4.Sport tayyorgarligi tamoyillarining nisbati (umumiy va maxsus jismoniy, texnik va
ps.xologik va hakozolar) bir-biriga bog'liq bo'lishi.
5.Mashg'ulot mikrotsiklini tuzikishi.
Mikrotsikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyida-gilar kiradi.
1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o’qish va mehnat qi-lish faoliyatidagi) va unga
bog’lik bo’lgan ishchanlik dinami-kasi.
2. Mikrotsikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg’ulotlar soni va mazmuni.
Bu omillarni ta’sir ko’rsatishi sport mutaxassisligi hamda tayyorgarlik darajasi. bilan
belgilanadi.
Masalan: Mashg’ulotlarning mazmuni, ularning mikrotsikl-dagi soni, yuklamaning
xajmi, xar bir sport turida engil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda,
bokschilar va x.kada har xil bo’ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli
sportchilar mashg’uloti jarayonida xam shunday farqni ko’rish mumkin.
3.Mashg’ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaktsiyasining
individual xususiyatlari.
Shug’ullanuvchilar organizmi bir xil xajm va shiddatdagi yuklamaga xar xil javob beradi.
Bu esa ularning organizmini xar xil xususiyatlariga bog’liq. Shunga nisbatan, mashg’ulot
yuklamasiga ham xar xil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya ) beradi. NS.
Qucherov va boshqalarni ko’rsatishiga qaraganda mikrotsikl fazalarini xaftalik bioritm fazalari
bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
1. Mikrotsikllar yuklamasining tuzilishi, tsiklning ichida o’zgarishi mumkin, % yuklama
hajmi tsiklning yuqori ahamiyatiga qarab chang’ida balandlikdan sakrovchilarning musobaqa
davridagi mikrotsikldagi yuklamaning dinamikasi.
2. Mikrotsikllarning tuzilishi, mashg’ulot davrlari va bos-qichlarini tuzilishiga qarab, uni
qaysi (joyga qo’yish rejala-shtirladi) jarayoniga borliq. O’zini shakli va mazmuniga qarab,
tayyorgarlik davrining umum tayyorgarlik bosqichidagi mikrotsikl hech qachon shaxsiy
musobaqa davridagi mikrotsiklga o’xshamaydi, Xamma davrlar uchun ishlatiladigan universal
mikrotsikl xam bo’lishi mumkin emas. Mashqlar komplksini asosiy va qo’shimcha
109
mashg’ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam olishni o’zgartirish bilan murabbiy
mashg’ulot jarayonining o’sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko’rsatishi
uchun tayyorlab boradi.
Mikrotsikllarning turlari va ularning alohida xususiyatlari.
Sport mashg’ulot jarayonida quyidagi mikrotsikl turi aniq-lanadi;
- tortuvchi
- zarbdor
- yaqinlashtiruvchi
- musobaqa
- qayta tiklovchi
a) tortuvchi mikrotsikllar:- katta bo’lmagan hajmdagi yukla-malardan tuzilib, sportchi
organizmini shiddatli mashg’ulot-larga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1-
(umumtay-yorgarlik) bosqichida ishlatiladi.
b) zarbali mikrotsikllar: - katta hajmdagi yuklamani shid-datli bajarishga qaratiladi,
Bularni asosiy vazifasi sport-chilarning organizmi moslashish jarayoning asosiy texnik va
taktik, jismoniy ahloqiy, irodaviy maxsus psixologik va integral vazifalarni echishda
yordamlashishdan iboratdir. Bularni asosiy o’rni fundamental davrni 2- maxsus tayyorgarlik
bosqichi va shaxsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v)
yaqinlashtiruvchi
(modelli)
mikrotsikllar-asosiy
vazifasi
musobaqaga
yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi
takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam
olishiga, asosiy diqqatini jalb qilib, charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zapyp.
g) qayta tiklovchi mikrotsikllar - bular bilan ko’pincha zarbali mikrotsikllar seriyasi
tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlan-
tiriladi.
d) musobaqa mikrotsikllari - musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga
binoan tuziladi. Mashg’ulot mikro-tsikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
- sportchini organizmiga, har xil hajmdagi va yo’nalishdagi yuklama qanday ta’sir
ko’rsatishini.
- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.
- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tez-lashtirish maqsadida va o’rta
darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati
Mikrotsikllardagi yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 xil tipdagi
reaktsiyaga olib kelishi mumkin.
a) mashq bilan chiniqqanlikii maksimal rivojlanishiga.
b) mashg’ulotnini kam samaradorligiga yoki uni butunligicha yo’qligiga
v) sportchini holdan toyishi yoki madori furishiga.
Birinchi tipidagi reaktsiya - mikrotsiklga katta va anchagina yuklamali, optimal
mashg’ulot soni kiritib ular o’zapo ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg’ulotlar bilan
almashtirilgan takdirda organizmni reaktsiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaktsiya - mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar soni va ularning
yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatsa, uchinchi tipdagi reaktsiya -
mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez
reaktsiya berishiga olib keladi.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |