Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

yaqqol
va 
latent (yashirin)
funksiyalar tushunchalarini ham fanga kiritgan. Bu 
ikki atama shuningdek funksional tahlilning muhim hissasi boidi. 
Yaqqol funksiyalar
obyektiv va oldindan moijallangan, 
latent
funksiyalar esa -
oldindan moijallanmagan va anglanmaganlik 
xususiyatiga ega. Qullikning yaqqol funksiyasi, masalan, Janubning 
iqtisodiy unumdorligini oshirish boigan boiib, lekin u ham boy, ham 
qashshoq oq tanli janubliklaming sotsial maqomini oshirish uchun
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 256.
4 3 9


xizmat qilgan ko‘p sonli past tabaqalami jalb qilish latent funksiyasiga 
ega boigan.
Merton qayd etishicha, «sotsial harakatning ongli motivatsiyasini 
uning obyektiv natijalari bilan aralashtirishga (bu esa sotsiologiya 
adabiyotida ko‘p uchraydigan hoi) yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, yaqqol 
va latent funksiyalar o‘rtasidagi tafovut kiritilgan»1. Amerikalik 
sotsiolog motivlar va funksiyalami bir-biriga tenglashtirish xato 
ekanligi haqida ogohlantiradi, chunki motivlar subyektiv kategoriyalar 
boigani kabi, funksiyalar obyektiv kategoriyalar sifatida namoyon 
boiadi. Motivlar va funksiyalar bir-biridan mustaqil holda o‘zgarib 
boradi.
Olim yaqqol va latent funksiyalar ahamiyatini ko‘rsatish uchun 
Xotom tajribasini misol qilib keltiradi. Sotsiologlar faqat yaqqol 
funksiyani hisobga olib, latent funksiyaga e'tibor qaratmagan. Ular 
tajriba boshlanganda, uning nazorat va tajriba guruhlari a’zolari 
o‘rtasidagi munosabatlar uchun ehtimolli sotsial oqibatlariga ahamiyat 
bermadi. Oxir-oqibat vujudga kelgan vaziyat sotsiologlami odamlar 
o‘rtasidagi munosabatlar bilan bogiiq yashirin, yaqqol ko‘rinmay 
turgan narsalar haqida o‘ylashga majbur etdi. Shu tariqa Merton, 
sotsiologiyaning bosh vazifasi -yaqqoldan ko‘ra yashirin, latent 
funksiyalami o‘rganishdan iborat boiishi lozimligini ta’kidlaydi.
Bunday yondashuv sotsiologik bilim ufqlarini sezilarli darajada 
kengaytiradi. «Shuning uchun deb hisoblaydi Merton - yashirin 
funksiyalar sohasidagi ixtirolar yaqqol funksiyalar sohasidagi 
ixtirolardan ko‘ra, sotsiologik bilimlaming yanada ko‘payishiga olib 
keldi. Binobarin, yaqqol funksiyalar ijtimoiy hayot haqida sogiom
fikrga asoslangan bilimlardan kuchli og‘ishni anglatadi»2.
Bu fikr Mertonning boshqa konsepsiyasi -
kutilmagan oqibatlar
konsepsiyasi bilan bogiiq. Harakatlar, xiiddi kutilgan kabi, 
kutilmagan oqibatlarga ham ega. Garchi hamma kutilgan oqibatlami 
anglab tursa ham, kutilmagan oqibatlami aniqlash uchun sotsiologik 
tahlil talab qilinadi. Haqiqatdan, ba’zilar uchun bu sotsiologiya 
mohiyatining 
o‘zi 
b o iib
hisoblanadi. 
Piter 
Berger 
buni
1 М ертон P. Явные и латентные функции 
И
Американская социологическая мысль. Т екста. - М., 
1 9 % .- С . 414.
2 М ергон Р, Явные и латентные функции 
Н
Американская социологическая мысль. Тексты. - М., 
1996. - С . 447
440


bro‘sizlanish», yoki aniq natijalarga qilingan maqsadlardan tashqari 
: goh deb ataydi1.
Merton kutilmagan oqibatlar va latent funksiyalar aynan 
nasligini bayon qiladi. Latent funksiya kutilmagan oqibatlarning 
iaium tizim uchun funksional xarakterga ega bo‘lgan turidir. Biroq, 
utilmagan oqibatlarning boshqa ikki turi: «ma’lum tizim uchun latent 
:isfunksional va latent disfunksiyani o‘z ichiga olgan oqibatlar» va 
• j‘zlari na funksional, na disfunksional tarzda ta’sir ko‘rsatmaydigan 
szimga kirmaydigan nonfunksional oqibatlar» ham mavjud2.
Funksional nazariyani yanada oydinlashtirish sifatida Merton, 
truktura tizimga nisbatan umumiy disfunksional xarakterga ega 
ooiishi va shunga qaramay mavjudlikni davom ettirishi mumkinligini 

'kidlaydi. yetarli darajadagi asoslar bilan aytish mumkinki, qora 
anlilar, ayollar va boshqa ozchiliklami kamsitish Amerika jamiyati 
ichun disfunksionaldir, bunda u mavjudlikda davom etadi, zero 
itimoiy tizimning bir qismi uchun funksionaldir; masalan, ayollami 
imsitish, odatda, erkaklar uchun funksionaldir. Lekin kamsitishning 
u shakllari, hatto o‘zlari funksional boigan guruh uchun ham 
lisfunksiyalardan 
xoli 
emas. 
Erkaklar 
0
‘zlarining 
ayollami 
kamsitishlaridan qiynaladilar; xuddi shunday oq tanlilarga ham qora 
ianlilarga nisbatan kamsituvchi xulq zararlidir. Ta’kidlash mumkinki, 
.umsitishning bu shakllari kamsituvchi tarafga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 
chunki ko‘p sonli kishilar o‘z mavqyeidan qoniqmay qoladilar, buning 
oqibatida ijtimoiy ziddiyat ehtimoli kuchayadi.
Merton sotsial tizim yashovchanligi uchun hamma strukturalar 
ham zarur emas, deb hisoblagan. Sotsial tizimning ayrim elementlarini 
istisno qilish mumkin. Bu funksional nazariyaga uning mutaassib 
(konservativ) ogishlaridan yana birini yengishga yordam beradi. 
Ayrim strukturalami tugatish mumkinligini tan olgan holda, 
funksionalizm muhim ahamiyatli ijtimoiy 
0
‘zgarishlar uchun y o i 
ochadi. Masalan, turli ozchiliklar kamsitilishini bartaraf etish bilan 
jamiyatimiz yashovchanligi davom etishi (hatto yaxshilanishi) 
mumkin.
Ko'rinib turganidek, Mertonning izohlari stmkturaviy funksional 
lahlil o‘tkazishni istovchi sotsiologlar uchun nihoyatda foydalidir.
Zero, uning bu tahlili Prasons taqdim etgan sub'ektiv “falsafiy”
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-HilL 2010. - P. 256.
2 George R itzer Sociological Theory. E ighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 256.
441


nazariyadan ko‘ra ko‘proq obyektiv bo‘lib, amaliy ahamiyat kasb 
etadi.
3. 
Merton o‘z asarlarida nazariy va empirik, makro- va 
mikrosotsiologiya bilim darajalarini birlashtirish g‘oyasini ilgari 
surgan edi. 1950-yillaming o ‘rtalaridayoq, Merton ular birligining 
“oltin asri” boshlandi, deb hisoblagan edi. Ammo u vaqtlarda Merton 
orzuni ro‘yo deb qabul qilardi. Empirik va nazariy sotsiologiyaning 
parallel tarzda rivojlanishiga hali ancha vaqt bor edi. Olimning o‘zi bu 
parallelizmni, vujudga kelgan bu o‘ziga xos sotsiologik dixotomiyani 
yengib o‘tishga katta hissa qo‘shdi va u bu ishni, awalambor, o‘zining 
o‘rta darajadagi, yoki o‘rta rang nazariyasi (The theory of the middle 
range) yordamida bajardi. Bu nazariya uning funksional tahlil 
konsepsiyasiga asoslangan edi.
Funksional tahlil konsepsiyasi Merton ijodida «yarim empirik» 
xususiyatga ega edi: u mazkur tahlilni avval operatsional tomonga
keyin esa - aniq sotsiologik tadqiqot tomoniga o‘tkazish imkonini 
berardi. Funksional tahlilning konsepsiya sifatidagi muhim xususiyati 
shundaki. u empirik ma’lumotlami interpretatsiya qilishga, ulami 
umumlashtiruvchi nazariyalami yaratish uchun qo‘llashga imkon 
beradi. Bu xususiyatni Merton o‘rta darajadagi nazariyasini ishlab 
chiqish chog‘ida juda yaxshi angladi va qo‘lladi. Uning shakllari 
Mertonning 1940— 1950-yillarda yozgan ishlarida ko‘zga tashlandi, 
ammo bu xususiyatni yaratish tamoyillari « 0 ‘rta darajadagi 
sotsiologik nazariyalar haqida» nomli tadqiqotida batafsil yoritildi va 
tartibga solindi. Bu tadqiqot amerikalik sotsiologning «Nazariy 
sotsiologiya» kitobida chop etildi.
Mertonning o‘rta darajadagi nazariyalari ustida ishlashi ikki 
yoqlama xususiyatga ega edi. Bir tomondan, u nazariyalaming o‘ziga 
xos turi, maxsus tahliliy faoliyat zaruriyatini asoslashni o‘z ichiga 
olgan edi. U esa, boshqa nazariyotchilik turlaridan (birinchi navbatda 
o‘ta mavhum nazariyotchilikdan) sezilarli farq qilishi kerak edi. Bu 
metodologik ish edi, chunki umumiy nazariy orientatsiyaga, 
tushunchalar tahliliga, ulami tuzish mantig‘iga, olinadigan empirik 
ma’lumotlaming interpretatsiyasi bilan bog‘liqligiga taalluqli edi. 
Boshqa tomondan esa, Merton sotsiologiya fanining turli sohalarida, 
aniqrog‘i, tarmoqlarida aniq o‘rta darajadagi nazariyalarini yaratish 
ustida mehnat qilardi.
44 2


Mertonning tahlil etiluvchi nazariyasiga muvofiq, sotsiologiya 
bilimlarining uch darajasi mavjud:
- keng sotsiologik nazariyalar;
- o‘rta darajadagi nazariyalar;
- kundalik tadqiqotlarda talay uchraydigan kichik ishchi 
taxminlar.
O lrta darajadagi nazariyalar birinchi va uchinchi darajalar 
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in, ko‘prikcha vazifasini o‘taydi. Shu 
nazariyalarga tayangan holda, 
Merton voqyelikning empirik 
tadqiqotlari 
va 
sotsial 
xulq-atvor 
qonuniyatlarini 
nazariy 
umumlashtirmalari o‘rtasida “vositachi” zarur, degan xulosaga keladi. 
0 ‘rta darajadagi nazariyalar esa, ham sotsial faktlaming katta guruhini 
umumlashtirish natijasi, ham sotsiologiyaning alohida sohalarini 
aniqlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Merton bu nazariyalami haqiqatdan mavjud va e'tiborga loyiq deb 
hisoblardi. Mertonga ko‘ra, sotsiologiya nazariyasi oddiy ma’noda 
aynan o‘rta darajadagi nazariyadir. Aynan shunday nazariya empirik 
tadqiqot tilini “yaratishga” imkon beradi. Hamma narsani qamrab 
oluvchi “yuqori daraja” tizimli nazariyalari Mertonga birmuncha 
mavhum, “quyi daraja” ishchi taxminlari esa - haqiqiy sotsiologik 
ahamiyatga ega boim agan ikkinchi darajali bo iib ko‘rinardi. 0 ‘rta 
darajadagi nazariyalarida tahlilning dastlabki kategoriyasi sifatida 
Merton sotsial guruhlami olgan, chunki aynan ular orqali individ va 
sotsial strukturalar o‘rtasida aloqa amalga oshiriladi.
Merton sotsiologiyada, boshqa istalgan fandagi kabi turli 
darajadagi 
nazariyalar 
mavjud 
boiishini 
kerakligini 
yaxshi 
tushunardi. Bir nazariyalar keng ijtimoiy jarayonlami izohlash uchun 
qoilanadi, boshqalari birmuncha lokal, aniq jarayonlarga “xizmat 
ko‘rsatadi”. 
Merton 
tomonidan 
1960-1970-yillarda 
turli 
nazariyalaming batafsil tavsiflanishi va tahlil etilishi sharofati bilan, 
sotsiologiya bilimlarining uch darajali konsepsiyasi eng mukammal 
ishlab chiqilgan, deb hisoblanardi. Bu konsepsiya rivojlangani sayin, 
awalambor sotsiologiya bilimlarining ikkinchi darajasi haqidagi 
tasaw ur boyirdi. U esa, o ‘z navbatida, umumiy sotsiologiya 
nazariyalarini ishlab chiqishni va aniq sotsiologik tadqiqotlami 
rivojlantirishni tezlashtirdi. 0 ‘rta darajadagi nazariyalar umumiy 
sotsiologiya nazariyasi bilan qiyoslaganda tor sohalarda qoilaniladi. 
Ulaming har biri o ‘z predmeti sohasida jamiyat hayotining nisbatan
4 4 3


avtonom sohalarini, ular rivojlanishining tendensiyalarini, harakat 
mexanizmlarini o‘rganish bilan cheklangan.
Shu bilan birga, olim sotsiologiya bilimlarining barcha uch 
darajasi o‘zaro uzviy bogiiqligini ko‘rsatdi. Boz ustiga, biridan 
boshqasiga o‘tish sotsiolog qarshisida har safar yangi imkoniyatlar 
ochadi. Umumnazariy darajadan operatsional darajaga o‘tish alohida 
ahamiyatga ega, uning natijasi empirik tadqiqotda aniqlashtiriladi. 
Darajalaming nisbatan mustaqilligi va ulaming muhimligi esa, 
sotsiologiya rivojlangani sari ulardan har birini ishlab chiqadigan 
sotsiologlaming o‘zaro faoliyati kuchayishidan Mertonga umidvor 
boiish uchun asos berardi.
U sotsiologiya bilimlarining eng turli sohalarida: ommaviy 
kommunikatsiyalar va fan sotsiologiyasi, harbiy sotsiologiya va 
tibbiyot 
sotsiologiyasi, 
hokimiyat 
sotsiologiyasi 
va 
siyosat 
sotsiologiyasi yo‘nalishlarida o‘rta darajadagi nazariyalarini ishlab 
chiqdi. Ammo, aftidan, uning chetga og‘uvchi xulq-atvomi o ‘rganish 
sohasidagi o‘rta darajadagi nazariyasi eng chuqur iz qoldirdi. Bunda 
unga anomiya, o‘z joniga qasd qilish, deviant xulq-atvoming boshqa 
shakllarini o‘rgangan E.Dyurkgeymning qarashlari katta ta’sir 
o‘tkazdi.
4. 
Mertonning strukturaviy funksionalizm va sotsiologiyaga 
qo‘shgan eng mashhur umumiy hissalardan biri — madaniyat, struktura 
va anomiya o‘rtasidagi munosabatlar tahliliga murojaat qilish joiz.
Merton sotsial strukturaning holatini tahlil qilishda ikki 
o'zgaruvchiga murojaat qilishni lozim deb topadi:
- madaniyat tomonidan tasdiqlangan qanday maqsadlar mavjud;
- ushbu maqsadlarga erishishning qanday institutsional vositalari 
mavjud.
Merton 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish