DAVO FIZKULTURASI KABINETI ISHINI UYUSHTIRISH, RO‘YXATGA OLISH VA HISOBOT Davo fizkulturasini tashkil etish va amalga oshirish formalari davolash muasassasining turiga va bemorlardagi kasalliklar turiga bog‘liq. Davo fizkulturasi bo‘yicha vrach va instructor vazifalari ko‘pgina kasalxona va polikliniklarning shtatiga kiritilgan. Davo fizkulturasi instruktori o‘z amaliy ishini davo fizkulturasi vrachi qo‘l ostida bajaradi. Mashg‘ulotlar o‘rnidan turmaydigan kasallar bilan palatalarda, yuradigan kasallar bilan esa davo fizkulturasi kabinetida olib boriladi. Davo fizkulturasi kabineti kerakli jihozlar bilan (gimnastika devori, medbollar, gantel va boshqalar) ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yozda mashg‘ulot fizkultura maydonchasida o‘tkaziladi (ertalabki gimnastika, o‘yinlar va boshqalar).
Davo fizkulturasi kabinetining asosiy hujjati 42-nomerli forma hisoblanadi, uni vrach va instruktor to‘ldiradi. Har kuni instructor tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va qatnashgan bemorlar soni hisobga olinadi, harakat rejimidagi o‘zgarishlar qayd qilinadi va hokazo. Bu ma’lumotlar asosida davo fizkulturasi kabinetining oylik ishi bo‘yicha hisobot tuziladi (bemorlar, o‘tkazilgan mashg‘ulotlar soni, ertalabki gigiyenik gimnastika va hokazo).
MEDITSINA KONTROLI ASOSLARI VA UNING VAZIFASI Sovet sog‘liqni saqlashining asosiy vazifalaridan biri fizkultura va sport bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Bu maqsadda joylarda vrachlik – fizkultura kabinetlari va dispanserlari tashkil etilgan bo‘lib, ular bu ishlarga rahbarlik qiladi. Bu dispanserlarning vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) fizkultura va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning sog‘lig‘ini nazorat qilish; 2) mashg‘ulotlar vamusobaqalarni o‘tkazish sharoitlari yuzasidan sanitariya-gigiyenik nazorat olib borish; 3) sport ishlarini meditsina-sanitariya xizmati bilan ta’minlash; 4) fizkultura va sport bilan shug‘ullanuvchi maxsus sanitariya – oqartiruv ishlarini amalga oshirish.
Fizkultura va sport bilan shug‘ullanuvchilar ustidan meditsina nazorati olib borilishi shart.
Birlamchi meditsina ko;rigi, ikkilamchi ko‘rik va muhim musobaqa oldidan o‘tkaziladigan qo‘shimcha meditsina ko‘rigi farqlanadi.
O‘quvchilarni salomatligiga ko‘ra uch meditsina gruppasiga: asosiy gruppa (jismoniy rivojlanishi va salomatligi benuqson); tayyorlov gruppasi (jismoniy rivojlanishida e’riborga olmasa bo‘ladigandarajada o‘zgarishlari bor); maxsus gruppa (sog‘lig‘ida jiddiy nuqsonlari bor bemorlar) bo‘linadi.
O‘quvchi qaysi meditsina gruppasiga kirishiga ko‘ra fizkultura bilan programmaning to‘la hajmi bo‘yicha shug‘ullanishi yoki davo gimnastikasi bilan (maxsus gruppa) shug‘ullanishi mumkin. Meditsina kontroli bo‘yicha xizmat qiluvchi meditsina hamshirasining vazifalari quyidagilardan iborat:meditsina ko‘riklarida ishtirok etish, hujjatlarni to‘ldirish, antropometrik o‘lchovlar bajarish, amaliy mashg‘ulotlar va trenirovkalar o‘tkazilishini nazorat qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazilishining sanitariya-gigiyena sharoitlarini kontrol qilish.