Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi


 Jismoniy tarbiya daqiqalari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#231883
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222
Bog'liq
tarbiya va sport nazariyasi (Bo'riboyev)

2. Jismoniy tarbiya daqiqalari. 
Jismoniy  tarbiya  daqiqalari  charchashning  rivojlanishiga  yo’l  qo’ymaslik,  organizmning 
funksional  holatini  yaxshilash,  ishchi  ritm,  sur’at,  diqqat-e’tibor  konsentratsiyasini  yuksak 
darajada  saqlab  turish,  gavdaning  ishchi  vaziyati  va  kasbiy  faoliyatning  salbiy  oqibatlarini 
bartaraf etish, harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida o’tkaziladi.   
Gigienik  gimnastikadan  farqli  o’laroq,  jismoniy  tarbiya  daqiqasi  bevosita  mehnat  faoliyati 
jarayonida, odatda, ish smenasining birinchi va ikkinchi  yarimlarida ikki  martadan bajariladi.   
Jismoniy tarbiya daqiqasi, hal qilinadigan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda,  ishchilarda 
charchoqning rivojlanishi arafasida yoki ish qobiliyati pasayishining birinchi alomatlari paydo 
bo’lishi  bilanoq      o’tkazilishi  kerak.      Muddatidan  oldin  jismoniy  mashqlar  majmuasini 
o’tkazish  ish  ritmining  buzilishiga  va  ish  qobiliyatining  pasayishiga  olib  kelishi  mumkin.   
Odatda,  jismoniy  tarbiya  pauzalari  tushlik  tanaffusdan  yoki  ish  smenasi  tugashidan    1–2  soat 
oldin o’tkaziladi. Agar jismoniy tarbiya yo’riqchisi har bir aniq ishlab chiqarish uchastkasidagi 
ishchilar  ish qobiliyatlarining o’zgarishi asosida ish ko’rsa, yanada ijobiyroq holat kuzatiladi.     
Quyidagi uslubiy qoidalarga rioya qilinganda, jismoniy tarbiya daqiqasining foydasi ortadi:   
-  mashg’ulotlarni  o’tkazish  vaqti  charchoqning  dastlabki  alomatlari  paydo  bo’lish  lahzasi 
bilan aniq mos tushishi kerak; 
- jismoniy mashqlar to’g’ri bajarilishi, mashg’ulotlar jonli, qiziqarli tarzda, musiqa sadolari 
ostida o’tkazilishi kerak; 
-  majmualardagi  yuklama  shug’ullanuvchilarning  yoshiga,  jinsiga,  jismoniy  tayyorgarlik 
darajasiga va salomatlik holatiga bog’liq holda tabaqalashtirilishi kerak; 
-  kunning  ikkinchi  yarmida  jismoniy  tarbiya  daqiqasini  o’tkazishda  uning  yuklamalari 
yig’indisi kunning birinchi yarmidagi yuklamadan 30–40 %  kam bo’lishi kerak.  
Mashg’ulot  o’tkazishning  guruhli  usulida  shug’ullanuvchilar  uch  guruhga  bo’linadilar.  
Birinchi  guruhga  deyarli  sog’-salomat  kishilar,  ikkinchisiga    salomatlik  holatida  deyarli 
sezilmaydigan    og’ishlari  bor  shaxslar,  uchinchisiga  esa    yoshi  katta  odamlar  va  salomatlik 
holatida jiddiy og’ishlari bor shaxslar kiritiladi.  Agar majmuadagi ayrim mashqlarni bajarishda 
yuklama qiymati birinchi guruh vakillari uchun 100 % ni tashkil etsa, u holda ikkinchi guruh 
uchun  90 %, uchinchisi uchun esa  80 % bo’lishi kerak. 


 
 
 
 
135
Jismoniy  tarbiya  pauzalari  uchun  majmua  mashqlarini  tanlash  quyidagilarga  bog’liq  holda 
amalga oshiriladi: 
a)  majburiy  ish  vaziyati  (pozasi)  va  texnologik  jarayon  sababli  vujudga  keladigan  salbiy 
ta’sirlarni   kamaytirishi; 
b)  mehnat  jarayonida  ishtirok  etayotgan  mushak  tizimlari  va  organlarning  dam  olishlariga   
xizmat qilish darajasi;  
v)  harakatsiz mushaklarga qancha  yuklama berishi.  
Jismoniy tarbiya pauzalaridagi mashqlarni o’rtacha va tez sur’atda bajarish kerak.  Mashqlar 
majmuasini  har  to’rt  haftada  almashtirib  turish  tavsiya  etiladi.    Umumiy  holda  yuklama 
mashqlar majmuasining o’rtasida ortadi, keyinchalik pasayadi. 
 
 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish