Onglilik talablari.
Mashg’ulot ongli tashkil qilinsa, ongli o’tkazilsa har bir Engil atletikachi o’z qilayotgan mashq aynan nima uchun kerakligini biladi. Mashg’ulot maqsadi, vositalarini metodlarini va hokazolarni aniq tushinish, sport texnikasini va taktikasini muvaffaqiyatli o’rgatishga imkon beribgina qolmay balki kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni samaraliroq rivojlantirishga, axloq va iroda fazilatlarini tarbiyalashga, musobaqalarda tuzukroq natijalar ko’rsatishiga imkon beradi.
Engil atletikachining o’z tayyorgarligiga aktiv, ongli munosabatda bo’lsa, sport nazariyasi va metodikasini chuqur o’rgansa ularning samaraliroq . Mashg’ulot qilishlariga, musobaqalarga muvaffaqqiyatliroq qatnashishlariga va keyinchilik o’z tajribalarini yoshlarga bera bilishga imkon yaratadigan bilim va tajriba orttirishlarining ahamiyati ham ozmuncha emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |