Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#231883
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   222
Bog'liq
tarbiya va sport nazariyasi (Bo'riboyev)

tashkil etish. 
 Gigienik  gimnastika quyidagi vazifalarni echishga xizmat qiladi:  organizmning asosiy fiziologik 
(mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish;  xizmatchining hissiy tonusini ko’tarish;  
organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish;  butun mehnat kuni 
mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlashga xizmat qilish. 
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida o’tkaziladi.  Uni faqat birinchi 
smenadagina  emas,  balki  ikkinchi  smenada  ham  o’tkazish  maqsadga  muvofiq.    Shu  bilan  birga, 
kechki  smenadagi  kirishish  gimnastikasi  organizmning  mehnat  jarayonida  asosiy  yuklama 
tushadigan organlari va tizimlari faolligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishini inobatga olish kerak. 
Gigienik  gimnastikada  mehnat  jarayonida  bajariladigan  harakatlar  xususiyatiga  mos  jismoniy 
mashqlardan  foydalanish  tavsiya  etiladi.    Shuning  uchun  mashqlarni  tanlashda  mehnat  jarayoni 
harakatlarini  yaxshi  o’rganish  va  jismoniy  tarbiya  mashqlari  majmuasiga  shunday  mashqlarni 
kiritish kerakki, ular organizmning aniq mehnat turi jarayonida etakchi rol o’ynaydigan fiziologik 
funksiyalarini tezlashtirishga yordam bersin. 
Xususan,  boshlang’ich  gimnastikada  harakat  sur’ati o’sib  boruvchi        mashqlardan  foydalanish 
lozim.    Shu  bilan  birga,  harakatlarning  ishchi  sur’atini  tez  o’zlashtirish  uchun  oddiydan  ancha 
yuqori sur’atni rivojlantirish tavsiya etiladi. 
Mehnat  xususiyati  va  shart-sharoitlariga  bog’liq  holda  gigienik  gimnastika  jismoniy  mashqlari 
majmuasining quyidagi uchta varianti o’zaro farqlanadi:   chigal yozish mashqlari, profilaktik faol 
dam olish va yaxlit ta’sirli mashqlar majmuasi. 
Chigal  yozish  mashqlari  variantidan  og’ir  jismoniy  mehnat  bilan  shug’ullanadigan  ishchilar 
uchun  majmualar  tuzishda  foydalaniladi.    Ularga  mehnat  jarayonida  asosiy  yuklama  tushadigan 
mushak  guruhlarini  ketma-ket  jadal  faoliyatga  jalb  qiladigan,  koordinatsiyasi  bo’yicha  oddiy 
dinamik  mashqlar  kiritiladi.    Mashqlarni  bajarish  sur’ati  –  o’rtacha  yoki  tezkor.    Mashqlar 
majmuasida yuklama asta-sekinlik bilan ortib boradi va majmua oxirida minimumga tushadi.    
Profilaktik  dam  olish  varianti      harakatlanish  stereotipi  aniq  qayd  etilgan  (masalan  dastgohda 
ishlovchi)  ishchilar  uchun  gigienik  gimnastika  majmuasi    asosini  tashkil  etadi.    Mehnat 
operatsiyalarida  bevosita  ishtirok  etuvchi  mushak  guruhlari  faoliyatini  jalb  etadigan  dinamik 
mashqlardan  foydalaniladi.    Majmuaning  o’rtasigacha  jismoniy  yuklama  tobora  orttirilib,  keyin 
asta-sekinlik  bilan  pasaytirib  boriladi.    Harakatlanish  sur’ati  –  o’rtadan  yuqori.    To’g’ri  nafas 
olishga, mushaklarning cho’zilishiga va harakatchanligining ortishiga e’tibor qaratish kerak. 
Yaxlit  ta’sir  ko’rsatuvchi  variant    mehnat  faoliyati  uzoq  muddat  kuchli  diqqat-e’tiborni  talab 
etadigan  (aqliy  mehnat  xizmatchilari,  transport  haydovchilari,  konveer  xizmatchilari  va  b.) 
xizmatchilar uchun mo’ljallangan.  Mashqlar, asosan, bo’lajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita 
band  bo’lmagan  mushak  guruhlariga,  organizmning  tizim  va  organlariga  ta’sir  etadi.    Bunday 
mashqlar  murakkab  koordinatsiyali  bo’ladi,  chunki  qo’llar,  gavda,  oyoqlarning  qo’shimcha 
harakatlarini  o’z  ichiga  oladi  va  diqqat-e’tiborning  jamlanishini  talab  qiladi.    Sur’at  –  oldingi 
ishdagi  singari.    Mehnati  aniq  harakatlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  shaxslar  uchun  (masalan,  mayda 
mexanizmlarni  yig’uvchi  yoki  transport  haydovchilari)  maksimal  jismoniy  yuklama  birinchi 


 
 
 
65 
 
mashqlarga  to’g’ri  keladi,  qolgan  kontingent  uchun  katta  yuklama  majmuaning  4-6-mashqlariga 
to’g’ri keladi.   
Gigienik  gimnastika  majmualarida  quyidagi  jismoniy  mashq  guruhlari  qo’llanadi:    kerishish 
(cho’zilish),  yon  tomonga  egilishlar,  o’tirib  turishlar,  hamla  qilish,  sakrashlar,  sport  yurishi, 
yugurish,  oldinga  egilish,  bo’shashish  elementlari  ishtirok  etgan  siltanish  harakatlari,  orqaga 
egilishlar,  qo’l  va  elka  kamari  mushaklarini  bo’shashtirish,  koordinatsiyaga,  aniqlikka  va  diqqat-
e’tiborga yo’naltirilgan mashqlar. 
 Turli  kasb  egalari  uchun  boshlang’ich  gimnastika  majmualarini  tuzishda  mehnat  faoliyatining 
quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi: 
1) ishlash (o’tirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki to’g’ri, erkin yoki kuchlanishli); 
   2)  ish  harakatlari  (tezkor  yoki  sekin,  kuchlanishli  yoki  kuchlanishsiz,  katta  yoki  kichik 
amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi harakatlar va b.); 
   3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning takrorlanuvchanligi, reaksiya 
tezligi,  diqqat-e’tiborning  kuchliligi  va  konsentratsiyasi,  sezish  organlariga  yuklama,  mehnatning 
bir maromliligi va b.); 
   4)  sub’ektiv  ko’rsatkichlar  bo’yicha  charchashning  darajasi  va  xususiyati  (diqqat-e’tiborning 
tarqoqligi, mushaklarda og’riq sezish, bosh og’rishi, asabiylashish va boshqalar); 
   5) jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar orasida  salomatligida og’ishi bo’lgan shaxslar 
mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga muvofiq); 
   6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz mavjudligi). 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish