4)
irqlami aralashtirish zararlidir.1
Ushbu tezislaming hammasini XIX asrda ilk marotabi
kengaytirilgan shaklda fransuz faylasufi, yozuvchisi va diplomati
Artyur de Gobino (1816-1882) o‘zining to ‘rt jildlik «Inson irqining
teng emasligi haqidagi tajriba» asarida bayon etgan. Gobino sotsial
institutlar irqlaming hayot faoliyatini belgilamasligini, balki, aksincha,
irq sotsial institutlami belgilashini isbotlashga urindi.
Gobino aynan irq sohasida sivilizatsiyaning so‘nishi yoki yolq
bo‘lib ketishi muammosi yechimini tpishga harakat qilgan.
1
Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2 -е изд.
нспр. и доп
- Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014 - С. 44
112
Pessimist sifatida, u barcha sivilizatsiyalaming, xususan, yevropa
sivilizatsiyasining ham halokati muqarrar ekanligini qayd etgan.
Irqlaming qo‘shilishi («oq» irqning majburiy ishtirokida) ilk davrlarda
sivilizatsiyani rivojlantirish omili bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik uning
yo‘q b o iib ketishiga olib boradi. Bu yerda tavtologiyani kuzatish
mumkin. Bundan Gobinoni sivilizatsiyaning «yashab qolishi» emas,
balki irqning «yashab qolishi» qiziqtirganligini ko'rish mumkin
boiadi, chunki u aynan irqni sotsial-tarixiy jarayon subyekti sifatida
olib qaragan.
Irqchilik Gobinoning elita nazariyasining davomidir. U sotsial
tenglikning barcha shakllariga qarshi bo iib , «haqiqiy» ierarxiya va bu
ierarxiya ichidagi «haqiqiy» elitani kashf etmoqchi boidi. Irqiy
ierarxiyani Gobino uch pog‘onali narvon sifatida ko‘radi: yuqori
pog‘onada «oq» irq, o‘rta pog‘onada «sariq» irq, quyi pog‘onada esa
«qora» irq joylashgan boiadi.
Gobino «oq» irqning ustuvorligini ta’kidlab, bu irq go‘yoki
hamma sivilizatsiyani yaratish va rivojlantirishda bosh rolni o‘ynashi
kerak. Yana Gobino fikricha «oq» irqning ichida ham o‘ziga xos
ierarxiya boiib, uning cho‘qqisida «oq suyak»lar joylashgan boiadi.
Boshqa bir irqiy taiim otni ingliz olimi (kelib chiqishi nemis)
Xauston Styuart Chemberlen (1855-1927) ishlab chiqqan. Uning
asosiy asari - «XIX asr asoslari» (1899) boiib, u Germaniyada bir
necha bor nashr etildi.
Chemberlenning fikricha, yevropa tarixining eng buyuk y utugi -
bu
«Tevton»
madaniyatining
yaratilishi
b o iib ,
u
mavjud
madaniyatlaming eng yuqori cho‘qqisidir. «Tevton» irqi «oq suyak»
irqining merosxo‘ridir.
Chemberlen german fashizmining g‘ayriinsoniy afsonalarini
yaratishga
o ‘zining
«ahamiyatli
hissasi»ni
qo‘shdi.
Natsizm
nazariyotchilari unga «Xalq mutafakkiri» degan unvon berganliklari
bekorga emas. Irqiy-antropologizmning yana bir ko‘rinishi sifatida
antroposotsiologiya deb ataluvchi yo‘nalish mavjud boidi. Bu
yo‘nalishning asosiy vakillari fransuz antropologi Jorj Vashe de
Lyapuj (1854-1936) va nemis antropologi Otto Ammon (1842-1916)
hisoblanadi.
Lyapuj Gobinoni irqiy antropologiyaning asoschisi deb hisoblab,
Chemberlenni esa «karikaturist» sifatida ta ’riflaydi. Lyapujning
asarlari antropometrik ma’lumotlar, ayniqsa bosh ko‘rsatkichlarining
113
qiyosiy statistik tahlilini*
sharhlashga asoslangan.
Uningcha,
antroposotsiologiyaning tadqiqot predmeti sifatida irq va sotsial
muhitning o‘zaro ta’siri namoyon bo‘ladi. Lyapuj sotsial darvinizm
ta’siri ostida o‘z ta ’limotiga sotsial tanlov tushunchasini qo‘llaydi.
Sotsial tanlovning oltita asosiy shaklini ajratib ko‘rsatadi: harbiy;
siyosiy; diniy; axloqiy; huquqiy; iqtisodiy.1
Bu shakllaming barchasi ijtimoiy taraqqiyotga halokatli ta ’sir
ko‘rsatib, uning natijasida «qimmatli» irqiy tur - oq-malla dolixotsefal
(boshicho‘ziqlik) kamayib ketayapti, hatto umuman yo‘q bo‘lib
ketishi mumkin. Lyapuj fikriga ko‘ra, tarixiy davrlardan buyon bosh
ko‘rsatkichi o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bu antropologda biz inson bosh miya ko‘rsatkichi hajmi va uni
sinfiy tabaqasi o‘rtasidagi universal aloqa haqidagi «qonuni»ni
ko‘rishimiz mumkin. Boshqa bir «qonuni»da u inson bosh
ko‘rsatkichlari bilan uning sinfiy mansubligi o‘rtasidagi universal
aloqani topishga harakat qiladi.
Xuddi shunday tezisni antroposotsiologik maktabning yana bir
vakili Otto Ammonda ham uchratish mumkin. Ammon rekrutlar va
talabalar o‘rtasida bir qator antropometrik tadqiqotlar o‘tkazadi.
0 ‘zining «Ijtimoiy tartib va uning tabiiy asoslari» (1895) asarida u
sotsial institutlami tahlil qilishda sotsial darvinizm va irqchilik
tamoyillarini birlashtirishga harakat qiladi.
Antroposotsiologlar ta’limotlarining soxtaligi ular o‘zining
mavjudligi
bilan
antproposotsiologiya
«qonunlari»ni
puchga
chiqaruvchi buyuk insonlar - braxitsefallarni soxta braxitsefallarga
kiritishga majbur bo‘lganliklarida ayon bo‘lib qoladi.
Lyudvig Voltman (1871-1907) asarlarida ham irqchilik va sotsial
darvinizmni sintezlashgi urinishni ko‘rish mumkin. Voltmanning
ko‘plab asarlarida qo‘pol primitivizm va «nemis» irqi ustunligini
isbotlashga yo‘naltirilgan uydirmalami ochiqchasiga fan sifatida
parodiyalashtirishni ko‘rish mumkin. Uning konsepsiyalari irqiy
xurofotni ratsionalizatsiyalashtirish sifatida qaralishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, irqiy-antropologik yo‘nalish
«Oliy» irqlar, «Tanlangan» xalqlar uchun nazariy ot bo‘lib xizmat
' Antropologiyada bosh k o ‘rsatkichi sifatida boshning eng katta kcngligining uning eng katta uzunligjga
nisbati foizi olinadi. Bu tushuncha fanga shved anatomi A.Retsius tom onidan XIX asm ing 40-yiIlarida kiritilgan.
1 A History o f C lassical Sociology. Translated by H. Campbell C reighton, M A . (O xon). Progress
Publishers. - P. 69.
114
qilib, nafaqat sotsiologiyaning ichidagi reaksion ta’limot bo‘ldi, balki
mohiyatga ko‘ra antisotsiologiya bo‘lib, mazmun kasb etadi. Chunki,
agarda biz sotsiologiyaning predmeti deb - jamiyatni e'tirof etsak,
irqiy-antropologizm esa irqni ijtimoiy tarix, jarayon, harakatning bosh
hamda asosiy subyekti deb talqin qildi. 0 ‘zining g‘ayriinsoniy
mazmuni tufayli bu reaksion ta ’limot sotsiologiya tarixida salbiy
ma’no kasb etdi va hyech qanday istiqbolga ega boMmadi.1
Garchi XX asming birinchi yarmida burjuaziya tizimida faoliyat
olib borgan ko‘plab sotsiologlaming fikrlari boshqacha bo‘lsada,
ushbu konsepsiyalar keskin tanqid qilingan, jumladan - ijtimoiy
hodisalaming biologizatsiyalanishi yaqqol anaxronizm tavsifiga ega
bo‘lib, naturalistik maktab vakillari tomonidan sotsiologik fikrlar va
g‘oyalar tarixining boshi berk ko‘chaga olib kirilishi sifatida
ta’riflanadi.
Biroq genetika, ekologiya va etologiya fan sohalarida qo‘lga
kiritilgan yangi yutuqlar bilan bog'liq holatda, ushbu yo‘nalishdagi
bahs-munozaralar yana qaytadan jonlantirilgan.
So‘nggi yillarda horijda biologik va ijtimoiy fanlaming «yangicha
sintezlanishi» sifatidagi - «ijtimoiy biologiya» sohasi haqida ko‘p
sonda maqolalar nashr qilinmoqda, bunda molekulyar va populyasion
genetikadan tortib, xulq-atvor psixologiyasi va ergonomika fan
sohalarigacha tahlillar amalga oshirilishi qayd qilinadi. Bu «yangicha
sintez» eski biologik - evolyutsiya asosida shakllangan maktablar
tomonidan to‘plangan bilimlarda ijtimoiy va biologik bilimlar
sohalarining integratsiyalanishiga urinishlar asosidagi muddatidan
oldin amalga oshiilishgan sintezga qarama-qarshi qo‘yiladi, ular
tomonidan qayd qilingan ayrim konsepsiyalar spekulyasiya tavsifiga
egaligi ta’kidlanadi. Biroq, masalalaming merosiyligi va ulaming
qo‘yilishi, hal qilish uslublarida ma’lum bir mutanosibliklar mavjud
hisoblanadi. Jumladan, «superorganizm» g‘oyasi yo‘nalishidagi
tadqiqotlar yana qaytadan boshlanishi kuzatilmoqda. Shuningdek,
odamlaming ijtimoiy hayotdagi xulq-atvorlariga o‘xshab ketadigan,
hayvonlaming
jamoaviy
tavsifdagi
xulq-atvori
va
o‘zaro
kommunikatsion munosabatlari tizimini o‘rganishga jiddiy e'tibor
qaratish kuzatilmoqda. 0 ‘z-o‘zidan bu ko‘rinishdagi yo‘nalishlarda
amalga oshiriluvchi ilmiy tadqiqotlar sezilarli natijalarga olib kelishi
1 A H istory o f Classical Sociology. Translated by H. C am pbell C reighton, M.A. (Oxon). Progress
Publishers. - P. 71-74.
115
mumkin va bu tadqiqotlarda ko‘plab mamlakatlarning olimlari
ishtirok etishmoqda.
Biroq, bunda ayrim naturalistik konsepsiyalaming ham yangidan
ko'tarib
chiqilishi
holatlari
kuzatilmoqda,
masalan,
kishilik
jamiyatining tarixiy evolyutsiyasi va uning rivojlanish shakllarining
ijtimoiy tashkilotlar nuqtai nazaridan uning genofondiga bogiiqligi,
ya’ni bu genofondning go‘yoki ijtimoiy xulq-atvomi belgilab berishi
haqidagi g‘oyalar ko'tarib chiqilishi qayd qilinmoqda.
Shuningdek,
garchi ushbu urinishlar asosini tabiiy-ilmiy
tavsiflashlar va nazariy konstruksiyalami ishlab chiqishga nisbatan
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish tashkil qilsada, hayvonlaming
xulq-atvorida kuzatiluvchi holatlaming odam xulq-atvoriga nisbatan
mexanik tadbiq etilishiga urinishlar amalga oshirilishi kuzatilmoqda.
Ushbu holatga bogiiq ravishda, ijtimoiy biologizmning zamonaviy
olamdagi tanqidiy tahlil qilinishi, yana qaytadan biologik-naturalistik
va ijtimoiy-tarixiy asosdagi falsafiy denyoqarashning yana qaytadan
muhokama qilinishiga olib kelmoqda, bunda inson masalasining
ijtimoiy-tarixiy nuqtai nazardan qarab chiqilishi, ushbu holatlardan
kelib
chiquvchi
ehtimolligi
mavjud
tamoyillardan
ijtimoiy
yo‘nalishdagi tadqiqotlar dasturlarida foydalanish masalalari nazarda
tutilgan.
Sobiq ittifoq davrida faoliyat olib borgan olimlar tomonidan
biologizatsiya va sotsiologizatsiya tipidagi ikkita reduksion tavsifga
ega tendensiyalar tanqidiy tahlil qilingan. Jumladan, rus akademigi
P.N.Fedoseev tomonidan ta ’kidlanishicha: «Zamonaviy fan oldida
murakkab tavsifga ega vazifa turibdi... ya’ni, biologik va ijtimoiy
o‘zaro munosabatlaming umumiy uslublarini yoki «mexanizm»larini
oydinlashtirish talab qilinadi, bu tahlillar quyidagi holatlami amalga
oshirish imkonini beradi: 1) o‘ziga xoslik; 2) merosiylik, kishilik
jamiyatiing
tavsiflari
va
rivojlanishi
sohalaridagi
o ‘zaro
aloqadorliklami aniqlash amalga oshiriladi.
Ushbu masalaning dolzarbligi, nazariy va amaliy jihatdan
ahamiyad yuqoriligi shu bilan belgilanadiki, ya’ni - «biologiya fanida
q oig a kiritilgan yangi yutuqlar, jumladan genetika sohasida erishilgan
yutuqlar insoniyat va jamiyatning hayoti, rivojlanish jarayonlari, ko‘p
sondagi biologik va ijtimoiy
o‘zaro munosabatlaming aniq
shakllarining o ‘rganilishi uchun qulay shart-sharoitlami yuzaga
keltiradi... shuningdek, fan-texnika inqilobi sharoitida biosferada
116
amalga oshuvchi jarayonlar bilan jamiyatda kechayotgan ilmiy-texnik
va ishlab chiqarishga oid jarayonlami optimal darajada o‘zaro
muvofiqlikda qarab chiqishda yangicha yondoshuvlaming amalga
oshirilishi imkonini beradi»1.
Keltirilgan oxirgi vazifa horijda «odam ekologiyasi» fan
sohasining vujudga kelishiga olib kelgan bo‘lib, bu fan sohasining
boshlang‘ich tushunchalari geografik maktab vakillari tomonidan
ilgari surilgan bo‘lib, bunda ham odamning hayotiy munosabatlari
tashqi yashash muhiti bilan aloqadorlikda qarab chiqilgan. Biroq, XIX
asr va XX asming boshlarida zamonaviy fan sohasida naturalistik
sotsiologiyada ayrim masalalaming o‘zaro muvofiqligi
qayd
qilinishiga qaramasdan, yangi tushunchalami eski nazariyalar asosida
tavsiflash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |