Jismoniy tarbiya nazaryasi va sport turlari


Hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish



Download 103,2 Kb.
bet4/5
Sana21.05.2017
Hajmi103,2 Kb.
#9390
1   2   3   4   5

Hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish

YUqori malakali kurashchilar kurashda mustahkamlikni mohirlik bilan saqlab turadilar, shuning uchun usulni bajarish uchun kulay dinamik vaziyat paytini tutib olish qiyin. Ular yo’qotilgan muvozanatni tez tiklab oladilar va faqat ikkita holdagina: o’z hujumi boshida, ya’ni tik turish holatidan qandaydir usulni bajarishga o’tayotgan paytda hamda muvaffaqiyatsiz hujumdan so’ng, ya’ni dastlabki holatga (tik turishga) qaytayotgan paytda o’z tashabbuslari bilan nomustahkam holatga tushib qoladilar. Raqibni qulay dinamik vaziyat paytida tutib olish maqsadida o’ziga hujum qilish uchun unga imkon berish juda xatarli va maqsadga muvofiq emas. SHuningdek raqibning o’zi o’ylagan usul uchun qulay bo’lgan holatni egallashga umid qilmaslik lozim. Buning ustiga, mohir va tajribali kurashchi tomonidan xatoli harakatlarni hamda muvozanat yo’qotilishini kutish samarasizdir. Demak, yuqori malakali kurashchi tik turishda parterda kurash olib borish davomida o’zining texnik-taktik harakatlari bilan qulay dinamik vaziyat paytini tayyorlay olishi lozim.

Hozirgi zamonda kurashda oddiy hujum harakatlari (OHH) emas, balki murakkab hujum harakatlari (MHH) ko’pincha muvaffaqiyat keltiradi. Zamonaviy kurash texnikasini o’rganish shuni aniqlashga yordam berdiki, usul tuzilmasidan darhol boshlanadigan to’g’ridan-to’g’ri hujum kamdan-kam maqsadga erishadi. Odatda, qulay dinamik vaziyatni tayyorlashda va hujum usuli tuzilmalari bitta harakatga, ya’ni - “harakat ansambliga” birlashtirilgan paytda bunday hujum harakatlari muvaffaqiyat keltiradi. Murakkab hujum harakatlari (“harakat ansambllari”) hujum harakatlarining maxsus tuzilma guruhlaridan iborat. Hujum harakatlari eng oddiy tuzilma guruhlariga kiradi. Bunday harakatlarda kurashchi raqib gavdasiga kuch bilan ta’sir ko’rsatish orqali uni qulay dinamik vaziyat holatiga tushiradi hamda natijaga erishish maqsadida bitta harakat bilan undan foydalanib qoladi. Ushbu holda murakaab hujum harakati tayyorlov kuch ta’siri hamda hujum usuli tuzilmasidan tashkil topadi.

YAnada murakab tuzilma guruhlari hujum qiluvchining ma’lum bir harakatlariga javoban qulay dinamik vaziyatni yaratadigan raqib reaksiyasidan foydalanishni ko’zda tutuvchi hujum harakatlaridan tashkil topadi. Demak, kurashda usullarni, ayniqsa, murakkab hujum harakatlarini muvaffaqiyatli qo’llash uchun kurashchi qulay dinamik vaziyatlarni tayyorlash usullarini egallashi va maxsus hujum hamda “harakatlar ansamblini” yarata olishi lozim.

Bellashuv jarayonida qulay dinamik vaziyatlarni tayyorlash uchun manevrlar, aldamchi harakatlar va kombinatsiyalar qo’llaniladi.

Manevrlar - bu hujum qilish uchun qulay holatni egallash va usulni amlaga oshirishga (qulay dinamik vaziyatni yaratishga) yordam beradigan harakatni bajarishga raqibni majbur qilish maqsadida qo’llaniladigan turli xildagi harakatlanishdir. Biroq raqib qulay dinamik vaziyatni yaratmasligi ham mumkin. Bunday hollarda uni aldamchi xarakatlar bilan tayyorlash mumkin.



Aldamchi harakatlar, hujum harakatlariga o’xshash bo’lib, raqibni himoyalanishga va aldamchi harakat yo’nalishiga qarab mustahkamlik burchagini oshirish maqsadida o’z gavda holatini o’zgartirishga majbur qilish lozim. Agar aldamchi harakatni bajarishda raqibning, himoyalanib, egallashi mumkin bo’lgan holatiga eng munosib bo’lgan usulni bajarish oson bo’lishi uchun bir vaqtning o’zida o’z gavdasi holatini tayyorlasa va ushbu usulni darhol amalga oshirsa, bunday harakatlar birikmasi kombinatsiya deb ataladi. Kombinatsiyalar ko’pincha ikkita ketma-ket bajariladigan usullardan tashkil topadi, ulardan birinchisi aldamchi, ikkinchisi haqiqiysi (yakunlovchi ) bo’ladi.

YUqori malakali kurashchilar ma’lum bir tuzilmadan iborat kombinatsiyalarni - murakkab hujum harakatlarini qo’llaydilar. Birinchi (aldamchi) harakat shu qadar aniq hujum qilish xavfi bo’lib ko’rinadiki, deyarli har doim raqibning ma’lum bir himoyalanish reaksiyasini keltirib chiqaradi, hujum qiluvchi bunday reaksiyadan foydalanadi.

Usullar kombinatsiyalariga asoslangan tuzilma guruhlaridan tashqari, taktik tayyorgarlikning bitta yoki bir nechta usullari bilan asosiy usulning boshqa murakkab xujum harakatlarini ham qo’llash mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki, tayyorlov harakatlari (aldamchi usullar va boshq.) MHH lar samaradorligida katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich harakatlar va hujum harakatining asosiy tuzilmasi turlicha uyg’unlashganda harakat malakasining butunlay yangi tuzilmasi harakat ansambli yaratiladi. Bunda eskisi ancha o’zgaradi. Bunday texnik-taktik harakatning asosiy qiyinchiligi dastlabki harakatdan asosiysiga o’tish joyida harakatlar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatishdan va kuch berish yo’nalishi hamda hajmiga ko’ra harakatlarni unisidan bunisiga o’tkazishni bilishdan iborat. SHuning uchun harakat yo’nalishini tez o’zgartirish malakasi, uning qat’iy izchilligi, uzluksizligi hamda aynan harakatning bir turidan ikkinchisiga o’tish paytida kuchning shunga qaratilishga e’tibor berish lozim.

Tadqiqotlar natijalari shunga asos bo’la oladiki, MHH ni muvaffaqiyatli bajarishning nazariy asosi shundan iboratki, raqib hujum qiluvchi tomonidan rejalashtirilgan kuch berish yo’nalishini o’zgartirgan holda bajariladigan bitta murakkab harakatiga ikki marta reaksiya bilan javob qaytarishga majbur bo’ladi. SHu orqali javob reaksiyasi vaqti bo’yicha unga yutqazib quyadi. Avval MHH ning boshlang’ich harakatiga birinchi, yashirin reaksiya davri, so’nga motor reaksiya davri va uning to’xtashi, ikkinchi, latent, MHH ga kuch berishning yangi yo’nalishini bilib olish davri, va, nihoyat, MHH ning yakunlovchi harakatiga reaksiya qilishning ikkinchi motor davri keladi.

SHunday qilib MHH ning ikkinchi harakati yoki hujum qiluvchi harakatining birinchi qismiga raqib reaksiyasining motor qismi bilan (yo’nalishga ko’ra xujumning ikkinchi qismiga mos keladigan) yoki MHH ning ikkinchi qismiga latent reaksiya davri bilan ( hal qiluvchi harakat uchun qulay bo’lgan hujum qilingan kurashchining gavda holati) mos keladi.


II-BOB. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari va usullari

Maqsad-abadiy manbalardan ma’lumotlami, sportchini ma’naviy-irodaviy, hamda fiziologik tomonidan tayyorlash uchun vositalar va ma’lumotlami yig’ish. Ilmiy qo’llanma ishini o’tkazish, bu ma’lumotlami tozalash, hamma narsani tasvirlab mantiqiy xulosaga kelish.

Vazifalar-umumahloqiy qiziqishlami tarbiyalashni yuzaga chiqarish: sportchini maksimal darajada o’z erkinligini takomillashtirishga o’rganish.

Tadqiqot-usullari-pedagogik kuzatuv, anketalash ishi va suShbat ishini o’tkazish. sportchi va Murabbiylar orasi 20 ta so’rov anketa ishlarini o’tkazish. anketaga ma’naviy-irodaviy va psixologik faoliyatga xos bo’lgan 9 ta savolni kiritish.

Mening ishimni maqsadi-adabiyot manbaalaridan ma’lumotlami yig’ish va o’rganish, ma’naviy-irodaviy va psixologik tomondan tayyorgarlikning usullari va vositalarini o’rganish.

Ilmiy ish (so’rov anketa ish)ni o’tkazish, bu ma’lumotlarni tozalaSh, hamma ma’lumotlami tasvirlash va mantiqiy xulosaga kelish. Sportchilarda sport mashg’ulotlariga bo’lgan to’g’ri qiziqishni ishlab chiqish, ulami mashg’ulotlarga ijodiy tomondan yondoShtirish. Asosiy jamoat qiziqishlami, intellektual, normal va estetik sezgili qiziqishlami uyg’otishga yordam beradi. Sportchida yuqori darajada o’z erkinligini takomillashtirishga o’rgatadi.

Uslubiy kuzatishlar (so’rov anketa ishi, pedagogik kuzatuv). O’z ishimda men quyidagi tekshirish usullarini qo’lladim: pedagogik kuzatuv usuli, suhbatlashish va so’rov anketa ishlari malakali va yuqori ko’p yillik stajga ega bo’lgan Murabbiylar bilan o’tkazilgan. Bu Murabbiylar ko’plab yuqori sinfli sportchilarni tarbiyalagan. Shuningdek pedagogik kuzatuvlar, suShbatlar va so’rov anketa ishlari endi o’z faoliyatiga ega bo’lgan mutaxassislar bilan o’tkazilgan.

Kuzatuvlarga O’zbekiston Respublikasining yetuk sportchilari, hamda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti sportchilari jalb etilgan Pedagogik kuzatuvlar sport maktablarida, yuqori sport moshirligiga ega bo’lgan maktablarda va boshqa turli-tuman kurash seksiyalarida o’tkazilgan. Mashg’ulotlar davomiyligini, sportchining ma’naviy-irodaviy, hamda fiziologik sifatlarini tarbiyalaSh usullari va vositalarini qanday qo’llanilayotganini e’tibor bilan kuzatish. O’zim tomondan dzyu-do kurashi bo’yicha jamoalarning qilayotgan ishlari pedagogik kuzatuvdan o’tkazildi.



III.BOB. Kurashchi organizmining chigil yechish, kurashish va trenirovka jarayondagi yuklanishlardan keyingi dinamik ta’sirini o’rganish
Sport yuklamasini oshirish, ya’ni tayyorgarlik uslubiyotlarini qo’llash trenirovka jarayonini intenfikatsiyasiga olib keladi. Bu kurashchining organizmiga katta e’tibor qo’yadi. Organizmning har xil funksiyalarini keyingi trenirovka mashg’ulotlariga to’la qayta tiklanmasligi ko’p uchramoqda. Shuning uchun funksional tibbiy-biologik uslubiyotlar va musobaqalardagi organizmning aosiy funksiyalari reaksiyasining ochishga yordam beradi.

Har xil malakali sportchilaming AVN va AVRlarning o’zgarishi.

Bunday uslubiyotlar ichida tizimning funksional holatiga ob’ektiv baho berish oxirigi o’rinda turmaydi. Chunki uning holati sport bellaShuvlarining natijasiga ta’sir qilishi mumkin.

Oxirgi yillarda sport amaliyoti elektroillografiya uslubiyoti keng tarqalgan. Bu mashqlar paytida paydo bo’ladigan elektr xodisalarni ruyxatga oluvchi uslubiyotlardir

Kurashchini asab-mushak tizimi holatini funksional nazorat vositasi sifatida taranglashish va bo’shash latent vaqtni aniqlovchi elektromiografik uslubiyoti qo’llaniladi.

Ushbu uslubiyot bilan bajarilgach ishlanizlar bir nechta muhim omillami aniqlashga yordam beradi. Bular qator amaliy maslashatlarga asos bo’lib xizmat qiladi

Sport ustaligi o’sishi bilan AVN va AVR ko’rsatkichlari qisqarib boradi. Yana Shu narsa ta’kidlanadiki, trenirovka paytida charchaSh AVN va AVR davomiyligini oshiradi, eng katta o’zgarishlarga mushaklar susayishi vaqti duchor bo’ladi.

Shunday qilib har xil trenirovka vositalaridan oldin va keyin yozib olingan AVN va AVR ko’rsatkichlari sportchining asab-mushak tizimining funksional holatini nazorat qiladi.

Biroq keyingi kuzatishlar ko’rsatishicha, asab-mushak tizimi fimksional holati to’la ma’lumot va uning ishchanligi to’g’risida ma’lumotni faqat AVN va AVRning absolyut qiymati bilan emas, balki ulaming nisbati bilan Ham aniqlash mumkin:

AVN q «K» (sportchini mehnat qobiliyati koeef.)

LVR

Latent davrining absolyut qiymatining nisbiy tinchlik Holati sportchi asab- mushak tizimining funksional tayyorgarlik darajasi haqida ma’lumot beradi. «K» ko’rsatkichi trenirovkaning ma’lum etapida sporchini mexnat kobilyatini va charchaganligini baxolaShda yordam beradi.



Eksperiment ma’lumotlarini bayon qilishdan oldin bu ko’rsatkichlaming xar xil razryadli sporchilardagi kattaligi bilan tanishib chiqish kerak. Buning uchun barcha razryaddagi sporchilar uchun «K» ni aniklaymiz. Ilmiy va sport metodik adabiyotlaridan ma’lum bo’lishicha, sport maxorati o’tgan sari sportchini mehnat qobiliyati ham oshadi. «K»ning ijobiy korreksiyami va sport maxorati, kurashchini trenirovka haroitida va musobaqalardagi holatini funksional nazorat qilish uchun LVR ko’rsatkichini qo’llashga huquq beradi. LVR, AVN va «K»ni metodik usul bilan elektromiografik aniqlash trenirovka yig’indilarida va musobaqalarida sportchini asab-mushak tizimini har xil mushak bo’lgan ta’sirini aniqlash maqsadida qo’llaniladi Izlanishni birinchi etapida harakat imkoniyatlarini aniqlovchi koeffitsiyentini trenirovka va musobaqa yuklamalariga bog’liqligini aniqlash. «K»ning o’zgarish sportchining malakasiga bog’liq. Shu maqsadda quyidagilar o’rganiladi:

1. Bitta mashg’ulotlarulot davomida «K»ning dinamikasi.

2. O’quv-trenirovka yig’inlari jarayonida «K»ning dinamikasi.

3. Uch kunlik musobaqalar paytida «K»ning dinamikasi

Izlanishlar har xil malakali kurashchilarda o’tkaziladi. O’quv trenirovka mashg’ulotlarulotlari paytida nazorat ostida to’rtta har xil malakali kurashchilar bo’ladi. Kuzatuvchilarimiz natijalari jadvalga kiritilgan

O’quv-trenirovka mashg’ulotlarining o’tkazish davomidagi «K»ning dinamikasi grafikda ko’rsatilgan.


TRENIROVKA MASH/ULOTLARI DAVOMIDA «K»NING DINAMIK

KO’RSATKICHLARI




F.I.SH.

Razryad

Mashg’ulotdan oldin

Chigil yechish

dan keyin

Yo’qotish da

Tik

turishda

Kurashdan

keyin

20 min dam olgandan keyin

1

To’qsanov E

1

0,91

1,10

0,82

0,92

0,49

0,61

2

Narzullayev F

2

0,70

1,06

0,87

1,16

0,43

0,92

3

Kariyev Sh

2

0,65

0,94

1,0

0,65

0,58

0,61

4

Sodiqov S

Yangi

0,92

0,82

0,88

0,74

0,63

0,71

«K» kattaligining o’rta arifmetik o’zgarishi va og’ish chegarasi

Grafikda ko’rinishicha o’quv-trenirovka mashg’ulotlarulotlari o’z ichiga kurash darslarining tipik komponentlarini olgan Chigil yechishdan keyin «K»ning oshishi kuzatiladi, raqibdagi texnik harakatlami va stoykasini va takrorlash uning pasayishiga va stabillashishiga olib keladi.

O’rtacha tempda va kichik tezlanishda o’tkazilgan trenirovka kurashi «K»ni keskin pasayishiga olib keladi. 20 minutlik darn olishdan keyin «K» ko’rsatkichi ancha ko’tariladi, ammo oldingi holatga qaytmaydi.

Kurashchilami yevropa birinchiligi tayyorlaganda trenirovka yuklamalarini «K» ga ta’sir qilishi masalasini o’rganib chiqdik. TekShirishni 40 ta kurashchida o’tkazdik. Doimiy nazorat ostida 18 kurashchi bo’ldi. Kuzatuvlar chigil yechishda va trenirovkadan keyin o’tkazildi.

Ishning eng yuqori etapida, o’quv trenirovka kurashchilarining reaksiyasi o’rganilganda «K»ning trenirovkadan keyin bir muncha pasayishi trenirovka yuklamasi katta bo’lgan kunlari kuzatildi.

Ba’zi bir kurashchilarda bitta mashg’uJotdan ikiknchi mashg’ulotgaach bo’lgan vaqtda «K» ning ko’tarilishi kuzatilgan, ammo trenirovka yig’ilishlarida esa pasaygan.

Ishning uchinchi etapida «Zenit» jamiyatning birinchiligida qatnashganlami o’rganish ko’zda tutildi. Nazorat ostida har xil malakali 14 ta kurashchi bo’ldi

Musobaqalaming birinchi kuni, ko’pchilik, sportchilaming «K» ko’rsatkichi birdan katta bo’lgan. Barcha qatnashuvchilar bittadan uchrashuv o’tkazishdi.

Yuklanish katta bo’lmasligiga qaramasdan «K» ko’rsatkichi ertasi kuni birorta kurashchida Ham dastlabki Holiga qaytmadi. To’g’ri, sport masterlarida va birinchi razryadlarda «K» ko’rsatkichi birdan katta edi, ammo qolganlarda keskin pasayib ketdi.

Musobaqalaming ikkinchi kuni ikkitadan uchraShuv bo’ldi. Kurashdan kurashga o’tkuncha «K» pasayib bordi. Ammo musobaqalaming uchinchi kuniga kelib ba’zi yuqori razryadli sportchilarda «K» ko’rsatkichi bo’lgan umumqonuniy ta’siri aniqlandi. Agar chigil yechish toliqtirmaydigan bo’lsa, u «K» ning oshishiga yordam beradi. Ba’zi holatlarda past malakali kurashchilarda chigil yechishdan keyin «K» bittadan katta bo’ladi. Biz agar toliqtirmaydigan bo’lsa deb bekorga aytmadik. Tayyorgalik ko’rgan sportchilar uchun chigil yechish oson bo’lsa, formadan chiqqan, mashg’ulotlarga yaxShi qatnamayotgan sportchilarda «K»ni keskin pasaytiradi Chigil yechish kam bo’lsa «K» ko’rsatkichi past bo’ladi. Bunday paytlarda trenirovkalar va musobaqalardagi kurash chigil yechishni davomi bo’ladi va kurashni oxirida «K» ning qiymati oShadi. Savollarimizga javob berganda sportchilar kurashni davom ettirishni Shoxlashlarini, ular charchamaganliklarini aytishdi.

Ammo kurashchi ular yuqori darajada o’tkazishmadi, chunki ulaming ko’p vaqti usullami qayta-qayta takrorlashga ketadi.

«K» ko’rsatkichining ob’ektiv ma’lumotlar va pedagogik kuzatuvlar bilan taqqoslaShganimizda «K» ko’rsatkichi yuklamaning darajasini ko’rsatishini bildi.

Kurashchilarda o’z texnik maxoratlarini takomillashtirishga qaratilgan o’quv- trenirovka mashg’ulotlaridan keyin «K» ko’rsatkich uncha pasaymaydi, ba’zi Hollarda trenirovka oxirida ko’tarilishi mumkin.

Trenirovka mashg’ulotlarida kurashchi qanchalik kurashishni faol o’tkazsa uning «K» ko’rsatkichi shunchalik tez tuShib ketadi.

Kuzatishlarimiz to’g’riligi «K» ko’rsatkichini ob’ektivligi bilan tasdiqlanadi. Masalan, Borsukovni «K»si kurashdan oldin 1.25 ga, kurashdan keyin 0,85 ga teng. Kuzmenkoda «K» ko’rsatkichi kurashdan oldin l,07ga, kurashdan keyin 0,93ga teng bo’ladi. Barsukovni kurashdagi aktivligi uning «K» ko’rsatkichini pasayishiga olib keladi.

Barcha trenirovkalar paytida «K» ni dinamikasi kuzatish juda qiziqarli bo’ladi. Boshidan ma’lum bo’ldiki, ba’zi kurashchilar yig’ilishiga u yoki ba’zi bir sababdan

tayyorlangancha kelishgan. Buni «K» ko’rsatkichini pasligi, yillik analiz natijalari va tibbiy nazoratdan ma’lum bo’ladi.

Bunday sportchilaming yuklamasi chegaralanib qo’yildi va ular holati yaxshilandi. Masalan, V. Sauninga 14 iyunda chigil yechishdan keyin «K» 0,9 ga teng bo’ladi. 16 iyunda 0,59 gacha pasaydi. Kelgusida yuklama qaytarilmadi va «K» ning qiymati ko’tarila boshladi. 19 iyunda chigil yechishdan keyin 0,71, 20

iyunda 0,80, 22 iyunda 1,10, 23 iyunda kechqurun chigil yechishdan keyin 1,07 ga teng bo’ladi.

Shunday qilib asosiy trenirovka yuklamalarigacha V. Saunining asab-mushak tizimi Holatini yaxShiladi. Bunda Murabbiy va olimlarning Hamkorligi katta rol o’ynadi.

Kurashchilami tayyorgarlik paytida bizning fikrimizcha, qiziqarli bo’lgan omil ta’kidlandi. Murabbiylar amaliyotida katta trenirovka yuklamasi sifatida kuniga ikkita kurash tuShishini qo’llaShdi. Tayyorgarlik oshirish uchun bu metodik jihatdan ‘ oqlangan vositadir va 2-3 kundan keyin organizmning barcha funksiyalari yaxshilaydi. Kurashchilami «K» ko’rsatkichi ikkita kurashli ikki kundan keyin ancha o’sadi. Ammo yuqori yuklanishlarga o’rganmagan kurashchilarda «K» ko’rsatkichi o’zgarmaydi.

Kurashchilami tayyorlashda raqibini tez-tez almashtirib masofali trenirovka ham qo’llaniladi.

Olingan ma’lumotlar chuqur o’rganishni talab qiladi. Ammo bitta mashg’ulotlarulot davomida «K» ko’rsatkichini grafikda tasfirlangan bo’yicha tuShunishga harakat qilib ko’ramiz. Bu yerda chigil yechish «K» ko’rsatkichiga . yaxShi ta’sir qilishi ko’rinib turibdi.

Yo’qotishda texnikani takomillashtirish «K»ni pasayishiga olib keladi.

Stoyka texnikasi takomillashishi natijasida «K» ko’rsatkichini stabilaShishi usullarini navbat bilan bajarilishi yordamida tushuntiriladi. Natijada asab mushak tizimining funksiyalari tiklanishi mumkin bo’ladi.

llgari ta’kidlagandek, kurashda past temp va intensivlikda o’tkazilgan, shunga qaramasdan «K» keskin pasayib borgan. Biz buni astaqsekin o’sib boruvchi charchash biian tushuntiramiz.

«K» dinamikasidagi ilgari ta’kidlagan haqqoniyligi kurashni intensivligi va raqibning kuchi bilan bog’liq holda yuzaga chiqdi.

O’tkazilgan izlanishlar quyidagi xulosalar chiqarishga yordam beradi:

Harakat imkoniyatlarining katttalik koeffitsenti «K» sportchi asab-mushak tizimining holatiga baho berish bilan qabul qilinadi.

«K» kattaligining o’zgarishi sportchini charchaSh darajasining ob’ektiv ko’rsatkichidir.

«K» kattaligi qayta tiklanish darajasi ko’rsatkichidir.

Yuklamaning «K» kattaligiga ta’sir qilishi shu yuklamaning intensivligini xarakterlaydi.


IVBOB . Tadqiqot natijalari

O’tkazilgan tekshiruvlar natijasida men tomondan quyidagi ma’lumotlar olindi va ulami analiz qilindi.

Hamma so’roqqa tutilgan Murabbiylar va sportchilaming ma’naviy-irodaviy, hamda fiziologik tayyorgarlik haqidagi fikrlari kelib shunga taqaladiki, tarbiyalash ishining asosiy asosiy Shakli treneming har kungi ta’siri natijasidadir degan xulosaga kelindi. Asosiy tarbiyalash rolini bu yerda mashg’ulotning qiziqarli o’tishi, uning to’g’ri tashkil etilganligi, talabalarga qat’iy rioya qilinishi, o’zini namuna qilish uynaydi.

O’quv-tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyatiga asosiy erishish usuli bo’lib Murabbiy va o’quvchi o’rtasidagi munosabat hisoblanadi.

Murabbiy o’zining o’quvchisini shatti-harakati va o’zini qanday tutishini nafaqat sportda, balki butun uning hayotiy faoliyatida bilishi kerak. Biroq, men tekShiruvlar natijasida Shunday xulosaga keldim: suShbatlaShish vaqtida hamma Murabbiylar o’z ishlarimizni bilib qilamiz, talablarga javob beramiz degani bilan, Shulaming ichidan ko’plari amaliyotda o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalami bajarmaydigan bo’Iib chiqdilar.

Men tomondan o’tkazilgan kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, ma’naviy-irodaviy va psixologik tayyorgarlikning vositalari, Hamda usullari ko’pgina Murabbiylarda bir xil aspektga ega ekan.

Hamma usullar va vositalar avlodlar orqali yoshlarga o’tadi. Shuningdek Murabbiyga boshqa bir Murabbiydan o’tadi. Analizlar shuni ko’rsatadiki, ma’naviy tayyorgarlik uchun asosan quyidagi vositalar va usullar qo’llanilar ekan.

So’zlash shakillari (uqtirish, gaplashish, suShbatlashish, tortishish). Murabbiy jamoada, sportda, madaniy va siyosiy hayotda, jamoatda bo’ladigan hamma ishlarga hamdardlik bildirsh kerak.

Tarbiyalash ta’sirining yaxshi shakli bo’lib jamoa shayotida turli xodisalardagi treneming hulq-atvori hisoblanadi.

Asosiy shakl: turli madaniy chora-tadbirlar, kino, teatr, tog’qa sayoshatlarga birgalikda tashrif buyurish.

Katta tarbiyaviy imkoniyatlarga kurashchining tomoshabinlar oldida tomosha ko’rsatish ham kiradi. Turli musobaqalarda aniq bir vaziyatlar sportchilarga o’zining hulq-atvori hissini tarbiyalashga imkoniyat beradi, tarbilash ishida qo’llaniladigan usullar, ko’p jihatdan o’qituvchining usullariga o’xshab ketadi, ko’p darajada bu aql- idrokga (uqtirish, gaplashish, misol, namuna), erkinlikka (qiyinchilikni bosib o’tish), hissiyotiga (qo’llab-quvvatlaSh va rag’batlantirish) qarata yo’naltirilgan. Asosiy shakllardan biri Murabbiyni o’zini namuna qilish hisoblanadi. Bu juda asosiy usul bo’lib, tajribaliroq, kattaroq va kuchliroq kurashganda taqlid qilishni chaqirishga qarata yo’naltirilgan.

Yosh sportchilar o’zlari uchun ko’pincha idealni qidirishadi. Ular taqlid qilib, tenglashishga harakatqilishadi.

«Trenr o’zining o’quvchilariga ortiqcha gap-so’zsiz ta’sir etish, aniq vaziyatga mos keladigan namunalarni misol qila olishi kerak».

Qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish usuli Murabbiyni har bir sportchini qilgan usuliga qarab baho berishini o’z ichiga oladi. Kerakli daqiqalarda kurashchini qo’llab-quvvatlashsa,unda o’ziga bo’lgan ishonch oshadi, yanada kuchliroq bo’lishga harakat qilib, yangi muvoffaqiyatlarga yaratishga intiladi.

Rag’batlantirish-aksincha, kurashchining qilgan harakatlariga berilgan salbiy bahodir. Rag’batlantirish lozim bo’lgan narsa bo’lib, keyinchalik sportchining ixtisoslaShishiga tormozlovchi ta’sir ko’rsatmasligi kerak.

Murabbiy bilan bo’lgan suhbatning analizi shuni ko’rsatadiki, rag’batlantirish tarbiyaviy samaradorlikka ega bo’lishi uchun quyidagi prinsplarga rioya qilish kerak:



  1. jamoaning fikriga qo’shilish;

b) haqqoniy bo’lish;

v) individual ravishda rag’batlantirish;

g) sportchining or-nomusiga tegmaslik va tekkazadigan gaplar gapirmaslik;

d) sportchining o’zinidalil holatiga qaytishi uchun rag’batlantirishni to’xtatib yaxshi haroitlarni yaratish.

Ma’naviy tayyorgarlikning asosiy vazifasi bo’lib sportchini o’z erkinligini takomillashtirishga o’rgatish, erkinlik sifatlarini yuzaga chiqarish kiradi. Bu sportchiga musobaqalar va mashqlarda qo’yilgan maqsadga erishishga yordam beradi. Buning uchun kurashchining o’zi musobaqalarda ko’p harakat qilishga intilish kerak. bunda asta-sekinlik bilan kurashchining erkinlik sifatlari takomillashtirib boradi. Bunday intilish shunday holatlarda yuzaga kelishi mumkinki, agar birinchidan kurashchi o’zining jismoniy va ma’naviy sifatlariga bo’lgan talablami to’g’rilikcha tuShuntirib, ularga rioya qilsa, ikkinchidan kurashchiga mashg’ulotlar, mashqlar va turli musobaqalarga nisbatan faol qiziqish va maxsus turg’unlik ishlab chiqilgan bo’lsa.

Kurashchilarda ma’naviy sifatlami tarbiyalash qo’llanmasi qiyinchilik darajasini asta-sekinlik bilan oshib borish va mashg’ulotlar haroitlarini musobaqalar haroitlari bilan almashishini va kurashlar vaqtida yengishi kerak.

Murabbiy turli usullarni qo’llagan holda kurashchining kuchlanishni stimullashni va yosh bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni yengishi kerak. u sportchiga quyidagilami uqtirishi kerak: mashg’ulot va musobaqalarga yaxshi ko’z bilan qaraShni, ulami yaxshi ko’rishni, mashg’ulotlarulot va musobaqalarga nisbatan aloshida javobgarlikni ishlab chiqishni, tayyorgarlikning turli bosqichlaridagi masalalami yechishni, kurashchining harakatlari taqdirlanishi va texnik oldinga surilishlar qo’llab-quvvatlashni kerakligini, jismoniy tayyorgarlikni kurashchida g’ururlik hissisini uyg’otishni, turli qiyin mashqlami osonlik bilan bajarishni, o’quvchining qilgan xatosi uchun uni ob’ektiv rag’batlantirish va oxirida musobaqa va mashg’ulotlarda qiyinchilikni yengishdan bosh tortmaslik kerakligini. Misol:

bunda mashg’ulotlarga qo’yilmaydi, musobaqalarda qatnashmaydi, o’quv kurashlari bilan chegaralanadi va boshqalar.

Mashg’ulotlaming qo’llanmasini turli usullarda qo’llash mumkin. bu mashg’ulot jarayoni davomida erkinlikni tarbiyalashga yordam beradi.

Masalan:


  1. Kam ahamiyatli qiyinchiliklardan boshlab, ularning intensivligini asta- sekinlik bilan oshirish (mashqlarning murakkablik koordinatsiyasi, kurashlarning miqdori, raqiblaming tayyorgarligi va kuchi).

  2. Musobaqalashish prinsipini qo’llagan holda kurashchilarda qo’yilgan vazifani bajarishga bo’lgan intilishni chaqarish (to’p otishlarni bajarganda yuqori keskinlikka erishi, yuqori tempdagi bir nechta kurashlami o’tkazish va boshqalar).

  3. Og’ir vazifalami bajarishda sportchini o’ziga bo’lgan ishonchini oshirish va bu ish murakkab emasligini eslatib o’tish.

  4. Kurashchilarda tezkor va chaqqon bo’lgan erkinlik tirishqoqligini, umumrivojlantiruvchi va maxsus mashqlarda intensiv kuchlanishni yuzaga keltirish (snaryadli mashqlar va o’quv vaqtidagi kurashlarda taklif etish).

  5. Sportchilardan e’tibor bilan vazifalami bajarishni talab etish, atrof-muxitga alaShsimagan holda (u doimo o’zini t.uta bilishi kerak).

  6. Shug’ullanuvchilarda davomiy kuchlanish xususiyatlarini ishlab chiqish. Bunda erkinlik kuchlanishni xos bo’lgan yuklamalarga chidamlilk aniqlanadi.

Murabbiy erkinlik kuchlanishini stmullash uchun mashg’ulot vaqtida psixologik ta’siriga oid bir qator usullardan foydalanadi. Masalan: taqdirlaSh va qo’llab- quvvatlash, yaxshilik bilan jazolash va boshqalar.

Chidamlilikni rivojlantirganda: snaryadlarga, ayniqsa, kurash vaqtida ma’lum darajada taranglaShuvi. Shuning uchun jasurlik, jur’atlilik, fikrlash, maqsadga intilish va bular kabi erkinlik xususiyatlarini tarbiyalaSh kurashchining shayotida asosiy roli o’ynaydi.

Erkinlikni tarbiyalash uchun mashg’ulotning butun jarayoni davomida sportchi o’z oldiga ma’lum bir maqsadni qo’yadi. Bu maqsad kurashchining fikrlash faoliyati, so’zida turishi, tirishqoqlik kabi xususityalarning asosiy manbai hisoblanadi.

Erkinlik sifatlarini tarbiyalashda o’quv-mashg’ulot vazifalari qiyinlashadi. Masalan: kuchlanishli va sakrovchi akrobatika mashqlarini bajarish jasurlikni va uddaburonlikni talab etadi.

Bu qo’llanma usulini endi boshlayotgan sportchilar bilan asta-sekin bo’lib qo’llash kerak. bunda sportchining jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi.

Shu bilan birgalikda uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, sportchining yuklamani ko’tara olishi darajasiga e’tibor beriladi.

Erkinlik sifatlarini shakllantirishda o’z-o’zini tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Har bir odamga biror bir narsa bilan qiziqish unga xos bo’lgan xususiyatdir. Sport bilan Shug’ullanish ko’pgina boshqa qiziqishlardan bosh tortgan holda o’zini chegaralab turishni talab etadi. Masalan: qattiq sport rejimi ma’lum bir kun tartibiga, o’z vaqtida uyg’onishni va o’z vaqtida uyquga ketishni o’z ichiga oladi.

Erkinlikni rivojlantirish pedagogik jarayonining sifatiga bog’liq. Undan tashqari tarbiyaga, hamda u bilan bog’liq bo’lgan turli odatlarga, qo’yilgan ma’naviy me’yorlarga bog’liq.

Kurashchini ma’naviy-irodaviy sifatlarini rivojlantirishdagi treneming asosiy vazifasi shundan iboratki, bunda ixtisoslaShish uchun haroit yaratib beradi, kurashchini qo’yilgan maqsadga to’g’ri yondoshishga va o’zining hatti-harakati hamda ta’sirlariga to’g’ri baho berishga yordam beriladi, jamoani bir fikrga kelishini ta’minlaydi.

Shuning uchun musobaqalardan oldingi individual tayyorgarlik va mashg’ulotlarda sportchi jamoadan uzoq vaqtga ajralish, uning tarbiyasi va shakllanishdagi salbiy asoratlarga olib keladi. Faqat jamoa ichidagina sportchi to’la qimmatli hamda yuqori hissiyotlarga ega bo’lgan tarbiyani olishi mumkin.

O’quv-mashg’ulot mashqlarining asosiy shakli bo’lib guruxli mashg’ulotlar hisoblanadi. Individual mashg’ulotlarda Murabbiy avval bir o’quvchi bilan, so’ngra ikki o’quvchi bilan shug’ullanadi. Bunda kuchli rejalaShtirilgan mashqlardan foydalanadi.

Jamoa a’zolarini bir-biri bilan umumiy maqsad va vazifalar, kurashlardagi mashqlami yechishning birligi, qiyinchiliklami yengishdagi umumiy muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar bog’laydi.

Sport jamoasi uchun, xususan yosh bolalar sport jamoasi uchun umumiy masalani yechishda hamma a’zolarining faol qatnaShishi xosdir. Har bir jamoa ko’rinishli chiqishlarda va sport bayramlarida o’zining sport mashoratini demonstratsiya yo’li orqali targ’ibot qilish haq-huquqiga ega.

Sport jamoasi yaxshi xislat va kayfiyatlarning sog’lom va faoliyati bilan ajrab turadi. Bu jamoaning umumiy faoliyatiga, uning ichidagi a’zolarining mustashkam do’stligiga, yuqori tushunganlik hissiga va davlat oldidagi ulaming umumiy vazifalari hamda javobgarligiga bog’liq.


Download 103,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish