. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasining asosiy vazifasi
Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasining asosiy vazifasi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarga ta'sir etadigan noqulay sharoitlarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, shugʻullanuvchilarning salomatligini saqlash, jismoniy rivojlanishini oshirib borishdan iborat. 1
Asosiy gigiyena vositalariga quyidagilar kiradi.
Jismoniy mashqlarni shakli va vositalar tartibini shart sharoitlarini yuqori darajaga koʻtarish.
Me'yorida ovqatlanish.
Jismoniy mashqlarni bajarayotgan vaqtda jismoniy yuklamalarni yoqimli darajada me'yorlash.
Chiniqish.
Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi tarixi 100 yillarni oʻz ichiga oladi. Qadimgi dunyo tarixidan bilamizki jismoniy tarbiyani sogʻlomlashtirish vositasi sifatida tushuntirishga harakat qilganlar. Bu maqsadlarda jismoniy tarbiya bilan bir qatorda umumiy salomatlikni saqlash vositalari qoʻllanilgan (hammom, massaj, chiniqish va b.).
XVII asrlarda K. Slavinetskiy va Y. Komenskiy asarlarida jismoniy tarbiya va gigiyena oʻzaro bogʻliqligi koʻrsatib oʻtilgan. Jismoniy tarbiya asosiy tarbiya tizimi sifatida salomatlikni mustahkamlaydigan, sportchilarning jismoniy malakalarini oshiradigan asosiy vosita sifatida alohida ahamiyatga ega boʻlgan. Bu tizim birinchi boʻlib XVII-XIX asrlarda Rossiya federatsiyasida ilmiy asoslandi.
Jismoniy ta'lim va tarbiya nazariyasining asoschisi Pyotr Frantsevich Lestgaft hisoblanadi. Uning ilmiy pedagogik faoliyati Peterburg tibbiyot jarrohlik akademiyasida boshlangan. U 1865 yil tibbiyot doktori, soʻngra 1898 yil jarrohlik doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. P.F. Lesgaftni eng katta ilmiy ishlariga “Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyasidan qoʻllanma”, “Bolalarni oilada tarbiyalash va uni ahamiyati”, “Anatomiyanining jismoniy tarbiyaga aloqadorligi” kabi ilmiy ishlari kiradi. P.F. Lesgaft jismoniy tarbiyani tibbiy biologik asoslarini yaratdi. Bu oʻz navbatida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatini, keyinchalik jismoniy mashqlarning fiziologiyasi va gigiyenasini asosini va rivojlanishini barqaror holatga olib keldi. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasining rivojlanishiga Rossiya federatsiyasi jismoniy tarbiya institutlarida gigiyena kafedrasining tashkil etilishi katta amaliy ahamiyatga ega boʻldi, uni A.F. Sulima-Samaylo (1919), P.F. Lesgaft nomli institutda va V.Ye. Ignatev (1920), markaziy jismoniy tarbiya institutida boshqardi hamda institutni rektori vazifasini bir vaqtda bajarib kelgan.
Koʻp yillik ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish natijasida jismoniy mashqlar va sport gigiyenasini asosiy vazifasi aniqlangan, jismoniy mashq va sport bilan shugʻullanuvchilar tanasiga tashqi muhitni ta'siri, ularni sogʻlomlashtirish, ularni sogʻligini mustahkamlovchi gigiyena chora-tadbirlar ishlab chiqish, ish qobiliyatini yuqori koʻtarish, chidamkorlikni oshirish, sportdagi koʻrsatgichlarni oʻsishini ta'minlash uchun chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Yuqoridagi koʻrsatilgan vazifalar jismoniy tarbiya va sport gigiyenasini mazmuniga aniq maqsadlarni olib keldi, bu uni oʻquv fani sifatida koʻrsatib berdi: havo muhiti gigiyenasi, suv va tuproq gigiyenasi rejalashtirish gigiyenasi, sport inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanish gigiyenasi, shaxsiy gigiyena, chiniqish, sportchilarning ovqatlanishi, mashq mashgʻulotlari gigiyenasi, ayrim sport turlarining gigiyena ta'minoti boʻlimlari aniq paydo boʻldi.
Jismoniy mashq mashgʻulotlarining shakli va mazmunidan qat'iy nazar shugʻullanuvchilarni salomatligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim, bu butun jismoniy tarbiya tizimiga sogʻlomlashtiruvchi ta'sir koʻrsatadi.
Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va sport turlaridan murabbiy gigiyenani asosiy qoidalarini bilib, jismoniy tarbiyani sogʻlomlashtiruvchi tizimini amalga oshirib borsa, F.F. Erisman ta'biri bilan aytganda “gigiyena usulida oʻylasa” jismoniy tarbiya sogʻlomlashtiruvchi omil boʻladi.
Harakat faolligini kam yoki koʻpligini, jismoniy yuklamani kam yoki koʻpligini, mashq mashgʻulotlarini noqulay sharoitini, odam tanasiga aniq koʻrsatadigan ta'sirini bilmasdan turib, kerakli natijani olish mumkin emasligini bilish lozim. Shunday qilib, jismoniy tarbiya instituti talabalari, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, murabbiylar gigiyena asoslarini bilishlari lozim, chunki bu jismoniy mashgʻulotlarni toʻgʻri tashkil etish uchun, yuklamalarni toʻgʻri taqsimlash uchun, mashq mashgʻulotlarini moddiy texnika ta'minotini toʻgʻri boshqarish uchun, sportchilarni me'yorida ovqatlantirish uchun hayotda amalda kerak boʻladi. Gigiyena qoidalarini va me'yorlarini yaxshi bilmasdan turib, jismoniy tarbiya va sportda yaxshi sharoit yaratish, shugʻullanuvchilarni salomatligini saqlash va mustahkamlash, sportda yuqori koʻrsatkichlarga erishish mumkin emas.
Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullangan vaqtda odamni tanasida sodir boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan fan boʻlib, tashqi muhit sharoitlarini odam tanasiga ta'sirini, jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini tashkil etishni, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jarayonida odamni tanasida boʻladigan oʻzgarishlarni, jismoniy yuklama kam yoki koʻpligini, ovqatlanishni, ozuqa moddalar tarkibini, jihozlanishni, sportchilarni oʻrganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |