinimsiz okeanda suzish
natijasida, oxir-oqibat Afrika qit’asining janubiy sohillariga yetib borishgan.
Dengizchilar tubjoy xalq bo’lgan bushmenlar bilan aloqa o’rnatib, kiyim-kechak
ivaziga oziq-ovqat jamlashadi, ammo kelishmovchiliklar sababli tezda ketishga
majbur bo’lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: