2.2. Ta’limning amaliy uslublari.
Harakat malakalarini qismlarga ajratish orkali tuplangan katta harakat zaxirasi vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam bera di va shug‘ullanuvchilar harakat tajribasini boyitadi.
Bo‘laklarga ajratib o‘qitish metodi yo‘qotilgan malakalarni tezda tiklanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Koordinatsiya jixatidan uta qiyin mashqlarni o‘zlashtirishda bu metodni baxosi yo‘q, kerak bo‘lganda ayrim bo‘g‘inlarga, ajartib oligan muskul guruxlariga aloxida ta’sir etish imkoni yuqori bo‘ladi.
Lekin savodsizlarcha qismlarga ajratish undan kelib chikkan holda favkulodda tanlangan yo‘llanma beruvchi mashqlar, ulardan noto‘g‘ri foy dalanish harakat malakasining shakillanish jarayoniga uta salbiy ta’ sir ko‘rsati shi mumkin. Harkatni to‘la o‘zlashtirish metodi harakat faoliyatini ta’limning yakuniy vazifasida nimadan iborat bo‘lsa, shunga yakin ko‘rinishda o‘zlashti rishni nazarda tutadi. Bu metod har qanday harakat aktini o‘qitishning yakuniy etapida bo‘laklarga ajratib o‘qitish metodidan so‘ng qo‘llaniladi. Jismoniy mashq texnikasini takomillashtirish uni to‘la bajarish orkali amalga oshiriladi. To‘la o‘zlashtirish harakat faoliyatini bajarib kurish, sinash (oprobirovaniye) eng kulay usuldir. Aksariyat harakat faoliyatlari shunchalar soddaki, ularni bo‘laklarga ajratib uki tish vaqtni bexuda sarflash demakdir, shuning uchun harakat holatini to‘la o‘rgatish ama liyotda ko‘prok qo‘llaniladi. Ayrim harakat faoliyatlarini biz hali il miy ravishda bo‘laklarga ajrata olmaymiz, shuningdek, o‘zini to‘la okla gan yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimini ishlay olgani mizcha yo‘q. Qisman reglamentlashtirilgan mashq metodi. kuzda tutilgan vazifa ni bajarish uchun o‘quvchilarga faoliyatni nisbatan erkin tanlashga yo‘l qo‘yadi. Bu metoddan, koida bo‘yicha takomillashtirilgan etapda foydalaniladi, bunda o‘quvchi yetarli darajadagi bilim va bajara olishga ega bo‘lganligi xisobga olinadi.
Bu guruxchaga kiruvchi o‘yin va musobaka metodlari turli belgilarga ega bo‘lib turib, ularning bitta umumiy ligi mavjud: ularni qo‘llashda doimo o‘quvchilar orasida rakobat(bir-birini maglub qilish) xissiyoti usutun bo‘ladi, o‘quvchilarda o‘z kuchini, u yoki bu faoliyatini bajarishda ustunligini isbotlash uchun intilish yuzaga chikadi.
O‘yin metodi jismoniy tarbiyadagi o‘yinlarning ko‘pchilik belgilarini mujassamlangan. Darslikning “Jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi» bo‘limida o‘yin jismoniy mashq harak teridagi tizim tarzida, ya’ni jismoniy tarbiya vositasi ko‘rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada o‘yinlar ta’lim va tarbiyaning samarali metodi sifatida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘yin metodining tabiatini o‘yin moxiyatini ochish orkaligina tushunish mumkin holos.
O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi metodlashtirish nazariyasi xisoblanadi. Shunga muvofik, o‘yinlar inson ning oldindan belgilangan hayotiy sharoitda ishlab chiqargan o‘zining yurish-turishi, xulki chegarasidan chikmaydigan o‘ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamaryov, 1970). O‘yinda shartli ravishda butun bir hayotiy situatsiya o‘z ifodasini topishi mumkin (masalan, takldi qilish o‘yinlarida), inson haraat faolitining ayrimlari turmush, mehnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi harakatlar bo‘lib, ularda asosan odamlar orasidagi o‘zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O‘yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo‘lib, odamlarning harbiy va mehnat faoliyati asosida paydo bo‘lgan va u inson hayotining moddiy va ijtimoiy sharoit lari bilan belgilanadi. O‘yin hayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o‘zida o‘zining sof shartli qonunlariga buysunadi. U bizni o‘rab olgan borlikni o‘zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mehnatga tayyorlovchi shart sifatida inson madaniyatining muxim man bai roilni o‘ynaydi. Shunga bog‘liq holda o‘yin quyidagi xizmatlarni ba jaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiyalaydi) va ko‘ngil ochish munosabatlarini, shuningdek, ularni o‘rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni shakillantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar o‘yinlarning yo‘nalishi va mazmunini belgilaydi.
Jismoniy tarbiyadagi barcha o‘yinlarning asosiy mazmunini inson ni jismoy kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi harakat faoliyat lari tashkil etadi. O‘yinlar hamda gimnastika sport turizmdagi farkni ko‘p holda shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivoj lanish meyoriga kura yanada yakkol ko‘rinadi. O‘yinga konkret harakat fao liyatlari tizimi deb karash zarur, ular belgilangan koidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq xarakteriga karamay, turlicha pedagogik vazifalarni hal etishi mumkin.
O‘yinlar metod tarzida faqat umumiy qabul kilinganlaridek amal ga oshirilmaydi. O‘yin metodi vositalari va ularning shakliga kura rasmiy o‘yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o‘yin metodi asosida darsning hamma qismlarini o‘yinlarsiz utkazish mumkin (tokka sayoxat o‘yini). Muvozanat saklash mashqini bajarayotib tusiklardan oshishi yoki chukurliklar ustidan utish tarzidagi o‘yinlardn foydalanish mumkin.
Quyidagilarni o‘yin metodiningxarakterli belgilari deb karash mumkin:
1. O‘yin holatida raqiblik va emotsionallik elementlarini aniq ifodalash. O‘yin metodi insonlar orasidagi eng qiyin muno sabatlarni yuzaga chiqarishi imkonini beradi. Xatto yugurish musobakasi sharoitida katnashuvchilar orasida shunchalar ko‘p kirrali holatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o‘yinchi urtasidagi paydo bo‘lgan holat lardan ancha oz bo‘ladi. Shu bilan bog‘liq holda o‘yin metodini o‘yinchilar orasidagi munosabatlarni kat’iyan reglamentlashtirishni talab qiladi.
2. Harakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o‘zgaruvchanligi. Buning natijasida uynovchilar paydo bo‘ladigan vazifa larni hal qilishning turli-tuman usullariga ega bo‘lishi kerak, ularda shakllangan malakalar o‘zgaruvchan sharoitda moslanuvchanligi va egiluv chanligi bilan ajralib turishi lozim.
3. Harakat faoliyatidagi ijodiytashabbus (initsiativa) larga yuqori talablar quyish. O‘yin holatining o‘zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustakillikni faolrok namoyon qilish talabini qo‘yadi.
4. Harakat faoliyati va yuklama xarakterida kat’iy reglamentlashtirishning yo‘qligi. O‘quvchilar maxsus yoki shartli (soddalash tirilgan, murakkablashtirilgan) koidalar chegarasida paydo bo‘lgan hara kat faoliyati vazifalarini hal qilish uchun uzlari samarali xisob langan harakat faoliyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bunda o‘quv chiga tushayotgan yuklama to‘laligicha uning o‘yinda bajarayotgan funksiya si faolrok bajarilishi va oldindan belgilangan sharoiti (yindan foyda lanish metodi davomiyligiga, o‘yinchilar soni, o‘yin mazmuni va boshqa larga bog‘liq. Yangi harakat faoliyatlarini o‘rganish uchun o‘yin metodidan foydalanilsa, shuday hollarda reglamentlashtirish darajasi oshadi. Masalan, o‘yin metodi bilan kanatga uch usul bilan tirmashib chiqishning biror - bir elementini urganayotgan bo‘lsak, osilib turganda oyoklarnii tizzadan buib oldinga yigish(ko‘tarish)ni - o‘rgatishni o‘yin tarzida chukurlik ustidan osilib turgan kanatga uchib utish o‘yinini qo‘llash bilan olib borish mumkin.
5. O‘yin faoliyati vazifalari bilan muvofik harakat faoliyatlari va sifatlarining kompleks namoyon kilinishi. Jismoniy tarbiyada o‘yinlar qandaydir maxsus harakatlar faoliyat ga ega emas. Koidadagi kabi ularda o‘z shaklinig tabiiyligi bilan ajra lib turadigan harakat faoliyatlari uchraydi (yugurish, sakrash va x.k.). Aytarli ko‘pchilik o‘yinlarda o‘yinchilar galabaga erishish uchun bir necha harakat faoliyatidan, qolaversa, turlicha aralash shakldagi faoliyat lardan foydalanadilar. Bularing barchasi o‘yinchilar organizmiga komp leksli ta’sirni ta’minlaydi.
6. Ko‘pincha o‘yinchilarning o‘zaro munosabati qandaydir bir predmet (masalan, tup, bayroklar va boshqalar) orkali amalga oshiriladi.
Mazmuni va xarakteristikasining boyligiga kura o‘yin metodi hara kat malakalari va sifatlarini kompleksli rivojlantirish uchun, hara kat koordinatsiyasini takomillashtirish uchun, birdaniga, yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lgan vazifalarni yecha olish, qisqa fursatda lozim bo‘lgan ish tem piga kira olish imkoniyatlarini vujudga keltira oladi. Bu metod orkali ta’limning samaradorligini aniqlash va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun vosita sifatida foydalanish ham mumkin. O‘yindan to‘g‘ri foydalanish asosida kollektivizm ruxi, faollik, tashab buskorlik, kurkmaslik(botirlik), kat’iyyatlilik va ongli intizomni tar biyalash puxtalik bilan amalga oshiriladi va uning atijasi ta’lim jarayonida yakkol namoyon bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. O‘yin metodi ning bo‘sh tomoni ham yo‘q emas. Ta’lim jarayonida undan yangi, ayniksa, qiyin harakat texnikasiga ega bo‘lgan faoliyat malakasini shakllanti rishda foydalanishning samarasi kamrokdir.
Musobaqa metodi musobakalashish, kuch sinashishning ko‘pgina xarakterli belgilarini, alomatlarini o‘zida aks ettirib, kuch sinashish (musobaka) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning aloxi da o‘quvchilarga stimul beruvchi bir shaklaridandir. Musobaka - musabaka metodining nisbatan aniq farklanib turgan ifodasi sanaladi. Shuning uchun ham musobaka metodi har qanday jismoniy mashqni musobaka predmeti qilib, mashg‘ulotlarda keng shaklda qo‘llanishi mumkin. Masa lan: jismoniy tarbiya darsining boshlanishidan oldingi o‘quvchilar saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chikib ketgunlaricha, musobaka metodini qo‘llash undan foydalanish mumkin.
Kayd kilinganidek, bu metod o‘yin metodi bilan umumiy ekani e’ti borga molik. Birok ularning bir-biridan prinsipial farki bor. Bu fark shundan iboratki o‘yin metodida o‘qitish syujetli xarakterda olib bo riladi. Musobaka metodida bu holat yo‘q bo‘lib, harakat faoliyatini bajarish jarayoni to‘laligicha uning mazmuniga buysundirilgan bo‘ladi.
Musobaqa metodining xarakterli belgilari: 1. U yoki bu harakat faoliyatida faoliyatni vazifaga buysundirish oldindan belgilangan, urnatilgan koidalar bilan muvofik bo‘ladi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlar bo‘lib, ularning tayyorgarligini baholashning va takkoslashning ulchovidir. 2. Birinchilik, yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psihologik kuvvatni maksimalnamoyon qilish. Musobakalashish metodi natijasida organizmning funksional imkoniyatlarini to‘la ochish uchun sharoit yaratiladi. 3. O‘quvchilarning uzlari uchun belgilangan yuklamalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. O‘z nabatida, bu metod o‘quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda o‘ziga xos mustakillik talab qiladi.
Shuningdek, musobaka metodi nisbatan harakat faoliyatini takomillashtirishda samaralirokdir, lekin ular bir lamchi o‘zlashtirishda ku tilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaka metodi harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, aynik sa ularni kompleksli namoyon qilishda bu metodga extiyoj uta yuqori dir. Musobaka metodi pedagogik nuqtai nazaridan o‘quvchilar galabasi va maglubiyatiga turgun psihologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘nalti rilishi lozim, shundagina ta’lim jarayonida u o‘zini oklaydi, boshqa to mondan esa turli sharoitda har tomonlama jisman tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi hamda jismoniy tayyorgarligi daraja sini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin.
Bu metodda shug‘ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-Jismoniy yuklanishni kat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish.
-Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishini, takrorlanish va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishligi).
Shug‘ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashg‘ulot joylarida gruppalarni to‘zish va taqsimlash, o‘quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir:
1) bo‘lingan - konstruktiv mashq mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish:
2) butunlay mashq metodi vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab bajarish.
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda suzishni o‘rgatish, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki, mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi - soddalashtiriladi.
Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat: bo‘lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o‘zgarilishi lozim bo‘lgan mashqlar oz vaqt ichida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin.
Salbiy xususiyatlari - qismlab o‘rgatilgan mashqlarni butunlaycha bajarishga erishish uchun qo‘shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo‘lmasa ayrim akrabatik mashqlarni butunlaycha bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo‘lishi mumkin.
Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati qushimcha vaqt sarf qilinmaydi. Salbiy xususiyati o‘rgatishi lozim bo‘lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi.
Qismlarga bo‘lingan mashq metodidan harakat uncha buzulmay nisbatan mustaqil elementlarga bo‘linishi mumkin bo‘lgandagina foydalaniladi.
Masalan: Erkin usulda suzish texnikasini o‘rganishda bo‘lib tashlash va keyin elementlarini yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo‘lishi mumkin.
1.Suv ustida sirpanish;
2.Xavz qirg‘oqlarda oyoq harakatlarini o‘rganish;
3.Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo‘shib bajarish;
4.Sayoz joyda tik to‘rib qo‘l harakatlarini o‘rganish;
5.Shuning o‘zini nafas olish bilan qo‘shib bajarish;
6. Barcha elementlarni birgalikda bajarish.
Yaxlit mashqni bo‘lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o‘zgartirishga va ularning tuzilishini keskin foydalanilmoqda.
Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarni chiqarib tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o‘rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko‘rinishida takomillashadi. Masalan, yugurib kelib (qaychi» usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o‘rganiladi:
Qisqa masofadan qadamlab sakrash.
Shuning o‘zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon harakat qilib sakrash
3. Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko‘tarilish fazasida diqqatni qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash.
4. O‘rtacha tezlikda yugurib kelib, to‘la usulda sakrash;
5. Yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash oyoq oshirib tashlash, qo‘llarni orqaga qilish qaychisimon usulida sakrash.
Harakatga o‘rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullardan foydalaniladi.
Qoida bo‘yicha agar murakkab harakat butunligicha o‘rganayotgan bo‘lsa "yaqinlashtirish” deb atalgan mashqlar keng qo‘llanilib ular asosiy harakatni o‘zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda o‘rganish yo‘lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini takomillashtirish bosqichlarida, ularning sifatlarini o‘ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini o‘zgartirmasdan rivojlantiruvchi qo‘shmcha jismoniy yuklanishlar sharoitida butunlay bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta.
XULOSA
Talaba yoshlarni jismoniy madaniyat bilan tanishtirish sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim tarkibiy qismidir. Jismoniy madaniyatning tashkiliy shakllarini keng rivojlantirish va yanada takomillashtirish bilan bir qatorda mustaqil jismoniy mashqlar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zamonaviy murakkab hayot sharoitlari insonning biologik va ijtimoiy imkoniyatlariga yuqori talablarni talab qiladi. Uyushtirilgan jismoniy faollik (jismoniy tarbiya) yordamida odamlarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tananing barcha ichki resurslarini maqsadga erishishga yo'naltirishga yordam beradi, ish samaradorligini oshiradi, sog'lig'ini mustahkamlaydi.
Jins, yosh va salomatlik holatiga mos keladigan jismoniy faoliyatdan muntazam foydalanish sog'lom turmush tarzining muhim omillaridan biridir. Jismoniy faollik - bu kundalik hayotda amalga oshiriladigan turli xil motorli harakatlar, shuningdek, "harakat faoliyati" atamasi bilan birlashtirilgan uyushgan yoki mustaqil jismoniy tarbiya va sport. Ko'p sonli odamlar aqliy faoliyat bilan shug'ullanadi, vosita faoliyatining cheklanishi mavjud. Trening jarayoni quyidagilarni o'z ichiga oladi: jismoniy faoliyatning intensivligi, hajmi va mashg'ulot vaqtini bosqichma-bosqich oshirish; dam olish oraliqlari bilan yuklarni to'g'ri almashtirish; har xil tabiatdagi jismoniy faoliyatni muntazam ravishda va uzoq vaqt davomida (haftalar, oylar, yillar) takrorlash.
Fan va amaliyotning ko'plab ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, talabalar o'rtasida mustaqil jismoniy mashqlarni haqiqiy joriy etish etarli emas. Talabalarni faol jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlariga jalb qilishning ehtiyojlari, qiziqishlari va motivlarini belgilovchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar mavjud. Ob'ektiv omillarga quyidagilar kiradi: moddiy-sport bazasining holati, jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv jarayonining yo'nalishi va darslarning mazmuni, o'quv rejasi talablari darajasi, o'qituvchining shaxsiyati, ishtirokchilarning sog'lig'i holati, darslarning chastotasi, ularning davomiyligi va hissiy ranglanishi.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va amaliyoti bir qator fundamental qoidalarni belgilaydi, ularga rioya qilish mustaqil jismoniy mashqlarda muvaffaqiyatga erishishni kafolatlaydi va ortiqcha ish va istalmagan oqibatlarni cheklaydi.
Ularning asosiylari: ong, bosqichma-bosqich va izchillik, takrorlash, individuallashtirish, tizimlilik va muntazamlik. Ong printsipi o'z tanasini o'z-o'zini yaxshilashda salomatlikni mustahkamlashda o'z-o'zini o'rganishning roli va ahamiyatini chuqur anglash bilan shug'ullanadiganlarni tarbiyalashga qaratilgan .
Demak, insonning hayoti organizmning salomatlik holatiga va uning psixofiziologik imkoniyatlaridan foydalanish darajasiga bog'liq. Ijtimoiy hayotning keng doirasidagi inson hayotining barcha jabhalari - ishlab chiqarish , mehnat , ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, oilaviy, ma'naviy, sog'liq, ta'lim - pirovard natijada sog'liq darajasi bilan belgilanadi. Mustaqil jismoniy mashqlar yordamida odamlarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tananing barcha ichki resurslarini maqsadga erishishga jamlashga yordam beradi, ish samaradorligini oshiradi, sog'lig'ini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |