Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet148/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Kichik maktab yoshdagi bolalarga o‘zlariga munosib kun tartibi, mе’yorida va sifatli ovqatlanish, doimo chiniqish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishlari kеrak. Bolalarga harakatli o‘yinlar, muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari kеrak, shu bilan bir qatorda sayr etishga alohida e’tibor bеrish lozim.
O‘rta maktab va o‘spirinlik yoshlarida hamma o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar va umumiy gigiyenaviy holatlar tartibiga rioya qilish lozim. Bunda o‘qish va dam olishga qattiq amal qilish lozim, yoqimli harakat tartibiga, qomatni to‘g‘ri shakllanishiga ahamiyat bеrish lozim. Bu yoshlarda gigiyenaviy tarbiya, gigiyenada anatomiya va fiziologiya darslaridan gigiyenaviy ilm olish bilan qo‘shilib kеtadi.
Bolalar organizmi har vaqt muttasil o‘sishda va rivojlanishda bo‘ladi. O‘sish degan vaqtda organizmni soni jihatidan o‘zgarishi, rivojlanish degan vaqtda a’zo va tizimlarni sifatini o‘zgarib borishi tushuniladi. Bolalikni quyidagicha davrlari tafovut etiladi. Maktabgacha – 7 yoshgacha, kichik maktab – 7 yoshdan 12 yoshgacha, o‘rta maktab – 12 yoshdan 16 yoshgacha va katta maktab 16 yoshdan 19 yoshgacha. Har bir davrni puxta bilish kerakki, bolalar organizmi o‘zining anatomik-fiziologik jihatdan bu davrlarda ma’lum o‘zgarishlarga duch kelib, kerakli sharoit yaratish uchun ham bu davrlarni bilish lozim.
Bu davrlarda gigiyena me’yorlarga rioya qilinmasa, bolalar organizmida har xil kasalliklar sodir bo‘lishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda suyak tizimi juda pishiq bo‘lmasligi bilan farq qilib mineral tuzlar (kalsiy, fosfor, magniy)ga nisbatan organik moddalar ko‘pdir. Agarda bolalar noto‘g‘ri o‘girilib o‘qisa va yozsa hamda har xil sport turlaridan jismoniy yuklamalarni noto‘g‘ri olishi natijasida ularning suyak tizimlarida deformatsiya holati ro‘y beradi. Barmoqlarning suyaklanish jarayoni 10-13 yoshlarda to‘xtaydi, shu boisdan yozishga o‘rgatayotgan vaqtda bunga e’tibor berish kerak. Mushak tizimlari bu vaqtda juda taraqqiy etib, kuchni taqsimlashi har xil bo‘ladi pastki qismni mushaklari taraqqiy etadi, orqa, bilak, son, kichik nozik mushaklar bu vaqtda taraqqiy etishdan qoladi. Bu ularni nozik harakatlar qilishlarini qiyinlashtiradi. Bu bolalar uzoq mushak ishlariga, qobiliyati yo‘q hisoblanadi.
Harakat taraqqiyoti uchun va faqat suyak-mushak tizimi rivojlanishi lozim. Bosh miya po‘stlog‘ida harakat mexanizmini boshqaruvchi markaz yaxshi taraqqiy etmaganligidan dalolat beradi. Bular uchun asab jarayonlari ustun ekanligini ko‘rsatadi. Bu bilan ahamiyat, e’tibor turg‘un bo‘lmasligi va tezda charchab qolish isbotlanadi. Bu holatlarni aqliy va jismoniy mehnat qilinayotganda, uning davom etishi, katta-kichikligi, holati e’tiborga olinib, tez-tez dam olish uchun tanaffus berilishi kerak.
O‘rta maktab yoshidagi bolalarda suyak to‘qimasi, xuddi kattalardagidek tarkibga ega. Umurtqa pogonasi hali suyaklanmagan bo‘ladi, shuning uchun unga ehtiyot bo‘lish kerak. Qovirg‘alarga ham alohida e’tibor berish kerak, chunki qovirg‘alar ezilsa yoki deformatsiyaga uchrasa bu yurak va o‘pkaning funksiyalariga ta’sir etadi. Bu yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiya vaqtida og‘irlikni taqsimlashga alohida e’tibor berish kerak. Mushak tizimi tezlikda o‘sa boshlaydi, hamda kuch ortib boradi, bu holat o‘g‘il bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘rta maktab yoshi balog‘atga yetish yoshidir – qiz bolalarda 12-14 yoshgacha. Bu yoshda ayniqsa boshlanishiga asab tizimlari yuqori darajada ta’sirlanish xususiyatiga ega bo‘ladi va asab tizimi turg‘un emas, shuning uchun bu holatni jismoniy tarbiya darsini rejalashtirgan vaqtda hisobga olish kerak.
Katta maktab yoshida suyak tizimi va mushak tizimi yanada takomillashadi. Tana tezlik bilan bo‘yiga o‘sadi, kuchi ko‘payadi. Jismoniy tarbiya vaqtidagi ko‘rsatkichlar deyarli katta odamlarnikiga tenglashib qoladi. Shu yoshlarda sportni turiga mutaxassislantiriladi, jismoniy rivojlanishini inobatga olgan holda bosh miyani funksional taraqqiyoti ham tezlashib, voyaga yeta boshlaydi. Ular analiz va sintezlasha boradi, tormozlanish jarayoni kuchayadi.
Bu holatlardan tashqari o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda ilmiy asoslangan holda olib borish kerak. Chunki tarbiya va faqat bir a’zoga, butun organizmni rivojiga ta’sir etadigan omillardandir. Bolalarni endokrin tizimi, ichki a’zolari, yurak-nafas olish qon-tomirlar tizimi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, biriga ta’sir etilsa ikkinchi a’zo ham shunga mutanosib o‘zgaradi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish