Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 5A112001- “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Axmadova Charos Baxtiyar kizining “15-16 yoshli o’quvchi yoshlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishiga
TAQRIZ
Mustaqil O’zbekistonimizda sog’lom avllodni tarbiyalash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali olib borilishida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi qonuni (05.09.2015 yil), “Talim to’g’risida”gi qonuni (29.08.1997 y), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod uchun” istiqbol dasturi (1993 y), “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi farmoni (27.10.2002 y), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari hamda sport sohasiga tegishlii qarorlar va o’tkazilayotgan tub islohatlarning o’rni muhim ahamiyatga egadir.
“Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi”magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Axmadova Charos Baxtiyar kizining “15-16 yoshli o’quvchi yoshlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini tarbiyalash metodikasi:” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi III bob, 11 ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Mazkur magistrlik dissertatsiya ishining I bobi 15-16 yoshli o’quvchi yoshlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini tarbiyalash, II bobi Ilmiy tadqiqot ishlarni tashkil qilish va o’tkazish va III bobi 15-16 yoshli maktab o’quvchi-yoshlari bilan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini natijalari kabi amaliy va nazariy ishlar olib borilgan. Ishning asosiy maqsadi maktab o’quvchi-yoshlarini harakat faolligini oshirish, jismoniy tayyorgarligini yuqori darajaga ko’tarsih tarzida ularning umumiy chidamliligini tarbiyalash metodikasini ishlab chiqish, o’quvchilarga mashg’ulotlarda harakatlanish, jismoniy tayyorgarligini va chidamliligini oshirish usullarini bajarishida umumiy va maxsus sinov nazorat mashqlarini ishlab chiqish hamda ularni o’quvchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligini oshirish jarayonidda amaliyotga joriy etish kabi topshiriqlar amalga oshirilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi ishining tayyorlanishi belgilangan talablarga mos kelishini inobatga olgan holda uni himoya qilishga tavsiya etiladi.
O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi
huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni
ilmiy metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish markazi p.f.n professor P.Xo’jayev
Do'stlaringiz bilan baham: |