Jismoniy tarbiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/199
Sana26.09.2021
Hajmi4,31 Mb.
#186229
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   199
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Darsning  asosiy  qismi
Asosiy  qismning  vazifalari  quyidagilardan  iborat:
—  m a ’lum  dars  rejasida  ko'rsatilgan  jismoniy  mashqlarni 
bajarish  jarayonida  o'quvchilarda  bilim,  bajara  bilishlik  va  malaka 
hosil  qilish;
—  o'quvchilarni  mustaqil  jism oniy  mashqlarni  bajarishga 
o'rgatish;
—  m u r a k k a b   jis m o n iy   m a s h q la r n i  bajarish  ja r a y o n id a  
shug'ullanuvchilarning  qom atini  shakllantirish;
—  jism oniy  sifatlarni  tarbiyalash,  rivojlantirish;
—  shug'ullanuvchilarning  ruhiy  va  estetik  tarbiyalanishiga, 
irodasini  mustahkamlashiga  yordam  berish;
—  o'quvchilarning  sport  yutuqlari  darajasini  oshirish.
Bu  vazifalar  darsning  asosiy  qismida  bajariladi.  Birinchi 
navbatda,  o'qituvchi  o'quvchilarning  ijodkorligini  rivojlantirish 
u ch u n   qulay  vaziyatni  vujudga  keltirishga  intilmog'i  zarur.  U 
d o im o   tashabbuskorlikni,  faol,  o 'z a r o   o'rgatishni,  ra g 'b a t- 
lantirib  borib,  o'quvchi  yo'l  qo'ygan  xatolari  bo'yicha  hiso- 
botini  eshitib  borishi  kerak.
Asosiy  qismda  o'qituvchi  jismoniy  yuklamalarni  m e ’yoriga 
y e t k a z is h i,   m a s h q l a r n i  q a y t a la b   b a ja r is h   s o n in i  15—20 
martaga,  yangi  o'rganayotganlarini  30—40  martagacha  oshi- 
rishi  kerak.  Buning  u c h u n   imkoniyat  bo'lg an   sharoit,  moddiy 
bazadan  foydalanish  zarur.
T o z a   h avoda  darsni  o 'ta y o t g a n d a   shu n i  y o d d a  tutish 
kerakki,  sovuq  havoda  uzoq  tushuntirm ay,  qisqa  ko'rsatish, 
jadal  mashqlar  bilan  ta ’minlash  zarur.  Issiq  havoda  organizmni 
o 'ta   qizishdan  saqlab,  soyaga  o'tish,  o'quvchilar  holatiga  diqqat 
bilan  e ’tibor  berib,  jadal  mashqlarni  yengil,  oson  mashqlar 
bilan  almashtirib  borish  zarur.
Markaziy  Osiyo  respublikalarining  sharoitida  yil  davomida 
toza  havoda  dars  o'tish  mumkin.  Buning  uchu n   Davlat  ta ’lim 
standartlari  va  uning  dasturidagi  gimnastika  bo'limini  hal  etish 
u c h u n   ochiq  maydonda  gimnastik  snaryadlar  mavjud  bo'lishi 
shart.  Lekin  ob -h avo   tez  o 'zg aru v ch a n   bo'Iganligi  sababli,
104


ikkinchi  chorakning  dekabr  oyi  ham da  uchinchi  chorakning 
yanvar,  fevral  oyining  birinchi  o 'n   kunligida  b a ’zi  bir  darslarni 
(asosan,  gimnastika  b o ‘limini)  sportzalga  rejalashtirish  m a q ­
sadga  muvofiqdir.
S port  snaryadlarini  o ‘rnatish  va  ularni  yig‘ishtirib  olish 
dars  davomida  amalga  oshirilishi  kerak.  Bu  yerda  faqat  keyingi 
d arsg a  xalaq it  b e r a d ig a n   sp o rt  s n a ry a d la rin i  y ig ‘is h tirish  
m u m k in .  S p o rt  s n a ry a d la rin i  o 'r n a t i s h ,   a s b o b - a n jo m la r n i 
tayyorlash  navbatchi  va  darsdan  vaqtincha  ozod  qilinganlar 
t o m o n i d a n   b a j a r ili s h i  ta v siy a   e t ila d i .   0 ‘q i t u v c h i   s p o r t 
snaryadlarini  o ‘rnatish  va  ularni  yig‘ishtirib  olishda  musobaqa 
tashkil  etishi  m u m k in .  M a s h g ‘ulot  jo y id a  maxsus  ta x tad a 
o'quvchilar  faoliyatini  tartibga  soluvchi  o ‘quv  kartochkalarini 
q o ‘yishi  mum kin.
D arsning  asosiy  qism ida  darsga  q o ‘yilgan  vazifalarning 
soniga  qarab,  sinfdagi 
0
‘quvchilar  soni,  sharoit,  imkoniyat, 
albatta,  hisobga  olinishi  kerak.
D arsd a  h a ra k a tla r  (m o to r)  zichligini  oshirishga  d o im o  
harakat  qilish  talab  etiladi.
Darsning  asosiy  qismi  samaradorligining  asosiy  sharti  eng 
qulay,  j o ‘shqin  holatni  t a ’minlashdan  iborat.  Ijobiy  j o ‘shqinlik 
faqat  o'rgatishga  ta ’sir  etibgina  qolmasdan,  jismoniy  sifatlarni 
ham   muvaffaqiyatli  takomillashtiradi.  J o ‘shqinlikka  o ‘yinlar, 
musobaqa,  texnik  manbalarni,  ko‘rgazmali  qurollarni  qo'llash 
orqali  erishiladi.  Bu  rcjada  musiqa  juda  yaxshi  yordam  beradi. 
B o la la r   m a s h q l a r n i  b ir   m a r o m d a ,   m c ’y o rid a   b a ja ris h g a  
o ‘rganadilar.
H ar  bir  dars  o'quvchilarning  jismoniy  sifatlarini  tarbiya- 
lashga  yordam  berishi  kerak.  Ularning  rivojlanishini  o'rganish 
jarayonidan  ajratib  bo'lmaydi.  O'quvchi  u  yoki  bu  jismoniy 
m a s h q n i  o ‘z la s h tir ib   olib,  b ir   v a q tn in g   o 'z i d a   jism o n iy  
sifatlarini  ham  rivojlantirib  boradi.  A m m o  bu  jarayon  notabiiy 
bo'lmasligi  kerak.  H ar  qanday  sifatni  unga  taalluqli  bo'lm agan 
m ashqlarsiz  tarbiyalash  m u m k in   emas.  O 'qu vch ig a  doim iy 
talabni  oshirib  borish  uning  jism oniy  rivojlanishiga  yordam  
beradi.
Biroq  zaruriy  b o 'lg a n   tezlik,  k u ch,  ch id am ,  cpchillik, 
egiluvchanlik  darajasiga  ega  bo'lish  yetarli  emas.  Darsning  oxirgi 
qism ida  beriladigan  maxsus  m ashqlar  zarur.  Shu  maqsadda 
tetiklantiruvchi  mashqlar  bajarish  keng  qo'llaniladi.
Jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish  bo'yicha  ishlarni  natijaga 
erishish  zaruriyati  nuqtayi  nazaridan  qarab,  jismoniy  mashq-
105


lar  tcxnikasini  o ‘zlashtirib  olishning  sharti  sifatida  qaram oq 
zarur.  Masalan,  sakrashda  yaxshi  natijalarga  erishish  uch u n  
yiiqori  darajada  tezlik-kuch  sifati  va  egiluvchanlik  zarur.
Darsning  asosiy  qismida  q o ‘llanilgan  jism oniy  m ashqlar 
kuch  va  chidamlilik  sifatining  rivojlanishiga  ijobiy  t a ’sir  etadi, 
yakunlov  qismidagi  mashqlar  muskullarni  b o ‘shashtirishga  olib 
kelib,  o'quvchilarga  egiluvchanligini  takomillashtirish  imkonini 
be rad i.  Chidamlilik  uzoq  masofalarga  yugurishdan  foydalanilgan 
darslarda  yaxshi  rivojlanadi,  kuchni  tarbiyalash  u c h u n   eng 
yaxshi  sharoit  gim nastik  mashqlarni  q o'llanganda,  epchillik 
sport  va  harakatli  o ‘yinlar  jarayonida  vujudga  keladi.
M ash g ‘u lo tn in g   asosiy  qismi  sam arad o rlig in in g   zaruriy 
sharti  —  o ‘quvchilar  to m onidan  topshiriq  mashqlarni  t o ‘g ‘ri 
bajarilishini  o ‘qituvchi  tom onidan  diqqat  bilan  kuzatilishi  va 
ularni  baholashdan  iborat.  Darsning  harakat  zichligi  u n u m - 
dorligi  qisman  pasayib  ketishidan  q o ‘rqm asdan,  pedagoglar 
y o ‘l  q o ‘yilgan  xatolarni  o ‘z  vaqtida  t o ‘g ‘rilab,  zaairiy  tuza- 
tishlarni  kiritib  borishi  kerak.  C hunki  darsning  unumdorligi 
birdan  bir  maqsad  b o ‘lib,  yaxshi  natijalarga  olib  keladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish