53-modul. Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari
Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o‘rganish usullari va qisqacha tarixi. Fan va texnika muvafaqqiyatlarni qo‘lga kiritayotgan hozirgi paytda kundalik turmushga jismoniy tarbiya, sport turlari bilan shug‘ullanish keng ko‘lamda singib bormoqda, bu borada har xil musobaqalar, belashuvlar o‘tkazish ommaviy tus olmoqda. Jismoniy tarbiya, sport mashqlari bilan samarali shug‘ullanish uchun esa o‘qituvchi, murabbiyning sport fiziologiyasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ulanishining fiziologik asoslari yoki sport fiziologiyasi odam fiziologiyasini tarkibiy qismi bo‘lib, u faol harakat qilish, jismoniy ish, jismoniy mashqlar, alohida sport turlari bilan shug‘ullanishning tana a’zolari, tizimlari va bir butun organizimga ta’sirini o‘rganadi. Jismoniy hatti-harakatlar bilan shug‘ullanish kishining yoshiga, jinsiga, shug‘ullanuvchining jismoniy tayyorgarlik darajasiga, ob-havo va boshqa bir qator tabiiy omillarga yaqindan bog‘liq bo‘lib, ularga amal qilish mashq qilishning muvofiq bo‘lishi samaradorligini kafalotlaydi.
Inson organizimidek murakkab va mukammal tuzilgan tizim bo‘lmaganidek, uning hayotiy faoliyati, jumladan jismoniy qobilyati, imkoniyatlari ham juda keng va serqirradir. Bularni o‘rganishda qanchalik ko‘p muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmasin odam tanasining jismoniy nuqtai nazardan noma’lum sirlari hali juda ko‘p, ularni olishda mashq turlarini fiziologik jihatdan klassifikatsiyalashni, kuch, tezlik, chaqqonlik va yepchilikning funksional xarakteristkasini mashq qilishning fiziologik xususiyatini, ko‘p mashq kilganlikning salbiy oqibatlari, boshqa shunga o‘xshash holatlarni to‘liqroq muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan maqsadga muvofiq ravishda shug‘ullanishda odam tanasining fiziologik qonun qoidalarini bilish muhim ahamiyatga ega. Bajaraladigan har qanday jismoniy ish, muskul harakati tanadagi barcha tizim va a’zolar funksiyasiga faol ta’sir qiladi. Masalan, oddiy haraktlar-yurish, chopish, sakrash, qo‘l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, moddalar almashinuvi, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon-ichak tizimi funksiyasi kabi tiriklik faoliyatilarni tezlashtiradi. Og‘ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladiganbunday o‘zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm uchun befarq bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish zaminida sog‘lik va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, halqlar va davlatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlari o‘rnatish va mustaxkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul harakati tanadagi barcha tizim va a’zolar funksiyasiga faol ta’sir qiladi. Masalan, oddiy harakatlar-yurish, chopish, sakrash, qo‘l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon ichak tizimi funksiyasi kabi tirklik faoliyatini tezlashtiradi. Og‘ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladigan bunday o‘zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm uchun befarq bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi zaminda sog‘liq va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, halqlar va davlatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish va mustahkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul faoliyatining organizm tizim va a’zolari faoliyatiga ta’sir qilish sirlarini o‘rganish bu sohadagi har bir o‘qituvchi murabbiyning asosiy vazifalaridan biridir.Bu narsalarni o‘rganish esa jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmunini tashkil qiladi.
Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslarini o‘rganish usullarini haqida gapirganida shu narsani aytish lozimki, odam fiziologiyasini o‘rganishdagi asbob-uskunalar, apparatlar, jihozlarning ko‘pchiligi muskul faoliyatining organizimga ta’sirini qayd qilishda ham qo‘llaniladi. Bularga asosan stefondoskop, sfigmomonometrlar yordamida yurak urishi va qon bosimini o‘lchash, spirometr orqali nafas olishni qayd qilish, Goryaev usulida qon shaklli elementlarini sanash, Sali usuli bilan qonda gemoglabinni hisoblash, Penchenko apparati yordamida eritrotsitlarning cho‘kish reaksiyasini aniqlash, EKG yozib olish, Ensefalograf bilan miya biotoklarini qayd qilish, dinamometrlar bilan qo‘l, oyoq, tana kuchlarini o‘lchash va boshqalar kiradi.
Keyingi yillarda fotometrik, telemetrik, rentgenoskopiya usullar sport fiziologiyasida keng qo‘llanilmoqa hamda kompyuter texnikasidan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Jismoniy ish, har xil jismoniy mashqlar va badantarbiyaning odam organizmiga ta’sir qilishi haqidagi ma’lumotlar dastlab Aristotel asarlarida uchraydi. U nihoyatda og‘ir yoki yengil gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanish jism-u jasadning kuchsizlanishiga olib keladi deb yozib qoldirgan.
Buyuk mutafakkir va qomusshunos olim Abu Ali ibn Sino o‘zining ko‘p tomlik «Tib qonunlari»da «Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish-salomatlikni saqlash va mustahkamlashda ulug‘ ishdir» deb ta’kidlagan. U birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda yosh, kasb, jins, organizmning funksional holati, ob-havo sharoitlariga e’tibor qilishni asosli ravishda tavsiya qiladi. Olim o‘z asarlarida badantarbiya mashqlari bilan qachon shug‘ullanish mumkin-u, qachon mumkin emasligini organizmning funksional holatlariga ko‘ra aniq belgilab bergan. Masalan, to‘yib ovqatlanishdan keyin va och qoringa jismoniy mashq bajarish organizm uchun foyda keltirmasdan, balki zarar keltirishini, eng yaxshisi yeyilgan ovqat tanaga singganidan keyin, navbatdagi ovqatlanish vaqti kelguniga qadar bunday faoliyat ko‘rsatish ma’qulligini e’tirof qilgan.
Buyuk bobokalonimiz «Tib qonunlari»da jismoniy mashqlarning bola organizmiga ta’sir qilishi juda sezilarli ekanligini, mashq qilishda bolaning yoshi, jismoniy va ruhiy holatlarini hisobga olish kerak degan dono fikrni birinchi bo‘lib aytgan.
Abu Ali ibn Sino jismoniy mashqlarni odam organizmi funksional xususiyatlariga ta’sir qilishiga ko‘ra oltita guruhga bo‘lib chiqkan:
1) Tez bajariladigan harakatlar, bularga yurish, bir oyoqda sakrab harakat qilish, qilichbozlik, nayza irg‘itish, kamondan o‘q otish, mushtlashishlar kiradi.
2) O‘rtacha tezlikda bajariladigan harakatlar, bularga kurash tushish, og‘irlik ko‘tarish, chavgan o‘ynash kabi jismoniy mashqlar kiradi.
3) yengil va nafis harakatlar, bularga qayiqda, kemada sayr qilish, beshik va arg‘umchoqda chayqalish, tebranishlar kiradi.
4) Juda sekin harakatlar, bularga ot, tuya va aravada sekinlik bilan sayr qilishlar kiradi.
5) Harakatning maxsus turlari, bularga qo‘l va oyoqlar bilan har xil harakatlar qilish, nafas olish a’zolari yoki butun tanani harakatga keltirish kabi faoliyatlar kiradi.
6) Tog‘larga sayr qilish, o‘zga mamlakatlarga safarga chiqish va boshqalar.
Muskul faoliyatining odam va hayvonlar organizmiga ta’siri haqida fikr yuritish, tajriba va kuzatuvlar ancha oldinroq olimlar va tadqiqotchilar e’tiborini tortib kelgan bo‘lsada, bu boradagi izlanishlar sobiq ittifoqda asosan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.ye.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy, L.A.Orbelilarning ilmiy merosiga suyanib olib borildi va dastlabki amaliy natijalarga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab erishildi.
Sport fiziologiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishida A.N.Krestovnikovning (1885-1955) xizmatlari katta. Uning 1939 yilda yozilgan «Sport fiziologiyasi» va 1951 yilda yozilgan «Jismoniy mashqlar fiziologiyasidan ocherklar» kitoblari jismoniy tarbiya va sport nazariyasini yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. U o‘z shogirdlari bilan harakat malakasining fiziologik mexanizmini ilk bor tushuntirib berdi. Shundan keyin jismoniy tarbiya institutlarida, universitetlarida va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida tashkil qilingan fiziologiya kafedralarida jismoniy mashq qilishning kishi organizmi har xil funksiyalariga ta’sir qilishini ilmiy asosda o‘rganish bo‘yicha faol ish olib borildi. Odam fiziologiyasi kursining barcha boblarini jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan tahlil qilishda professor N.V.Zimkinning uch marta (1964, 1970, 1975 yillar) nashr qilingan odam fiziologiyasi darsligi muhim hissa qo‘shdi va ularda sport fiziologiyasining zamonaviy ruhda yoritilishiga ham yetarli darajada e’tibor berilgan. Keyingi 50 yil ichida Odam fiziologiyasining turli sohalarida muskul faoliyati va sport bilan shug‘ullanish tufayli kuzatiladigan o‘ziga xos jarayonlarni o‘rganishda Sobiq Ittifoqda va Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlar Ittifoqiga kiruvchi Respublikalarda bir qator olimlar va tadqi-qotchilar tomonidan diqqatga sazavor ishlar olib borildi va olib borilmoqda. Bularga misol qilib N.V.Zimkin, Ya.M.Kots, A.V.Korobkov, V.S.Farfel (muskul ishi va jismoniy harakatning sifat ko‘rsatgichlarida fiziologik tizim ishtirokini o‘rganish) N.A.Bernshteyn, ye.B.Sologus, A.Ya.Yarotskiy (harakatning boshqarilishi, nerv tizimi va sezgi a’zolarining faoliyatiga jismoniy mashqlar ta’sirini o‘rganish), V.V.Vasileva, A.G.Dembo, V.L.Karpman, K.M.Smirnov, V.V.Smirnov, V.V.Mixaylov (jismoniy ishning yurak- qon tomirlari va nafas olish tizimi faoliyatiga ta’sirini o‘rganish) A.A.Viru, V.Ya.Rusyan, N.N.Yakovlev (jismoniy mashqlarning endokrin bezlar faoliyatiga ta’sirini o‘rganish), T.I.Svistun, Z.T.Tursunov, K.R.Raximov, Sh.Q.Qurbonov (ovqat hazm qilish a’zolari faoliyati va moddalar ham energiya almashinuviga jismoniy mashqlar ta’sirini o‘rganish) ishlarini olish mumkin.
Salomatlikni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o‘rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakat qilishni taqoza qiladi. Bunday bog‘lanish inson paydo bo‘lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo‘lib evolyusion yo‘l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harkat faqat yashash uchun kerak bo‘lib qolmasdan (ovqat topib yeyish, dushmandan o‘zini himoya qilish, noqulay omillardan muhofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a’zolarning ham me’yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning toboro keng ko‘lamda qo‘llanilishi insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo‘ydi.
Faol harakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha a’zolarning me’yoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan harakat qilib turish sharoitdagina o‘z funksiyalarini to‘liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi lozim.
Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini ham tegishli ravishda ta’minlaydi.
Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganini arterial qon bosimining yuqori bo‘lishi (gipertoniya), milkard infarkti, asab tizimining qator xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, deprissiya va boshqalar), o‘t va siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi kabi «zamon kasalliklari» ko‘pincha jismimizning harakatga «to‘ymasligi»dan kelib chiqadi. Aytib o‘tiladigan kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning aksariyat qismi o‘tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlari, ilmiy xodimlar, pult boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rahbarlar va boshqalar) shug‘ullanishligi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport seksiyalarida shug‘ullanishi eslatib o‘tilgan xastaliklarning chekinishiga, salomatliklarining mustahkamlanishiga olib kelgan.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanish ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Bu fikrni ham ko‘pgina misollar bilan tasdiqlash mumkin. Tikuvchilik fabrikasida monoton (bir xil) mehnat qiladiganlarning vaqti-vaqti bilan (har ikki soatda) maxsus badantarbiya mashqlari bajarib turganlari ishlab chiqarish unumdorligida yaxshi ko‘rsatgichlarga erishgan.
Nafaqat qo‘l kuchi bilan ish bajaradiganlar, aqliy mehnat qiluvchilar ham tegishli vaqt o‘tishi bilan maxsus jismoniy mashqlar bajarib tursa unumli ishlaydi. Demak, inson organizmiga uning faol va sog‘lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir qatorda yetarli darajada jismoniy harakat qilib turishi ham zarur ekanligi shubhasiz.
Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta’siri. Gipodinamiya (yunoncha hypo - past, kam, dynamis - kuch) u organizm funksiyalarida (harakat - tayanch apparati qon aylanish, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari, ovqat hazm qilish tizimlari, asab tizimi hamda moddalar va energiya almashinuvi faoliyatida) kam harakatlilik tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar. Ba’zan bu atama gipokeniziya so‘zi bilan almashtiriladi, (Kinesis - harakat) bu unchalik to‘g‘ri emas. chunki gipokeniz atamasi ko‘pincha harakatning ilojsiz cheklanishi (masalan, kasallik tufayli ko‘rpa to‘shak rejimida yotish) ifodalaydi.
Gipodinamiyaning kelib chiqishida, qayd qilganimizdek, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va texnikaviy rivojlanish tufay-li turmush tarzida bevosita harakat qilishning toboro qisqarib borishi asosiy sabab bo‘lmoqda.
Hisob-kitob qilinishicha har sutkada odam o‘rtacha umumiy energiyasining 1300-1500 kaloriyasini jismoniy ishga sarflangandagina uning jismoniy harakatga nisbatan talabi qonadi. Agar buni bevosita harakat qilishga chiqsak bir kecha-yu kunduz davomida odam o‘rtacha 11000 qadam bosishi kerak. Buning ichiga kun uzog‘ida qilingan barcha hatti-harakatlar (ertalab uyqudan turgandan barcha tirikchilik va kundalik ish bilan bog‘liq harakat faoliyati) ham kiradi.
Gipodinamiyaning hozirigi zamon kishisi hayotida sezilarli o‘rin tutganligini shu bilan isbotlash mumkinki, bundan taxminan 100yil muqqadam barcha ishlarning 95-96% bevosita qo‘l, oyoq, yoki tana kuchi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, qolgan 4-5 % o‘sha paytda mavjud bo‘lgan mexanizimlar va tegishli texnika vositasi yordamida bajarilgan. Bugunlik kunga kelib esa buning aynan teskarisi, ya’ni aksariyat ishlar(95-96%) mashina -avtomatlar yordamida, qolgani(4-5%) bevosita odam kuchi bilan amalga oshirilmoqda.
Gipodinamiya organizimning tiriklik funksiyalariga salbiy ta’sir qiladi. Davomli gipodinamiya tufayli yosh organizm me’yoriy o‘sishdan qolsa, yoshi oshganlari mehnat qobilyatini yo‘qotib ertachi qariydi.
Gipodinamiya ta’sirida dastavval harakat-tayanch apparati kuchsizlanadi, tana muskul tolalari atrofiyalanib harakatning barcha sifat ko‘rsatgichlari (tezlik, kuch, chaqqonlik) pasayib ketadi. Ish jarayonida uzoq vaqt tanani bir xil tutib turish(stanok oldida tik turish , EHM qarshisida davomli o‘tirish va hokazolar) umurtqa pag‘onasi va aniqsa ular orasidagi tog‘ay chambarlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kosmanavtlarning davomli kosmik parvozda bo‘lishi (kosmik parvoz vaznsizlik holatida va kema ichi nihoyatda tor bo‘lganligi sababli harakat qilish imkoniyati kam).Ularda suyak zichligining kamayishiga olib keladi. Ularda siydik bilan chiqaraladigan kalsiy miqdori esa shu muddat davomida ancha oshadi.
Davomli gipokeneziya sharoitida yashash (masalan, ko‘ngililarni uzoq muddat davomida ko‘rpa-to‘shakda yotqizib qo‘yish) kishining jismoniy ish qobilyatini nihoyatda pasaytirib yuboradi. Shuning uchun ham davomli parvozdan keyin kosmanavt erkin yura olmaydi. Chunki uning oyoq muskullarida bunday parvoz tufayli yuzaga keladigan odatdagi vazinning yo‘qolishi bilan sodir bo‘ladigan notabiiy holatlar(ularga tegishli yuklamalarning berilmasligi natijasida) u yerga qaytib tushgandan keyin harakat qilishi qiyinlashadi. Tanadagi har qanday muskul ham ma’lum jismoniy yuklama bajarib turmasa o‘z kuchini yo‘qotadi va asta-sekin atrofiyalanadi. Shuning uchun ham davomli kosmik parvoz davomida kosmonavtlar maxsus valoergometrlar yoki yugurish tasmalarida doimiy mashq bajarib turishadi. Kam harakt qiladigan odamda nafas olish va qon aylanish a’zolarining funksiyasi pasayib ketadi. Bunday kishilar tinch o‘tirganlarida hech qanday qiynalishni sezmaydi, ozgina muskul harakati qilish bilan esa kislorodga nisbatan tegishli ravishda oshgan talabni o‘pka va yuraklar qondira olmaydi (chunki ularning funksional pasaygan). Bunday odamda tez charchash sodir bo‘ladi, qonda sut kislotasining miqdori ko‘payib ketadi.
Keyingi yillarda butun dunyo bo‘yicha yurak-qon tomirlari kassaoiklari ko‘payib ketmoqda, boz ustiga bu kassllik ancha yosharib qoldi, ya’ni keksalik yoshga yetmasdan ularga chalinishlar yildan-yilga oshib bormoqda. Buning asosiy sabablardan biri shubhasiz surunkali gipodinamiyadir.
Gipodinamiya sharoitida oz muncha jismoniy harakat qilish yurak urish chastotasining yuqori bo‘lishiga olib keladi, yurakning minutlik hajmi esa kuchli ish bajarilganida 15-20 l dan oshmaydi. Bunday ko‘rsatgich qayd qilingan jismoniy ish payti organizmni yetarli miqdorda qon bilan ta’minlanishi uchun ancha-muncha kamlik qiladi. Mashq qilingan kishilarda esa yurakning minutlik hajmi 40 l va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Yana gipokeniziya qon bosimining ancha ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Shu narsa aniqlanganki 70 sutkalik gipokeniziya tufyali odam yuragining massasi 12,9-17,9% gacha kamayar ekan.
Gipodinamiya ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga ham kuchli ta’sir qiladi, u stressomil sifatida buyrak usti bezidan ajralib chiqadigan kortikosteroidlarni ko‘pincha qariyb ikki baravarga ko‘paytiradi. Bu hol o‘z navbatida organizimdagi ko‘pgina hayotiy ko‘rsatgichlarni o‘zgarib ketishga olib keladi.
Gipodinamiya asab tizimi funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kam harakatlilik tufayli bu tizim faoliyatining asosiy ko‘rsatgichlari bo‘lmish qo‘zg‘alish va tormozlanishning kuchi, bu jarayonlarning bir-biriga almashinib turishi odatdagi holatdan o‘zgarib ketadi. Ko‘gina davomli gipodinamiya sezilarli darajada asabiylashtshga olib keladi. Davomli gipokeniziya sharoitida odam tez achchiqlanadigan bo‘lib qoladi.
Gap shundaki, nerv markazlarining me’yoriy va to‘liq ishlashi uchun ularga chetki a’zolardan maxsus impulslar (teskari aloqa) kelib turishi kerak. Bu impulslar esa kishi faol harakat qilib turganida muskullar, paylar va bo‘g‘imlardan asab tizimiga qarab oqib turadi. Kamharakatlik tufayli ularning siyraklashib qolishi ushbu tizim faoliyatida bir qator salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Natijada kishi asab tizimining xususiyatlariga qarab yo tez achchiqlanadigan, yo hamma narsaga beparvo bo‘lib qolishi mumkin.
Organizmning fiziologik qo‘ri (rezervlari). Odam tanasi odatda morfologik, biokimyoviy va fiziologik qo‘riga (rezervlarga) ega bo‘ladi. Morfologik rezerv deganda a’zolarni tashkil qilgan to‘qimalarning tuzilishi, biokimyoviy rezerv deganda ko‘pincha organizmdagi mavjud fermentlar faolligi, moddalar va energiya almashinuvining kuchi tushuniladi. Fiziologik rezerv esa organizm a’zo tizimlarining zahiradagi mavjud funkional imkoniyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |