Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida jismoniy yuklamalarni me`yorlashtirishning fiziologik mexanizmi va tavsifi


Jismoniy yuklamalarni me’yorlashning ahamiyati



Download 76,5 Kb.
bet4/4
Sana08.06.2022
Hajmi76,5 Kb.
#645561
1   2   3   4
Bog'liq
jismoniy mashg\'ulotlar tushunchasi uni nazoratlash va miyorlash

Jismoniy yuklamalarni me’yorlashning ahamiyati.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu nazorat mashqi anaerob jarayonlar shiddatini maksimal darajaga yetkazadi. Ushbu test natijalarining o‘sib borishiga qarab, anaerob chidamlilik darajasining oshishi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.


Chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar sport bilan shug‘ullanuvchilar organizmining funksional holatida fiziologik, biokimyoviy va boshqa o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi; o‘pkada almashinuv hamda kislorod iste'moli ko‘payadi, qonning tomir urishi vaqtidagi va daqiqadagi hajmi, undagi sut kislotasi miqdori oshadi va h.k.
Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra, sportchilarda tinch holatda laktat darajasi 20 mg% gacha ko‘payadi. Aralash zonada mashg‘ulot o‘tkazilganda, ya'ni, shiddat bilan nisbatan bir tekis ta'minlanuvchi zonada aerob va anaerob manbalardan sut kislotasi konsentratsiyasi yuzaga keladi. Yugurish tezligi eng yuqori bo‘lgan hollarda laktat darajasi ham shu sportchi uchun eng eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi. Qonda sut kislotasi konsentratsiyasi 20 mg% dan oshganda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar anaerob zonadagi faoliyat hisoblanadi. Bajarilayotgan ishni energiya quvvati bilan ta'min- lanishining umumiy kuchida anaerob oksidlanish ulushi ko‘payib ketadi. O‘rta masofalarga yuqori malakali yuguruvchilarda mashg‘ulot jarayonida sut kislotasi miqdori ko‘pincha 120 dan 250 gacha mg% ni tashkil etadi.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, 800 m. ga yugurish vaktida maksimal kislorod qarzi kattaligi 55-68 % gacha yetsa, sut kislotasi darajasi 140-­200 mg% ga teng bo‘ladi, qonning sut kislotasi reaksiyasi (rN) 7,1-7,5 gacha pasayadi, maksimal kislorod iste'mol qilish darajasi tananing 1 kg og‘irligiga nisbatan 68-75 ml. dan to‘g‘ri kelsa, yurakning hajmi 10-13 ml/kg ni tashkil etadi.
1500 m. ga yugurishda maksimal kislorod qarzi kamroq 35-45 % ga teng, ammo so‘nggi 300-400 m ni juda tez yugurib o‘tishda sut kislotasi 1600-1700 mg% gacha ko‘tariladi, MKI 80 ml/kg og‘irlikkacha, yurak hajmi 11-13,3 ml/kg gacha yetadi (Platonov, 1987).
Razryadli sportchilarda barcha o‘zgarishlar kamroq ko‘zga tashlanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, razryadlaridan sut kislotasi mikdori taxminan 13 mg% ni, yuklamadan so‘ng 19 mg% ni, yuklama berilganidan 2 soat o‘tgach 16,5 mg% ni, 4 soat o‘tgach 10 mg% ni, yuklama berilganidan so‘ng oradan 24 soat o‘tgach esa 11 mg% ni tashkil etadi. Mushak faoliyatidan keyin qondagi sut kislotasi miqdori taxminan 45 mg% ga yetganda, kislorod qarzi laktat funksiyasi hosil bo‘lishi boshlanadi.
Demak, qonda yig‘iladigan sut kislotasining maksimal mikdori bilan kislorod qarzning laktat fraksiyasi kattaligi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor.
Yuqori malakali o‘rta masofaga yuguruvchilarda kislorod qarzi kattaligi bilan qonda paydo bo‘lgan sut kislotasi miqdori, 4x400 m. testni qisqarib boruvchi interval oraliqlar, tanaffuslar (3,2,1 daqiqa) bilan bajarganlarida esa ko‘p bo‘lishi aniqlangan (Devyatko, 2002). Bu test 800 m. ga yugurishga qaraganda kislorod qarzi bilan bog‘liqdir.
Mazkur nazorat mashqini bajarishda sut kislotasining to‘planishi 176-178 mg% ni tashkil qiladi. Organizmda u yoki bu aerob faoliyat bajarilgandan so‘ng sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aerob gemoglobin (Nv) konsentratsiyasi bilan aniqlaydilar. Ishda fazali (bosqichli) diagram- malarni yaratish asosida aerob faoliyat bilan gemoglobin konsentratsiyasi orasida teskari aloqa borligi aniqlangan bo‘lib, u mazkur ko‘rsatkichning yetarli darajada yaqinligini va uni foydalanayotgan yuklamalarning muvofiqligini nazorat qilish maqsadida qo‘llash mumkinligini tasdiqlaydi.
Yuguruvchilarni o‘rtacha masofalarga tayyorlashda shuni nazarda tutish kerakki, 800 va 1500 m. li masofalar nisbiy shiddatining anaerob zonalarga tegishli bo‘lib, sportchilarning aerob va anaerob qobiliyatlari rivojlanishiga har xil talablar qo‘yadilar. 800 m. ga yugurishda anaerob- glikolitik jarayonining ancha ko‘payishi eng muhim hisoblanadi, 1500 m. ga yugurishda esa shiddat hosil bo‘lishida aerob jarayon katta ahamiyat kasb etadi.
Yana bir qator boshqa mutaxassislar tomonidan 800 m ga yugurishda maxsus chidamlilik hamda kuch sifatlari xususiyatlari orasida 1500 m. ga yugurishdagiga nisbatan ko‘proq jihatlari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur mualliflar 800 m ga va 1500 m ga yugurishda mashg‘ulot jarayonini ko‘rish masalasiga umumiy yondashuvdan alohida-alohida yondashuvga o‘tishni taklif qiladilar. 800 m va 1500 m ga yuguruvchilarning sport mahorati o‘sib borgan sayin tezlik sifatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilib, xuddi shunday xulosaga kelish mumkin. 800 m ga yugurishda tezlik sifatlaridan foydalanish darajasi 81-83 % ga, 1500 m ga yugurishda esa 73-78 % ga teng bo‘ladi.
Yuguruvchilarning o‘rtacha tayyorlashning usuli yo‘naltirilganligini belgilashda quyidagilarni hisobga olish lozim: maxsus jismoniy tayyorgarlikning omillari asosidagi «sur'ati» o‘z tarkibiga tezlik imkoniyatlari yig‘indisini, umumiy chidamlilikni, maxsus chidamlilikni oladi. Bu sifatlarning 800 m ga yugurishga qo‘shgan ulushi 70 % ni, 1500 m ga yugurishda esa 77% ga teng. Eng muhimi, maxsus chidamlilik omili sanaladi (800 m ga yugurishda - 31%, 1500 m ga esa - 26,3%).
Organizmning aerob va anaerob imqoniyatlari mashqni bajarish shiddati va davom etish vaqti, takrorlash soni va dam olish oraliqlariga bog’liq .
Shu bilan bir qatorda tekshiruvchilarning diqqati sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni tarbiyalash uslublari to‘g’risida hamda uni takomillashtirishga kam e'tibor berilgan. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlarda chidamlilik muammosi kam o‘rganilgan.
Ko‘pchilik ishlar yosh xususiyatlari bo‘yicha yosh sportchilarda emas, balki sport bilan doimiy ravishda shug’ullanmagan maktab bolalarida olib borilgan.
Yosh sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash bo‘yicha olib borilgan tekshirish ishlari ilmiy va metodik tomondan yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa-da, umuman chidamlilik muammosini yechish uchun to‘liq javob bera olmaydi.
O‘tkazilgan tekshiruv ishlarini ko‘rsatishicha, aylanma mashg’ulot uslubini yengil atletikaga, yugurish, o‘yin va musobaqa shaklida qo‘shib o‘tkazganda 15-16 yoshli o‘smirlarni chidamliligini oshirish, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarni ham rivojlanganligini ko‘rsatgan.
Yosh o‘smirlarni o‘rta masofaga yugurish bo‘yicha mutaxassisligiga kirish uchun, chidamlilik, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarga yo‘naltirilgan mashg’ulot vositalaridan har tomonlama foydalangan holda ularni jismoniy tayyorgarligini oshirganligi aniqlangan. Bunda boshlang’ich sport tayyorgarligi davrida mashg’ulotning umumiy vaqtidan 50 foizini chidamlilikni tarbiyalashga, 25 foizini tezkorlik va 25 foizini kuchni tarbiyalashga qaratish kerakligi uqtirilgan.
Ko‘pchilik olimlarning ta'kidlashicha, yuguruvchining ko‘p yillik mashg’ulot jarayoni birinchi yillarida umumiy chidamlilikni tarbiyalash, keyinchalik bu yuguruvchining maxsus chidamliligini negizi bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Shu bilan birga boshqa bir guruh olimlar boshlovchi yuguruvchilarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, trenirovkani bir tekisda yugurish uslubi va har xil o‘zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar.
Boshqa bir qancha tadqiqotlarda umumiy chidamlilikni samarali oshirish uchun qisqa vaqt ichida takrorlangan, uncha katta bo‘lmagan interval dam olish oralig’ida ham ijobiy natijaga erishish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bolalar va o‘smirlarda chidamlilikni tarbiyalashda, organizmning funksional tayyorgarligi sustligini e'tiborga olgan holda sekin va ilmiy yondoshish kerak hamda bu yosh davrida ko‘proq tezkorlik sifatlarini tarbiyalash kerakligini ko‘rsatishgan.
Ayrim olimlarning fikricha, chidamlilikni rivojlantirishda, juda ehtiyot bo‘lish, maktab yoshidagi bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni to‘liq berilmaganligini tasdiklaydi.
Shu bilan bir qatorda o‘smir yoshda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda jismoniy tarbiya vositasi sifatida asosan yugurishni; uzun masofa bo‘laklarida qayta yugurishni umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va nafas olish mashqlari bilan almashtirishni olimlarimiz taklif qilishgan.
Har bir o‘qituvchi mashqlar shiddatini individual va o‘quvchining tayyorgarligiga bog’liq ekanligini unutmasligi kerak. Yangi shug’ullanayotgan
XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, odamlarning sog’lomligini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishining ajralmas qismidir. Shuboisdan yosh avlodni har tomonlama: aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Zero O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g’risida»gi qonunida «Kollejgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchi-yoshlar, talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish kollejgacha tarbiya muassasalari va o‘quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi» deyiladi.


Shunday ekan sport bilan shug’ullanishda, jismonan barkamol inson bo’lish uchun jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy yuklamalar alohida o’rin egallashini unutmaslik lozim. Yuklama jismoniy mashqlarning shug’ullanuvchilar tanasiga ma’lum darajada ta’sir etishini ko‘rsatuvchi va ularning tana imkoniyatlarini oshiruvchi omil hisoblanadi. Bunga tananing va qayta tiklash jarayoniga bevosita madad beruvchi charchashning ichki imkoniyatini sarflash orqali erishiladi. Qayta tiklash jarayonining qonuniyatlari yuklama qo‘llanilishining dam olish bilan bog’liq holda olib borilishini taqozo etadi.




Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish