Jismoniy tarbiya va amaliyoti fanidan 1 kurs (Sirtqi) Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun



Download 124 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi124 Kb.
#599098
Bog'liq
3 mustaqil talim BTS


Jismoniy tarbiya va amaliyoti fanidan 1 - kurs (Sirtqi)
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
3 – Mustaqil topshiriq yo‘riqnomasi
4 - 5 - 6 - Mavzularni quyidagi reja asosida o‘qib o‘rganing va volleybol sport turi bo‘yicha musobaqa papkasini tayyorlab ma’ruza matn ko‘rinishida platformaga joylang
Reja
1. Volleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilish va hakamlik qilish to‘g‘risida tushuncha
2. Volleybol sport o‘yinining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi haqida
3. Volleybol o‘yin qoidalari, hujum, himoya texnikasi va uning tasnifi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Sport o‘yinlari: darslik I. A. Tursunaliyev. -Toshkent: 2021

  2. Volleybol nazariyasi va uslubiyoti: A. A. Pulatov. Darslik T- 2020

  3. Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish: B.B.Ibragimov, M. B. Ibragimov. Darslik Buxoro-2020

1. Siz yoritishingiz kerak bo‘lgan masalalar quyidagilar: Volleybol sport turi bo‘yicha musobaqa papkasini tayyorlab quyidagi ketma – ketlikda ma’ruza matn ko‘rinishida platformaga joylang
a) Sport musobaqalari o‘tkazish va hakamlik qilish to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini to‘plash
b) Musobaqa nizomi tuzilishini O‘rganing va tuzing
c) Musobaqa talabnomasi tuzilishini O‘rganing va tuzing
d) Musobaqani (8 ta jamoa uchun) aylanma usuldan foydalagan holda o‘yinlar jadvalini tuzing
e) Qur’a tashlash, O‘yin qaydnomasi va natijalar jadvalini tuzing
g) Musobaqa hisobotini yozing.
Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda, 1,5 intervalda amaliy ish, referat ko‘rinishida yoriting, va foto jamlanma yoki taqdimot ko‘rinishida hemis platformasiga joylang.
2. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 10.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarilsa, 9-10 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 7-8 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 4, 5, 6 ball qo‘yiladi.

  4. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo‘lsa, 3, 4 ball qo‘yiladi.

  5. Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 1, 2 ball qo‘yiladi.

  6. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.

Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan topshiring.
Topshirish muddati: 29.04.2022. Soat: 23:55
Fan o‘qituvchisi Ramazonova M.S.


Kokand 2022

. Hakamlar va hakamlik qilish Har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi va bu tarkibga: birinchi hakam; ikkinchi hakam; kotib; to‘rtta (yoki ikkita) chiziq hakamlari kiradi. Birinchi hakam vakolatlari Birinchi hakam o‘yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanguniga qadar uni boshqarib boradi. U shu o‘yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‘yinchilarga rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb topsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Agar biror hakam vazifasini uddalay olmasa, birinchi hakam uning vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Birinchi hakam chiqargan qarorni muhokama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‘ra u o‘z qaroriga izoh berishi mumkin. Birinchi hakam o‘yindan oldin maydon, to‘p va boshqa uskunalar holatini nazoratdan o‘tkazadi. Jamoa sardorlari bilan qur’a tashlashni uyushtiradi. O‘yin davomida faqat birinchi hakam quyidagilar bo‘yicha qaror chiqarish 237 huquqiga ega: jamoalarni ogohlantirish; jazolash; to‘p kirituvchining xatosi; to‘p kirituvchi jamoa a’zolarining joylashishidagi xatosi bo‘yicha; to‘p bilan o‘ynash xatolari bo‘yicha; to‘r va uning ustida ro‘y beradigan xatolar bo‘yicha; orqa chiziq o‘yinchilari va «Libero»ni hujum zarbasi; «Libero»ni oldingi zonadan yuqoridan uzatilgan to‘piga hujum zarbasi qo‘llanilganda. Ikkinchi hakam vakolatlari Ikkinchi hakam birinchi hakam ro‘parasidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylashadi. U zaxiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi; tanaffus olish va o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi; o‘yin oldidan, har bir partiya oldidan o‘yinchilarning maydondagi joylashuvini nazorat qilib turadi. O‘yin vaqtida hushtak chaladi va ishora bilan quyidagilar bo‘yicha qaror qabul qiladi: o‘yinchi maydon va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda; o‘yinga kiritilayotgan to‘pni qabul qiluvchi jamoa joylashuvda xatoga yo‘l qo‘yganda; o‘zi joylashgan tomon yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketganda; orqa chiziq o‘yinchisi yoki «Libero» to‘siq qo‘yganda; o‘yinchi to‘rning pastki qismiga tegib ketganda.


Musobaqa Nizomi (O‘zbekiston Chempionati misolida) Chempionatning maqsadi va vazifalari - O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish; - voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish; - mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport razryadlarini rasmiylashtirish; - kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini tuzish
Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish