Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Davo gimnastikasining yurak-tomirlar kasalliklarida qo‘llanilishi



Download 6,95 Mb.
bet232/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Davo gimnastikasining yurak-tomirlar kasalliklarida qo‘llanilishi
So‘nggi yillarda davo fizkulturasidan yurak-tomir kasalliklarida (qon aylanish yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak poroklari, miokard infarkti va boshqalarda) keng foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlarni muntazam ravishda qo‘llanganda shartli reflektor aloqalar qayta tiklanadi va unga bog‘liq ravishda qon aylanish organlarining funksiyasi yaxshilanadi, qonning depolardan chiqishi natijasida qon tomirlar ichida sirkulyatsiya etuvchi qon hajmi ko‘payadi.
Qon aylanishi yetishmovchiligi. Har qanday yurak-tomir kasalligida jismoniy mashqlarni qon aylanish apparati funksional holatiga qarab tayinlanadi.Qon aylanishi yetishmovchiligining I darajasi uchun nafas qisishi, yurak urishi va jismoniy nagruzka vaqtida tez toliqish hodisalari paydo bo‘lishi xarakterlidir. Bunda davo fizkulturasining vazifasi qon aylanish organlarining odatdagi hayotiy nagruzkalarga moslanish qobiliyatini tiklashdan iborat. Oddiy gimnastika mashqlari turlicha dastlabki holatlarda, shuningdek, snaryadlar bilan va snaryadsiz qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlarga tezligi oshirib boriladigan holda yurish, sayr qilish va ekskursiyalar kiritiladi. Davolash kursi nihoyasiga yetganda sport elementlarini musobaqalashmasdan bajarish ruxsat etiladi. Qon aylanish yetishmovchiligining II darajasida qo‘l va oyoq, tanaga mo‘ljallangan gimnastik mashqlar biroz murakkablashtirilgan holda qo‘llaniladi. Barcha mashqlarni nafas mashqlari bilan galma-galdan almashtiriladi, ularni sekin va o‘rtacha tezlik bilan yotgan va o‘tirgan holatlarda, nagruzkani nihoyat ehtiyotlik bilan oshirib bajariladi. Mashg‘ulot 10-20 daqiqa davom etadi. Davolash kursi boshida passiv, keyin esa aktiv harakatlar qilinadi. Qon aylanishi yetishmovchiligining III darajasida davo fizkulturasi qilish mumkin emas.
Gipertoniya kasalligi. Markaziy nerv sistemasining va birinchi navbatda bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining o‘ta ta’sirlanishi gipertoniya kasalligining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Bu kasallikda davo fizkulturasining vazifasi bemorning umumiy ahvolini yaxshilash, qon aylanish organlari ishini yengillashtirish va tomirlar ortiqcha tonusini kamaytirishdan iborat. Davo fizkulturasi metodikasining asosiy prinsipi nagruzkani bemorning butun organizmiga bir me’yorda taqsimlagan holda borgan sari uni ko‘paytirib berishdan iborat. Mashqlarning oddiy xillari shoshilmasdan bajariladi. Nafas mashqlari muskullarni bo‘shashtirish mashqlari ko‘proq qo‘llaniladi. Bemorlarga ertalab gigiyenik gimnastika bilan shug‘ullanish va har vaqt piyoda yurib sayr qilish tavsiya etiladi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish