Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Odam tanasi harakatining dinamikasi



Download 6,95 Mb.
bet320/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

54-modul. Odam tanasi harakatining dinamikasi



Skeletning ahamiyati. Suyaklar sistemasi mexanik va biologik jihat­dan ahamiyatga ega boigan bir qancha funksiyalarni ado etib boradi. Mexanik funksiyasi suyaklar sistemasining tayanch, harakat va himoya funksiyalarini bajara olishiga aloqadordir.
Tayanch funksiyasi turli skelet qismlariga yumshoq to‘qimalar va organlar birikishidan iborat. Suyaklar harakatchan bo‘lib, bir-biriga birikkan va muskullarning qisqarishi natijasida so‘rila oladigan uzun va kalta richaglar ko‘rinishida tuzilganligi tufayli harakat funksiyasini yuzaga chiqara oladi.
Himoya funksiyasi ayrim suyaklardan suyak kanali vujudga kelishi tufayli yuzaga chiqadi, chunonchi, umurtqa pog‘onasi orqa miyani; suyaklardan iborat kalla qutisi, ya’ni bosh skeleti bosh miyani; ko‘krak qafasi suyaklari yurak va o‘pkani; suyaklardan tuzilgan yopiq joy cha-noq ko‘payish organlarini asrab himoya qilib turadi.
Suyaklar sistemasining metabolik funksiyasi suyaklarning moddalar almashinuvida, ayniqsa minerallar almashinuvida ishtirok etishiga bog‘liqdir(suyaklar fosfor, kalsiy, temir va boshqa mineral tuzlar saqlanadigan joy, depoboiib hisoblanadi).
Suyaklar yana qon yaratish funksiyasini ham bajaradi, chunki qonning ko‘p qismi ishlanib chiqadigan ko‘mik suyaklarda bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibi va fizik xossalari. Suyak moddasi organik modda-lar, asosan ossein va anorganik moddalar, asosan kalsiy fosfatdan iboratdir. Suyakning elastikligi osseinga bog‘liq boisa, qattiqligi mineral tuzlarga bog‘liqdir. Anorganik va organik moddalaming tirik suyakda birga qo‘shilishi suyakka haddan tashqari pishiqlik va elastiklik baxsh etadi. Suyakda yosh ulg‘aygan sari yuzaga kelib boradigan o‘zgarishlar ham shuni ko‘rsatadi. Yosh bolalarning suyaklarida ossein qiyosan ko‘p bo‘ladi, ularning suyaklari juda egiluvchan bo‘lishi bilan ajralib turadi, shu sababdan hadeganda sinavermaydi. Qarilikda, organik va anorganik moddalar nisbati o‘zgarib, anorganik moddalar ko‘proq boiib qola-digan mahalda, aksincha, suyaklar elastikligi kamayib, ancha mo‘rt boiib qoladi, shunga ko‘ra suyaklarning sinish hodisalari yosh qaytib qolgan chog‘da hammadan ko‘ra ko‘proq kuzatiladi.
Suyaklarning tuzilishi. Suyak (os) osteonlardan tuzilgan. Osteonlar suyakning tuzilish elementlari boiib, ular lupa va mikroskopning kichik obyektivi ostida qaralganda ko‘rinadi. Suyakning ancha yirik boiadigan, ko‘ndalang kesmasida yoki rentgenogrammada endi oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan tuzilmalari — suyak moddasi to‘sinlari — osteonlardan hosil bo‘ladi. Mana shu to‘sinlardan ikki xil suyak moddasi vujudga keladi: to‘sinlar bir-biriga zich bo‘lib yotadigan boisda, u vaqtda zich modda hosil bo‘ladi; to‘sinlar bo‘sh yotib, orasida bulutga o‘xshash bo‘sh kataklar qoladigan boisa, u holda bulutsimon, g‘ovak modda yuzaga keladi. Suyaklarning qaysi biri va qaysi qismlari asosan tayanch va harakat funksiyasini bajaradigan boisa, zich modda o‘sha suyaklar va o‘sha qismlarida, masalan, naysimon suyaklarning diafizida (tanasida) bo‘ladi. Qayerdaki hajm katta boigani holda yengillik va shu bilan birga pishiqlikni saqlab qolish kerak boisa, kovak modda yuzaga keladi. Mana shu modda kataklarida va naysimon suyaklarning ilik bo‘shlig‘i deb ataladigan markaziy kanalida ko‘mik va ilik bo‘ladi (32-rasm).
Suyakda boiadigan ko‘mik bilan ilikning bir-biridan farqi bor. Suyakdagi ko‘mik retikular to‘qimadan tashkil topgan nozik qizil massa ko‘rinishida bo‘ladi, uning qovuzloqlarida qon yaratish va suyak hosil qilishga bevosita aloqasi boigan hujayra elementlari turadi. Ilik asosan yog‘ hujayralaridan iborat, sariq rang-da boiadi, uning shu rangi yog‘ hujay-ralari rangiga bog‘liq.
Bo‘g‘im yuzalarini hisobga olma-ganda, suyak tashqi tomondan suyak ust pardasi bilan qoplangan. Suyak ust pardasi yupqa, och pushti rangli pishiq biriktiruvchi to‘qima pardasi bo‘lib, suyakni tashqi tomon­dan o‘rab turadi. U nerv va tomirlarga boy, shunga ko‘ra suyakning oziqlanishi va o‘sishida ishtirok etadi. Suyak o‘zining ust pardasidan ko‘pdan-ko‘p tomir teshiklari orqali sirtqi (fibroz) suyak qatla-miga o‘tuvchi qon tomirlar hisobiga oziqlanadi. Suyakning suyak ust pardasidan holi turadigan bo‘g‘im yuzalarini odatdagi gialin tog‘ay tuzilishiga ega bo‘lgan bo‘g‘im tog‘ayi qoplab turadi. Organ sifatidagi suyak degan tushunchaga suyakning asosiy massasini tash-kil etuvchi suyak to‘qimasi, shuningdek ilik bilan ko‘mik, suyak ust pardasi, bo‘g‘im tog‘ayi va bir talay nerv hamda tomirlar kiradi. 
Skelet bo‘limlari. Skeletning quyidagi qismlari tafovut qilinadi: gavda suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar, to‘sh suyagi), kalla qutisi suyaklari, ya’ni bosh skeleti (miya va yuz skeleti), yelka kamari suyaklari (kurak, o‘mrov), chanoq kamari suyaklari (yonbosh, quymich va qov suyaklari), qo‘l suyaklari (yelka, bilak, panja suyaklari) va oyoq suyaklari (son, boldir, oyoq panjasi suyaklari).
Suyaklar klassifikatsiyasi. Shakli, tuzilishi, funksiyalari va rivojlanishi jihatidan olganda quyidagicha suyaklar tafovut qilinadi.
1. Uzun naysimon suyaklar. Bunga tanasi suyak nayi ko‘rinishida uzun bo‘ladigan qo‘1-oyoq suyaklari kiradi (uzun bo‘ladigan yelka, bilak, son, boidir suyaklari). Bu suyaklar muskullar qisqarganida harakatga keladigan bir nav uzun richaglardir. 
2. Kalta naysimon suyaklar (qo‘1-oyoq kaftlari suyaklari va falangalari). 
3.Asosan g‘ovak moddadan tuzilgan kalta g‘ovak suyaklar (umurtqalar, qo‘l va oyoq kaft usti suyaklari). 
4. Uzun g‘ovak suyaklar (qovuig‘alar).
5. KaUaning qoplagich suyakiari. Bular shaklan keng bo‘lib, tartibsiz ravishda joylashgan g‘ovak modda plastinkalaridan tuzilgandir.
6. Kamarlarning yassi suyaklari. Bular asosan g‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa, zich modda plastinkasi bilan qoplangan.
7. Aralash suyaklar (har xil tuzilishga ega bo‘lgan qismlardan tuzilgan suyaklar, masalan, chakka suyagi).
Har bir naysimon suyakning quyidagi qismlari tafovut etiladi. Suyakning tanasi, diafizi suyak nayidan iborat bo‘lib, katta yoshli odamlarda ilik bilan to‘lib turadi. Nayning devori mustahkam zich moddadan tuzilgandir. Suyakning uchlari, epifizlari qo‘shni suyakka zich taqalib turadi va bo‘g‘im tog‘ayi bilan qoplangan bo‘g‘im yuzasiga ega bo‘ladi; bular g‘ovak moddadan tuzilgandir, shu moddada ko‘mik bo‘ladi.
Suyaklaraing birlashmalari. Suyaklarning birlashmalarini rivojlanishi, tuzilishi va funksiyasiga qarab quyidagi ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: 1) filogenezdagi rivojlanishi jihatidan ancha barvaqt yuzaga kelgan, runksiyasi jihatidan qo‘zg‘almas yoki kam qo‘zg‘aluvchan bo‘ladigan tutash birlashmalar sinartrozlar; 2) rivojlanishi jihatidan birmuncha keyin vujudga kelgan va runksiyasi jihatidan ancha harakatchan bo‘ladigan uzuq birlashmalar, diartrozlar (33-rasm). Shu formalar o‘rtasida tutash birlashmalardan uzuq birlashmalarga qarab yoki teskari tartibda boradigan oraliq forma — yarim-bo‘g‘im (gemiartroz) bor.
Tutash birlashmalar (sinartrozlar). Suyaklarning biriktiruvchi to‘qima vositasida birikishi — sindesmozlar (choklar, liqildoqlar, paylar, membranalar), tog‘aylar yordamida birikishi (sinxondrozlar) va suyak to‘qimasi yordamida birikishi (sinostozlar) shularga kiradi.
Uzuq birlashmalar (diartrozlar, bo‘gfimlar). Bo‘g‘im harakatchan bo‘ladigan, bo‘shliqli uzuq biriashma yoki qo‘shilmadir (yunoncha arthos — bo‘g‘im degani). Har bir bo‘g‘imda bir-biri bilan qo‘shila-digan suyaklarning bo‘g‘im yuzalari, qo‘shiluvchi suyaklarning uchlarini mufta ko‘rinishida qarab turadigan bo‘g‘im xaltasi va suyak orasidagi xalta ichida bo‘ladigan bo‘g‘im bo‘snlig‘i tafovut qilinadi.
Bo‘g‘im yuzalari bo‘g‘im tog‘ayi bilan qoplangandir, bu tog‘ay gialin, goho tolali tog‘aydan iborat bo‘ladi. Bo‘g‘im yuzalari, odatda, bir-biriga mos keladi. Chunonchi, bitta suyakning bo‘g‘im yuzasi qavariq bo‘lsa (bo‘g‘im boshchasi deb shuni aytiladi), ikkinchi suyak yuzasi botiq bo‘ladi (bo‘g‘im chuqurchasi).
Bo‘g‘im xaltasi bir-biriga qo‘shiluvchi suyaklar bo‘g‘im yuzalari-ning chetlariga yopishib o‘sgan bo‘ladi va bo‘g‘im bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘i tashqi fibroz parda va sinovial suyuqlik ishlab chiqarib turadigan ichki sinoviallardan yuzaga kelgan.
Bo‘g‘im bo‘shlig‘i germetik yopiq bo‘ladigan tirqishsimoa- kamgak-dir, unda sinovial suyuqlik bo‘ladi. Bu suyuqliq bo‘g‘hndagi suyak yuza-larini namlab, moylab turadi, shunga ko‘ra ular o‘rtasida ishqalanish kamayadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘ida manfiy (atmosfera bosimidan ko‘ra past) bosim bo‘lgani uchun bo‘g‘imdagi suyak yuzalari bir-biriga zich taqalib turadi. Shu sababdan atmosfera bosimi bo‘g‘imlarning ajralib ketishiga to‘sqinlik qilib turadi (ba’zi kasalliklarda bo‘g‘imlarning atmosfera bosimi o‘zgarishiga juda sezgir bo‘lib qolishi shunga bog‘liq), Bo‘g‘imning mustahkamlovchi qismi boylamlar, shuningdek, muskul paylaridir, bo‘g‘imning boylamlari suyaklar harakatini yo‘naltiradi va ularning vaziyatini saqlab turadi.
Bo‘g‘imlar biomexanikasi. Bo‘g‘im yuzalarini shakli jihatidan ol-ganda aylanuvchi geometrik jismlan bir o‘q atrolida aylanadigan silindr; ikkita o‘q atrofida aylanadigan ellips va uch hamda bundan ko‘ra ko‘proq o‘q atrofida aylanadigan shar kesmalari, deb qarash mumkin. Bo‘g‘imlarda bo‘lib turadigan harakatlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi; 
1) frontal (gorizontal, ko‘ndalang) o‘q atrofida qilinadigan harakat — bukish va yozish; 
2) sagittal (oldingi-orqa gorizontal) o‘q atrofida qilinadigan harakatlar — o‘rta tekislikka yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish; 
3) tik o‘q atrofida qilinadigan harakatlar, ya’ni ichkari va tashqari yoki o‘ng va chapga qarab aylantirish; 
4) aylanma harakatlar. Bo‘g‘im funksiyasi harakatlarining nechta o‘q atrofida bo‘lib turishiga, shuningdek, qo‘shiluvchi yuzalarining shakliga bog‘liq. Bo‘g‘imlarning anatomik-fiziologik jihatdan asoslangan quyidagi yagona klassifikatsiyasini ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi.
Bir o‘qli bo‘g‘imlar. 1. Silindrsimon yoki g‘ildiraksimon bo‘g‘im (masalan, proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi, bunda bilak ichkariga bu-rash — pronatsiya harakati bilan tashqariga burash — supinatsiya hara-katini bajaradi). 2. G ’altaksimon yoki chig‘irsimon bo‘g‘im (masalan, barmoqlar falangaaro bo‘g‘imlari) bunday bo‘g‘imda frontal o‘q atro­fida harakatlar bo‘lib turadi (bukish va yozish).
Ikki o‘qli bo‘g‘imlar. 1. Ellipssimon bo‘g‘im (masalan, bilak-kaft, ya’ni bilakuzuk bo‘g‘imi), bunda bir-biriga tik ikkita gorizontal o‘q atrofida: frontal o‘q bilan (bukish va yozish) sagittal o‘q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlar bo‘lib turadi. 2. Do‘ngli bo‘g‘im (masalan, tizza bo‘g‘imi). 3. Egarsimon bo‘g‘im (masalan, I barmoqning kaft usti kaft bo‘g‘imi); bunday bo‘g‘imda bir-biriga tik ikki o‘q atrofida: frontal o‘q bilan (bukish va yozish) sagittal o‘q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlari bo‘lib turadi.
Ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar. 1. Sharsimon bo‘g‘imlar (masalan, yelka bo‘g‘imi). Bularda bir-biriga tik bo‘lgan va boshchasining markazida bir-biri bilan kesishadigan uchala asosiy o‘q tafovut qilinadi. Sharsimon bo‘g‘im barcha bo‘g‘imlarning eng erkini hisoblanib, unda oldinga va orqaga bukish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, ichkariga va tashqariga aylantirish harakatlari bo‘lib turadi. 2. Yassi bo‘g‘imlar (masalan, umur-tqalararo bo‘g‘imlar). Bularda deyarli yassi bo‘g‘im yuzalari bo‘ladi. Bo‘g‘im yuzalari tafovuti bularda arzimas bo‘lgani uchun harakatlari­ning hajmi ham katta emas.


Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish