Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/275
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#93737
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   275
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

6.1.2. Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi 
 
Tarixan jismoniy mashqlar –  o‘yinlar  tarzidagi,  gimnas-tika  ko‘rinishidagi,  sport va turizm  mashqlariga 
turkumlangan edi.  
O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va 
xozirgi kunda xam mashqlar klassifikatsiyasi tarkibida o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlarning fikriga 
qarama-qarshi ularoq, xar doim o‘zgarishda. Tarixiy qabul qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z 
o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga  bo‘shatib bermoqda  yoki o‘sha  mashqlar rivojlanmoqda, 
takomillashtirilmoqda. Jismo-niy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. 
Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim xollarda 
noto‘ri fikr tudirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida 
o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashq-lari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy 
boliq xolda foydalaniladi. 
O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat soxasi 
bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning xammasi xilma-xil maono beradi. O‘yin 
tarixiy to‘plangan ijtimoiy xodisa sifatida faoliyatning ayrim turi xisob-lanadi. O‘zining xayotiy axamiyati orqaligina 
jamiyatda o‘ziga qiziqish uyotadi va ayrim odamlarni o‘ziga tortadi.  
O‘yin faoliyatida odam o‘zini o‘rab olgan muxit bilan o‘zgacha aloqada, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda 
bo‘ladi va xam jismoniy xam aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mexnatdan farqli o‘laroq, o‘yin paytida 
moddiy neomat yaratilmaydi. O‘z xayoti uchun tabiat inoomlaridan bevosita foydalanmaydi. O‘yin sharoitida xilma-
xil xarkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o‘ynovchining o‘z xis-xayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini xamda 
tashabbusini ishga solishga majbur qiladi. 
Xozirgi kunda o‘yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan 
o‘yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va xayotda xarakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo‘lib 
xizmat qilib kelmoqda.  
Xarkatli  o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay,  o‘zining maolum  sport 
maydoniga, standart qoidasiga ega bo‘lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o‘z ichiga olgan 
xarakatlar tarzidaUlar asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o‘yinlariga aylandi. Demak, sport 
o‘yini xam xarakatli o‘yindir. 
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining katoiy o‘yin qoidalari va talablariga, sport maydoni 
jixozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir individ xal qilmay, jamoa xal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam 
musobaqalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va 
rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan 
xarakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoa-larga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga 
aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi): 
Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar) 
quyidagilarga bo‘linadi:  
a) o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar - 
voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va x.k.  
b) raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynala-digan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa 
ustidagi rus laptasi va boshqalar. 
Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o‘yinning shu tomonlarni xisobga olib, jamiyat aozolari xar 
tomonlama jismonan garmonik tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan 
foydalanganlar.  

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish