RAMZIY INTERAKSIONIZMNING VUJUDGA KELISHI
VA RIV О JLANISHI
Reja:
1. Ramziy interaksionizmning paydo bo‘lishi
2. J. Mid ramziy interaksionizm asoschisi sifatida
3.
G.
Blum em ing sotsiologik konsepsiyasi
4 .1. Goffman dramaturgiyasi
1.
Sotsiologiyada
kommunikatsiya
muammosiga
bo‘lgan
qiziqishning ortishi, xususan, nuqtayi-nazarlar har xilligida bir-birini
tushunish, qarama-qarshi tomonga nisbatan o‘z nuqtai-nazarini
belgilash muammolarining dolzarb ekanligini isbotladi. Bu esa,
psixologik jarayonlami tadqiq etishga nigilistik munosabatda bo‘lish
va insonning butun hayotiy qiyofasini faqatgina chetdan kuzatiladigan
xulq-atvoriga qiyoslash (hayvonlaming reaksiyasi) kabi xususiyatlar
xos bo‘lgan bixevioristik urf-odatlarini sustlashtirdi. Bixeviorist va
freydistlardan farqli o‘laroq «uchinchi kuch», ya’ni yaxlit insoniy
« 0 ‘zlik» va mikrosotsial muhitda uning shaxsiy o‘zligini belgilashga
qaratilgan interaksionistik yo'nalish shakllandi.
Keng nazariya sifatida, ramziy interaksionizm XX asming 20-
yillarida Chikago maktabida vujudga kelgan. Uning asoschisi
amerikalik sotsiolog Jorj Mid hisoblanadi. «Ramz» deganda bir-biri
bilan interaksiya, ya’ni o‘zaro aloqaga kirishganda individlar
tomonidan tushuniladigan « т а ’no» nazarda tutiladi, ushbu nazariyada
jamiyat o‘zaro interaksiyaga kirishgan individlaming harakati nuqtai-
nazaridan qaraladi.
Boshqa
so‘z bilan aytganda, jamiyatni
insonlaming xulq-atvori tamoyillarini ko‘rib chiqish y o ii bilan
tushuntirish mumkin, chunki faqat shunday yo‘sinda xulq-atvomi
belgilovchi ramz o‘zini namoyon qiladi.
Tashqi muhitdan kiruvchi ma’nolardan iborat ramzni aniqlash
tafakkurda ro‘y beradi. Ramziy interaksionizm ijtimoiy ayirboshlash
jihatlarini tahlil qilishga asoslanadi. Individ o‘zini o‘zgalaming bahosi
asosida ta’riflashi, ya’ni shaxs ijtimoiy dunyoda boshqalar uchun
qanday qiyofada namoyon bo'lsa, o‘zini shunday tasavvur qilishi,
interaksionizmning asosiy tamoyili bo‘lib hisoblanadi.
3 3 3
Ramziy interaksionistlami qat'i nazariya birlashtirmaydi, ularga
sotsial ma’nolami ishlab chiqish va o‘zgartirish, vaziyatlami doimiy
belgilash va qayta baholash jarayoni sifatida ta’riflanadigan ijtimoiy
jarayonga bir xil yondoshuvning umumiyligi xos hisoblanadi. Bunday
qayta baholash davomida sotsial faoliyatning ob’ektiv muhiti (o‘zaro
aloqadagi individlar nuqtai nazaridan) ham o‘zgaradi, chunki
interaksionistlarning qarashlariga ko‘ra dunyo tamoman ijtimoiy kelib
chiqadi. Turli guruhlar turlicha dunyolami ishlab chiqadi, ular ham
ijtimoiy hamkorlik davomidagi ma’nolaming o‘zgarishi natijasida
o‘zgaradi.
Ramziy interaksionizm uch asosiy g‘oyaga asoslanadi:
birinchidan, insonlar o‘z muhitlaridagi elementlarga o‘zlari
bergan baho asosida qaraydilar,
ikkinchidan, bunday ma’no (ko‘rinish va ramzning o‘zaro
bog‘lanish usuli) kundalik ijtimoiy shaxslararo hamkorlikning mahsuli
- interaksiya - sifatida namoyon boiadi, va, nihoyat, uchinchidan,
bunday sotsiomadaniy ma’nolar o‘zaro hamkorlik oqibatida individual
tasawuming o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
«Men»
va
«boshqalar»
yaxlit
hisoblanadi,
chunki
ishtirokchilaming xulq-atvori yigindisini ifoda etadigan jamiyat
individning xulq-atvoriga ijtimoiy cheklovlar qo‘yadi. Biroq nazariy
jihatdan, Men va jamiyat o‘rtasida chegara o‘tkazish mumkin b o isa
ham, interaksionizm birinchisini to iiq anglash ikkinchisini xuddi
shunday to iiq anglash bilan uzviy bogiiqdir, degan g‘oyaga
asoslanadi.
Ramziy interaksionizm muhim va qiziqarli g‘oyalaming keng
doirasini taklif etadi. Bir qator yirik mutafakkirlar, shu jumladan, Joij
Gerbert Mid, Charlz Xorton Kuli, U.A.Tomas, Gerbert Blumer va
Irvin Goffman kabi olimlaming nomlari bu yo‘nalish bilan b o g iiq 1.
G.ye.Zborovskiy sotsial o‘zaro aloqa muammolarini ko‘rib
chiqishga katta e'tibor qaratgan, buning ustiga, uni sotsiologiya
fanining asosiy predmeti sifatida ifodalagan olimlar haqli ravishda
ramziy interaksionizm o‘tmishdoshlari, deb e'tirof etilishi lozimligin,
bunday tadqiqotchilar qatoriga esa, awalambor, Ch.Kuli, G.Zimmel,
G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition Me Grav/-Hill. 2010. - P. 351.
3 3 4
U.Tomasni kiritish lozimligini ta’kidlaydi1 (bu olimlar ijodi o ‘tgan
mavzularda to‘liq qarab o‘tilgan).
Ramziy
interaksionizm
m a’lum
darajada
strukturaviy
funksionalizmga qarshi turadi. Agar strukturaviy funksionalizm
vakillari sotsial jarayon strukturasidan odamlaming harakatlariga
tomon yo‘nalgan bo‘lsa, ramziy interaksionizm tarafdorlari esa
harakatdagi shaxsdan sotsial struktura tomon yo‘naladi. Shu tariqa, bu
strukturaga
sub'ektivistik
qarash
shakllanadi.
Strukturaviy
funksionalizmning nazariy yo‘nalganligidan farqli o‘laroq, ramziy
interaksionizm asosan empirik yo‘nalgandir. Uning muhim xususiyati
- odamlar o‘rtasidagi ramziy o‘zaro aloqaning aniq kommunikatsiya
shakllarini, ular orasidagi aloqa vositalarini, birinchi navbatda tilni
o‘rganishdan iborat.
Ramziy interaksionizm asoschisi J.G.Mid o ‘z konsepsiyasini
“sotsial bixeviorizm” deb e'tirof etgan (“ramziy interaksionizm”
tushunchasini uning shogirdi Blumer fanga kiritgan). U bilan parallel
ravishda Moreno anologik g‘oya tushunchasini kiritgan edi (hatto
sotsiologiya tarixi adabiyotlarida uning g‘oyalari kam yoritilgan,
aksincha uning sotsiometriya g‘oyasi ko‘proq e'tirof etilgan). Ramziy
interaksionizmda odatda 2 ta maktab (yo‘nalish) faoliyati alohida
o‘rganiladi:
1.
Chikago maktabi (J.Mid, G.Blumer, T.Shibutani va
boshq.).
2.
Ayova maktabi ( M.Kun, T.Partlend va boshq. )
M.Kun va uning izdoshlari ijtimoiylashuv jarayoni yo‘nalishidan
voz kechib, pozitiv-metodologik me'yorlarga o‘tishni o‘zlashtirdi.
Shaxs ichki tuzilishi haqidagi qarashdan voz kechib, jamoaviy norma
va qadriyatlarga alohida urg‘u bergan holda, sotsial rol haqidagi
nazariyalami yoqlab chiqdi.
Ramziy
interaksionizmda
mustaqil
yo‘nalish
sifatida,
Goffmanning sotsiodramatik qarashini e'tirof etish lozim (uning ko‘p
g‘oyalari Morenoning sotsiodramatik konsepsiyasiga yaqin).
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ramziy interaksionizm juda
turli-tuman ko‘rinishlarga ega. J.G.Mid, G.Blumer, I.Goffman
ta’limotlarida ko‘tarilgan masalalar, o‘z mazmun-mohiyati borasida
bir-biridan jiddiy farq qiladi. Bu yo‘nalish namoyandalari ko‘pincha
1
Зборовский Г.Е. И стория социологии: соврем енный этап: учеб.
д л я
вузов. 2-е изд., испр. и доп.
- Сургут [и др.]: РИО Сур ГПУ, 2015. - С. 119.
335
jamiyat faoliyati, uning strukturalari, institutlari va tashkilotlari
masalalarini hal etishdan qochib, asosiy e'tibomi shaxsga, uning
tevarak olamni, boshqa odamlar va ularning aloqasini his etishiga
qaratadilar.
Ramziy interaksionizmning asosiy tamoyillarini sanab o‘tish
uchun bu nazariyani umumlashtirilgan ko‘rinishda ifodalash talab
etiladi. Bu esa oson ish emas. Ramziy interaksionizmda muhim
tafovutlar borki, biz ularning bir qismi quyiroqda ko‘rib chiqiladi.
Ba’zi ramziy interaksionistlar (masalan, Blumer) bu nazariyaning
asosiy tamoyillarini sanab o‘tishga harakat qilganlar:
1. Odamlar,
tuban hayvonlardan farqli
o‘laroq,
fikrlash
qobiliyatiga (imkoniyat) ega.
2. Fikrlash qobiliyati sotsial o‘zaro harakat orqali shakllantiriladi.
3. Sotsial o ‘zaro harakat chog‘ida odamlar m a’nolar va ramzlami
o‘zlashtiradi, ular insonga xos b o igan fikrlash qobiliyatini amalga
oshirishga imkon beradi.
4. Ma’nolar va ramzlar insonga xos bo igan harakatlar va o‘zaro
harakatlami amalga oshirishga imkon beradi.
5. Odamlar vaziyatni o‘zicha talqin etish asosida, harakat va
o‘zaro harakat paytida qoilaydigan ma’nolar va ramzlami
yangilashga yoki o‘zgartirishga qodir.
6. Odamlar qisman o‘zi bilan o‘zaro harakatga kirishish
qobiliyati tufayli, bu yangilanish va o‘zgartirishlami amalga
oshirishga qodir, bu esa ularga harakatning ehtimolli yo‘nalishlarini
tadqiq etishga, o'zlarining nisbiy ustunliklari va kamchiliklarini
baholashga, so‘ng esa yoilardan birini tanlashga imkon beradi.
7. Harakat va o‘zaro harakatning aralash misollari gumhlar va
jamiyatlami hosil qiladi1.
Ramziy
interaksionizmni
ko‘rib
chiqishni
Mid
ijodidan
boshlaymiz. Umuman ramziy interaksionizmning va qisman Mid
ijodining eng muhim intellektual manbalari - pragmatizm falsafasi va
psixologik bixeviorizmdir2.
2.
Jorj Gerbert Mid - ramziy interaksionizm tarixida eng taniqli
mutafakkir, uning «Aql-idrok, o‘zlik va jamiyat»3 kitobi esa - mazkur
1
Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hil}. 2010. - P. 369.
2
0 ‘sha joyda. - B . 351.
3
Mead. Mind, S e lf and Society. - Chicago, 1934.
3 3 6
an'ana doirasidagi eng muhim asardir. Falsafiy jihatdan Mid
amerikalik olimlar U.Jeyms va J.Dyuining izdoshi edi.
«Aql-idrok, o‘zlik va jamiyat» kitobiga yozgan sharhida Elsvot
Feris ta’kidlagan ediki, «ehtimoi, [Mid] aql-idrok va keyin jamiyat
emas, balki birinchi navbatda jamiyat, undan keyin esa aql-idrok
paydo bo‘ladi. deb hisoblardi»1. Feris tomonidan kitob sarlavhasidagi
so‘zlaming o‘mi almashtirilishi Midning o'zi anglab yetgan keng
e'tirof etilgan bir faktni aks ettiradi: Midning tahlilida jamiyatga, yoki
kengroq ma’noda butun sotsial tushunchalarga ustuvorlik beriladi.
Jorj Gerbert Mid (1863-1931) Massachusets shtatida tug‘ilgan.
Garvard universitetini tugatgach va Germaniyada tajriba oshirgach, u
Chikago universiteti professoriga aylanadi va u yerda 1931-yilga
qadar o'qituvchilik qiladi. Ko‘p vaqt davomida Mid faqat ikkinchi
o‘rindagi ijtimoiy psixolog sifatida qabul qilindi; faqat 1950-yillaming
oxiri - 1960-yillaming boshida u o‘ziga xos falsafiy-sotsiologik
konsepsiya muallifi, tez orada esa - sotsiologiya va falsafaning
mumtoz namoyandasi sifatida tan olindi. Bu ham uning o‘ziga xos
ijodiy yondashuvi, ham asarlari taqdiri bilan izohlanadi. Mid
hayotligida iste'dodli ma’ruzachi va turli nashrlarda bosilgan ko‘plab
maqolalar muallifi kabi tanilgan edi. U kitoblar chiqarmas va
zamondoshlari aytganidek, o‘z ijodini juda past baholardi. Hatto u
o‘zini haddan tashqari, patologik qobiliyatsiz, deb baholagani haqida
gapirishadi2. Midning vafotidan so‘ng uning sobiq talabalari o‘z
konspektlariga tayanib, maqolalar va ma’ruzalar matnlarini to ‘plashdi
va 1930-yillar mobaynida ulami to‘rt jildlik kitob ko‘rinishida nashr
etishdi, va aynan ular Midga shuhrat keltirdi.
Mid ta’limotining markaziy tushunchasi - shaxslararo o‘zaro
aloqalardir. Mid ijodida boshqa yana bir muhim tushuncha - sotsial
harakat ana shu kategoriya bilan chambarchas bog‘liq. U shaxslar
o‘rtasidagi muloqotni ular o‘rtasidagi doimiy, beto‘xtov harakatlar
almashinuvi sifatida talqin etadi.
Mid harakatni o‘z nazariyasining eng «oddiy birligi» sifatida
ko‘zdan kechiradi. 0 ‘zining harakat tahlilida Mid bixevioristik
yondashuvga yaqin keladi va rag‘bat hamda reaksiyaga diqqat
qaratadi. Ammo hatto shu yerda ham rag'bat insonning ongsiz
1
G eorge R itzer Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 355.
2
Qarang: И стория теоретической социологии / Отв ред. И .Ф,Девятко. - М.: КА НО Н + ОИ
«Реабилитация», 2002. - С. 277.
33 7
avtomatik reaksiyasini qo‘zg‘atmaydi. Mid aytishicha, «Biz rag‘batni
majburlash yoki buyruq kabi emas, balki harakat uchun sabab yoki
imkoniyat kabi tushunamiz»1.
Mid to‘rtta asosiy o‘zaro aloqa bosqichlarini ajratib ko‘rsatdi:
impuls,
his
etish
(persepsiya),
manipulyasiya
va
iste'mol
(konsummatsiya). Ular uyg'un birlikni hosil qiladi. Tuban hayvonlar
ham,
odamlar ham harakat qiladi.
Midni
ular o‘rtasidagi
o‘xshashliklar va ayniqsa farqlanishlar qiziqtiradi. Ulami birma-bir
qarab chiqamiz:
Birinchi bosqich - impuls bosqichi bo‘lib, u «bevosita hissiy
rag‘batni» va aktoming bu da’vatga reaksiyasini, bu borada biror ishni
bajarish ehtiyojini o‘z ichiga oladi.
Harakatning ikkinchi bosqichi - his etish, aktor uning yordamida
impuls bilan bog‘liq rag‘batlami izlaydi va ularga javob qaytaradi
hamda uni qoniqtirishning qulay usullarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich - manipulyasiya. Impuls aniqlangan, obyekt esa
his etilganidan keyingi qadam shundaki, aktor obyekt bilan
manipulyasiya qiladi yoki kengroq ma’noda, unga nisbatan ma’lum
harakatlar bajaradi.
Harakatning so'nggi bosqichi - iste'molni yoki boshlang‘ich
impulsni qanoatlantiradigan harakatni amalga oshirishni nazarda
tutadi, ya’ni boshqacha qilib aytganda obyektdan foyda olish va uni
baholash j arayonidir2.
Garchi harakatning to‘rt bosqichi oson bo‘lishi uchun ketma-ket
tartibda ko‘rib chiqilgan va bir-biridan ajratilgan bo‘lsa-da, Mid ular
o ‘rtasida dialektik aloqani ko‘radi.
Sotsial harakatni o ‘zaro aloqa sifatida talqin eta turib, Mid uning
ikki tipi - noramziy va ramziy o ‘zaro aloqani ajratadi. Birinchi tip
odamlaming bir-birining xarakatlariga bevosita reaksiyasini anglatadi.
Ikkinchi, asosiy o‘zaro aloqa tipi - ramziyga kelsak, uni amalga
oshirish jarayonida turli shakllardagi "ko‘rsatmalar, ma’nolar va
mohiyatlar", birinchi navbatda til almashinuvi yuz beradi. Til esa
kommunikatsiyaning ishoraviy, yozma, og‘zaki shakli ko‘rinishida
ifodalanishi mumkin. Ishoralaming turli shakllarini ko'rib chiqa turib,
Mid ovoz ishorasi tahliliga va uning o‘zaro aloqaning muhim ramziga
! Qarang; G eorge
Ritzer.
Sociological Theory. Eighth Edition M e Graw-Hill. 2010. - P. 356-358.
2 Qarang George Ritzer. Sociological Theory. E ighth Edition. M e Graw-Hiil. 2010. - P. 358-359.
3 38
aylanishiga alohida e'tibor qaratadi. Ovoz ishoralarining majmui va
o‘zaro bog‘liqligini u nutq sifatida qabul qiladi.
Mid doim ta’kidlaganidek, inson va insoniyatning sotsial dunyosi
sotsial o‘zaro aloqalar jarayoni ta’sirida shakllanadi. Bunda "ramziy
muhit" katta rol o‘ynaydi. Midga ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi muloqot
maxsus vositalar - ramzlar yordamida amalga oshiriladi. Ishora va
tilni u shu ramzlarga kiritadi. Insonni qurshagan ramziy muhit unga
hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki shaxs ongi va inson Meni
shakllanishiga yordam beradi. Ishora - bu inson harakatining
boshlang‘ich, tugallanmagan unsuridir. Ishora va unga javob go‘yoki
ishora va uni qabul qiluvchi odam o‘rtasida "joylashadigan" mohiyat
bilan ifodalanadi.
Ishoraning mazmuni instinktiv reaksiyani chaqiradi (agar u
tushunarli bo‘lsa). Mid "Ishoradan - ramzga" asarida shunday yozadi:
"Ishora sotsial harakatning qandaydir bir yakunlovchi jihatini
ifodalaydi. Bu jihatga sotsial harakatga jalb etilgan shaxslar muayyan
javob qaytaradi, shu tariqa, mazmun javob atamalarida beriladi yoki
ifodalanadi"1.
Ammo ishora sotsial mustahkamlangan mohiyatga ega emas.
Holbuki, unga til ega. Sotsiolog bu asarida yana ko'rsatishicha,
"tilning inson ongi rivojianishi uchun hal qiluvchi ahamiyati shundaki,
bu stimul gapirayotgan shaxsga, boshqasiga ta’sir etgandek ta’sir
ko‘rsatishga qodir bo‘ladi"2. Ramzlami translyasiya qilish jarayonida
shaxs o‘z sherigiga harakatga undovchi bir qator stimullami ham
beradi. Shu asosda shaxslararo o‘zaro aloqa "rollami taqlid qilib
o‘rganish" jarayonidan iborat b o iib qoladi. Sotsial sherikning
harakatlaridan o‘ziga xos nusxa ko‘chirish natijasida, muayyan sotsial
ahamiyatga molik axborot uzatiladi.
Midning shaxslararo o‘zaro aloqasi konsepsiyasi esa, o‘zaro
aloqaning sotsial omillar bilan bogiiqligi haqida qoidani o‘z ichiga
oladi. Shaxs tomonidan atrofdagi sotsial voqyelikni his etish esa,
uning boshqa odamlar bilan muloqot qilish tajribasi hamda dunyo va
o‘zini boshqalar ko‘rgandek va ramzlar (ishora va til) bilan
ifodalangandek his etish qobiliyati bilan belgilanadi.
1
М ид Дж. О т ж еста к сим волу // А мериканская социологическая мысль. Тексты - М 1996 - С
2 2 1
.
2 O 'sh a joyda. - В. 217
3 3 9
Mid fikricha, inson harakatlari dastawal muhim boigan sotsial
xususiyatga ega. Shaxs harakatini faqat sotsial guruhning uyushgan
harakatlari atamalarida izohlash mumkin; agar shaxs harakatlariga bir
butun yaxlitlikda qaralmasa, ulami izohlab bo‘lmaydi.
Mid sotsial jarayon doirasida shaxslar harakatlarining bir-biriga
moslashuvi muammosini batafsil tadqiq etadi. U o ‘zaro aloqa deb
ta’riflagan moslashuv "kommunikatsiya vositasida yuz beradi: inson
evolyutsiyasining ancha past darajalarida ishoralar orqali va inson
evolyutsiyasining ancha yuqori darajalarida m a’noga ega boigan
ramzlar orqali"1. Mid fikricha, shaxslar harakatlari moslashuvining
asosiy omili "mazkur inson organizmining ishorasi va shu
organizmning keyingi harakati o‘rtasidagi munosabatlar maydonida
vujudga keladi va joylashadi"2. Istalgan sotsial harakat chogida bir
organizmning boshqasining ishorasiga javobi esa ana shu ishoraning
ma’nosi boiadi.
Midning qarashlariga ko‘ra, o‘zaro aloqa jarayonlari majmui
jamiyatni va sotsial shaxsni yaratadi. Menning kelib chiqishi butkul
sotsialdir, uning bosh xususiyati - o‘zi uchun ob'ektga aylanish
qobiliyati, demak, o‘zini anglash qobiliyatidir. Bu esa uni jonsiz
jismlar va tirik organizmlardan ajratib turadi.
Mid ijodida ramziy interaksionizm konsepsiyasi uning shaxs
konsepsiyasi bilan uzviy bogiangan. Bu tabiiy hoi, chunki ramziy
interaksionizm asosiga aynan shaxs konsepsiyasi qo‘yiladi. Bu
konsepsiyada, olim "Men" tizimining strukturasi sifatida qabul qilgan
shaxs strukturasi masalasi alohida o‘rin egallaydi.
Mid "Men" tizimida ikkita kichik tizimni ajratib ko'rsatadi: "I" va
"Me". "Me" - "boshqalaming" mazkur shaxsga xos ko‘rsatmalari,
hamjamiyatning qadriyatlari va me'yorlari majmuidir; bu shaxslar
o‘zlarini boshqa shaxslaming ko‘zi bilan qanday ko‘rishi va ular
o‘zlari haqidagi bu umumlashtirilgan tasawurlami o‘z!ashtirishidir.
Aksincha, "I " mustaqil xususiyatga ega, shaxsning o‘zini o‘zi
tasaw ur etishini anglatadi va uning o‘zligi b o iib xizmat qiladi. U
kutilmagan harakat manbasi boiib, shaxsning sotsial stimullarga
o‘ziga xos reaksiyasini aks ettiradi.
1
0
‘sha joyda. - B.
220
2
М нд Дж. О т жеста к символу // А мериканская социологическая мысль. Тексты. - М., 1996. - С.
220.
3 40
"I" sotsial jarayonga aynan o‘xshaydi, u bilan uyg‘unlashib
ketgan. Aslini olganda, Mid "I"ni nafaqat sotsial jarayon, balki
insonning mustaqilligi va erkinligi, uning sotsial rollami tanlash va
qayta tuzish imkoniyatlari va istiqbollari bilan tenglashtirishga intilar
edi.
"I" kutilganidek chetga chiquvchi tarzda reaksiya ko‘rsatib,
o'zaro aloqalar strukturasiga o‘zgarishlar kiritadi. Bu o‘zgarishlar esa
jamlanib, sotsial jarayonning qat'iy sotsial tartibga aylanishiga yo‘l
qo‘ymay, uning mazmunini o‘zgartiradi.
Midning shaxs strukturasiga nisbatan nuqtayi nazari esa, uning
aslida shaxs strukturasining ikki yoqlama tabiatini e'tirof etishini
anglatadi. Bu tabiat, bir tomondan, shaxsning o‘zligi ta’rifi
(kimningdir fikrlari va baholariga bog‘liq bo‘lmagan ichki o‘zak)
bilan, boshqa taraflama esa - boshqa odamlar tomonidan o‘zi haqida
tasawurlami aniqlash va his etish bilan bogiiqdir. Shaxsga berilgan
ana
shu
talqindayoq
shaxsning
tabiatida
va
strukturasida
mujassamlashgan sotsial o‘zaro aloqa manbalarini tushunish yotadi.
Midning "I" va "Me"ning o‘zaro nisbatiga qarashlarini ko‘rib
chiqa turib, biz "istiqbol" tushunchasini ishlatdik. U Midning ijodida
juda katta o‘rin egallaydi.
Olim nafaqat kelajakda kutilayotgan harakat mahsulini ko‘rsatish
uchun, balki har bir shaxsning o‘z sotsial muhitiga o‘ziga xos
munosabatini aniqlash uchun istiqbolni tahlil qiladi. Bu sotsial muhit
shaxs uchun "umumlashtirilgan boshqa" sifatida namoyon bo‘ladi -
bu esa Mid tomonidan fanga kiritilgan yana bir muhim tushuncha
hisoblanadi.
Sotsial
o‘zaro
aloqalaming
bir
qatorida
ular
ishtirokchilarining kommunikatsiyasiga aynan shuning uchun ham
yo‘l
qo‘yiladiki,
ular
umumiy
istiqbolda
qatnashadilar
va
"umumlashtirilgan boshqa" rolini o‘z zimmasiga oladilar. Bu
tushunchada guruhning (aniq sotsial muhitning) umumiy o‘zaro aloqa
ob'ektiga nisbatan fikri aks etadi va umumlashtiriladi. "Aynan
umumlashtirilgan boshqa shaklida, - deb yozadi Mid, - sotsial jarayon
o‘ziga jalb etilgan va uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslaming harakatiga
ta’sir qiladi. Ya’ni, hamjamiyat o‘z shaxsiy a’zolarining harakatini
nazorat qiladi, chunki aynan shu shaklda sotsial jarayon (hamjamiyat)
belgilovchi omil sifatida shaxs tafakkuriga kirib boradi"5.
Do'stlaringiz bilan baham: |