Мид Дж. Азия // Американская социологическая мысль. Тексты. — М., 1996. - С. 226.
343
Xuddi Mid kabi, Blumer ham o‘zaro aloqaning ikki darajasi -
noramziy va ramziy aloqalami farqlaydi. Blumerga ko'ra, ular
o‘rtasidagi farq, awalambor noramziy o‘zaro aloqa jonli tabiatga xos,
ramziy o‘zaro aloqa esa faqat kishilik jamiyatiga xosdir.
Bu borada ramziy o ‘zaro aloqa fenomenining mohiyati inson
integratsiyasining asosiy omili bo‘lmish tilning ramziy tabiati bilan
bog‘liqdir.
Muloqot
jarayonida
til
turli
odamlaming
til
konstruksiyalariga bir xil reaksiyasini hosil qiladi. Ayni damda,
istalgan so‘z (ramz sifatida) maxsus m a’noga ega bo‘ladi. Bu m a’no
esa, odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqa qilish va ana shu m&’no to‘g‘risida
kelishib olish natijasida paydo bo‘ladi. Pragmatizmga tayangan holda,
Blumer obyektning ahamiyati unga xos boTgan xususiyatlar bilan
emas, balki uning harakatdagi roli bilan belgilanadi, deb xulosa qiladi.
Obyekt - bu uning kutilayotgan va haqiqiy sotsial o‘zaro aloqada
anglatadigan mohiyatidir.
Mohiyatlar sotsial o ‘zaro aloqa jarayonlarida vujudga keladi.
Sotsial o‘zaro aloqa deganda esa, Blumer faqat mikrojarayonlami
tushungan. Mohiyatlaming o‘zi esa ramziy o‘zaro aloqa doirasida ham
shaxslar o‘rtasidagi, ham hodisalar (obyektlar) o‘rtasidagi uzilmas
aloqa usuli bo‘lib xizmat qiladi. Odamlar ramzlarga ma’nolar beradi,
ya’ni, ulami talqin qiladi, natijada ular o‘zaro aloqa qiladigan
obyektlar ma’noga ega bo‘ladi. Shu bois olim interpretatsiya tahliliga
katta e’tibor qaratadi. U tufayli shaxs ob'ekt bilan qay tarzda o‘zaro
aloqa qilishi ayon bo‘ladi. Interpretatsiya asosida harakat vaziyatini
qayta aniqlash (yangicha aniqlash) mumkin boiadi.
Bu yerda shu holatni ham e'tiborga olish zarurki, tasvirlangan
jarayon (aynan jarayon, o‘z holicha olingan qandaydir bir statik holat
emas) nafaqat ayrim shaxsga, balki kamida (eng oddiy hodisa) ikki
nafar o'zaro aloqa qiluvchi odamlarga taalluqli bo‘ladi. Binobarin,
o‘zaro interpretatsiya jarayoni haqida gap ketmoqdaki, uning asosida
o‘zaro tushunish tug‘iladi. Bu holda ramzlaming qo‘shma, ikki
tomonlama, o‘zaro interpretatsiyasi jarayonida o‘ziga xos "sotsial
voqyelikni yaratish" yuz beradi. Bu yaratish ma’nolami qabul qilish
va ifodalashdan iborat bo‘lib, ular shaxslaming hayoti, munosabatlari,
o‘zaro aloqalari, kommunikatsiyasi, muloqotining ramziy muhitini
hosil qiladi.
Bosh asarlaridan biri - "Ramziy interaksionizm: istiqbol va
uslub"ning (1969) birinchi bobida Blumer o‘z nazariyasining asosiy
3 44
qoidalarini quyidagicha bayon etadi: a) insoy faoliyati, ob'ektlarga
nisbatan shaxslar baxsh etadigan m a’nolarga asoslangan holda amalga
oshiriladi; b) ma’nolaming o‘zi odamlar kirishadigan sotsial o‘zaro
aloqadan kelib chiqadi, ya’ni ular shaxslar o‘rtasidagi sotsial
interaksiya mahsuli hisoblanadi; v) interpretatsiya, ya’ni har bir shaxs
o‘z atrofidagi belgilarga (ramzlar) nisbatan qoilaydigan jarayon
orqali ma’nolar o‘zgaradi va ishlatiladi1.
Blumeming mulohazalarini quyidagi oddiy misolda aniqlashtirish
mumkin: stolda turgan oq qog‘oz inson o‘z fikrini yoza oladigan narsa
deb, olma esa - yeyish mumkin bo‘lgan narsa, deb hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, odamlar narsalarga (ob'ektlar) nisbatan ularning
ma’nolariga asoslangan holda ish ko‘radi. Ammo m a’nolar o ‘z-
o‘zicha narsalarga xos emas va qandaydir bir shaxsiy tushuncha ham
emas. Ular o‘zaro aloqa jarayonida paydo bo‘ladi va unga qo‘shilib
.etadi, shuning uchun ma’nolar o‘z tabiatiga ko‘ra sotsial fenomen
liisoblanadi. Ammo shu bilan birga, bu ma’nolar ularning odamlar
tomonidan interpretatsiya qilinishi tufayli o ‘zgaradi. Binobarin,
sotsiologiyaning bosh vazifalaridan biri - o‘zlarining kundalik sotsial
iayoti doirasida odamlar tomonidan ob'ektlar m a’nosi interpretatsiya
qilinishi usullarini o'rganishdir.
Shu tariqa, sotsiolog nazarida harakatdagi inson qandaydir tashqi
falablaming oddiy ijrochisi bo‘lishni bas qiladi. Aksincha, o‘zaro
aloqa sub'ektlari faoliyatining ijodiy natijalari asosiy bo‘lib qoladi. Bu
natijalar esa odamlar ob'ektlaming ramzlari, belgilari, m a’nolarini
interpretatsiya qilishi jarayonida namoyon bo'ladi. Mazkur qoidaning
qabul qilinishi ramziy interaksionizmning mikrojarayonlami tahlil
qilish sohasiga sotsiologik kirib borishi va buning uchun empirik
tadqiqot usullarini qoilashiga yordam berdi. Chetga chiquvchi
harakatning jinoiy
shakllari,
oila ichidagi
interaksiya,
turli
submadaniyatlar shakllanishi jarayonlari shunday tadqiqotning eng
qiziqarli sohalari b o iib qolmokda.
Midning izdoshi boiganligi sababli, Blumer Midning sotsial
o zaro aloqa muammosini ramziy o‘zaro aloqa sifatida ko‘tarib
■'hiqishini, uning sotsiologiyaga qo‘shgan katta hissasi, deb hisoblar
'di. Blumerga ko‘ra, sotsiologik nuqtai nazardan jamiyat ramziy
nteraksiya hisoblanadi. Shunga ko‘ra, sotsiologiyaning markaziy
1
Qarang: B lum er H. Symbolic Interactionism: Perspective and M ethod. New Jersy, 1969. Ch. 1.
3 4 5
muammosi - sotsial o'zaro aloqa va jamoaviy harakatni, ulaming
sotsiolog tomonidan interpretatsiya qilinishi asosidagi ramziy nazariya
sifatida o‘rganish bo‘lib qoladi.
Ramziy o‘zaro aloqani interaksiya jarayoni sifatida ko‘zdan
kechira turib, Blumer bu tushunchani ayrim shaxs faoliyatini
(harakatlari) ta’riflash uchun qo‘llash imkoniyati mavjudligini
ta’kidlaydi. Bunga oddiy empirik kuzatish yordamida erishish
mumkin. Bu fikmi Blumer o‘zining "Ramziy interaksionizm: istiqbol
va uslub" nomli asarining "Jamiyat ramziy interaksiya sifatida" degan
bobida quyidagicha ifodalaydi: "Har birimizga shunday harakatlar
yaxshi tanish: inson o‘zidan achchiqlanadi, o‘zini o‘ziga qarshi
qo‘yadi, o‘zi bilan g‘ururlanadi, o‘zi bilan o‘zi bahslashadi, o‘z
jasurligini saqlab qolishga urinadi, o‘ziga o‘zi biror ish qilishi
zarurligini aytadi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi, o‘zi bilan o‘zi
murosa qiladi va buning uchun nima ish qilishi kerakligini
rejalashtiradi. Inson o‘ziga nisbatan ana shunday yoki yuzlab
boshqacha usullar orqali ish tutishi oddiy empirik kuzatuv yordamida
tasdiqlanadi"1.
Blumer
tomonidan
uning
nazariyasining
markaziy
kategoriyalardan biri sifatida taqdim etilgan “jamoaviy harakat”
konsepsiyasiga ham to‘xtalib o‘tish zarur hisoblanadi. Uning ushbu
mavzudagi asosiy asari ham analogik tarzda "Jamoaviy harakat"
(1951) deb nomlanadi. Har qanday guruh faolligini u jamoaviy
harakat, deb tushunadi. "Guruhning faolligi, - deb yozadi Blumer, -
ular o‘rtasida mehnat taqsimoti mavjudligini ko‘rsatadi va individual
xulq-atvoming turli yoilari m a’lum tarzda o‘zaro moslashganligi
yaqqol ko‘rinib turadi. Shu ma’noda guruh faolligi jamoaviy ish
hisoblanadi"2.
Blumeming fikriga ko‘ra, jamoaviy harakat asosi - umumiy
mohiyatlar hamda shaxslar guruhi orasida taqsimlanadigan kutilgan
natijalardir (ekspektatsiyalar). Ammo har doim ham shunday
boiavermaydi. Jamoaviy harakatning ko‘plab misollari va aniq
holatlari borki, ular umumiy mohiyatlar va kutilgan natijalar ta’sirida
aniqlanmaydi. Shaxslar guruhlarining jamoaviy harakatida ana
1
Blumer H. Symbolic Interactionism: Perspective and M ethod. New Jersy, 1969. - P. 70.
2
Блумер Г. Коллективное поведение // А мериканская социологическая мысль. Тексты. - М.,
1996. - С. 166.
346
shunday farqlanishlami yaxshiroq tushunish uchun, Blumer uning
elementar va uyushgan shakllarini ajratib ko‘rsatadi.
Elementar shaklga u biror-bir qoida ta ’siri ostida amalga
oshmaydigan jamoaviy harakatni kiritadi (jamoaviy harakatning
elementar shakllariga misol tariqasida, Blumer junbushga kelgan
olomonni, birjadagi sarosimani, harbiy vasvasani, sotsial tanglik
holatini keltiradi).
Jamoaviy harakatning uyushgan shakllariga kelsak, ularga
odatlar, diniy marosimlar, tashkilot, sotsial institutlar, ya’ni "noaniq
va uyushmagan holatdan mustahkam va uyushgan maqomga o‘tib,
muayyan taraqqiyotga erishadigan" shakllar kiradi1.
Elementar jamoaviy harakatni batafsil tahlil qilib, Blumer uning
mexanizmlarini ochib beradi. Tiqilinch, jamoaviy hayajon, sotsial
infeksiya shular jumlasiga kiradi. Infeksiya deganda Blumer, biror-bir
kayfiyatlar, intilishlar yoki harakat shakllarining nisbatan tez, ongsiz
va noratsional tarqalishini tushunadi va misol tariqasida, harbiy
vasvasa evolyutsiyasini yoki birja sarosimasi rivojlanishi jarayonini
keltiradi. Blumer ulaming harakati orqali elementar jamoaviy
guruhlaming to‘rt tipini ajratadi va batafsil ta’riflaydi:
harakatdagi olomon;
ekspressiv olomon;
omma;
jamoatchilik.
Bu yerda u asosan G.Lebon, E.Ross va katta guruhga birlashgan
odamlaming sotsial-psixologik holatlarini tahlil etgan boshqa
tadqiqotchilarga ergashadi.
Harakatdagi
olomon
deganda
Blumer
kutilmaganda
shakllanadigan guruhni tushunadi. Bu guruh faqat bugungi kunni
o‘ylaydi, sotsial uyushqoqlikka, mehnat taqsimotiga, belgilangan
rollar strukturasiga, tan olingan yetakchilikka, umumiy mohiyatlar va
ekspektatsiyalarga
ega
emas.
Bunday
olomonni
sotsiolog
"nomadaniy" va "noma’naviy" guruh deb ataydi. Unda shaxs o ‘z
ustidan nazoratni va oddiy tanqidni yo‘qotadi, boshqalaming
harakatlariga javob qaytarishdan oldin, ulami tahlil va talqin qilishga
qobiliyatsizligini namoyon etadi. Bu sharoitlarda shaxs o‘z atrofidagi
odamlaming gaplariga osongina ishonib qo‘ya qoladi.
1
Блумер Г. Коллективное поведение // А мериканская социологическая мысль. Тексты. - М.,
1996. - С. 167.
3 4 7
Harakatdagi olomonning jamiyat uchun muayyan xavf solishini
tushuna turib, Blumer unga qarshi kurashish borasida o‘z tavsiyalarini
keltiradi. U shunday yozadi: "Olomon hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
yoki uni tarqatib yuborish uchun, diqqatni shunday qayta yo‘naltirish
kerakki, u qaysidir bir obyektda jamoaviy mujassamlashmagan
bo‘lsin. Olomon uzra nazorat asosida turgan nazariy tamoyil ana
shunday. Olomon a ’zolarining diqqati turli ob'ektlarga qaratilgan
vaqtda, ular uzviy aloqa bilan birlashgan olomonni emas, balki
qandaydir shaxslar agregatini tashkil qiladi. Masalan, olomonni
tarqatib yuborish mumkin bo‘lgan usullar quyidagicha: odamlami
sarosimaga tushirish, ularda boshqa ob'ektlarga nisbatan qiziqish
uyg‘otish, ulami munozaraga yoki asoslangan bahsga tortish"
Ekspressiv olomonning harakatdagi olomondan fundamental farqi
shundaki, birinchisi aniq maqsad ishlab chiqmaydi va muayyan
harakatlar rejasini tuzishda ishtirok etmaydi. U harakatlardagi ichki
taranglikni yumshatadi. Bunday vaziyatda qo‘zg‘algan hissiyotlaming
tashqi ifodasi yagona maqsadga aylanadi, shuning uchun jamoaviy
harakat kulgi, yig‘i, baqirish, sakrash va raqs shakllariga kirishi
mumkin.
Omma haqida so‘zlay turib, sotsiolog uning quyidagi farqlovchi
qirralarini aytib o‘tadi: a) omma ishtirokchilarining turli xil sotsial
mavqyei
(kasbiy
belgilarga,
madaniy
saviya
va
moddiy
ta’minlanganlikka ko‘ra); b) shaxslaming anonimligi; v) omma
a’zolarida o‘zaro aloqa va kechinmalar almashinuvi yo‘qligi; g)
uyushqoqlik sustligi va olomonni farqlovchi hamjihatlik va birlik
bilan
harakat
qilishga
qobiliyatsizlik.
Omma
yakkalangan,
boshqalardan
ajratib
qo‘yilgan
shaxslaming
qandaydir
bir
konglomeratidan tashkil topadi. Ulaming harakati - ommaviy harakati
- hyech qanday oldindan belgilangan qoidaga yoki ekspektatsiyaga
bo‘ysunmaydi va kutilmagan, o‘ziga xos va elementar boiadi.
Ommaviy harakatga misollar tariqasida, Blumer Klondayk oltin
vasvasasini va Oklaxoma yer tangligini keltiradi. Masalan, vasvasa
davrida har bir shaxs o‘z maqsadini ko‘zlagan, boshqalardan o‘zib
ketishga uringan, har bir kishi faqat o‘zi haqida qayg‘urishga majbur
bo‘lgan, shu bois oltin izlovchilar o‘rtasida sheriklik, sodiqlik va
qonun-qoidaga rioya qilish juda kam kuzatilgan.
1
Блумер Г. Коллективное поведение // А мериканская социологическая мысль. Тексты. - М.,
1996. - С. 178.
3 4 8
Ommaviy harakatni ko‘rib chiqish davomida Blumer ommaviy
reklama ta ’rifiga e'tibor qaratadi. Unda da’vat noma’lum shaxslarga
qaratilishi kerak, ulaming har biri esa o ‘z tanloviga asoslangan holda
ish ko‘radi. Xaridorlar jamiyatning turli qatlamlari vakillarini
o z
ichiga olgan xilma-xil guruhni namoyon etadi; ammo reklama
Iste'molchilari ommasining a’zolari va xaridorlar sifatida ular bir xil
va mohiyatan o ‘xshash boiadi.
Blumer elementar jamoaviy harakatni tahlil qilish chog‘ida qarab
o‘tgan yana bir jamoaviy guruh - jamoatchilikdir. Blumerga ko‘ra, u
barqaror guruh sifatida mavjud bo‘lmaydi va o‘ylab qo‘yilgan reja
natijasida emas, balki muayyan vaziyat va muammoga tabiiy javob
tariqasida paydo bo‘ladi. Bu amorf gumh bo‘lib, uning hajmi va
a’zolari tarkibi muammo bilan birgalikda o‘zgaradi. Jamoatchilik
nimani qanday qilish kerakligi to‘g‘risidagi kelishmovchiliklar va
munozaralari bilan ajralib turadi. Uning ichida tortishuv va nizolar
vujudga keladi. Aynan shu holat jamoatchilikni olomondan sezilarli
ajratib turadi, chunki olomon ishtirokchilari o‘zaro qoilab-quw atlash
va birdamlik kabi xislatlarga ega bo‘ladi.
Blumer jamoaviy harakat subyektlari sifatida nafaqat kutilmagan
jamoaviy guruhlami,
balki
sotsial
xulq-atvoming o‘matilgan
shakllarini ham qarab chiqadi. Bu shakllar orasida u umumiy, o ‘ziga
xos va ekspressiv sotsial harakatlami ajratadi.
Umumiy sotsial harakatlarga u ishchilar, yoshlar, xotin-qizlar va
tinchlik harakatlarini kiritadi. Bu harakatlar asosida - inson
kadriyatlarining izchil va keng qamrovli o‘zgarishlari boiib, Blumer
ulami madaniy oqimlar deb ataydi. Ular odamlar tafakkuridagi
umumiy
siljishlami
ifodalaydi.
Umumiy
sotsial
harakatlami
belgilaydigan asosiy qadriyatlar qatorida salomatlikni, erkin taiim ni,
xotin-qizlar emansipatsiyasini, ovoz berish huquqini kengaytirishni,
bolalarga e'tibor kuchayishini va fanning o‘sib borayotgan nufuzini
qayd etish mumkin.
O'ziga xos sotsial harakatlar orasida Blumer, awalambor, islohot
va inqilob harakatlarini ajratib ko'rsatadi. Ular aniq belgilangan
maqsadlarga, uyushqoqlikka, tarkibga, sodiq a’zolariga, shaxslaming
muayyan maqomiy mavqyelariga ega. Umumiy jihatlar bilan birga,
har bir harakat boshqasidan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi:
qanday maqsadni ko‘zlashi, vazifalari, xususiyati, taktikasi va h.k.
349
Ekspressiv sotsial harakatlarga kelsak, (Blumer ular qatoriga
birinchi navbatda diniy harakatlar va modani (urf) kiritadi hamda
ulami shu sifatda batafsil ko‘zdan kechiradi), ular sotsial tuzum
institutlari
yoki
ularning
haqiqiy
xususiyatini
o‘zgartirishga
intilmaydi. 'Bu harakatlaming bosh ma’nosi - odamlaming
shaxsiyatiga va sotsial tuzum xususiyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan ekspressiv sotsial xulq-atvoming keskinligini biror
tarzda yumshatishdir.
4.
Kanada-Amerika sotsiologi Irvin Goffmanni (1922-1982)
ko‘pincha ramziy interaksionizm vakili deb hisoblashadi. Chikago
universitetining sotsiologiya maktabini "o‘tab" (uning mahobati va
ahamiyati susaygan davrda), J.Mid g‘oyalari ta’sirida shakllanib va
rivojlanib, u mazkur universitetda 1953-yili Shetland orollaridagi
kommunikatsiya strukturalarini o‘rganishga bag‘ishlangan doktorlik
dissertatsiyasini yoqladi. U aw al Vashingtonda (Ruhiy salomatlik
milliy institutida) ishladi, so'ngra Berklida professor bo‘ldi. Goffman
1981-yili Amerika sotsiologiya assotsiatsiyasining prezidenti etib
saylandi. Bu esa AQSh ilmiy hamjamiyati uning katta xizmatlariga
munosib baho berganini ko‘rsatadi.
Uning asosiy asarlari: "Kundalik hayotda o‘zini boshqalarga
namoyon etish" (1959), "Aloqalar"
(1961),
"Boshpanalar" (1961),
"Jamoat joylarida o‘zini tutish" (1963), "Tamg‘a" (1964), "Olzaro
harakat taomili: yuzma-yuz harakat ocherklari" (1967), "Strategik
o‘zaro harakat" (1969), "Hadli tahlil" (1974), "Suhbat shakllari"
(1981).
Ramziy
interaksionizm
doirasida
«Men»
tushunchasiga
bag1 ishlangan eng muhim tadqiqot — bu Irvin Goffmanning
«Kundalik hayotda o‘zini boshqalarga namoyon etish» asaridir
(1959)1. Goffmanning «Men» konsepsiyasi Mid g‘oyalaridan ko‘p
narsa olgan, xususan, I (spontan o‘zlik) bilan Me (o‘zlikning sotsial
cheklovlari) o‘rtasidagi nizoni ko‘rib chiqish shu jumlaga kiradi.
Mazkur ziddiyat Goffmanning u «bizning umuminsoniy «Men» va
bizning ijtimoiylashgan «Men» tushunchalari o‘rtasidagi muhim
kelishmovchilik» deb atagan muammoga bag* ishlangan tadqiqotida
aks etgan. Bu nizo odamlar harakatlarimizdan kutayotgan natija bilan
biz ehtimol kutgan tartibsiz harakatlar o‘rtasidagi tafovutlardan kelib
1 Qarang: Гофман И. П редставление себя другим в повседневной ж ю ни. - М ., 2000.
3 5 0
chiqadi. Biz, odamlar bizlardan kutilgan ishlami bajarish talabiga
duch kelamiz. Bundan tashqari, biz ikkilanmasligimiz lozim. Goffman
shu xususda aytganidek, «biz u yoki bu tarafga og‘ishga moyil
bo‘lmasligimiz lozim». Q‘z imijini barqaror saqlab turish uchun,
odamlar o‘zlarining sotsial ommasi oldida chiqadilar. Teatrallikka
qiziqishi tufayli, Goffman dramaturgiyaga yoki sotsial hayotga
qarashga e'tibor qaratdi.
Goffmanning
«Men»
tushunchasi
uning
dramaturgiyacha
yondashuvi orqali shakllandi. Goffman uchun (Mid va boshqa ramziy
interaksionistlaming aksariyati uchun ham) «Men» m a’lum bir
vaziyatda joylashgan organik hodisa emas... Shuning uchun, «Men»ni
tahlil eta turib, biz uning egasidan, insondan chalg‘iymiz. U esa
«Men» tufayli hammadan ko‘proq yutadi yoki yutqazadi, chunki bu
inson va uning tanasi shunchaki tayanchni ta’minlaydi, ana shu
tayanch ustida ma’lum vaqt davomida jamoaviy faoliyatning biror
mahsuloti o‘zini tutib turadi... «Men» tushunchalarini ishlab chiqarish
va qaror toptirish vositalari bu tayanch ichida mavjud bo‘lmaydi.
Goffman sotsial «Men»ni aktoming mulki kabi emas, balki
ko‘proq ijrochi va tomoshabin o‘rtasidagi sahnalashtirilgan o‘zaro
aloqa mahsuli sifatida tushunardi. 0 ‘zlik «teatr effekti bo‘lib, ...ijro
etilayotgan sahna tomonidan yaratiladi»1. Olzlik - sahnalashtirilgan
o‘zaro aloqa mahsuli bo‘lgani sababli, u tomosha chog‘ida nobud
bo‘lishi
mumkin.
O lz
dramaturgiyasida
Goffman
bunday
buzilishlaming oldi olinadigan yoki neytrallashtiriladigan jarayonlami
ko‘zdan kechiradi. Garchi uning mulohazalarining katta qismi
dramaturgiyaning ana shu ehtimolliklariga qaratilgan bo‘lsa-da,
Goffman ko‘pgina sahnalar muvaffaqiyatli ijro etilayapti, deb
uqtirardi. Natijada, odatdagi vaziyatlarda, ijrochilarga barqaror «Men»
nisbati beriladi va u ijrochidan chiqayotgandek «ko‘rinadi».
Goffman fikricha, individlar o‘zaro aloqa qilgan chog‘da, ular
boshqalar qabul qiladigan shaxsiy «Men»ni muayyan tushunishni
tasvirlashni xohlaydilar. Ammo, hatto bu «Men»ni taqdim eta turib
ham, ijrochilar tomoshabinlarning bir qismi spektaklni buzishlari
mumkinligini anglab yetadi. Shu sababli ijrochilar ommani, ayniqsa
uning qo‘poruvchi ta’sir ko‘rsatadigan a’zolarini nazorat qilish
zaruriyatiga moslashadilar. Ijrochilar umid qilishicha, ular ommaga
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-НШ. 2010. — P. 376.
3 5 1
taqdim etadigan «Men» tushunchasi ular ijrochilami o‘zlari
istagandek aniqlash uchun yetarli boiadi, deb umid qiladilar.
Shuningdek, ijrochilar bu ommani o‘zlari xohlagandek harakat
qilishga majbur etishini ko‘zlaydilar. Goffman bu juda muhim
vazifani «tasawurni boshqarish» kabi ifodaladi. Bu boshqarish,
ijrochilar duch keladigan muammolarga qaramay, muayyan tasawurni
saqlab turish qoilaydigan usullarni hamda ular bu muammolarni hal
etish uchun qoilaydigan usullarni o‘z ichiga oladi.
Teatr bilan shunday o ‘xshashlikka rioya qila turib, Goffman
«sahnaning old tomoni» atamasidan foydalandi. Sahnaning old tomoni
— bu tomoshani kuzatayotgan odamlar uchun vaziyatni odatda
barqaror va umumlashgan holatda aniqlashtiradigan sahna joyidir.
Keyin ana shu peshsahna doirasida Goffman sahna anjomlari va
shaxsiy old tomonni ajratib ko‘rsatadi. Sahna anjomlari odatda
tomosha chogida mavjud boiishi kerak boigan jismoniy sahnaga
taalluqli. Busiz ijrochilar o‘ynay olishmaydi. Masalan, jarrohga
operatsiya xonasi, taksichiga - mashina kerak va hokazo. Shaxsiy old
tomon ekspressiv bezaklar elementlaridan iborat. Omma bu
elementlami ijrochilarga qiyoslaydi va ular ijrochilarga sahnada
hamroh boiishini kutadi. Masalan, jarroh tibbiy xalat kiyishi, unda
m aium anjomlar boiishi ko'zda tutiladi.
So‘ngra Goffman shaxsiy old tomonni tashqi ko‘rinish va
uslublarga ajratdi. Tashqi ko‘rinish bizga ijrochining sotsial maqomi
haqida m aium qiladigan jihatlami o‘z ichiga oladi (masalan,
jarrohning tibbiy xalati). Uslublar esa, ijrochi mazkur vaziyatda
qanday rolni o‘ynashini m aium qiladi (masalan, muayyan odatlami
qoilash, tashqi harakatlar). Xususan, keskin va yumshoq harakatlar
uslubi tamomila turli tomoshalar turlarini namoyish etadi. Umuman
olganda, biz tashqi ko‘rinish va uslublarning hamohangligini kutamiz.
Garchi Goffinan old tomon va o‘z tizimining boshqa jihatlarini
ramziy interaksionist sifatida ko‘zdan kechirgan boisa-da, u ulaming
tarkibiy xususiyatini ham tadqiq etdi. Masalan, uning fikricha, old
tomonlar institutsionallashuvga moyil boiadi, chunki muayyan
tomonda yuz beradigan hodisalar haqida «jamoaviy tasawurlar» hosil
boiadi.
Juda ko‘p
hollarda,
ijrochilar
belgilangan
rollami
o‘ynashganida, ular bunday tomoshalar uchun m aium , belgilab
boiingan
old
tomonlami
aniqlaydilar.
Natijada,
Goffman
ta’kidlaganidek, old tomonlami yaratish emas, balki tanlash
352
tendensiyasi mavjud. Bu g‘oya biz odatda ko‘pchilik ramziy
interaksionistlardan kutganimizdan ko‘ra ko‘proq tarkiblashtirilgan
obrazni ifodalaydi.
Shunday tarkibiy yondashuvga qaramay, GofFman eng qiziq
yutuqlarga interaksiya sohasida erishgan. Uning ta’kidlashicha,
odamlar peshsahnadagi tomoshada odatda o‘zlarining ideallashtirilgan
manzarasini taqdim etishga harakat qilganliklari sababli, ular o ‘z
tomoshalarida nimanidir yashirishlari kerakligini tushunadilar.
Birinchidan, ijrochilar ehtimol, xufyona ko‘ngilxushliklami
(masalan, alkogol iste'molini) yashirishni istashi mumkin. Ular bu
tomoshadan aw algi vaqtda yoki o‘tmishda yuz bergan bo‘lishi
(masalan, narkomanlar kabi) va hozirgi sahna tomoshasiga to‘g‘ri
kelmasligi mumkin.
Ikkinchidan, ijrochilar ehtimol, tomoshani tayyorlash vaqtida yo‘l
qo‘yilgan xatolami hamda ulami tuzatish bo‘yicha ko‘rilgan
choralami yashirishni istashi mumkin. Masalan, taksichi ehtimol,
aw aliga noto‘g‘ri yo‘nalishda yurganini yashirishga harakat qilishi
mumkin.
Uchinchidan, ijrochilar faqat yakuniy mahsulotlami ko'rsatishi va
ulami tayyorlash jarayonini yashirishi mumkin. Misol uchun,
professorlar m a’ruzaga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha soat
sarflashi mumkin, ammo ular ehtimol, o ‘zlarini materialni doim
yaxshi bilgandek ko‘rsatishi mumkin.
To‘rtinchidan, ijrochilar yakuniy mahsulotni yaratish chog‘ida
qanday og‘ir ishlar qilinganini ommadan yashirishlari mumkin. Og‘ir
ishlar esa, «jismonan порок, yarimqonuniy, shafqatsiz va beadab»
vazifalami o‘z ichiga olishi mumkin.
Beshinchidan, ma’lum bir rolni o‘ynay turib, ijrochilar ehtimol,
boshqa biror bir
Do'stlaringiz bilan baham: |