2.Maxsus fanlar bo'yicha o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqish.
3.Jismoniy tarbiya fani va mahsus fanlar bo’yicha o’quv metodik materiallarni ishlab
chiqish hamda uni hayotga joriy etish haqida ma'lumotlarga ega qilish.
1.Talabalarni maruza,seminar amaliy mashg’ulotlarda faol qatnashishga erishish shu
bii an birga har xil ilmiy amaliy seminarlarda qatnashishni mahalliy matbuotlarda
chiqishlariga yordam berib borish haqida ma'lumotlarga ega qihsh.
Oliy maktabda o’quv jarayonining mohiyati davlat ta’lim standarti fan bloklarida ko’rsatilgan
bilimlarni yuqori darajada o’zlashtirib olish, zarur malaka, ko’nikmalarni egallashdan iborat.
Talaba bilimlarni o’qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ularni
tahlil qila olishi, boshqa o’quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo’llay olish
malakalarini ham egallashi zarur.
O’quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o’stirish,
tug’ma iqtidor (iste’dod) kurtaklarini rivojlantirish, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh
mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat .
Inson hayotida o’qish-o’rganish jarayoni umr bo’yi davom etadigan ijtimoiy – pedagogik
hodisa. Demak, oliy o’quv yurtida ta’lim olish davrida talaba o’z bilimlarini muntazam oshira
borishga tayyorlanishi, mustaqil o’qib – o’rganish malaka va ko’nikmalarini hosil qilishi lozim.
Oliy maktabda o’quv jarayoni – talaba bilan professor-o’qituvchining hamkorlik faoliyatidir.
Talaba - o’quv jarayonining subyekti, professor-o’qituvchi ta’lim jarayonining boshqaruvchisi
(menejeri) hisoblanadi.
2. Pedagogika, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o’quv
(didaktik) jarayoni, jumladan oliy ta’lim muassasasidagi o’quv jarayoni ham, to’rtta bir-biri
bilan uzviy bog’liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir: 1-motiv-
maqsad (M.M.); 2-talabaning o’quv-biluv faoliyati (O’.F);
3-o’zlashtirish faoliyatini boshqarish (B); 4-ta’limning natijasi (N).
Demak, oliy maktabda o’quv jarayoni (O’.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash
mumkin. O’JqM.MQO’.FQBQN .
3. O’quv jarayoni qismlaridan har birida qanday maqsad (o’quv vazifasi)ni bajarish
nazarda tutilganiga qarab, ta’lim-tarbiya jarayonining turli texnologiyalari hosil bo’ladi.
Bunday texnologiyalar soni juda ko’p bo’lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya vazifasini bajarish
qulay bo’lishi uchun mavjud texnologiyalardan qaysi birini tanlash ma’lum mezonlar asosida
amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta’limning maqsadi (o’quv-biluv vazifasi) va
o’quv jarayoni o’zaro bir-biriga aynan mos bo’lishi kerak ya’ni har bir didaktik maqsadga
ma’lum bir ta’lim-tarbiya jarayonida (darsda) erishish mumkin va har bir darsda erishish
mumkin bo’lgan o’quv vazifasi qo’yilishi zarur.
4. Pedagogik texnologiyani amaliyotda qo’llash paytida moslik va jadallik printsiplariga
rioya qilinadi.
Moslik printsipi – ta’lim-tarbiya jarayonini talabaning bilim o’zlashtirish qobilyati,
xotirasi va aqliy kuchlari o’sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o’qishga
bo’lgan xohish va qiziqishi moslik printsipining ko’rsatkichi hisoblanadi.
Jadallik printsipi – o’quv-biluv vazifasini tezroq va yuqoriroq darajada ro’yobga
chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko’proq samaraga erishishni nazarda tutadi.
Talabaning bilim o’zlashtirish tezligi jadallik printsipining ko’rsatkichi hisoblanadi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |