Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Ishlab chiqarish gimnastikasida shifokor nazorati



Download 6,95 Mb.
bet187/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

12.4. Ishlab chiqarish gimnastikasida shifokor nazorati
Ishlab chiqarish badantarbiyasining samaradorligi ustidan asosiy nazorat ish ikkala yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim. Ishlab chiqarish badantarbiyasining sog‘lomlashtiruvchi ta’sirini o‘rganishda quyidagi usuldan foydalaniladi: salomatlik holatining o‘zgarishini hisobga olish usuli. Tekshirish natijalari dastlabki va oxirgi ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi (ishlab chiqarish badantarbiyasining ma’lum davri uchun, ish kuni boshida va oxirida, badantarbiyadan oldin, keyin) va ishlab chiqarish badantarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan kishilarning guruhi natijalari bilan ham solishtiriladi.
Jismoniy rivojlanishni va undagi o‘zgarishni aniqlash uchun og‘irligi, ko‘krak qafasining aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, barmoqlar kuchi va orqa bosh mushaklar kuchi, qo‘llarning statik ishga chidamliligi, qomatning to‘g‘riligi, yelka bo‘g‘imlari va umurtqa pog‘onasining egiluvchanligi o‘lchanadi. Ishchilarning jismoniy rivojlanishiga juda katta ahamiyat berish kerak. Bu nuqsonlar kasbga oid noqulay ishlar ta’sirida kelib chiqishi mumkin.
Ishlab chiqarish badabtarbiyasi mashg‘ulotlari ta’sirida jismoniy rivojlanishda shakllanadigan ijobiy siljishlar, umumiy sog‘liq holatini yaxshilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatida baholanishi lozim. Jismoniy rivojlanishga baho berishda, shuningdek tegishli nazorat me’yorlardan foydalanish ham mumkin.
Mehnat qobiliyatini tekshirish har bir konkret holda kasbiy faoliyat spetsifikasiga binoan asosiy yuklama tushadigan funksional tizimlar va a’zolar ishi ustidan kuzatish imkonini beradigan usullar qo‘llashni talab etadi. Aqliy ishda oily nerv faoliyatini tadqiq qiladigan usullar asosiy usullar hisoblanadi, chunki asosiy yuklama markaziy nerv tizimiga to‘g‘ri keladi.
Mushak faoliyatida, bundan tashqaari kuch sifatlari va chidamlilikni aniqlash usullari ham qo‘llaniladi. Obyektiv tekshirish usullarining natijalarini subyektiv ma’lumotlar bilan taqqoslash, shu tariqa kuzatuvlarning haqiqiyligini ta’kidlash lozim.
Ishlab chiqarish badantarbiyasining ish unumdorligiga ta’sirini hisobga olish, ya’ni uning iqtisodiy samaradorligini xronometraj yo‘li bilan aniqlanadi.
Chunonchi, ishchilarning muayyan ishlab chiqarish operatsiyalarini jismoniy tarbiya pauzasi boshlanishidan bir soat oldin va undan bir soat keyin bajarishga sarf qilinadigan vaqtning o‘rtacha davomiyligi, shuningdek ishlab chiqarish badantarbiyasi mashg‘ulotlarini yarmi bir yil ichida bajarishdan keyin bu xususida ro‘y bergan siljishlar aniqlanadi.
Ishlab chiqarish badantarbiyasi joriy qilishga qadar va undan keyin ishlab chiqarish rejasini bajarishning qiyosiy ma’lumotlari va gimnastika bilan shug‘ullanmaydigan shaxslar kiritiladigan bir turdagi nazorat guruhi ma’lumotlari bilan taqqoslash ular samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kasalning kamayishi hisobiga mehnatga layoqatsizlik kunlari sonining qisqarishini ham ishlab chiqarish badantarbiyasi mashg‘ulotlarining iqtisodiy samaradorligidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarish gimnastikasi gigiyenasi qo‘llanishi sababli kasalanish va shikastlanishlarning oldini olish bilan balki ish harakatlarni bir-biriga moslashib boradi. Ish samaradorligi, intizomlilik va uyushqoqlik ko‘rsatish imkoniyati ortadi. Mahsus tanlangan jismoniy mashqlarning ish jarayonida bajarilishi iqtisodiy va salomatlik omili sifatida hizmat qiladi. Shuningdеk ishlab chiqarishning gigiyenaviy sharoitini yahshilaydi, chunki ishchilarni sog‘lomlashtirish uning eng muhim sharti hisoblanadi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish