Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


nomaolumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo‘lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/275
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#93737
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   275
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

nomaolumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo‘lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz 
komponentlari ekanligini ifodalaydi va shuning uchun unga kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shimchalar 
konkretlashtirilishi zarurligi ko‘rsatilib o‘tilgan. 
Agar jismoniy tarbiya jarayoni to‘laligicha nazarda tutilsa, umumiy materialning asta-sekinligi, biologik yosh 
rivojlanishi qonuniyatlari va keng umumiy jismoniy maolu-motdan, nisbatan chuqurlashtirilgan, ixtisoslash-tirilgan 
Mash-ulotlarga o‘tish, keyinchalik umumiy tayyorgarlik bilan birga-likda qo‘shib olib borish mantiqan to‘ri 
xisoblanadi. 
Maolumki, jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish uchun biologik fundament birdaniga vujudga 
kelmaydi. Xammadan avval xarakat koordinatsiyasi va tezkor-likni belgilovchi funksiyalar xal qilinadi, so‘ngra 
maksimal kuch sifatlari va undan keyinroq chidamlilik namoyon qila olishning chegaralari vujudga keladi (V.S. 
Fafelp, N.V. Zimkin, I. Nekker va boshqalar). 
Shunga muvofiq, jismoniy tarbiyaning dastlabki etapla-rida koordinatsiya talab qiluvchi mashqlar, tezkorlik 
qobiliyati uchun, so‘ngra kuch talab qiluvchi mashqlarning miqdori va xajmi oshiriladi va oxirida chidamlilikni 
rivojlantirishga yuqori talab qo‘yuvchi mashqlarni bajarish uchun mashqlar tavsiya etiladi. Albatta, bundan jismoniy 


sifatlar navbatma-navbat tarbiyalanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismo-niy tarbiya jarayoni xar doim 
xar tomonlama bo‘lishi zarur, gap shuullanuvchi yoshining rivojlanishi qonuniyatlarini qo‘llab, aksentini ketma-ket 
shu jarayonning turli tomonlariga qara-tish xaqida bormoqda. 
Umumiy keng jismoniy bilimlar beradiganlardan ixtisoslashtirilgan mashulotlarga o‘tish qonuniydir. Dastlab 
keragicha asosan amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi turli-tuman xarakatlar (eng sodda 
gimnastika xarakatlari, mashqlari, asosiy xayotiy zaruriy xarakatlar –  yurish, yugurish, sakrashlar, to‘siqlardan 
oshishlar, uloqtirish va x.k.lar) o‘zlashtiriladi. Shu asnoda sport yoki professional faoliyat turi bo‘yicha ixtisoslik 
tanlanadi. 
Jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida materi-alni ketma-ketligi ko‘pincha, konkret shart-sharoitlarga 
boliq. Nazarda tutilgan xarakat faoliyatlari turlari orasidagi oboektiv boliqlikning mavjudligi, ulardan biri-biriga 
uzatiladigan, o‘tadigan elementlarning borligi va mos kelishi, o‘zlashtirilishi, mustaxkamlash, takomillashtirishni 
osonlash-tiradi. Xar qanday konkret xolatda materialni o‘qitish tartibi tizimini shunday tanlash kerakki, ular 
faoliyatlarning o‘zaro optimal aloqasini tiklashga va ularning ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotda xarakat 
malakasini va jismoniy sifatlarni “ko‘chishi” deb atalishi qonuniyatidan foydalanish-ning axamiyati ortadi, qaysiki u 
taolim va tarbiya jarayonida xam ijobiy, xam salbiy bo‘lishi mumkin. 
Jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlar-ning tizimini tuzayotib, xarakat malakasi va jismoniy sifatlar-
ning “ijobiy ko‘chishi”ni maksimal darajada bo‘lishini va imkoniyati boricha, “salbiy ko‘chish”ni tormozlovchi 
taosirini yo‘qotish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy effekt beruvchi “ko‘chishdan” umuman yuz o‘girish kerak 
degan xulosaga kelmasli-gimiz zarur. Jismoniy tarbiyaning mazmuni xayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi 
belgilaydi, xayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undan xam turlicha bo‘lgan 
xarakat malakalarini egallagan bo‘lishligimiz, shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko‘rsatuvchilarga xam ega 
bo‘lmoimiz lozim. Xarakat malakala-rining mustaxkamlanishi, bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli 
tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarni xam osonlikcha yenga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi, 
bu o‘z navbatida, umumiy o‘sishni, rivojla-nishni boshqachasiga progressning vujudga kela boshlanayotgan-ligidir. 
Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtincha-lik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin. 
Keyinchalik bu o‘z navbatida u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi boshqacha aytganda, jismoniy sifatning 
rivoj-lanishi, takomillashishi organizmning funksional imkoniyat-lari oshishining umumiy foni sodir bo‘ladi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy ko‘chishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy 
faktorga aylantirish muammosi xaqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat 
ko‘rsatayotgan mashqlarni vaqti-vaqti bilan (ularning xajmini, vaznini va x.k.larini) xamda muvofiq mashqlarni, 
ularning navbatlashuvini jismo-niy tarbiya jarayonining turli etaplarida, oz bo‘lsada, yaqin-lashtirish, o‘xshash 
tomonlarini topish bilan xal qilinadi. Mashqlarni navbati (birin-ketinligi) ularning tuzilishi va qiyinligiga muvofiq 
belgilanadi. Nisbatan murakkab bo‘lma-gan va murakkab mashqlar, qoidadagidek nisbatan ancha qiyin va birmuncha 
qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo‘lagini (qismini) vujudga keltirib qo‘yilgan maqsad xal qilinishi amaliyotda 
isbotlangan. 
Optimal ketma-ketlikdagi mashulotlar va mashqlarni xar bir mashulot chegarasi aynan shu mashulot uchun 
tanlash xarakteriga ko‘ra turli nagruzkalarning natijasi (taosiri)ni xisobga olishning axamiyati juda kattadir. Tajribada 
(S.P. Letunov, N.N. Yakovlev va boshqalar) isbotlashganki, tezkorlik xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab 
qiluvchi nagruzka-larga qulay fiziologik fonni vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki (albatta, nagruzka 
axamiyatli darajada bo‘lgan bo‘lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy taosir 
ko‘rsatishi mumkin. Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi, bu 
o‘z navbatida ijobiy natijaga olib keladi (N.N. Yakovlev, V.M. Dyachkov va boshqalar), ijobiy natija ol-din kuch talab 
qiladigan mashqlardan, so‘ng, tezkorlik talab qi-ladigan mashqlar ketma-ketligida bajarilsa sodir bo‘lishi isbotlangan. 
Yuqorida taokidlanganidek, nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo‘nalishiga qarab: kuch, tezkorlik-
chidamli-likka yoki tezkorlik, kuch-chidamlilik deb belgilanishi lozim. Bu aloxida mashulotlar ichidagi mashqlar 
ketma-ketligi uchun xam, xaftalik mashulotlarning yo‘nalishini yoki uzunligiga ko‘ra yaqin bo‘lgan sikllarda 
mashqlarni, mashulotlarning tartibini o‘zgartirish uchun xam to‘ri keladi. Bunda, chidamli-likni rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan mashulotlardan so‘ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi 
tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakteridagi mashqlarga ularning zarur bo‘lmagan taosirlari bo‘lmasligi kerak. 
Ko‘rsatilgan tartib ko‘p xollarda o‘zini oqlagan, lekin u albatta yagona va maqsadga muvofiq emas. Chunki, 
mashulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda shuullanuvchilar kontingentining 
xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashulotlarning umumiy yo‘nalishi, qo‘llanilayotgan 
nagruzkalarning kattaligi va ularning dinamikasi xususiyatlari va shu kabilarga boliqdir. Bunday shart-sharoitlarni 
xisobga olib, ularni qo‘llash uchun maqsadga muvofiq yo‘lni tanlash albatta, oson emas. Xozircha bu muammoni 
barcha detallari bilan xal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so‘zsiz ravishda aloxida mashulotning 
o‘zini yoki mashulotlar tizimini to‘laligicha programmalash-tirish imkoniga ega bo‘lamiz. Albatta, soxa bo‘yicha katta 
shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyatini yaratish va qo‘llash 
ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish