hisoblash haqida ma’lumotlarga ega qilis
2.Talabalar, o‘quvchilar ommaviy sport va jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlarini, sport
to‘garaklari va musobaqalarini tashkil qilishni rejalashtirish
3.Talabalar va o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining mashg‘ulotlari maktabda o‘quv ishlari,
sinfdan tashqari ishlari, jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari, maktabdan tashqari
muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.
4.Darsgacha gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari, katta tanaffusda uyushtiriladigan
o‘yinlar, sport to‘garaklari, bayramlar, musobaqalar, quvnoqlar va zukkolar uchrashuvi,
salomatlik kuni, BO‘SM da, oilada jismoniy tarbiya haqida ma’lumotlarga ega qilish.
1. Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va
umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har
4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar
haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet -
“bibliografiya” fani tadqiqotchining ishini engillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni
tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum
davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifnoma”dan ham foydalaniladi.
Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish
natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo’lib,
tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-
biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati hujjat materiallari ustida
ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko’p tomoni amaliy mashgulotlar uchun tuzilgan rejalar,
kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta
amaliyotni nazarda tutgan holda tuzilgan bo’ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish
kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va
ularning shugullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik,
oylik, yillik jismoniy yuklarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar
tadqiqotchiga manba bo’lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko’p yillik trenirovkalarning natijalarini
o’rganish ham tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |