32
etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg’unroq, yuqori harorat, shovqin va hokazolarning ta’siriga
etarli darajada moslashuvchan, kerak bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitda qayta shakllantirish mumkin
bo’lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi.
Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida qator mayda yangilanishlar orqali
vujudga keladi.
Notekis shakllanuvchi malakaning to’rt turi mavjud:
1. Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birlamchi bosqichida harakat
faoliyatini o’zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust
boradi. Bu yo’sindagi malakaning shakllanishi harakat faoliyati texnikasini egallash uchun xosdir.
O’quvchilar harakat faoliyatlari asosini oson o’zlashtiradilar, chunki maktab jismoniy tarbiya
dasturiga oson harakatlar kiritilgan, uning detallarini o’zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.
2. Malakaning “ijobiy va zudlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birinchi bosqichida malaka
sifatining o’sishi ahamiyatli darajada bo’lmaydi. So’ng u keskin o’sadi.
3. Malaka rivojlanishining sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga etganda, ikkala
ko’rinishdagi tezlik bilan malakaning shakllanishi sodir bo’lishi mumkin. Malaka qancha
takomillashmagan bo’lsa, o’z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik
mahorat va kuch talab qilinadi.
4. Malaka rivojlanishining ushlanishi. Ushlanish ikki sabab orqali sodir bo’lishi mumkin:
- vaqt o’tishi bilan organizmda malakaning sifat o’zgarishlariga olib keluvchi sezilarsiz
moslashuv jarayonining borishi;
- ta’lim usuliyatining noto’g’riligi yoki harakat sifatlarining etarli darajada rivojlanmaganligi
orqali kelib chiqadigan sabablar.
Agar malakaning ushlanishi sababi to’g’ri aniqlansa, uni engish, tezroq o’tishini ta’minlash
uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o’qitishning vosita va uslublari bo’lib, lozim bo’lsa ularni
keskin o’zgartirish kerak.
Harakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agar mustahkamlab turilmasa so’nadi. So’nish
malakaning ketma-ketligiga o’xshash birin-ketin yoki unga teskari tartibida sodir bo’ladi. Harakat
malakasi mashqni takrorlamay qo’yish orqaligina yomonlashmay, harakat sifatlari darajasining,
organizmdagi funksional imkoniyatlarning pasayishi orqali ham sodir bo’lishi mumkin. Masalan,
yoshi o’tgan gimnastikachilar siltash bilan bajariladigan texnik jihatdan engil mashqlarni juda
osonlik bilan qo’shpoyada bajarsalar, halqada kuch bilan bajariladigan mashqlarni uddalay
olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: