Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi


Elektron ta’lim resurslari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#231883
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222
Bog'liq
tarbiya va sport nazariyasi (Bo'riboyev)

Elektron ta’lim resurslari  
1. www.tdpu.uz 
2. www.pedagog.uz 
3. www.ziyonet.uz 
  
 Mavzu. Bolalar jismoniy tayyorgarligini baholash mezoni. 
  
REJA: 
1.Bolalarni jismoniy tayyorgarligini so'rash va o'quv mezonlari orqali baholanishi haqida 
ma'lumotlarga ega qilish. 
 
1.Bolalarni jismoniy tayyorgarligini so'rash va o'quv mezonlari orqali baholanishi haqida 
ma'lumotlarga ega qilish. 
Bolalarni  jismoniy  tayyorgarligi  har  tomonlama  rivojlanishini  inkor  etmaydi.  Aksincha 
organizmning  funktsional  imkoniyatlarini  umumiy  yuksaltirish,  jismoniy  va  ruxiy  qobiliyatlarini 
har  tomonlama  rivojlantirish  asosidagina  tanlangan  sport  turida  mumkin  qadar  ko’proq  yutuqqa 
erishiladi.  Sport  amaliyotidagi  butun  tajriba  ham,  nazariy  va  eksperimental  tadqiqotlarning  juda 
ko’p  ma’lumotlari  ham  ana  shuni  ta’kidlaydi  (A.N.Krestovnikov,  G.V.Vasilev,  N.G.Ozolin, 
L.P.Matveev, N.N.Yakovlev, X.Mittentsvey va boshqalar). 
Sport yutuqlari sportchining har tomonlama taraqqiy etganligiga bog’liqligining ikkita asosiy 
sababi  bor.  Birinchidan,  organizmning  ajralmas  ekanligi  -  uning  barcha  a’zolari,  sistema  va 
funktsiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayonida o’zaro uzviy bog’liqdir. Qaysi jismoniy sifat ko’proq, 
qaysinisi  kamroq  rivojlanishi  zarur  ekani,  har  qaysi  sport  turining  o’ziga  xos  nisbatda  bo’lsa-da, 
biron  jismoniy  qobiliyatni  g’oyat  yuksak  darajada  rivojlantirishi  uchun  organizm  funktsional 
imkoniyati  umuman  yuksak  bo’lishi  shart,  ya’ni  har  tomonlama  rivojlanish  jarayonidagina  bunga 
erishish mumkin degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan, turli harakat 
malakalari va mahoratlari o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Sportchi tomonidan o’zlashtirilgan harakat 
malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo’lsa (albatta tanlangan sport turining o’ziga xos 
xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ma’lum me’yorda) harakat faoliya-tining yangi formalarini yaratish 
va ilgari o’zlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo’ladi. Yangi 
harakat  formalari  ilgari  tarkib  topgan  formalar  asosida  paydo  bo’ladi  va  ularning  u  yoki  bu 
elementlarini  o’z  ichiga  oladi.  Xilma-xil  harakat  koordinatsiyalarini  o’zlashtirish  jarayonida  bu 
yo’lda  uchraydigan  qiyinchiliklarni  enga  borish  natijasida  harakat  faoliyatini  yana  ham 
takomillashtirish qobiliyati, trenirov-kalanish rivojlanishi yana ham muhimroqdir. 
Demak,  sportda  takomil  topishning  ob’ektiv  qonunlari  sport  mashg’uloti  chuqur 
ixtisoslashtirilgan  jarayon  bo’lishi  bilan  birga,  xar  tomonlama  rivojlanishga  olib  kelishini  talab 


 
 
 
70 
 
qiladi.  Shunga  ko’ra  sport  trenirovkasida  umumiy  va  maxsus  tayyorgarlik  bir-biriga  mahkam 
qo’shib olib boriladi.  
Shu  narsa  muhimki,  umumiy  va  maxsus  tayyorgarlikning  organik  hamohangligi  faqat  sport 
takomillining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama 
o’stirishga  qaratilgan  tarbiya  sistemasining  umumiy  qonuniyat-lariga  ham  mos  keladi.  Shuning 
uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy 
printsipini  sport  mashg’ulotida  aniq  ifoda  etadigan  sport  maktabining  eng  muhim  printsipi  deb 
qarash zarur. 
Sportchining  umumiy  va  maxsus  tayyorgarligini  birligi  degan  so’z  sport  yutuqlariga 
erishishga  hamda  oqibat  natijada  sportdan  tarbiya  vositasi  sifatida  foydalanishga  ziyon  etmazmay 
turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashg’ulotdan olib tashlab bo’lmaydi, demakdir. Umumiy va 
maxsus tayyorgarlikning birligi shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bog’liq ekanligi bilan ham 
ifodalanadi,  chunki  umumiy  jismoniy  tayyorgarlikning  mazmuni,  yuqorida  ko’rsatib  o’tilganidek, 
tanlangan  sport  turining  xususiyatlariga  qarab  belgilanadi,  maxsus  tayyorgarlikning  mazmuni  esa 
umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. 
Umumiy  va  maxsus  tayyorgarlik  birligini  dialektik  tarzda  qarama-qarshi  birlik  sifatida 
tushunmoq kerak. Mashg’ulot vaqtida, bu birlik tomonlarining har xil ishga birdek foyda keltiraver-
maydi.  Har  bir  aniq  holatda  ma’lum  me’yor  mavjud  bo’lib,  uning  buzilishi  sportda  taraqqiyotga 
erishishga  halaqit  beradi.  Bu  me’yor  tanlangan  sport  turining  o’ziga  xos  xususiyatlariga  hamda 
boshqa  bir  qator  shart-sharoitlarga  bog’liq.  Amalda  mashg’ulot  jarayonining  ayrim  etaplarida 
umumiy tayyorgarlikka etarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari ko’p o’rin berib 
yuborish  hollarini  ham  kuzatish  mumkin.  Bu  yana  shu  bilan  murakkab-lashadiki,  umumiy  va 
maxsus  tayyorgarlikning  optimal  nisbati  doimiy  bo’lib  qolmay,  balki  sport  takomilining  turli 
etaplarida qonuniy suratda turlicha o’zgarib turadi. Hozir bu muammo garchi to’liq hal etilmagan 
bo’lsa-da, mazkur o’zgarishlarning asosiy tendentsiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning 
qanday  hal  etilishini  bir  yillik  va  ko’p  yillik  mashg’ulot  strukturasiga  tavsif  berilishi  munosabati 
bilan quyida ko’rsatiladi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish