Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#231883
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   222
Bog'liq
tarbiya va sport nazariyasi (Bo'riboyev)

Jismoniy tarbiya pauzasi 
Jismoniy  tarbiya  pauzalari  charchashning  rivojlanishiga  yo’l  qo’ymaslik,  organizmning 
funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor konsentratsiyasini yuksak darajada 
saqlab  turish,  gavdaning  ishchi  vaziyati  va  kasbiy  faoliyatning  salbiy  oqibatlarini  bartaraf  etish, 
harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida o’tkaziladi.   
Gigienik  gimnastikadan  farqli  o’laroq,  jismoniy  tarbiya  pauzasi  bevosita  mehnat  faoliyati 
jarayonida,  odatda,  ish  smenasining  birinchi  va  ikkinchi  yarimlarida  ikki  martadan  bajariladi.   
Jismoniy  tarbiya  pauzasi,  hal  qilinadigan  asosiy  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda,    ishchilarda 
charchoqning  rivojlanishi  arafasida  yoki  ish  qobiliyati  pasayishining  birinchi  alomatlari  paydo 
bo’lishi bilanoq   o’tkazilishi kerak.   Muddatidan oldin jismoniy mashqlar majmuasini o’tkazish ish 
ritmining  buzilishiga  va  ish  qobiliyatining  pasayishiga  olib  kelishi  mumkin.      Odatda,  jismoniy 
tarbiya pauzalari tushlik tanaffusdan yoki ish smenasi tugashidan  1–2 soat oldin o’tkaziladi. Agar 
jismoniy  tarbiya  yo’riqchisi  har  bir  aniq  ishlab  chiqarish  uchastkasidagi  ishchilar    ish 
qobiliyatlarining o’zgarishi asosida ish ko’rsa, yanada ijobiyroq holat kuzatiladi.     
Quyidagi uslubiy qoidalarga rioya qilinganda, jismoniy tarbiya pauzasining foydasi ortadi:   
- mashg’ulotlarni o’tkazish vaqti charchoqning dastlabki alomatlari paydo bo’lish lahzasi bilan 
aniq mos tushishi kerak; 
-  jismoniy  mashqlar  to’g’ri  bajarilishi,  mashg’ulotlar  jonli,  qiziqarli  tarzda,  musiqa  sadolari 
ostida o’tkazilishi kerak; 
-  majmualardagi  yuklama  shug’ullanuvchilarning  yoshiga,  jinsiga,  jismoniy  tayyorgarlik 
darajasiga va salomatlik holatiga bog’liq holda tabaqalashtirilishi kerak; 
- kunning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiya pauzasini o’tkazishda uning yuklamalari yig’indisi 
kunning birinchi yarmidagi yuklamadan 30–40 %  kam bo’lishi kerak.  
Mashg’ulot o’tkazishning guruhli usulida shug’ullanuvchilar uch guruhga bo’linadilar.  Birinchi 
guruhga  deyarli  sog’-salomat  kishilar,  ikkinchisiga    salomatlik  holatida  deyarli  sezilmaydigan  
og’ishlari bor shaxslar, uchinchisiga esa  yoshi katta odamlar va salomatlik holatida jiddiy og’ishlari 


 
 
 
66 
 
bor  shaxslar  kiritiladi.    Agar  majmuadagi  ayrim  mashqlarni  bajarishda  yuklama  qiymati  birinchi 
guruh vakillari uchun 100 % ni tashkil etsa, u holda ikkinchi guruh uchun  90 %, uchinchisi uchun 
esa  80 % bo’lishi kerak. 
Jismoniy  tarbiya  pauzalari  uchun  majmua  mashqlarini  tanlash  quyidagilarga  bog’liq  holda 
amalga oshiriladi: 
a)  majburiy  ish  vaziyati  (pozasi)  va  texnologik  jarayon  sababli  vujudga  keladigan  salbiy 
ta’sirlarni   kamaytirishi; 
b)  mehnat  jarayonida  ishtirok  etayotgan  mushak  tizimlari  va  organlarning  dam  olishlariga   
xizmat qilish darajasi;  
v)  harakatsiz mushaklarga qancha  yuklama berishi.  
Jismoniy  tarbiya  pauzalaridagi  mashqlarni  o’rtacha  va  tez  sur’atda  bajarish  kerak.    Mashqlar 
majmuasini  har  to’rt  haftada  almashtirib  turish  tavsiya  etiladi.    Umumiy  holda  yuklama  mashqlar 
majmuasining o’rtasida ortadi, keyinchalik pasayadi. 
Kasbga  bog’liq  holda  jismoniy  tarbiya  pauzalarining  namunaviy  majmualari  ishlab  chiqilgan.  
Shu bilan birga, hamma kasblar mehnat turiga qarab to’rtta guruhga bo’linadi:   

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish