Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


 Yuklama va dam olishning zichlangan tartibi



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

7. Yuklama va dam olishning zichlangan tartibi. 
 
Mashg’ulot jarayonining bunday zichlanishi tufayli mashg’u-lotlarning umumiy 
miqdori anchagina ortib, ayrim vaqtlarda (etarli darajada yuksak malakali sportchilarda) 
haftasiga 6 ta va undan ortiq martaga etadi, albatta. Bunda barcha mashg’ulotlar asosiy emas 
va yuklama jihatidan teng bo’lmaydi. Ularning ba’zi-lari olg’a tomon odimlashga, ya’ni 
sportchilarning yangi marralarni egallashlariga xizmat qilib, ularga eng yuksak mashg’ulot 
talablari qo’yiladi. Birinchi sport razryadi bo’yicha natija ko’rsatgan yosh sportchilar bilan 
har kuni bir martalik mashg’ulot o’tkazilsa (haftalik mikrotsikllar juda ham kam holda 1-2 
marta o’tkaziladi. Yuqori malakali sportchilarda bunday rejim oldingi natijani ushlab turishi 
mumkin. Shuning uchun ular bilan har kuni 2-4 mash-g’ulot o’tkazilsa, haftada 4-7 
mashg’ulot katta yuklama bilan o’tkaz-ilishi kerak. Boshqa ba’zi mashg’ulotlar esa 
qo’shimcha ahamiyatga ega bo’ladi. Boshqa ba’zi mashg’ulotlar esa qo’shimcha ahamiyatga 
ega bo’ladi. Asosiy mashqlar agar ular chidamlilikni tarbiyalashga ko’proq qaratilgan 
bo’lmasa, odatda umumiy ish qobiliyati tiklangan va ortgan sharoitda olib boriladi. 
Qo’shimcha mashg’ulotlar esa g’oyat xilma-xil sharoitlara o’tkazilishi mumkin, chunki 
ularning ma’lum qismidan hatto dam olishning faol formasi sifatida ham foydalaniladi. 
8.Mashg’ulot yuklamalarning to’lqinsimon o’zgarishi haqida ega qilish. 
Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish to’g’ri chiziqli, bosqichli yoki 
to’lqinsimon bo’lishi mumkin. Sport mashg’uloti uchun ko’proq to’lqinsimon dinamika 
xarakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining funktsional va 
adaptatsion imkoniyatlariga qo’yiladigan talablarning nihoyat darajada yuksak-ligidir. 


121
Sport mashg’ulotining mazkur xususiyatiga faqat keyingi o’n yilliklardagina jiddiy 
e’tibor beriladigan bo’ldi (V.M.Dyachkov, L.P.Matveev, L.Prokop, V.D.Shaposhnikov va 
boshqalar). Shunga qaramay, hozirning o’zida yuklamalarning mashg’ulot jarayoni turli 
bo’laklaridagi umumiy tendentsiyasiga xos taxminiy sxemani tasav-vur etish mumkin. 
Mazkur sxemaga muvofiq quyidagicha masshtablardagi «to’lqinlar» ajralib turadi: 
a) turli hollarda ikki kundan etti kungacha va undan ko’proq vaqtni o’z ichiga oladigan 
mikrotsikllardagi yuklamalar dinami-kasini ifodalovchi kichik «to’lqin»lar: 
b) mashg’ulot bosqichlari doirasida bir nechta kichik «to’lqin»lar (masalan, 3-6) 
yuklamasining umumiy tendentsiyasini ifoda etuvi o’rtacha «to’lqin»lar. 
v) mashg’ulot davrlaridagi o’rta «to’lqin»larning umumiy tendeniyasini xarakterlovchi 
katta «to’lqin»lar. 
Sport mashg’ulotini tashkil etish san’ati ko’p jihatdan ana shu «to’lqin»larning 
barchasini bir-biriga mutanosib qila bilishga bog’liq, ya’ni mikrotsikllardagi yuklamalar 
dinamikasi bilan u yoki bu bosqichlar va davrlar uchun xarakterli bo’lgan mashg’ulot 
jarayonining eng umumiy tendentsiyalari o’rtasidagi zarur muvofiqlikni ta’minlashdan 
iborat, 
To’lqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamika-siga ham, intensivligi 
dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinami-kasi tebranishlari bilan intensivlik tebranishlari 
parametrla-rining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos kelmaydi. O’rtacha va ayniqsa, 
katta «to’lqin»larda dastlab hajm ko’rsatkichlari (bir hafta va bir oy ichidagi mashg’ulot 
ishlarining umumiy miqdori) apogeyga etadi, keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi, 
ana shu fondda esa, intensivlikning har xil ko’rsatkichlari (mashg’ulot-larning xarakterli 
zichligi, harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat xarakteristikasi va boshqalar) eng yuqori 
qiymatga etadi. 
Kichik «to’lqin»larda odatda buning aksini ko’ramiz: dastlab tezkorlik - kuch 
xarakteridagi (ya’ni intensivrok) mashg’ulotlar, ke-yinroq esa hajmi ko’proq mashg’ulotlar 
o’tkaziladi. Bu umumiy ten-dentsiyalar mashg’ulot jarayonidagi u yoki bu mashqlarning 
o’rni va roliga qarab turlicha namoyon bo’ladi. 
Sport mashg’ulotidagi yuklamaning to’lqinsimon o’zgarishi-ning sabablari ilgari 
jismoniy tarbiyaning umumiy printsip-larining bayon etilishi munosabati bilan qisman 
tushuntirib o’tilgan edi. Bunda kichik «
to’lqin
» lar avvalo charchash va kuch-quvvatni 
tiklash jarayonlarining o’zaro aloqasi natijasida paydo bo’lishini hisobga olish kerak. Bu 
jarayonlar sportchi organizmida mashg’ulot ta’siri ostida hosil bo’ladi va mikrotsikllarda 
yuklama hamda dam olishni almashtirib turish, shuningdek, yuklama miqdori va xarakterini 
o’zgartira borish zaruratini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy 
rejimi, fiziologik jarayonlarning tabiiy ritmi tufayli organizm funktsional holati vaqti-vaqti 
bilan o’zgarib turishi ham muhim rol o’ynaydi. 
Katta va kichik «to’lqin» lar avvalo kechikib sodir bo’ladigan transformatsiya 
qonuniyatlari tufayli paydo bo’ladi. Organizmdagi turli organlar va sistemalarning 
moslashuv o’zgarishlari mashg’ulot yuklamalari dinamikasidan orqada qolib ketayotgandek 
yuz beradi. Shuning uchun organizm funktsional imkoniyatlarini mutanosib orttirish 


122
maqsidada yuklamalarni sistematik o’zgartirib turish zarur bo’lib qoladi. Kechikib sodir 
bo’ladigan transformatsiyani, jumladan, yuklamaning oylik hajmlari dinamikasi bilan sport 
natijalari dinamikasini solishtirib, rasmda keltirilgandek tashqi ko’rinishda kuzatish 
mumkin. Natijalarning eng ko’p yuksala borishi yuklama hajmining eng ko’paygan davriga 
mos kelmaydi - qilingan ish hajmi sport natijalarini yuksaltirishga o’tishga qadar anchagina 
vaqt o’tishi talab etiladi. Shu misolning o’zida yuklamalar intensivligining dinamikasi sport 
natijalari dinamikasi bilan ko’proq bevosita aloqador ekani ham ko’rinib turibdi: natijaning 
o’zgarishi deyarli shu zahoti intensivlikning xuddi shu yo’nalishda o’zgarishini aks ettiradi. 
Biroq bundan yuklama hajmi kamroq rol o’ynaydi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Sport 
natijasi pirovardida hajmga ham, intensivlikka ham birdek, lekin turlicha nisbatda 
bog’liqdir. Yuklamalar hajmining o’sib borishi keyingi yutuqlar uchun poydevor yaratishda 
ko’proq rol o’ynaydi, intensivlikning o’sib borishi esa, o’zlashtirilgan hajm-lar bazasida 
spot yutuqlarini amalga oshirish ishida etakchi rol o’ynaydi. 
Mashg’ulot yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi ular hajmi bilan intensivligi 
o’rtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi. Bunday dinamika hajmi 
«to’lqini» apogeyi bilan intensivlik «to’lqini» apogeyini vaqt jihatidan bir-biridan ajratib, 
yuklama barcha predmetlarining qiymati eng katta bo’lishiga erishish imkonini beradi. Shu 
bilan birga bunday dinamika mashg’ulot talablarini haddan tashqari jamlab yuborishga 
monelik qiladi, chunki yuklamani nisbatan kamaytirib turishni sistematik o’z ichiga oladi va 
shu bilan ish qobiliyatini to’liq tiklab olish uchun hamda mashq ko’rganlik to’xtovsiz o’sa 
borishi uchun zarur shart-sharoitni ta’min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish